logo

Xorazmshohlar davlati

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

27.380859375 KB
Xorazmshohlar davlati.
Reja:
1.  Xorazmshoxlar davlatining tashkil topishi.
2. Boshqaruv tizimi
3. Madaniy hayoti Mavzu   tarixshunosligi.     O‘zbek   davlatchilgi   taraqqiyotida   muxim   o‘rin
egallagan Xorazmshohlar davlati  buyicha sharqshunoslik ilmida ko‘pgina tarixchi
olimlar   tomonidan     tadkikot   olib   borilgan.   Jumladan,   Xorazmshohlarning
yuksalishi   va   bu   davlatning   keyingi   takdiri   V.V.Bartoldnng   «Turiston   Mugul
istilochilari davrida», S.P.Tolstovning «Kadigi  Xorazm madaniyatini  izlab» ilmiy
tadkikotlarida,   atokli   adib   V.Yanning   «Chingizxon»   tarixiy   romanidan
Xorazmshohlar  davlatining  takdiri   haqida   ko‘plab ma’lumotlar   olish  mumkindir.
Bu   mavzuga   aloqador   xorijiy   mualliflarning   tadkikotlaridan   misol   keltirsak,
Ibroxim   Kafas   o‘g‘lining   1956   yilda   Anqarada   bosilgan   «Xorazmshohlar   davlati
tarixi»da   bu   davlatning   siyosiy   va   harbiy   tarixi   ancha   muvassal   yoritiladi.   1978
yilda   Bog‘dod   dorilfununi   mudarrisi   Nofi’a   Tavfik   al-Ubudning   magistrlik-
nomzodlik   dissertasiyasida   Xorazm   davlati   tarixi   tadkik   qilingan.   Erdugon
Merchilining asarida ham Xorazmshohlar sulolasi haqida  bayon qilingan.
Yuqorida   sanab   utilgan   barcha   mualliflar   o‘zlarining   asarlarida     kadimiy
kulyozmalardan   foydalanganlar.   Xorazmshohlar   tarixini   yoritishda   Ibn   al-Asir,
Juvayniy, Rashididdin, Ibn al-Fuvotiy, Ibn as-So’iy, Ibn ad-Dubaysiy, Al-Yazdiy,
An-Nishopuriy,   al-Xusayniy   kabi   tarixchilarning   kulyozmalari   va   shuningdek
o‘sha davr rasmiy hujjatlari  asos bo‘lgan deyish mumkin.
Xorazmshohlar   sulolasidan   Alouddin   Otsiz   haqida     Ismoil   ibn   Xasan
«Kibob   ul-agroz»   asarini,     Takash   sharafiga   «Jom’e   ul-ulum»   asarini,     Alouddin
Muhammadga  atab Majididdin Nasaviy  fors  tilida    «Shaxonshoxnoma»  dostonini
yaratganlar.     Majididdin   Nasaviy     Sulton   Jaloliddin   devonida   munshiylik
vazifasida xizmat qilgan. Ba’zi vaqtlarda sulton Jaloliddin elchisi sifatida Boshqa
mamlakatlarga davlat ishlarini hal   etish uchun borgan. Sultoning podsholarga va
maliklarga   yuborilgan   hujjatlarini   tuzgan.   U   «Siyrati   sulton   Jalol   ad-Din»   asarini
yozib   koldirgan.     Muhammad   ibn   Najib   Bakron   jugrofiy   olim   bo‘lib,   sulton
Alouddin Muhammadga jaxon xaritasini tuzgan va unga «Jaxonnoma» deb atalgan
sharxlarni   qayd   qilgan.     Yana   bir   qimmatli   ma’lumotlar   beruvchi   Nasaviyning
«Nafsatul   masdur»   asari   bo‘lib,   unda   Jaloliddin   Manguberdiining   hayotini
o‘rganishda   ahamiyati   kattadir.     O‘rta   asr   manbalarining   aksariyat   qismida Xorazmshohlar   davlati tarixining u yoki bu jihatlari haqida   ma’lumotlar mavjud
va   bu   ma’luomtlarni   sinchiklab   o‘rganilsa,   bu   davlat   tarixini   mukammal
o‘rganishda kumak beradi.
Xorazmshohlar davlatining vujudga kelishi.
Xorazmshohlar   deyilganda,   Xorazm   voxasida   hukmronlik   qilgan   sulola
vakillari   tushuniladi.   Uzoq   yillar   davomida   bu   yerda   bir     qator   sulolalar
Xorazmshohlar   unvoni   ostida   faoliyat   ko‘rsatganlar.   Masalan,   IV-X   asrlarda
afrigiylar   xonadoni,   995-1017   yillarda   ma’muniylar,   1017-1041   yillarda   esa
Oltintoshiylar   (Oltintosh,   Xorun,   Xandon)   sulolalari   hoqimiyatni   boshqarganlar.
Ammo   Xorazm   doirasidan   tashqariga   chiqib,     o‘zga   yerlarni   o‘z   tasarrufiga   olib
mamlakatni   kengaytirgan   va   chinakam   boshqaruvni   saltanat   darajasiga   ko‘targan
sulola anushteginiylardir.  
Ma’lumki,   Xorazm   G‘aznaviylar   davrida   o‘z   mustaqilligini   saqlab
qalolmagan edi. XI  asrda Ma’muniylar davrida Xorazm eng gullagan davlatlardan
biriga   aylanadi.   Albatta,   Maxmud   bunga   befarq   qaray   olmadi.   U   iloji   boricha
Xorazmni   egallashga,   hech   bo‘lmasa   o‘ziga   qaram   yoki   vassal   mamlakatga
aylantirishga harakat qildi. Ammo Maxmud bu ishlarni nihoyatda ustalik va tinch
yo‘l   bilan   amalga   oshirdi.   U   o‘z   singillarini   Xorazmshoh   Ali   ibn   Ma’munga   va
uning   ukasi   Ma’mun   ibn   Ma’munga   turmushga   beradi   va   Xorazm   hukmdorlari
bilan kuda-anda bo‘lib oladi.
Ammo voqealarning bu tarzda rivojlanib borishi Bog‘dod halifasi Kodirni
tashvishga   solayotgan   edi.   U   Xorazmni   ham,   Maxmud   G‘aznaviyning   ham
kuchayishini  istamas  edi. Shu bois ikki o‘rtada nifok chiqarishga harakat qildi va
ma’lum   darajada   maqsadiga   erishdi.   Kodir   Xorazmshoh   Ma’mun   ibn   Ma’munga
o‘z elchisi orqali faxriy kiyim va «Ayn Ad Daula va Zayn Al Mila», ya’ni «davat
ko‘zi   va   dindorlar   jamoasining   ko‘rki»   unvoni   diplomini   topshiradi.   Albatta,   bu
voqea   halifa   Kodirning   rejasiga   ko‘ra     Maxmud   G‘aznaviyning   g‘azablanishiga
sabab   bo‘lishi   kerak   edi.   Xuddi   shunday   bo‘ldi   ham.   1014   yilda   Maxmud
G‘aznaviy   Xorazmdagi   o‘z   elchisi   orqali   Maxmud   G‘aznaviy   nomini   juma
nomozida   xutbaga   qo‘shib   o‘qitishni   Xorazmshohdan   talab   qiladi.   Xorazmshoh og‘ir axvolga tushadi. Shu bois u ikki yoklama siyosat  olib boradi. Dastlab, Niso
va   Farovada   sulton   Maxmud   nomiga   xutba   uqiladi.   Xorazmda   buni   amalga
oshirishga   ko‘rkadi.   Bunday     ikki   yoklama   siyosat   mamlakatni   ham,
Xorazmshohning o‘zini ham saqlab qola olmadi. Birinchi navbatda bu siyosatdan
Xorazmdagi   ayrim   siyosiy   va   harbiy   doiralar   norozi   bo‘ladi.   Maxmud   G‘aznaviy
bu   siyosiy   o‘yindan   foydalanib   1017   yili   Xorazm   ustiga   qo‘shin   tortib   boradi.
Xorazm   Maxmudning   ixtiyoriga   o‘tadi.   Xorazmshoh   unvoni   saqlab   qolinib
Maxmudning harbiy sarkardasi  Oltintosh Xorazmga hoqim  qilib tayinlanadi. Ana
shu tariqa Xorazm mustaqilligi barham topadi.
Tarix   saxnasiga   saljuqiylar   kelgach,   vaziyat   Xorazmshohlar   tomonga
o‘zgaradi.   Bu   davlatning   zaiflashuvi   natijasida   Sharqiy   saljuqiylar   davlati     bir
qancha   feodal   davlatlarga   bo‘linib   ketadi   va     XII   asr   oxirlarida   Xuroson
Xorazmshohlar quliga o‘tadi. 
Yuqorida   aytilganidek,   Xorazmshohlar   sulolasining   asoschisi   Anushtagin
bo‘lib,     manbalarda     yozilishiga     ko‘ra   ,   Anushtakin   yoshligida   Gurjistonda
yashagan   turk   quli   edi.   Tarixchilardan   Rashid   ad-Din   va   Xofizi   Abro‘   uning
o‘g‘o‘z   turklarining   Bekdili   urug‘idan   deb   yozishadi.   Anushtaginni   yoshligida
isfaxsolar   Izziddin   Onar   Bilgategin   sotib   olgan   va   u   saljuq   sultoni   Malikshox   I
ning   saroy   ayyonlaridan   biri,   sulton   hovuzlari   va   hammomlari   ashyolarining
xazinachisi –tashtdorlik lavozimida edi.
Tashtdorlik lavozimiga sulton juda yaqin va ishonchli  odamlarini  tayinlar
edi   va   ko‘p   o‘tmay   Anushtakin   sultonning   yaqinlaridan   biri   bo‘lib   qoladi.
Tashtdorlik uchun zarur harajatlar Xorazm   viloyatidan kelib turgani uchun sulton
Malikshox yaqin odami Anushtakinni Xorazm mutasarifi mansabiga tayinlab, unga
Xorazm shixnasi unvonini bergan edi. U vaqtda Xorazm hoqimi sulton Malikshox,
ya’ni bo‘lg‘usi sulton Sanjarning o‘g‘liga tobe mamluk-Ekinchi ibn  Quchqor edi.
Sulton   Barkyoruk   zamonida   saljuqiylar   saltanatining   sharqiy   viloyatlari
Xuroson     amir   Dodbex   Xabashiy   ibn   Oltintosh   qo‘l   ostida   edi.   U   saljuqlarning
nizolaridan   foydalanib,   1097   yilda   saljuqiylardan   ajralib   chiqib,   mustaqillikka
erishadi. Shu yili Anushtakin vafot etadi. Mansabdan  chetlashtirilgan Ekinchi bin Qo‘chqor   o‘rniga   Anushtakining   o‘g‘li   Qutbiddin     Muhammadni   (1097-1127)
Xorazm   voliysi   qilib   tayinlaydi.   Anushtakin   Xorazmshohlar   sulolasining   tarixi
aslida   mana   shu   Xorazmshoh   Qutbiddin     Muhammaddan   boshlanadi.   U   30   yil
davomida   Sulton   Sanjarga   sodiqlik   bilan   xizmat   qiladi,   uning   raxbarligida   olib
borilgan barcha janglarda faol  qatnashadi. Ayni zamonda Qutbiddin   Muhammad
mamlakatni   har   jihatdan   taraqqiy   etishda   astoydil   kuch   sarflaydi.   U   saljuqiylar
dargoxiga qaram edi. Har yili markazga undirilgan soliqni yetkazib turardi.
Qutbiddin  Muhammad vafot etgach, Sulton Sanjar sodiq vassalining ulkan
xizmatlarini   inobatga   olib   hech   ikqilanmasdan   uning   o‘rniga   29   yoshli   o‘g‘li
Qutbiddin  ibn Aloviddin Jaloliddin Otsizni (1127-1156) Xorazm taxtiga o‘tkazadi.
Otsiz Xorazm tarixida aloxida o‘ringa ega bo‘lgan shoxdir. U buyuk davlat arbobi,
moxir va usta diplomat, dovyurak sarkarda edi. Otasi kabi o‘z davrining o‘qimishli
kishisi   bo‘lib,   Xorazm   aholisi     o‘rtasida   adolatli   hukmdor   sifatida   tanilgan   edi.
Sulton   Sanjarning   zaif   tomonlarini   o‘rganib,   mustaqil   tashki   siyosat   olib   borib
Xorazmni mustaqil qilishga harakat qildi. 
Sulton   Sanjarga     bo‘lgan   sodiqlik   ipi   uzog‘i   bilan   o‘n   yillarga   cho‘zildi.
Voqealarning   keyinchalik   rivojlanib   borishi   vassal   bilan   sulton   o‘rtasida   keskin
burilish yasashga  olib keldi. Bu voqea 1136-1138 yillarda sodir bo‘ladi. Kundan-
kunga     Otsizning   mavkei     va   ta’sir   doirasi   oshib   borayotganligi   sulton   Sanjarni
xavotirga   sola   boshlaydi.   Bog‘dod     halifasi   Al-Mustajid   va   uning   o‘rniga   kelgan
Al-Muktofiylar   ikkisini   urishtirib   qo‘yishga   fursat   poylar   edi.   Halifa   Otsizni
Xorazm   xududlarining   to‘la   hukmdori   sultoni   sifatida   tan   olib   yorlik   junatadi.
Shundan so‘ng Otsiz 1141 yildan boshlab mustaqil ravishda oltin tangalar zarb qila
boshlaydi.
Otsiz   birinchi   vassal   shartlarini   buzib     1130   yili   Sirdaryoning   quyi
oqimlarida   joylashgan   Mangishlok   va   Jandni   bosib   oladi.   Sulton   Sanjar   esa   buni
o‘ziga   qarshi   isyon   deb   biladi.   Boshqalarga   o‘rnak   bo‘lmasligi   uchun   uni
jazolamokchi   bo‘ladi.   U   Xorazm   ustiga   qo‘shin   tortib   boradi.   Bu   jangda   uning
o‘g‘li Otli halok bo‘ladi va o‘zi yengiladi.
Bu voqeadan so‘ng Sulton Sanjar Otsizning o‘rniga jiyani Sulaymonshoxni qo‘yadi.   Bundan   foydalangan   Otsiz   qo‘shin   to‘plab     Sulaymonshoxni   haydab
yuboradi. Oxirini o‘ylagan Otsiz moxir diplomatlarcha sulton Sanjardan kechirim
so‘raydi.   Sulton   Sanjar   unga   qarshi   keskin   choralar   ko‘rmaydi.   Yana   bir   sababi
ayni damda Movarounnaxrga sharqdan qoraxitoylarning bostirib kelayotganligidan
ham vaziyatni yumshatadi. 
Qoraxitoylarning sulton Sanjarga qarshi birinchi marta hujumi 1128 yilda
Sharqdan Qashqarga bostirib kirish bilan boshlangan. Ularni Sulton Sanjar bartaraf
qilgan   bo‘lsa     ham,   1137   yilda   qoraxitoylar   ikkinchi   marta     Movarounnaxrga
bostirib   kiradilar.   Sulton   Sanjar   va   qoraxitoylar   o‘rtasida   vaziyat   murakkablashib
boraveradi   va   natijada   1141   yil   9   sentyabrda   Samarqandga   yaqin   Katvon
dashtligida  jang bo‘lib o‘tadi. Bu  jangda  suton  Sanjar  mag‘lubiyatga uchraydi   va
o‘zi qochib ketadi. Qoraxitoylar butun Movarouunnaxrni egallab oladilar.
Xorazmshoh   Otsiz   Sanjarning   yengilganidan   ustalik   bilan   foydlanadi.   U
1141-1142 yillarda Xurosonga bostirib kiradi. Marv va Nishopurni egallaydi. 
Qoraxitoylardan   yengilgan   Sulton   Sanjar   Marvga   qaytgach,   Otsizning
tutgan ishidan  g‘azablanadi.  U  ikki   marta 1143  hamda 1147  yillarda  Otsiz  ustiga
qo‘shin   tortib   boradi.   Otsiz   qilgan   ishlari   uchun   kechirim   so‘rab,   uning
hukmronligini tan oladi. Ikki o‘rtada yarash bitimi imzolandi.
1152   yilda     Otsiz   uchinchi   marta   Jand   ustiga   qo‘shin   tortib   boradi   va   u
yerni   egallab   o‘g‘li   el-Arslonni   hoqim   qilib   tayinlaydi.   Bu   safar   Sulton   Sanjar
Otsizning   harakatlariga   ahamiyat   bermaydi.   Chunki   anchagina   kuchsizlanib
qolgandi. Shu bilan birga ashadiy raqiblar qoraxitoylar va Gurlar ham unga qarshi
turgan   edi.     Sulton  Sanjar   1153   yilda  Gurlar   bilan   bo‘lgan   jangda   asirga  tushadi.
Bundan   foydalangan   Otsiz   o‘z   yerlarini   kengaytirdi.   1156   yili   Sulton   Sanjar
asirlikdan qochadi, lekin saljuqiylarning avvalgi mavkeini tiklay olmaydi va 1157
yilda u olamdan o‘tadi. Undan bir yil  utgach Xorazmshoh Otsiz ham  vafot etadi.
Otsiz   mutloq   mustaqillikka   erishish   va   o‘z   hukmini   o‘tkazishga   uringan   bo‘lsa
ham,   ammo   moxiyat   e’tibori   bilan   aytadigan   bo‘lsak,   Xorazm   to‘la   erkinlikka
erisha   olmaydi.   Uylab   qaralsa   hukmdor   Otsizga   vaziyat   juda   og‘ir   kelgandi.   Bir
tomonda   Sulton   Sanjar   tazyiqlari   bo‘lsa,   ikkinchi   tomonda   qoraxitoylarning bostirib   kirish   xavfi   edi.   Lekin   Otsiz   siyosiy   kuchlar   bilan   raqobatlasha   olishga
qodir ekanligini namoyon qildi.
Otsizdan so‘ng Xorazm taxtiga  uning o‘g‘li El Arslon (1156-1172) utiradi.
U   otasiga   qaraganda   ancha   qulay   vaziyatda   hoqimiyatni   boshqaradi.   Ularga
saljuqiylar   davlati   umuman   taxdid   solmayotgan   edi,   sababi   bu   davlat   batamom
inqirozga   uchragan   edi.   Fakatgina   ayrim   vaqtlarda   gurlardan   hujum   bo‘lib   turar
edi. Qoraxoniylar kugirchok bekliklarga aylanib qolgandilar.  Xullas, Xorazmning
mustaqil  taraqqiyotiga tuskinlik qila oladigan xavf kolmagandi. Ammo El  Arslon
Xurosondagi   bunday   qulay   vaziyatdan   foydalana   olmadi.   Albatta,   u   xududlarini
biroz   mustaxkamladi,   qoraxitoylar   bilan   urushlar   olib   bordi.   Barcha   yozma
manbalar unining yaxshi fazilatli shaxs ekanligini ta’kidlaydi. 
El Arslon 1172 yilda vafot etadi va ayni shundan foydalangan qoraxitoylar
Xorazmga   bostirib   kiradi.   Mana   shunday   kiyin   vaziyatda   taxtga   Takash   (1172-
1200)   utiradi.   Xorazm   davlati   uning   davrida   eng   yuksak   chukqilarga   ko‘tardiladi
va buyuk davlatlardan biriga aylanadi.   Kiyinchiliklar  ham  uni  chetlab o‘tmaydi.,
otasi   hal   i   tiriklik   vaqtida     Takashning   ogasi   Sultonshoxni   merosxur   deb   e’lon
qilgandi.       1172   yildan   1193   yilgacha,   salkam   20   yil   aka-uka   bir-biri   bilan
kurashadi.  Bu kurashga chek quyilishiga sabab, bir tomondan qoraxitoylar bo‘lsa ,
ikkinchi   tomondan   gurlar   xavf   solib   turgandilar.   Xorazmshohlar   qoraxitoylarga
mutlok   qaram   bo‘lib,   ulardan   butkul   mustakkil   bo‘lishga   intilayotgan   edilar.
Takash   xuddi   ajdodlari   singari   mustaqillik   yo‘lida   tinmay   kurash   olib   bordi.     Bu
kurash uchun kuchli qo‘shin kerak edi. Takash jangchi suvoriylar izlab kipchoklar
xo‘zuriga   boradi.   Kipchoklar   xoni   JonkishII   Turkon   xotinning   kiziga   uylanadi.
Kipchoklarning   Bayot   qabilasidan   bo‘lgan   bu   kiz   Xorazmga   uroniylar,   karluklar,
ugraqlar va hal aj singari turk qabilalarini boshlab keladi.
Takash o‘z hukmronlgi davrida  katta xududlarni egallab olish bilan birga,
1195 yili hal ifalik qo‘shinlarini ham tor-mor qiladi. Ana shu tariqa Takash buyuk
davlatga asos soladi.   1200 yilda Xorazmdan Nishopurga boradigan yulda Takash
vafot etadi.
Xorazm   taxti   uchun   kurash   avjiga   chikadi.   Ko‘p   tortishuvlardan   so‘ng taxtga   Aloviddin   Muhammad   utiradi.   Uning   onasi   Turkon   xotun   edi.     Davlat
faoliyatining hamma kaliti uning qulida bo‘lib, Muhammad fakat rasmiy hukmdor
edi, xolos. Asosan turklardan tashkil topgan qo‘shin Turkonxotunga buysinar edi.
Butun   karndosh-urug‘lari   davlat   lavozimlarini   egallagan   edilar.   Samarqand
shaxrining   boshligi   Turkonxotuning   ogasi   Tugayxon,   Utror   shaxrining   noibi
karindoshi Inalxon edi. 
Xorazmshoh  Muhammad  onasiga  butunlay  tobe edi. Muhammadning eng
kenja   farzandi   O‘zlokshox   Xorazm,   Mozandaron   noibi   etib   tayinlanadi.
O‘zlokshoxning   onasi   o‘zining   jiyani   edi.     Xorazmshohning   katta   o‘g‘li
Jaloliddinga   kichkinagina   Gur   viloyati   berilgan   edi.   Chunki   uning   onasi   Boshqa
urug‘dan edi.  
Ona   izmidan   chikolmagan   Alouddin   Muhammad   o‘zining   20   yillik
hukmronlik   davrini   fakat   urushlar   bilan   o‘tkazadi.   U   qoraxitoylardan   kutilish
choralrini   ham   izlaydi.   Bunga   bahona   ham   topiladi.   1206   yilda   Buxoroda   Sadr
Muhammad   ibn   Abudulazizgi   qarshi   hal   k   ko‘zgolon   ko‘taradi.   Ko‘zgolonga
kalkon   yasovchi   xunarmand   Malik   Sanjar   boshchilik   qiladi.     Sadr   Muhammad
qoraxitoylarning   gurxonidan   yordam   so‘rab   uning   yoniga   kochadi.   Qoraxitoylar
gurxoniga   qarshi   yurish   uchun   bahona   topolmayotgan   Alouddin   Muhammadga
ayni   muddao   edi.     U   1207   yilda   Buxoroga   qo‘shin   tortib   boradi.   Buxoroni
egallaydi   va   ko‘zgolonchiliar   raxbari   Malik   Sanjarni   Xorazmga   olib   ketadi.
Muhammad   Buxoroni   egallagach,   qoraxitoy   gurgonlariga   qarshi   urushga
tayyorgarlik   ko‘ra     boshlaydi.   Shu   vaqt   oralig‘ida   qoraxitoylarning   vakili   Tushi
ulpon   yigish   uchun   keladi   va   to‘g‘ri   kelib   bezbetlarcha   Muhammad
Xorazmshohning   oldiga   kelib   utiradi.   G‘azablanib   ketgan   Muhammad   Tulini
uldirtirib yuboradi. Bu voqeadan so‘ng Muhammad vaziyatni kuldan boy bermay,
qoraxitoy gurxoni  ustiga qo‘shin tortadi. Ayni  paytda mugullar  ta’kibidan qochib
Yettisuvga   chekingan   naymanlar   sardori   Kuchluk   karluklar   bilan   birlashib,
qoraxitoylarga   zarba   beradi.   Bunday   vaziyatni   kuldan   boy   bermaslikni   istagan
Muhammad   Samarqand   hukmdori   Usmon   ibn   Ibroxim   bilan   birlashib   Yettisuv
tomon   qo‘shin   tortadi.   Muhammad     bilan   Gurxon   o‘rtasidagi   kakshatkich   jang 1210   yili   Tolos   daryosi   vodiysida   bo‘ladi.   Bu   jangda   bir   amallab   Xorazmshoh
qo‘shini   galaba   kozonadi.   Natijada   Xorazm   davlatining   xududlari   XIII   asr
boshlarida   yanada   kengayadi   va   Yettisuvgacha   bo‘lgan   yerlar   uning   tarkibiga
qo‘shib olinadi. Bu zafarlardan gururlanib ketgan Muhammad o‘zini dunyoda eng
yengilmas   shox   deb   ataydi.   Muhammad   qoraxitoylar   ustidan   kozongan   galabasi
sharafiga     o‘zugining   ko‘ziga   «Sulton   Xudoning   yerdagi   soyasi»   degan   so‘zlarni
yozdirgan, bunga ham kanoat kilmay o‘zini «Mskandari soniy» (Ikkinchi Iskandar)
deb   atay   boshlaydi.   Usha   davrda   islom   ximoyachisi   va   hal   klar   hal   oskori
Muhammad   nomi   shu   kadar   keng   tarkalgan   ediki,   butun-butun   davlatlar   unga
deyarli   jangsiz   taslim   bo‘lar   edi.     Xorazmshoh   qo‘shinlari   1215-1217   yillar
davomida  Kerman,  Buljiston,  Makrom,   Urmo‘z,  Fors,   Iroki,  Mozandaron,   Arron,
Ozor yurti  Shirvon va shu kabi Boshqa xududlarni egallaydi. 
Xorazm   saltanatining   katta   kuch-qudratiga   ishongan   Muhammad   endi
Bog‘dod ustiga yurish, hal  ifaning o‘zini ham unga tobe qilish va o‘z nomini hal
ifalik markazida xutbaga qo‘shib o‘qittirishga karor qiladi. 1217 yilda Muhammad
Bog‘dodga qarshi qo‘shin tortadi.   Yaqinlashay deganlarida kutilmaganda hamma
yokni  izgirin sovuk  kopladi. Qo‘shin  sovukdan kirilib ketadi.   Lekin Muhammad
har   qanday   daxshatga   qaramasdan,   Bog‘dod   sari   yurishni   davom   ettirishni
buyuradi.     Birok   1218   yil   10   fevralda   Xorazmdan   kelgan   chopar   shum   xabarni
yetkazadi.   Bu   xabarga   ko‘ra     sharqdan   mugul-tatar   lashkarlari   Chingizxon
boshchiligida Movarounnaxrga hujum  qilgandilar. Muhammad  Bog‘dod yurishini
tuxtatib,   1218   yili   Movarounnaxrga   kaytadi.   Xorazmshohlar   davlatining
tanozulliga   sanokli   damlar   qolgandi.   Xorazmshohlar   davlatining   bundan   keyingi
tarixi mugul bosqinchilarining istilolari bilan bog‘liqdir.
Qator   manbalar   va   ilmiy   adabiyotlarda   chingiziylarning   Movarounnaxrga
yurishlari   sabablarini   turlicha   izoxlashga   harakat   qilinadi.   Arzimagan   bahonalar
sabab,   ikki   tomon   o‘rtasida   urush   bo‘lishi   mukarrar   bo‘lib   qoladi.   1218   yili
Utrorda   sodir   bo‘lgan   voqea   Chingizxonning   Movarounnaxrga   bostirib   kelishiga
sabab   qilib   ko‘rsatiladi.     Ikki   hukmdor   o‘rtasidagi   yozishmalar   esa   bu   kurashni
yanada jadallashtirib yuboradi. O‘z   o‘rnida   sulton   Muhammad   ham   qator   xatolarga   yul   qo‘yadi.
Chunonchi,   dushman   bilan   bo‘ladigan   janglarda   qanday   taktikadan   foydalanish
kerak   masalasida   kaltabinlik   qiladi.   Harbiy   kengashda   bir   qator   taqliflar   o‘rtaga
tashlanganda   Muhammad   barchasini     rad   etadi.     Har   bir   kishlok   va   kal’a   o‘z
kuchiga   suyangan   xolda     ximoyalanishni     buyuradi.   Bu   bilan   sulton   juda   katta
qo‘shinni mayda bo‘laqlarga bo‘lib yuboradi va dushmanga keng yul ochib beradi.
Davlatchilikda   o‘ziga   xos   ikki   hoqimiyatchilikning   yuzaga   kelishi   natijasida
vaziyat   kuldan   boy   beriladi.   Chingizxonning   juda   katta   qudratli   qo‘shini
Movarounnaxrga   bostirib   kiradi.   Muhammad   mamlakatni   tashlab   qochib   ketadi.
1221   yili   u   o‘limi   oldidan   o‘g‘li   Jaloliddinni   valiaxd   qilib   tayinlasada,   fursat
kuldan   ketgan   edi.   Jaloliddin   dushmanga   qarshi   kurashni   tuxtatmaydi.U   mugul
qo‘shinlariga kakshatgich zarba beradi. Jaloliddin qo‘shini guyo yengilmasdek edi.
Lekin   so‘ngi   jangda   kulga   kiritilgan   o‘ljani   taksimlashda   kelishmovchilik   chiqib
ba’zi   amirlar   qo‘shinni   tashlab   chiqib   ketadi.   Jaloliddin   Sind   tomon   chekinadi.
Jaloliddin   butun   haramini   daryoga   chuktirishni   buyuradi,   ya’ni   yaqinlarini
dushman   quliga   tushishini   xoxlamaydi.   O‘zi   ham   oti   bilan   daryoga   tashlaydi   va
eson-omon chiqib oladi. Bir soniya ham kurashni tuxtatmagan Jaloliddin 1230 yili
Kichik   Osiyoning   janubi-sharqiy   xududlarini   egallaydi.   1231   yili   Ozarbayjonni
zabt   etgan   mugullar   Jaloliddin   qarshiligiga   uchraydi.   Ammo   tasodif   tufayli   1231
yil 20 avgustda Jaloliddin bir kurd tomonidan  Mayoforikin degan joyda uldiriladi.
Uning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi ulugvor o‘rni tabIIy ravishda yuksakdir. 
Xorazmshohlarning davlat boshqaruvi.    Anushteginiylar davrida davlat
boshqaruvi  ham avval boshqargan sulolalar boshqaruvidan farq kilmagan.  Ularda
ham davlat boshqaruvi iki tizimdan: dargox va devondan iborat bo‘lgan. Dargoxda
Xorazmshohlarning   vazifalarini   bajaruvchi   bir   necha   lavozimlar   mavjud   bo‘lgan.
Devonlar   faoliyati   ham   xuddi   saljuqiylar   va   G‘aznaviylar   davlati   kabi   5ta
devondan iborat bo‘lgan.   Fakatgina ularda yana bir devon bo‘lib uning nomi xos
deb   yuritilgan,bu   maxsus   devon   bo‘lib,   hukmdor   sulolaga   tegishli   yer-suv,   mol-
mulk, sulton mamluklariga maosh berish vazifalari bilan mashgul bo‘lgan.
Xorazmshohlar qo‘shini haqida  gapirilganda, bu qo‘shin o‘z davrining eng qudratli lashkariga ega bo‘lgan. Sulton Muhammad ixtiyorida 600 ming otlik askar
bo‘lgan. Mugullar bosqini arafasida Xorazmshohlar taxminan 600 ming otlikni o‘z
kul ostida birlashtirgan. Oliy hukmdorning maxsus shaxsiy qo‘shini ham bo‘lgan.
Bu gvardiya 10 ming kishini tashkil qilgan. Bu jangchilarni paxlovonlar deyishgan.
Madaniy   hayot.   Xorazmshohlar   davrida   fan   va   madaniyat   rivoji   a’lo
darajada   bo‘lgan.   Ayniksa,   sulton   Takash   va   Alouddin   Muhammad   davrida
madaniy   hayot   ravnak   topgan.     Xorazm   she’riyat   maktabining   deyarli   barcha
vakillari   saroy   shoirlari   edi.   Xorazmshohlarning   barcha   namoyondalari   keng
bilimli   kishilar   edi.     Ular   san’atni   kadrlaganlar,   nazmda   ijod   qilib,   musika
asboblarida kuy chalishni bilganlar.
Bu   zamonda   madrasalar   barpo   etish,   kutubxonalar   ochish,   ularni   kitoblar
bilan   tuldirish,   iste’dod   soxiblarini   jalb   qilish   va   nodir   manbalarni   asrash   kabi
odatlar   rivojlangan.     Xorazmshohlar   davrida   olimu-fo‘zalolarga   xomiylik
ko‘rsatilib,   mamlakatda   ilmu-fan   bilan   shugullanishga   shart-sharoit   yaratib
berilgan   edi.     Bu   yurtda   ko‘plab   matematiklar,yuldo‘zshunoslar,   tabiblar,
tarixchilar, shoirlar, faylasuflar, adiblar, tilshunoslar, mutassavvuf kabi olimlar o‘z
saloxiyatlarini   namoyon   qilib     faoliyat   yuritganlar   va   Xorazm   shon-shuxratini
olamga tanitganlar. 
Xorazmda   Beruniy   ma’lumotiga   ko‘ra,   yangi   Avesta   kalendaridan
foydalanishgan.   Xorazmliklarda   quyosh   kalendari   bo‘lib,     u   365   kun,     12   oydan
iborat bo‘lgan.  Har bir oy 30 kun bo‘lib, o‘ziga xos nomlar bilan atalgan. Qolgan
5 kuni oxirgi oyga qo‘shilgan.Lekin unda qo‘shimcha 6 soat inobatga olinmagan 1
.
  Xorazmshohlar   davlati     mamlakatni   boshqarishda,   tashki   va   ichki
siyosatida,   ilm   va   ma’rifat   ravnaki   yo‘lida   olib   borgan   sayi-harakatlari   bilan
tariximiz zar varaqlarida o‘chmas iz qoldirdilar.
1
 History of Civilizations of Central Asia .  The age of achievement: A.D.
750 to the end of the fifteenth century Volume IV .  UNESCO,  2000, 
р.227 Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Masharipov O. Xorazmnoma, -Toshkent, 2006, 89-120 бб.
2. O’zbekiston tarixi. Murtazaeva M. Milliy Universtitet .T.2003, 117-124 бб.
3. History of Civilizations of Central Asia .  The age of achievement:
A.D. 750 to the end of the fifteenth century   Volume IV .  UNESCO 
Publishing
11. 2000, 70-76 р.

Xorazmshohlar davlati. Reja: 1. Xorazmshoxlar davlatining tashkil topishi. 2. Boshqaruv tizimi 3. Madaniy hayoti

Mavzu tarixshunosligi. O‘zbek davlatchilgi taraqqiyotida muxim o‘rin egallagan Xorazmshohlar davlati buyicha sharqshunoslik ilmida ko‘pgina tarixchi olimlar tomonidan tadkikot olib borilgan. Jumladan, Xorazmshohlarning yuksalishi va bu davlatning keyingi takdiri V.V.Bartoldnng «Turiston Mugul istilochilari davrida», S.P.Tolstovning «Kadigi Xorazm madaniyatini izlab» ilmiy tadkikotlarida, atokli adib V.Yanning «Chingizxon» tarixiy romanidan Xorazmshohlar davlatining takdiri haqida ko‘plab ma’lumotlar olish mumkindir. Bu mavzuga aloqador xorijiy mualliflarning tadkikotlaridan misol keltirsak, Ibroxim Kafas o‘g‘lining 1956 yilda Anqarada bosilgan «Xorazmshohlar davlati tarixi»da bu davlatning siyosiy va harbiy tarixi ancha muvassal yoritiladi. 1978 yilda Bog‘dod dorilfununi mudarrisi Nofi’a Tavfik al-Ubudning magistrlik- nomzodlik dissertasiyasida Xorazm davlati tarixi tadkik qilingan. Erdugon Merchilining asarida ham Xorazmshohlar sulolasi haqida bayon qilingan. Yuqorida sanab utilgan barcha mualliflar o‘zlarining asarlarida kadimiy kulyozmalardan foydalanganlar. Xorazmshohlar tarixini yoritishda Ibn al-Asir, Juvayniy, Rashididdin, Ibn al-Fuvotiy, Ibn as-So’iy, Ibn ad-Dubaysiy, Al-Yazdiy, An-Nishopuriy, al-Xusayniy kabi tarixchilarning kulyozmalari va shuningdek o‘sha davr rasmiy hujjatlari asos bo‘lgan deyish mumkin. Xorazmshohlar sulolasidan Alouddin Otsiz haqida Ismoil ibn Xasan «Kibob ul-agroz» asarini, Takash sharafiga «Jom’e ul-ulum» asarini, Alouddin Muhammadga atab Majididdin Nasaviy fors tilida «Shaxonshoxnoma» dostonini yaratganlar. Majididdin Nasaviy Sulton Jaloliddin devonida munshiylik vazifasida xizmat qilgan. Ba’zi vaqtlarda sulton Jaloliddin elchisi sifatida Boshqa mamlakatlarga davlat ishlarini hal etish uchun borgan. Sultoning podsholarga va maliklarga yuborilgan hujjatlarini tuzgan. U «Siyrati sulton Jalol ad-Din» asarini yozib koldirgan. Muhammad ibn Najib Bakron jugrofiy olim bo‘lib, sulton Alouddin Muhammadga jaxon xaritasini tuzgan va unga «Jaxonnoma» deb atalgan sharxlarni qayd qilgan. Yana bir qimmatli ma’lumotlar beruvchi Nasaviyning «Nafsatul masdur» asari bo‘lib, unda Jaloliddin Manguberdiining hayotini o‘rganishda ahamiyati kattadir. O‘rta asr manbalarining aksariyat qismida

Xorazmshohlar davlati tarixining u yoki bu jihatlari haqida ma’lumotlar mavjud va bu ma’luomtlarni sinchiklab o‘rganilsa, bu davlat tarixini mukammal o‘rganishda kumak beradi. Xorazmshohlar davlatining vujudga kelishi. Xorazmshohlar deyilganda, Xorazm voxasida hukmronlik qilgan sulola vakillari tushuniladi. Uzoq yillar davomida bu yerda bir qator sulolalar Xorazmshohlar unvoni ostida faoliyat ko‘rsatganlar. Masalan, IV-X asrlarda afrigiylar xonadoni, 995-1017 yillarda ma’muniylar, 1017-1041 yillarda esa Oltintoshiylar (Oltintosh, Xorun, Xandon) sulolalari hoqimiyatni boshqarganlar. Ammo Xorazm doirasidan tashqariga chiqib, o‘zga yerlarni o‘z tasarrufiga olib mamlakatni kengaytirgan va chinakam boshqaruvni saltanat darajasiga ko‘targan sulola anushteginiylardir. Ma’lumki, Xorazm G‘aznaviylar davrida o‘z mustaqilligini saqlab qalolmagan edi. XI asrda Ma’muniylar davrida Xorazm eng gullagan davlatlardan biriga aylanadi. Albatta, Maxmud bunga befarq qaray olmadi. U iloji boricha Xorazmni egallashga, hech bo‘lmasa o‘ziga qaram yoki vassal mamlakatga aylantirishga harakat qildi. Ammo Maxmud bu ishlarni nihoyatda ustalik va tinch yo‘l bilan amalga oshirdi. U o‘z singillarini Xorazmshoh Ali ibn Ma’munga va uning ukasi Ma’mun ibn Ma’munga turmushga beradi va Xorazm hukmdorlari bilan kuda-anda bo‘lib oladi. Ammo voqealarning bu tarzda rivojlanib borishi Bog‘dod halifasi Kodirni tashvishga solayotgan edi. U Xorazmni ham, Maxmud G‘aznaviyning ham kuchayishini istamas edi. Shu bois ikki o‘rtada nifok chiqarishga harakat qildi va ma’lum darajada maqsadiga erishdi. Kodir Xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’munga o‘z elchisi orqali faxriy kiyim va «Ayn Ad Daula va Zayn Al Mila», ya’ni «davat ko‘zi va dindorlar jamoasining ko‘rki» unvoni diplomini topshiradi. Albatta, bu voqea halifa Kodirning rejasiga ko‘ra Maxmud G‘aznaviyning g‘azablanishiga sabab bo‘lishi kerak edi. Xuddi shunday bo‘ldi ham. 1014 yilda Maxmud G‘aznaviy Xorazmdagi o‘z elchisi orqali Maxmud G‘aznaviy nomini juma nomozida xutbaga qo‘shib o‘qitishni Xorazmshohdan talab qiladi. Xorazmshoh

og‘ir axvolga tushadi. Shu bois u ikki yoklama siyosat olib boradi. Dastlab, Niso va Farovada sulton Maxmud nomiga xutba uqiladi. Xorazmda buni amalga oshirishga ko‘rkadi. Bunday ikki yoklama siyosat mamlakatni ham, Xorazmshohning o‘zini ham saqlab qola olmadi. Birinchi navbatda bu siyosatdan Xorazmdagi ayrim siyosiy va harbiy doiralar norozi bo‘ladi. Maxmud G‘aznaviy bu siyosiy o‘yindan foydalanib 1017 yili Xorazm ustiga qo‘shin tortib boradi. Xorazm Maxmudning ixtiyoriga o‘tadi. Xorazmshoh unvoni saqlab qolinib Maxmudning harbiy sarkardasi Oltintosh Xorazmga hoqim qilib tayinlanadi. Ana shu tariqa Xorazm mustaqilligi barham topadi. Tarix saxnasiga saljuqiylar kelgach, vaziyat Xorazmshohlar tomonga o‘zgaradi. Bu davlatning zaiflashuvi natijasida Sharqiy saljuqiylar davlati bir qancha feodal davlatlarga bo‘linib ketadi va XII asr oxirlarida Xuroson Xorazmshohlar quliga o‘tadi. Yuqorida aytilganidek, Xorazmshohlar sulolasining asoschisi Anushtagin bo‘lib, manbalarda yozilishiga ko‘ra , Anushtakin yoshligida Gurjistonda yashagan turk quli edi. Tarixchilardan Rashid ad-Din va Xofizi Abro‘ uning o‘g‘o‘z turklarining Bekdili urug‘idan deb yozishadi. Anushtaginni yoshligida isfaxsolar Izziddin Onar Bilgategin sotib olgan va u saljuq sultoni Malikshox I ning saroy ayyonlaridan biri, sulton hovuzlari va hammomlari ashyolarining xazinachisi –tashtdorlik lavozimida edi. Tashtdorlik lavozimiga sulton juda yaqin va ishonchli odamlarini tayinlar edi va ko‘p o‘tmay Anushtakin sultonning yaqinlaridan biri bo‘lib qoladi. Tashtdorlik uchun zarur harajatlar Xorazm viloyatidan kelib turgani uchun sulton Malikshox yaqin odami Anushtakinni Xorazm mutasarifi mansabiga tayinlab, unga Xorazm shixnasi unvonini bergan edi. U vaqtda Xorazm hoqimi sulton Malikshox, ya’ni bo‘lg‘usi sulton Sanjarning o‘g‘liga tobe mamluk-Ekinchi ibn Quchqor edi. Sulton Barkyoruk zamonida saljuqiylar saltanatining sharqiy viloyatlari Xuroson amir Dodbex Xabashiy ibn Oltintosh qo‘l ostida edi. U saljuqlarning nizolaridan foydalanib, 1097 yilda saljuqiylardan ajralib chiqib, mustaqillikka erishadi. Shu yili Anushtakin vafot etadi. Mansabdan chetlashtirilgan Ekinchi bin

Qo‘chqor o‘rniga Anushtakining o‘g‘li Qutbiddin Muhammadni (1097-1127) Xorazm voliysi qilib tayinlaydi. Anushtakin Xorazmshohlar sulolasining tarixi aslida mana shu Xorazmshoh Qutbiddin Muhammaddan boshlanadi. U 30 yil davomida Sulton Sanjarga sodiqlik bilan xizmat qiladi, uning raxbarligida olib borilgan barcha janglarda faol qatnashadi. Ayni zamonda Qutbiddin Muhammad mamlakatni har jihatdan taraqqiy etishda astoydil kuch sarflaydi. U saljuqiylar dargoxiga qaram edi. Har yili markazga undirilgan soliqni yetkazib turardi. Qutbiddin Muhammad vafot etgach, Sulton Sanjar sodiq vassalining ulkan xizmatlarini inobatga olib hech ikqilanmasdan uning o‘rniga 29 yoshli o‘g‘li Qutbiddin ibn Aloviddin Jaloliddin Otsizni (1127-1156) Xorazm taxtiga o‘tkazadi. Otsiz Xorazm tarixida aloxida o‘ringa ega bo‘lgan shoxdir. U buyuk davlat arbobi, moxir va usta diplomat, dovyurak sarkarda edi. Otasi kabi o‘z davrining o‘qimishli kishisi bo‘lib, Xorazm aholisi o‘rtasida adolatli hukmdor sifatida tanilgan edi. Sulton Sanjarning zaif tomonlarini o‘rganib, mustaqil tashki siyosat olib borib Xorazmni mustaqil qilishga harakat qildi. Sulton Sanjarga bo‘lgan sodiqlik ipi uzog‘i bilan o‘n yillarga cho‘zildi. Voqealarning keyinchalik rivojlanib borishi vassal bilan sulton o‘rtasida keskin burilish yasashga olib keldi. Bu voqea 1136-1138 yillarda sodir bo‘ladi. Kundan- kunga Otsizning mavkei va ta’sir doirasi oshib borayotganligi sulton Sanjarni xavotirga sola boshlaydi. Bog‘dod halifasi Al-Mustajid va uning o‘rniga kelgan Al-Muktofiylar ikkisini urishtirib qo‘yishga fursat poylar edi. Halifa Otsizni Xorazm xududlarining to‘la hukmdori sultoni sifatida tan olib yorlik junatadi. Shundan so‘ng Otsiz 1141 yildan boshlab mustaqil ravishda oltin tangalar zarb qila boshlaydi. Otsiz birinchi vassal shartlarini buzib 1130 yili Sirdaryoning quyi oqimlarida joylashgan Mangishlok va Jandni bosib oladi. Sulton Sanjar esa buni o‘ziga qarshi isyon deb biladi. Boshqalarga o‘rnak bo‘lmasligi uchun uni jazolamokchi bo‘ladi. U Xorazm ustiga qo‘shin tortib boradi. Bu jangda uning o‘g‘li Otli halok bo‘ladi va o‘zi yengiladi. Bu voqeadan so‘ng Sulton Sanjar Otsizning o‘rniga jiyani Sulaymonshoxni