Xo’jaliklararo yer tuzishning huquqiy tartibi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Yuridik fakulteti 4-bosqich talabasining Yer huquqi fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Mavzu : Xo’jaliklararo yer tuzishning huquqiy tartibi
Reja: 1.Yer tuzish ahamiyati 2.Xo‘jaliklararo yer tuzish. 3.Xulosa. Yer tuzish –yer huquqining muhim institutlaridan biri bo’lib yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilarni tashkil etish va tartibga solishni, fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jalik korxonalari va tashkilotlari hududlarini xo‘jalikda ichki xo‘jalik tashkil etishni, ma’muriy bo‘linmalar va muhofazalanadigan hududlar chegaralarini belgilashni o‘z ichiga oladigan, yerlardan oqilona foydalanishni va muhofaza qilishni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar, iqtisodiy, Injenerlik va huquqiy xarakatlar tizimidir. Yer tuzishning mazmuni va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi «Yer Kodeksi»da ko‘rsatilgan. Yer tuzishga kiritilgan asosiy ishlar jumlasiga Quyidagilar qiradi: O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 12-moddasiga kóra yer tuzish ishlari 4 ta turga bólinadi: Istiqbolga mo’ljallangan yer tuzish Loyihalash oldidan yer tuzish Xo’jaliklararo yer tuzish Ichki xo’jalik yer tuzish. Yer tuzishning ushbu turlari bir-biridan yer uchastkalarining joylashgan hududi (mamlakat, viloyat, tuman, shaxar, xo‘jalik va h.k.), yer tuzish ishlarini amalga oshirishga asos bo‘ladigan yuridik hujjat (davlat hokimiyati qarori, yuridik yoki jismoniy shaxslarning talabnomalari), amalga oshirish muddati (istiqbolli, loyiha oldi, loyihadan so‘ng va h.k.), xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qaratilganligi (xo‘jaliklararo yoki ichki xo‘jalik) yoki qaratilmaganligi (istiqbolli, loyihaoldi) va boshqa jihatlari bilan farq qiladi Yer tuzishning amaliyotda eng ko‘p uchraydigan turi xo‘jaliklararo yer tuzishdir. Xo‘jaliklararo yer tuzish yer uchastkalarini joylashtirishning qulay va oqilona tartibini tanlash, ularni yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va
mulkdorlarga ajratib berishda maqsadga muvofiqlikni ta’minlash hamda yer uchastkalariga bo‘lgan ma’muriy-hududiy va egalik, foydalanish, mulk huquqini yaxlitlash kabi masalalarni hal qilish uchun amalga oshiriladi. Xo‘jaliklararo yer tuzish yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va mulkdorlarning yer uchastkalari joylashishining mukammalligini ta’minlaydi, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va yer mulkdorlariga yer bo‘lgan tegishli huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash uchun asos bo‘ladi. Xo‘jaliklararo yer tuzishni ushbu iboraning ma’nosiga qarab, faqat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, ya’ni xo‘jaliklararo o‘rtasidagi yer tuzish deb, tushinmaslik kerak. Zotan, u birgina xo‘jaliklar o‘rtasida emas, balki ovullar, qishloqlar, qo‘rg‘onlar, tumanlar, shaxarlar va viloyatlar chegaralarini amalda belgilash (o‘zgartirish) ishlarini ham o‘z ichiga qamrab oladi. Demak, xo‘jaliklararo yer tuzishning ma’nosi juda keng ma’noni anglatar ekan. Xo‘jaliklararo yer tuzishga quyidagilar kiradi: ovullar, qishloqlar, qo‘rg‘onlar, tumanlar, shaxarlar, viloyatlarning chegaralarini joyida belgilash; yerga egalik qiluvchilarni, yerdan foydalanuvchilarni, ijarachilarni, yer mulkdorlarini yangitdan tashkil qilish, ularga yer ajratish va mavjud yer uchastkalarini qayta tartibga solish, ularning noqulay joylashuvini bartaraf etish; davlat va jamoat ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalarga va tashkilotlarga yer olib berish loyihalarini tuzish; yer uchastkalarini joylashgan joyida ajratib berish, yerga egalik qilishga yoki foydalanishga huquq beruvchi yuridik hujjatlarni tayyorlash; yangi yerlarni o‘zlashtirish, qishloq xo‘jalik yerlarini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish buzilgan yerlarni tiklash (rekultivatsiya qilish), tuproqni suv va shamol yeroziyasidan saqlash, seldan, yerni sho‘rlanishdan, suv bosishdan, botqoqlanishidan, qurib qolishidan, zichlanishidan, ishlab chiqarish chiqindilari, radioaktiv, kimyoviy moddalar bilan zaharlanishidan saqlash bo‘yicha loyihalar tuzish; barcha yerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va foydalanmaydigan, samarasiz foydalanilayotgan yoki maqsadga muvofiq foydalanilmayotgan yerlarni aniqlash; yer resurslarini baholash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha yer tuzish hujjatlarini tayyorlash; yerlarni baholash (bonitetni aniqlash) bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish. Xo‘jaliklararo yer tuzish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bunda dastlab tayyorgarlik ishlari ko‘riladi, ya’ni yer uchastkasining huquqiy maqomi, tabiiy tavsiflari va unga egalik qilmoqchi yoki foydalanmoqchi bo‘lgan sub’ektlar to‘g‘risida barcha ma’lumotlar yig‘iladi va o‘rganiladi. Undan keyingi bosqichda tegishli loyiha tuziladi, ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Nihoyat, ohirgi bosqich tasdiqlangan loyihani joy (natura)ga ko‘chirish va yer tuzish hujjatlarini tayyorlash. Ichki xo‘jalik yer tuzishning huquqiy asoslari: Ichki xo‘jalik yer tuzish turi qishloq xo‘jaligi koxonalari, muassasalari va tashkilotlarining hududini ichki xo‘jalik negizida belgilab olib, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilishni,
barcha qishloq xo‘jalik yerlarini (pichanzorlar, yaylovlar, bog‘lar, tokzorlar va boshqalar), tuproq yeroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishni, shuningdek sug‘oriladigan yerlarni to‘la rekonstruksiyalashni o‘z ichiga oladi. Yer tuzishning xo‘jaliklararo va ichki xo‘jalik yer tuzishni bir-biri bilan qarama- qarshi qo‘yib bo‘lmaydi, aksincha ayrim hollarda ular bir-birlarini to‘ldiradi. Jumladan, ichki xo‘jalik yer tuzish ishlari amalga oshirilayotganda xo‘jaliklararo yer tuzish ishlari ham amalga oshirilish mumkin. Bunday holatlar qishloq xo‘jaligi korxonalarini qayta to‘zayotganda, yangi fermer xo‘jaliklarini to‘zayotganda, o‘zaro qo‘shni bo‘lgan yerdan foydalanish va ularning yer munosabatlari tartibga solinayotganda vujudga kelishi mumkin. Ichki xo‘jalik yer tuzish xarita chizma hujjatlari, tuproqshunoslikning geobotanika, gidrologiya, melioratsiya va boshqa masalalari bo‘yicha o‘rganish hujjatlari, yerning bahosi va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek oldin bajarilgan yer tuzishning bashorati va loyihalari asosida amalga oshiriladi. Ichki xo‘jalik yer tuzish ham xo‘jaliklararo yer tuzishdagidek bos-ichlarda amalga oshiriladi. Ichki xo‘jalik yer tuzish xo‘jalikning kelajakdagi rivojlanish rejasi va loyiha ishini bajarish bo‘yicha berilgan topshirig‘iga binoan bajariladi. Ichki xo‘jalik yer tuzish kompleks ravishda va o‘rnatilgan yer maydonini tashkil qilishga taalluqli ikki qism, ya’ni oldin umumiy va keyin aniq masalalarni hal etishdan iborat. Loyihada yer uchastkasini biriktirishni iqtisodiy tomondan asoslash va xo‘jalik ichida ishlab chiqarish bo‘linmalarini Yer kodeksi talablari bilan to‘liq bog‘langan holda yer uchastkalariga egalik qilishda yoki foydalanishda turli xo‘jalik yuritish shakllarining xususiyatlari e’tiborga olinadi. Ichki xo‘jalik yer tuzishda qishloqlarni, ishlab chiqarish markazlarini, qishloq xo‘jalik va o‘rmon xo‘jalik korxonalarini joylashtirishda va boshqa qishloq xo‘jalik yerlarini belgilashda almashib ekish, yeroziyaga qarshi ko‘rabo‘lsh, melioratsiya tadbirlari, shuningdek ozuqa ekinlari maydonlarini yaxshilash bo‘yicha qilinadigan tadbirlar loyiha darajasida bajariladi. Ichki xo‘jalik yer tuzish ikki chizma va yozma loyiha qismidan iborat bo‘ladi. Chizma qismida loyihaning va yerdan foydalanish yoki yerga egalik qilish rejasi, dala tekshiruv chizmasi, oldingi qishloq xo‘jalik ekinlarining turi, xaritasi va boshqa hujjatlar, loyiha yozma qismida esa loyihani tuzish bo‘yicha topshiriq, iqtisodiy masalalar asoslangan ma’lumotlar, hisobot ma’lumoti, jadvallarni ko‘rib chiqish, tasdiqlash va boshqalar bo‘yicha bayonnomalardan iborat bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi korxonalari bo‘yicha tuzilgan ichki yer tuzish loyihalari tuman hokimiyati tomonidan tasdiqlanadi. Loyihaga o‘zgartirish kiritish, loyihani tasdiqlagan organning roziligi asosida bajariladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. 2. Худойбердиев , Ф . Ш ., Бобожонов , С . Ф ., & Мухамадов , Қ . М . Ф . (2022). МАРКАЗИЙ ОСИЁ МАМЛАКАТЛАРИДА ЧИҚИНДИ ОБЪЕКТЛАРИНИ БОШҚАРИШНИНГ БУГУНГИ ҲОЛАТИ . Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5), 967-976. 3.Xudoyberdiev F.Sh, Mumadov Q.M, Bobojonov S.O, & Saidov S.S. (2022). CHIKINDI POLIGONLARNING ATROFIDAGI EKIN ERLAR, SUV HAVZALARI VA AHOLI YaShash JOYLARIGA ZARARINI O'RGANISH HAMDA BU BO'RADAGI XORJIY TAJRIBALAR TAHLILI. https://doi.org/10.5281/zenodo.6589959