Xorazm vohasi o’rta asrlar arxeologiyasi
Mavzu. Xorazm vohasi o’ rta asrlar arxeologiyasi 1.O’rta asr Xorazm voxasi yodgorliklar tasnifi, arxeologik tadqiqotlar:Shahar yodgorliklari, 2. Qishloq maskanlari 3. Gurganj 1
1.O’rta asr Xorazm voxasi yodgorliklar tasnifi, arxeologik tadqiqotlar:Shahar yodgorliklari. XI asr oxiri XIII asr boshlarida markazi qo’yi Amudaryo madaniy sohillarida bo’lgan Buyuk Xorazmshohlar davlati (1097-1231) o’zining geografik joylashishi va tabiiy sharoitining qulayligi bilan qadimdan dehqonchilik va chorvachilik keng rivojlangan o’lka bo’lgan. Amudaryo suvlaridan obi hayot olgan katta-kichik daryo irmoqlari, kanallar (Gavhor, Chermen Yab, Daryolik, Davdon) bu madaniy hududni ikkiga, chap va o’ng sohil Xorazmga ajratadi. O’ng qirg’oqda antik davrdan rivojlangan shahar madaniyati Xorazmshohlar davriga kelib ancha susaydi. Aksincha, chap sohildagi Amudaryo havzasi alohida, o’ng qirg’oqqa nisbatan kuchli shahar madaniyatining rivojlanishiga erishdi. Bu hududda bir necha o’nlab shaharlar va qo’rg’onlar, so’lim qishloq ho’jalik markazlari – vohachalarni kuzatish mumkin. Yozma manbalar va olib borilgan arxeologik izlanishlar O’zbekiston hududining boshqa o’lkalari kabi o’rta asrlarda Xorazmda ham katta – kichik shaharlar qurish rivojlanganligini ko’rsatadi. Bular qishloq xo’jalik vohalarining markazlari (Qavat qal’a, Burgut qal’a), hunarmandchilik markazlari (Mizdakxon, Shexrlik, Jampiq qal’a), chegaradosh, karvon yo’li bo’yidagi savdo o’rinlari (Shoh Sanam, Puljoy, Shemaxa qal’a) va ostona-poytaxt shaharlar (Gurganj, Kat) edi. Bu shaharlar ilk shahar-qarorgohlardan dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo aloqolariga asoslangan holda ajralib chiqib, urbanizasiya jarayoni tufayli ko’p tarmoqli markazlarga aylandi. Yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlar Xorazmshohlar davri shaharlarining tarixiy topografiyasi haqida ma’lumotlar beradi. Lekin, Xorazm vohasida Xorazmshohlar davri shahar madaniyati kam o’rganilgan. Manbalar va arxeologik izlanishlar tufayli shaharlar tizimi, tuzulishi (struktura), iqtisodiy holati va madaniy darajasini o’rganish mumkin. Yozma manbalar, jumladan, Zakariy al Kazvini, Yaqut al Hamaviy (XIII asr) va boshqalar yuqorida ta’kidlaganmizdek, Xorazm shaharlari haqida atroflicha ma’lumotlar beradi. 2
Xorazmshohlarning bosh ostona shahri Gurganj bo’ldi . «Gurganj- Jayxun sohilidagi katta shahar, uning aholisi ko’p»- deb yozadi Zakariy al Kazvini 1 . Bu shahar asrlar davomida shakllanib o’sdi. Urganch Xitoy manbalarida («Katta Xan uyi tarixi») Yuye-Gan nomi bilan ma’lum. Shunga asoslanib, akademik V.V.Bartold va A.Yu.Yakubovskiy bu yodgorlikka miloddan avvalgi I asrda asos solindi, degan xulosaga kelganlar 2 . Yozma manba va arxeologik tadqiqotlarga asoslanib qadimshunos, akademik Ya.G’.G’ulomov Gurganj mil. IX asrda shakllangan deb taxmin qilgan 3 . 1989-1992 yillarda Ko’hna Urganchning Qirq mulla tepaligida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bu joyda mil. avv. V - II asrga oid shaharning madaniy qatlam qoldig’ini va antik davr devor qismini aniqladi. Bu esa yodgorlikning madaniy qatlamlarida voha xalqlarining yigirma besh asrga (2,5 ming yil) yaqin hayoti va madaniyatiga oid ma’lumotlar beruvchi tarixiy qatlamlar borligidan dalolat beradi. Arablar davrida Gurganj o’rnida Xanjird nomi bilan ilk shahar - qo’rg’on mavjud bo’lgan. 995 yil Abu Abbos Ma’mun ibn Ma’mun Xorazm poytaxtini Katdan Gurganjga ko’chirdi va arablarda bu shahar Jurjoniya nomi bilan ham ataldi. Mo’g’ullar yurishi arafasida Gurganj (Urganch) shahri Amudaryoning (Daryolik) ikki sohili bo’ylab joylashdi. Shahar inshootlarini daryoda qurilgan to’g’on suv toshqinlaridan saqlagan. Yozma manbalarda, jumladan, al Asirda Gurganj «mahallalari», al Juvaynida «Tanura» va al Yoqutda «Maydon» dahalari nomlari keltiriladi. Al Yoqut ma’lumotida shu jumladan «Kabilan» deb nomlangan darvoza ham bor. Umuman mo’g’ullar davrigacha ham shahar zich jipslashgan tom, uy – joy qurilishlariga boy edi. Al Kazvini Zakaria shaharda bir qancha bozorlar bo’lgan degan ma’lumotni keltiradi. 4 Sharq bilan G’arbni tutashtirgan Buyuk Ipak yo’lida joylashgan, asrlar davomida Xorazm davlatining poytaxti bo’lgan bu tarixiy arxeologik majmua 1 Буниятов З.М. Государство хорезмшахов-ануштегинидов.-С.101. 2 Бартольд В.В. История культурной жизни Туркестана. Л.,1927.-С.7 : Якубовский А.Ю. Развалины Ургенча// Известия ГАИМК.-Том. VI .-Вып.2. Л.,1930.-С.28-48. 3 Гулямов Я.Г. История орошения Хорезма с древнейших времен . -Ташкент,1957.-С.172-174. 4 Буниятов З.М. Государство хорезмшахов-ануштегинидов.-С. 102. 3
shaharsozlik yutuqlarining turli namunalaridan foydalanib qurildi. Jumladan, XIII asr muallifi Zakaria al Kazvini Xorazmshohlar davri shahrini shunday ta’riflaydi: Shahar «bu – ikki qismdan turadi, biri ikkinchisi ichida joylashgan. Kichik shahar (al- madina as suhra) shahriston deb nomlanadi. U devorlarga va bir necha darvozaga ega, katta shahar (al madina al kubra) kichik shaharni qurshab turadi va u ham devor va darvozalarga ega. Katta shahar tokzorlar va bog’lar bilan aylana qurshalib, u ham ekinzorlar o’rtasida joylashgan» 5 . Xorazmshohlar-Anushtaginlar davrida Gurganj musulmon sharqidagi katta poytaxtlardan biri bo’ldi. Sulola vakillari harbiy yurishlardan so’ng ko’pgina mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirib, qudratli imperiya barpo etdi. Xorazmshoh Alouddin Muhammad (1200-1220) G’arbda Iroqdan, Sharqda Hindistongacha, Shimolda Mang’ishloq va Orol-Kaspiy dengizi oralig’i yerlarida kuch bilan o’z hukmronligini o’rnatdi. Bu davlatga chetdan boy o’lja, mablag’, hunarmandchilik mahsulotlarini va mohir ustalarning kelishini ta’minladi. Bu esa Xorazm atrofida markazlashgan boshqaruv, iqtisodiy hayotning faollashuviga, shaharlarning ko’payishi va kengayishiga, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishiga olib keldi. Ibn Abdallah al Yaqut geografik lug’atida «Men jahonning hyech bir hududida xorazmliklarniki kabi keng va aholisi zich joylashgan joyni ko’rmadim…» deb yozadi. Milodiy XI - XIII asrlarga kelib, Gurganj maydoni 640 - 100 gektarga yetgan 6 . Arxeologik tadqiqotlar natijasida 1391 yil Amir Temur farmoni bilan tiklangan «Kaan dahasi» (Tash qal’a) Xorazmshohlar davrida asos solingan shahar hududiga taalluqli ekanligi tasdiqlandi. Qazilma ishlarida XI-XIII asrlarga oid topilmalar, jumladan, qurilish materiallari, pishgan va xom g’ishtlardan mudofaa elementlari qurilganligi aniqlandi 7 . Xorazmshohlar-Anushtaginlar davridagi Xorazm shaharlaridan biri Qat qal’asidir(4-rasm). Uning shakllanishi, yozma manbalarning ko’rsatishicha IV 5 Буниятов З.М. Государство хорезмшахов-ануштегинидов.-С.101. 6 Вактурская Н.Н. Раскопки городища Ургенч в 1952 г.// ТХАЭЭ.-Том.2.-М.,1958.-С.467-497 : Беленицкий А.М, Бентович И.Б, Большаков О.Г. Средневековый город Средней Азии.-Л.,1973.- С.172-173 . 7 Тургенев-Амитров А.Г. Тургенев-Амитров А.Г. Расакопки комплекса южных ворот и крепостной стены Таш- калы// Труды ХАЭЭ.Т.2.-С.495-504 4
asrga tegishli. Chunonchi, Abu Rayhon Beruniy o’zining mashhur «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Asar ulboqiya an al-kurun al-xoliya») asaridagi tarixiy ma’lumotda bu yodgorlik hududida al Fir nomi bilan Afrig’ qo’rg’on barpo etganini yozadi. 8 Qat yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlar asosida Xorazmdagi dastlabki shakllangan, himoya devorlari bilan o’rab olingan mudofaa xususuyatiga ega bo’lgan ostona shahar ekanligi aniqlandi. Uning o’rta asrlarda keng maydonga ega bo’lgani shubha tug’dirmaydi. Lekin, Jayhun toshqini tufayli bir necha marta qurilishlari bo’zilgan, daryo suvi yuvib ketgan (degish). Ta’kidlash joizki, shahar 995 yilgacha Xorazmning poytaxti bo’lgan. Bu davrda Qat Xorazmning boshqa hunarmandchilik, savdo shaharlari kabi vohaning o’ng qirg’oqdagi rivojlangan shaharlaridan biri bo’ldi. O’ng qirg’oqdagi Xorazmshohlar davri shahar madaniyati markazlaridan biri Mizdakxon. Bu yodgorlik arxeologiya faniga o’tgan asrning boshlaridan ma’lum 9 . Mizdakxon tarixiy, arxeologik va diniy sig’inish majmuasi. Mizdakxon Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xo’jayli shahri g’arbida joylashgan. Bu yodgorlik tarixi arxeologik tadqiqotlar natijasiga ko’ra Xorazm vohasining o’rta asrlardagi katta qishloq xo’jaligi, hunarmandlik, savdo va diniy sig’inish joyi hisoblanadi. Umuman, bu shahar yoshi 2400-2500 yildan oshiq davrni o’z ichiga oladi 10 . So’nggi 25 yildan ortiq vaqt mobaynida (1985-2011) bu noyob yodgorlikda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti arxeologlari katta hajmdagi ilmiy- tadqiqot qidiruv ishlarini tashkil qilib talaba, magistr, aspirant, doktorantlarning dala amaliyoti, izlanishlar olib boradigan tayanch bazasiga aylandi. Bu tadqiqotlarning Xorazmdagi urbanizasiya jarayonlari, jumladan antik, ilk o’rta asr, Xorazmshohlar, Oltin O’rda, Amir Temur va Temuriylar davrida vohadagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotni o’rganishda, tadbiq qilishda o’rni katta 11 . 8 Беруни Абу Райхон. Избиранные производения.Т.1.//Памятники минувших поколений. Ташкент, 1957. 9 Якубовский А.Ю. Городище Миздахкан// ЗКВ.Том V .- Л.,1930. С.556. 10 Ягодин В.Н. Ходжейли древнейший город - Республики Каракалпакстан // Сб: Ходжейли древнейший город Республики Каракалпакстан.-Ходжейли,1998.-С. 5-9. 11 Кдырниязов М.-Ш. Миздахкан – памятник эпохи Золотой Орды //Поволжье и сопредельные территории в средние века.-Труды ГИМ.-М.,2002.-С.84-90; Уша муаллиф. Древний и средневековый Миздахкан // Вестник КГУ.- № 1. 2008.-С.107-109; Кдырниязов М.-Ш, Утепбергенов Ф. Раннесредневековый Миздахкан // Вестник ККО АН РУ.-№ 2. 2009.-С.83-86. 5