logo

XVI-XVII ASR BIRINChI YARMIDA ANGLIYA

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

232.6748046875 KB
MAVZU. XVI	-XVII ASR BIRINChI YARMIDA ANGLIYA.	 	
REJA.	 	
 	1. XVI asrdagi Angliyaning ijtimoiy	- iqtisodiy rivojlanishi.	 	
 	2. Tyudorlar sulolasining taxtga kelishi.	 	
 	3.Angliyada reformasiya va kontreformasiya.	 	
 	4. XVI  asrda Angliya tashqi siyosati.	  	
XVI  asr bosh	ida Angliyaning iqtisodiy yuksalishi.	 	
  	XVI asrda Angliyaning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan holat, 	
bu  buyuk  geografik  kashfiyotlar  bilan  bog’liq  bo’lib,  savdo  sohasidagi  to’ntarilish 
edi,  ya’ni  Angliya  yangi  jahon  savdo  yo’lining  markaz	iga,  London  esa  dunyoning 	
eng yirik port shaharlaridan biriga aylandi.	 	
Inglizlar  Buyuk  geografik  kashfiyotlarda  faol  ishtirok  etganlar.  Ingliz 	
dengizchilari  eskimoslar  yashaydigan  joygacha  suzib  borishib,  Virginiyada 
Angliya  koloniyasiga  asos  soldilar,  Vil	lagbi  esa  Moskva  to’g’risida  axborot 	
yig’ishga  muvaffaq  bo’ldi.    Dreyk  o’zining  dunyo  bo’ylab  sayohati  bilan 
F.Magellan  kashfiyotini  takrorladi.  Keyinchalik  ingliz  sayohatchisi  Djenkinson 
Buxorogacha  yetib  borgan.      Afsuski,  bu  sayohatchilarning  barchasini	ng  faoliyati 	
yangi yerlarni kashf etishga qaratilmay, ya’ni sof geografik kashfiyotlardan chetga 
chiqib,  josuslik,  qaroqchilik  va  hatto  bosqinchilik  faoliyatlari  bilan  ham  bog’lanib 
ketgan edi. 	 	
Angliyaning  buyuk  geografik  kashfiyotlarda  ishtiroki  Bristol 	shahri 	
savdogarlarining  tashabbusi  bilan  boshlandi.  Ularning  niyati  boshqa  yerlar  qatori 
Xitoy  sohillariga  ham  yetib  borish  edi.  Savdogarlar  mablag’iga  dengiz 
ekspedisiyasi  tashkil  qilinib,  unga  rahbar  qilib  asli  italiyalik  bo’lgan  Djon  Kabot 
(Djovanni  Kab	etto)  tayinlandi.  1  kema  va  18  ekipajdan  iborat  Djon  Kabot 	
boshchiligidagi ekspedisiya 1497 yilning may oyida Bristoldan g’arb tomon yo’lga 
chiqdi  va  shu  yilning  o’zida  Shimoliy  Amerikadagi  Labrador  (Nyufaundlend)ga  yetib  keldi.  Qaysi  hududga  kelganliklari	ni  bilmagan  inglizlar  «Buyuk  Xon 	
podsholigi», ya’ni Xitoyni kashf etdik deb o’yladilar. 1498 yilda yana Djon Kabot 
boshchiligida  5  kemadan  iborat  ikkinchi  dengiz  ekspedisiyasi  tashkil  qilindi. 
Yo’lda  vafot  etgan  Djon  Kabot  o’rniga  ekspedisiyaga  uning  o’g’l	i  Sebastyan 	
Kabot boshchilik qildi. Bu ekspedisiya 1498 yilda Shimoliy Amerikaning shimoliy 
– sharqiy qirg’oqlariga yetib keldi. 	 	
Afsuski,  XVI  asrda  uyushtirilgan  va  qisman  qirollik  tomonidan  mablag’ 	
bilan  ta’minlangan  dengiz  ekspedisiyalarining  ko’pchilig	i  yangi  yerlarni  kashf 	
qilish  o’rniga  dengiz  qaroqchiligi  bilan  shug’ullandilar.O’zining  qo’shnisi  bo’lgan 
Irlandiyani  talash  Angliya  uchun  dastlabki  kapital  jamg’arishning  bir  vositasiga 
aylandi.	 
XI asrdan boshlab Angliyaning chetga sotadigan asosiy mahsu	loti mayin jun 	
va  qo’y  terisi  edi.  Yevropadagi  eng  sifatli  jun  faqat  Angliyada  yetishtirilar  va 
Flandriya  hamda  Italiya  to’qimachilik  sanoati  uchun  yetkazib  berilar  edi.  Ammo 
XVI  asrning  birinchi  yarmidan  boshlab  movut  ishlab  chiqarish  ingliz  sanoatining 
asosiy  tarmog’iga  aylandi  va  jun  gazlamalar  chiqarish  junning  o’zini  chiqarishga 
nisbatan  bir  necha  marotaba  ko’paydi.  Hozirga  qadar  jun  solingan  xalta  inglizlar 
boyligining  ramzi  hisoblanadi  va  lordlar  palatasida  Angliya  lord	-kansleri  uchun 	
yumshoq o’tirg’	ich vazifasini o’taydi.	 	
XVI  asr  o’rtalarida  Angliya  Flandriya  va  Florensiyadagi  movut  sanoatiga 	
xom  ashyo 	– jun  yetkazib  beradigan  mamlakatdan  ichki  va  tashqi  bozorga  o’zi 	
movut  chiqaradigan  mamlakatga  aylandi.Angliyada  XVI  asrga  kelib  jun 
eksportining  kam	ayganligini  quyidagi  misolda  ham  ko’rish  mumkin:  1354  yilda 	
Angliyada  bir  yilda  32  ming  xalta  jun  chiqarilgan  bo’lsa,  bu  ko’rsatkich  Genrix 
VIII  davrida  (1509	-1547)  5	-6  ming  xaltaga  tushib  qoldi.  O’z  navbatida  tayyor 	
movut  chiqarish  to’xtovsiz  o’sib  bordi.	 Masalan,  1354  yilda  chetga  5  ming  o’ram 	
movut  chiqarilgan  bo’lsa,  XVI  asr  o’rtalariga  kelib  uning  miqdori  122  ming 
o’ramga  yetdi.  XVI  asr  oxiriga  kelib  Angliya  bir  yilda  200  ming  o’ram  movut  ishlab  chiqaradigan  darajaga  erishdi.  Movut  va  jundan  tayyorlang	an  buyumlar 	
Angliya umumiy eksportining 81,6 % ni tashkil qildi.	 	
Angliyaning  jun  gazlamalari  mamlakatning  janubiy	-g’arbidagi  hududlar: 	
Uiltshir,  Somerset,  Glostershir,  Oksfordshir  va  boshqalar  edi.  Bu  yerda,  jun 
gazlamalarining «bronklot» deb atalgan eng n	afis turi to’qilardi.	 	
 Kapitalistik  xususiyatga  ega  bo’lgan  ishlab  chiqarish  Angliyaning  qishloqlariga 
ham  chuqur  kirib  bordi.  Bunga  quyidagi  hol  ko’maklashdi:  movut  to’qish, 
hunarmandchilikning  yangi  tarmog’i  sifatida  asosan  qishloqlarda  rivojlandi,  bu 
ye	rda  esa  ishlab  chiqarishni  siqib qo’yadigan  sexchilik  yo’q  edi.  Movutga  bo’lgan 	
talabning  kuchayishi  bu  mayda  ishlab  chiqarish  punktlarini  kengaytirishni  talab 
etdiki, bu kelgusida yirik manufakturalarning paydo bo’lishiga olib keldi.	 	
Manufakturalarning  qa	y  darajada  rivojlanganligini  ko’rsatadigan  misollarga 	
murojaat etsak, misol sifatida Berkshir grafligidagi yirik movutchi Djon Uichkaiba 
manufakturasini ko’rsatishimiz mumkin; bu yerda 200 dan ortiq to’quv dastgohlari 
bo’lib, movut ishlab chiqarish jarayon	ida 1000 dan ortiq kishi qatnashgan.	 	
XVI  asrga  kelib  ingliz  sanoatining  boshqa  turlari  ham  sezilarli  yutuqqa  erishadi. 
Norich,  Yorkshir,  Dorsetshir,  Devonshir  va  Kolchesterda  shoyi    va  ip  gazlamalar, 
Birmingam va Sheffilda qulflar, mixlar, pichoq va boshqa	 duradgorchilik asboblari 	
ishlab chiqarish yaxshi yo’lga qo’yildi.	 	
XVI asrda Angliyaning iqtisodiy taraqqiyoti ichki va tashqi savdoning rivojlanishi 
tufayli  ham  yuz  berdi.  Yagona  milliy  bozor  tashkil  topdi.  XIV	-XV  asrlarda 	
Angliyaning  Italiya  va  Sharq  mam	lakatlari  bilan  savdosi  asosan  venesiyaliklar 	
vositachiligida  olib  borilar,  Shimoliy  Yevropa  davlatlari  bilan  savdo  esa  Ganza 
ittifoqiga kirgan nemis savdogarlari qo’lida edi. XVI asrga kelib yuqoridagilarning 
ikkalasining  ham  savdo  sohasidagi  monopoliyasi	 qo’ldan  ketdi  va  Angliyaning 	
butun  savdo  sohasi  ingliz  savdogarlarining  kompaniyalari  qo’liga  o’tdi.Angliyada 
kemasozlik ham juda tez sur’atlar bilan o’sdi.	  Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  XVI  asrda  Angliya  sanoatining  taraqqiyotida 
Yevropaning  boshqa  m	amlakatlaridan  emigrant  bo’lib  kelgan  tajribali  ustolarning 	
ulushi  katta  bo’ldi.  Niderlandiya  inqilobi  davrida  ispanlar  beboshligidan  qochib 
kelgan  flomand  to’quvchilari  o’zlari  bilan  birga  nafis  movut  ishlab  chiqarishning 
sirlarini  olib  keldilar,  fransuz 	emigrantlari  (asosan  gugenotlar)  shoyi  ishlab 	
chiqarishni  yo’lga  qo’ydilar.  Angliyaga  maxsus  taklif  qilingan  nemis  ustolari  esa 
nodir metallardan chiroyli idish va bezaklar yasadilar.	 	
3.2.Angliyada  agrar  to’ntarilish.G’ov  tutish  va  dehqonlarning 
yersizlant	irilishi.«Qonli qonunlar»	 	
  	Movut  ishlab  chiqarishning  yutug’i,  ingliz  juniga  nisbatan  avval  qo’shni 	
Flandriyada,  keyinchalik  esa  Angliyaning  o’zida  talabning  kuchayishi  agrar 
munosabatlarning  sezilarli  o’zgarishiga  olib  keldi.  Junga  bo’lgan  narxning 
ko’ta	rilishi  bilan  Angliyada  qo’ychilik  qishloq  xo’jaligiga  nisbatan  foydali  bo’lib 	
qoldi  va  juda  ko’p  lordlar  o’zlarining  yerlarini  yaylovlarga  aylantira  boshladilar. 
Ular  bo’sh  yotgan  va  yaylov  sifatida  jamoa  tomonidan  foydalanib  kelinayotgan 
yerlarni  egallab	 ola  boshladilar.  Bu  ham  yetmagandek  ular,  o’z  qo’llari  ostidagi 	
kesim  yerlarga  ega  bo’lgan  dehqonlarni  haydab  chiqardilar,  dehqonlar  yashagan 
butun	-butun  qishloqlar  buzib  yaylovlarga  aylantirildi.  Tortib  olingan  yerlarga 	
lordlar  tomonidan  qo’ylarning  yayl	ovlardan  chiqib  ketmasligi  uchun  g’ov  tutildi. 	
Bu  yerlar  lordlar  tomonidan  chorvachi 	– fermerlarga  yuqori  renta  asosida  ijaraga 	
berildi,  ayrim  hollarda  esa  ularning  o’zlari  qo’ychilikni  yo’lga  qo’ydilar.  Ingliz 
dehqonlarini  mana  shu  tariqa  zo’rlik  yo’li  bi	lan  yersizlantirish  jarayoni  «g’ov 	
tutish» degan nomni oldi.	 	
 Tarixchilarning  ko’rsatishicha,  g’ov  tutishga  Angliyada  XIII  asrdayoq  qadam 
qo’yilgan.  XII 	– XV  asrlar  davomida  Lestershir,  Devonshir,  Xantingdonshir  va 	
boshqa grafliklarda lordlar tomonidan tur	li qonunlar xususan, XIII asrdagi  Merton 	
va  Vestminster  statutlari  asosida  jamoa  yerlarini  o’rab  olish  jarayoni  boshlangan 
edi.	  XVI  asrga  kelib  inglizlar  iqtisodi  jahon  bozori  bilan  mustahkam 	
bog’langanligi  tufayli  va  sanoat  ishlab  chiqarishning  yangi  soh	a  va 	
yo’nalishlarining paydo bo’lishi va bu sohaning qo’ychilikni rivojlantirishni taqozo 
qilishi,  g’ov    tutishning  yanada  kuchayishiga  olib  keldi.    Ingliz  hukumati 
komissiyasining 1517 yilga tegishli ma’lumotiga qaraganda, markaziy grafliklarda 
g’ov  tutil	gan  yerlar miqdori  71  %  ni, o’z  yerlaridan  va  mulkidan  mahrum  bo’lgan 	
dehqonlar  soni  84,4%ni  tashkil  qilgan.  XVI  asrning  ikkinchi  yarmida  bu 
grafliklarda  g’ov  tutish  yanada  kuchaytirilgan.  Bu  jarayonni  XVI  asr  ingliz 
gumanisti  Tomas  Mor  «Utopiya»  asarida  o	brazli  qilib  qo’ylar  shunchalik  ochko’z 	
bo’lib  ketdiki,  ular  odamlarni  yeb  qo’yayapti,  deb  ta’riflagandi.
 	Dehqonlarning  shu  tariqa  majburiy  yersizlantirilishi  Angliyada  juda  ko’p 	
sonli  ishsizlar  armiyasi  pauperlar  va  daydilarning  paydo  bo’lishiga  olib  keld	i. 	
Daydilikning  masshtabi  juda  keng  edi.  Ma’lumotlarga  qaraganda,  Yelizaveta 
Tyudor  hukmronligi  davrida  200  ming  aholiga  ega  bo’lgan  London  shahrida 
daydilar  soni  50  mingdan  ko’p  bo’lgan.  Ishsizlar  armiyasining  ko’payishining 
yagona  manbai  yuqoridagi  jaray	on  emas  edi.  XVI  asrning  ikkinchi  yarmidan  ular 	
safiga yana ikki kategoriyadagi kishilar kelib qo’shildilar.	 	
 	Birinchisi, bu aristokratlarning xususiy (shaxsiy) harbiy drujinalariga kirgan 	
kishilar  hisobiga.  Genrix  VII  absolyutizmni  mustahkamlash  siyosatin	i  yuritib, 	
aristokratiyani zaiflashtirish maqsadida, barcha xususiy harbiy drujinalarni tarqatib 
yuborish  to’g’risida  statut  chiqardi.  Natijada,  avval  yirik  feodallar  qo’lida  harbiy 
xizmatda bo’lgan juda ko’p kishilar, yashash uchun ta’minotdan mahrum bo’l	dilar.	 	
 	Ikkinchisi,  bu  qashshoqlar  safiga  monaxlarning  kelib  qo’shilishi.  Bu  ingliz 	
reformasiyasiga  bog’liq  bo’lib,  monastirlarning  tugatilishi  bilan  oddiy 
monaxlarning  juda  ko’pchiligi  ko’chaga  tashlanib,  ishsizlar  sonini  ko’paytirdi. 
Ma’lumotlarga  qaraga	nda,  7  mingdan  ko’proq  monax  va  25  mingdan  ortiq  turli 	
cherkov yer egaligidagi xizmatchilar ishsiz qolganlar.	   	Shunday  qilib,  Angliyada  yashash  uchun  mablag’  va  boshpanaga  ega 	
bo’lmagan,  yersizlantirilgan  va  o’zlarining  ish  kuchlarini  manufakturalar  va  yir	ik 	
fermalar egalariga arzimagan pulga sotadigan kishilar guruhi paydo bo’ldi.	 	
 	Zo’rlik  yo’li  bilan  yersizlantirishga  qarshi,  XVI  asrning  o’rtalariga  yaqin 	
Angliyada  dehqonlarning  ommaviy  norozilik  chiqishlari  boshlandi.  1536	-1537 	
yillarda  g’ov  tutishlarga 	qarshi  Angliyaning  shimoliy  grafliklarida,  1536  yilda 	
Linkolnshirda,  1547  yilda  Kent  hududida,  1549  yilda  bir  vaqtning  o’zida 
Devonshir,  Kornuell  (Kornoull),  Norfolk  va  Seffolk  grafliklarida,  1596  yilda 
Oksfordshir grafligida yirik dehqon qo’zg’olonlari bo	’lib o’tdi.	 	
 	Bu qo’zg’olonlar ichida 1549 yilda Norfolk va Seffolkda aka	-uka  Robert va 	
Vilyam  Ketlar  boshchiligidagi  qo’zg’olon  Angliyada  Uot  Tayler  qo’zg’olonidan 
keyingi  eng  yirik  dehqonlar  harakati  edi.  Ma’lumotlarga  qaraganda,  qo’zg’olonda 
20  mingga  y	aqin  dehqonlar  qatnashgan.  Qo’zg’olonchilar  lenlordlarning  jamoa 	
yerlarida  boqilgan  20  ming  qo’ylarni  ularga  qarshilikning  belgisi  sifatida  so’yib 
yeb  yuborganlar. Ularning 29 moddadan iborat hukumatga bergan talablari asosan 
quyidagilardan  iborat  edi:  to’	lovlarni  kamaytirish,  frigolderlarni  kopigolderlarga 	
aylantirishni  man  etish,  lordlarning  jamoa  yaylovlaridan  foydalanishini  ta’qiqlash, 
manorga  tegishli  sudlarni  tugatish  va  krepostnoy  huquq  qoldiqlarini  yo’q  qilish. 
Robert  Ket  boshchiligidagi  qo’zg’olon 	juda  qiyinchiliklar  bilan  bostirildi  va  aka	-	
ukalar qatl etildi.	 	
 	Rivojlangan  manufaktura  sanoati  birdaniga  yersizlantirilgan  dehqonlarni, 	
Angliyaning  shahar  va  qishloqlarini  to’ldirib  yuborgan  ishsiz  va  daydilarni  ish 
bilan  ta’minlashga  qodir  emasdi.  Ularn	ing  ko’pchiligi  o’zlarining  kun  ko’rishlari 	
uchun  jinoyat  sodir  etishga  majbur  bo’ldilar.  Genrix  VIII  davrida  72  ming  «katta 
va  kichik  o’g’rilar»  osib  o’ldirildi.  Tyudorlar  daydi  va  qashshoqlarga  qarshi 
ayovsiz  qonunlar  chiqara  boshladiki,  keyinchalik  bu  q	onunlar  «qonli  qonunlar» 	
degan nom oldi.	   	1530  va  1536  yillardagi  qonunlar  tilanchilik  qilishga  faqatgina  keksa  va 	
mehnatga  yaroqsiz  kambag’allarga  ruxsat  berdi,  ishga  yaroqli  «daydilarni»  esa 
avval yaxshilab kaltaklab, so’ng ulardan o’z joylariga qaytib b	orib «ishga kirishga» 	
qasam  ichtirdilar.  Agar  jazolangan  ikkinchi  marotaba  qo’lga  tushsa,  uni  yana 
kaltaklab  qulog’ining  yarmini  kesdilar,  agar  u  uchinchi  marotaba  qo’lga  tushsa 
o’lim jazosiga hukm qilindi.	 	
 	Eduard  VI  (1547	-1553)  qonunlariga  ko’ra,  «daydig	a»  ish  topish  uchun  bir 	
oy  muhlat  berildi,  undan  so’ng  «daydini»  uning  to’g’risida  ma’lumot  bergan 
kishiga qullikka berdi. Yangi xo’jayin uni boqishi kerak edi va buning evaziga uni 
majburiy  yo’l  bilan  ishlatish,  sotish,  avlodiga  vasiyat  qilib  qoldirish  va	 yollanma 	
ishga  yuborish  huquqiga  ega  bo’lardi.  O’zboshimchalik  bilan  ketib  qolganligi 
uchun  birinchi  marotaba  bu  qulning  yuziga  «S»  (Slave 	- qul)  tamg’asini  kuydirib 	
bosishar,  shunday  harakat  uchinchi  marotaba  takrorlanganda  esa  u  davlat 
jinoyatchisi  sifa	tida  qatl  qilinar  edi.  Yelizaveta  I  davridagi  qonunlar  bu 	
berahmlikni yanada kuchaytirdi.	 	
Angliyada savdo taraqqiyoti.	 	XVI  asr  va  XVII  asr  boshlari  Angliyada 	
dastlabki  jamg’arish  davri,  kapitalizmning  vujudga  kelish  davridir.  Dastlabki 
jamg’arishning  eng  m	uhim  manbalari 	– bular  jahon  bozorining  va  kolonial 	
savdoning  vujudga  kelishidir.  Bular  buyuk  geografik  kashfiyotlarning 
ko’rsatkichlaridir. 	 	
 	XVI  asr  oxirida  Angliyada  kapitalistik  rivojlanishda noqulay  sharoit  yuzaga 	
keldi.  Sababi  Ispaniya  bilan  bo’lgan 	urush  ingliz	-ispan  savdosini  izdan  chiqardi. 	
Endi  Angliya  o’z  tovarlarini,  birinchi  navbatda  dag’al  movutni  sotish  uchun  zarur 
bo’lgan «Ost	-Indiya»	-Sharqiy Hindiston hududida bozor topishi kerak edi. Bundan 	
tashqari  Angliya  to’qimachilik  sanoatiga  xom  ashy	olar  (bo’yoqlar,  paxta,  jun  va 	
h.k.)  kerak  edikim,  bular  keyinchalik  «Ost	-Indiya»  kompaniyasining  tuzilishiga 	
olib keldi. 	   	Angliya  sanoati  va  savdo  burjuaziyasi  o’zlarining  yevropalik  hamkasblari 	
singari  tezlik  bilan  dengiz  orti  mamlakatlariga  kirish  imko	niyatlarini  izlay 	
boshladilar  va  yangi  dengiz  savdo  yo’llarini  egalladilar.  Kapital  savdo 
ekspansiyalarning  boshlanishi  bevosita  qirol  hukumatining  yordamida  amalga 
oshirildi.	 	
 	XVI  asrda  Angliyadagi  buyuk  geografik  kashfiyotlar,  boshqa  Yevropa 	
davlatlarida	gi  singari  kolonial  bosqinchilikning  boshlanishiga  to’g’ri  keladi. 	
Sharqiy  Hindistonni  «ochishda»  inglizlar  bu  sohadagi  ispanlar  va  portugallarning 
geografik  yutuqlari  natijalaridan  foydalandilar.  Inglizlar  tomonidan  Sharqqa  qarab 
M.Frobisher  (1576  yil),  F	.Dreyk  (1577	-1580  yy.),  T.Kevendish  (1586	-88,  1591	-	
93),  D.Raymend  va  D.Lankaster  (1591	-1594  yillarda)  boshchiligida  dengiz 	
ekspedsiyalari  yuborildi.  Sharqiy  Hindistonga  eng  oxirgi  ekspedisiya  1596  yilda 
B.Vuda boshchiligida uyushtirildi.	 	
 	Bu  ekspedisiyalar	 natijalari  inglizlarning  Sharqdagi  savdo  monopoliyalari 	
tuzilishining  hal  qiluvchi  omili  bo’ldi.  XVII  asrning  boshlarida  Angliyada  bir 
qancha  savdo  kompaniyalari:  «Savdogar  Avantyuristlar»,  «Moskva»,  «Marokko», 
«Levant» va boshqalar tuzildi. 1599 (uning r	asmiylashtirilishi 1600 yilda bo’lgan 	– 	
P.Sh.)  yilda  esa  «Ost	-Indiya»  kompaniyasi  tuzildi.  «Ost	-Indiya»  kompaniyasi 	
faoliyati tufayli inglizlar Janubiy	-Sharqiy Osiyoda kolonial maydonda muaffaqiyat 	
qozondilar, ayniqsa, Hindistonni egallash uning qo’li bila	n bo’ld	 	
3.3.Angliyada Tyudorlar absolyutizmining o’ziga xos xususiyatlari	 	
  	XVI  asr  Angliya  tarixida  to’liq  Tyudorlar  sulolasining  hukumronlik  davri 	
bo’ldi.  Bu  sulolaning  rasmiy  hukumronlik  yillari  1485  yilda  boshlanib,  1603 
yilgacha  davom  etdi.  Bu  sulolan	ing  eng  yirik  vakillari  Genrix  VII  (1485	-1509), 	
Genrix  VIII  (1509	-1547),  Eduard  VI  (1547	-1553),  Mariya  I  (1553	-1558)  va 	
Yelizaveta  I  (1558	-1603)  edilar.  Ulardan  keyin  Styuartlar  sulolasi  hukumronligi 	
boshlangan.	   	Tyudorlar  sulolasining  birinchi  vakili  Genr	ix  VII  edi.  U  1457  yilda 	
Pembrukda  tug’ilib,  1509  yilda  Richmonda  vafot  etgan.  Yangi  monarxiyaning 
asoschisi  Genrix  VII  to’liq  ma’nodagi  simvolik  shaxs  edi.  U  qirollikni qurol  bilan 
egallab,  o’z  hukumatini  xasislik,  ayyorlik,  makkorlik  va  diplomatiya  bilan	 	
mustahkamladi.  Unda  qo’shinni  boshqarish  qobiliyati  bo’lsa	-da,  ammo  urushni 	
yoqtirmasdi. Bunga sabab urushning ko’p xarajat talab qilishi edi. Genrix VII ning 
hukmronligi  mamlakatda  tartibsizliklar  va  muxolifat  kuchlarning  vujudga  kelib, 
urush davom etayo	tgan bir paytiga to’g’ri keldi.	 	
 	Qirollik va boy zadogonlar o’rtasidagi kurashlar natijasida jismoniy jihatdan 	
qirilib  ketgan  zadogonlarning  yerlari  maydalanib  ketdi,  buning  natijasida  ular 
yerlarining ko’pchiligi qirollik tarkibiga qo’shib olindi.	 	
 	Bir ho	lga alohida e’tibor berish zarurki, Genrix VII ni shahar savdogarlari va 	
hunarmandlari  qo’llab  quvvatladilar,  ya’ni  kim  uchun  tinch  hayot  zarur  bo’lsa, 
ularning  barchasi  Genrix  VII  ni  quvvatladilar.  Natijada  Genrix  VII  bu 
imkoniyatlardan foydalanib o’z huk	umronligini kuchaytirdi va bu dinastiya 100 yil 	
yashadi.	 	
 	 Genrix  VII  oldida  muhim  ikkita  muammo  turar  edi:  birinchisi  eski 	
dvoryanlarning  harbiy  qudratini  sindirish,  ikkinchisi  esa  juda  katta  boylikka  ega 
bo’lib, qirollikni moliyaviy tomondan mustaqil, hy	ech kimga murojaat etmaydigan 	
qilish  edi.  Uning  keyingi  muammoni  ancha  ijobiy  hal  qilganligidan  keyingi  24  yil 
ichida  parlamentning  7  marotaba  chiqarilgani  ham  guvohlik  beradi,  ya’ni  u  soliq 
to’plash uchun rozilik olish maqsadida parlamentni kamroq chaqira	digan bo’ldi.	 	
 	Genrix  VII  ning  pul  to’plash  yo’llari  turlicha  bo’lgan,  shundan  eng  ko’p 	
qo’llaniladigani quyidagilar edi:	 	
a)  Parlamentlar  qirol  ochishni  xayoliga  ham  keltirmagan  urush  xarajatlari  uchun 
soliqlar undirishni tasdiqlar edilar va bu soliqlar yi	g’ilib qirollik xazinasiga tushar, 	
ammo  urush  bo’lmagani  uchun  hyech  narsaga  sarflanmay  qirol  boyligiga  aylanar 
edi;	  b) Qonunga xilof ish tutgan mulkdor kishilarga juda katta jarimalar solindi;	 	
v)  Qirol  homiyligidan  foydalangan  savdogarlar  uchun  homiylik  e	vaziga  xazinaga 	
pul  to’lash  zarurligi  to’g’risidagi  eski  qonunlar  qaytadan  tiklandi.  Qirol 
savdogarlardan  majburiy  tarzda  mablag’  qarz  berish  va  hadya  etishini  talab  qila 
boshladi.  Natijada,  yuqoridagi  barcha  «tadbir»lardan  so’ng  Genrix  VII  o’zidan  2 
mln.f	unt sterling boylik qoldirdi, bu o’sha davr uchun juda katta boylik edi.	 	
Ma’lumotlarga  ko’ra,  XVI  asrning  60	-yillariga  kelib  (1568  yili)  Angliyaning 	
boyligi  uch  marotaba  ko’paygan.  Boylikning  bunday  tez  ko’payishining  asosiy 
sabablari:  a)  g’ov  tutishning  o	qibatlari;  b)  dehqonlarning  yersizlantirilishi;  v) 	
dastlabki  jamg’arma  jarayonining  g’ayrat  bilan  amalga  oshirilishi;  g)  Angliyaning 
koloniyalarni talashdagi ishtirokining boshlanishi oqibatlari bo’ldi.	 	
 	Genrix  VII  faqatgina  kemasozlik  uchun  xarajatga  puln	i  ayamagan. 	
Bekonning  yozishicha,  u  «boylikni  yaxshi  ko’rgan  va  shuning  uchun  savdoning 
sinishiga  yo’l  qo’ymaslikka  uringan».  Uning  maqsadi  Angliyadan  boshqa 
davlatlarga savdo yo’llarini ochish va qirollik xazinasini yanada boyitish edi.	 	
 	Tyudorlar  sulolas	ining  hukumronlik  davri  Angliyada  absolyutizmning 	
kuchaygan  davri  hisoblanadi.  Ammo,  tarixiy  adabiyotlarda  bu  to’g’rida  munozara 
ancha  kuchli.  Ko’pgina  tarixchilar  Angliya  siyosati  Yevropa  davlatlaridan  farq 
qiladi,  bu  yerda  oldindan  demokratiya  bo’lgan,  A	ngliya  xalqi  hyech  qachon 	
absolyutizmni,  ya’ni  zo’rovonlikni  tan  olmagan  deydilar.  Ularning  fikricha, 
Angliyada  absolyutizm  styuartlarning  cheksiz  hokimiyatga  intilishlarining 
ko’rinishlarida  vujudga  kelgan.  Ular  tomonidan  tyudorlar  hokimiyati  esa 
cheklang	an va konstitusion monarxiya sifatida xarakterlanadi.	 	
 	Genrix  VII  vafotidan  keyin  taxtga  uning  o’g’li  Genrix  VIII  (1509	-1547) 	
o’tirdi.  Yangi  qirolni  tabiat  juda  ko’p  tomonlama  taqdirlagan  edi.  U  yaxshi 
musiqachi,  kompozitor,  ajoyib  chavandoz  va  usta  kurash	chi  bo’lgan.    Genrix  VIII  	
o’z  davrining  yetuk  bilimga  ega  bo’lgan    vakili  sifatida  lotin,  fransuz  va  ispan 
tillarini  chuqur  bilishi  bilan    ham  ajralib  turgan.    Tarixchilar  Genrix  VIII  ning  ingliz  gumanistlariga  homiylik  qilganligi  to’g’risida  ko’p  yozganl	ar. 	
Zamondoshlarining  qoldirgan  ma’lumotlariga  qaraganda,  Genrix  VIII  kelishgan 
tashqi ko’rinishga ega edi. Ammo qirolning eng katta kamchiligi u xazina boyligini 
behuda isrof qilish darajada hotamtoy bo’lgan.	 	
 	Tyudorlarning  siyosatida  ideologiya  quroli  ka	tta  rol  o’ynadi.  Genrix  VIII 	
ning  hokimiyati  o’zining  asosiy  siyosiy  aksiyalarini  ma’lum  bir  ideologik  fikrlar 
bilan  amalga  oshirishga  intilar  edilar.  Tyudorlar  davlat  xizmatiga  ingliz 
gumanizmining  mashhur  namoyandalarini  taklif  qildilar  va  ularga  o’zlari	ning 	
siyosatini nazariy sharhlashni topshiradilar.	 	
 	Ingliz  absolyutizmining  siyosiy  va  g’oyaviy  pozisiyalarining 	
mustahkamlanishida  reformasiya  davrida  katolik  cherkoviga  qarshi  tashviqot 
ishlari katta rol o’ynadi. Buning asoschisi Genrix VIII, tashkilotch	isi esa uning eng 	
yaqin  yordamchilaridan  T.Kromvel  edi.  Reformasiyaning  o’tkazilishi  Angliyada 
qirol hokimiyatining kuchayishiga olib keldi.	 	
 	Feodal  Angliyada  Yevropaning  boshqa  mamlakatlaridan  farqliroq, 	
absolyutizmning  paydo  bo’lishiga  va  uning  siyosatig	a  Angliyaning  ijtimoiy 	
rivojlanishining  o’zgachaligi  katta  ta’sir  ko’rsatadi.  Burjuaziyaning  paydo  bo’lishi 
bilan  uning  ittifoqdoshi  ham  paydo  bo’ldi.  Bu  feodallarning  bozor  bilan 
bog’langan  (burjuaziya  bilan  bog’langan  qismi),  ya’ni  o’sha  paytda  aytilishi	cha, 	
yangi dvoryanlar yoki jentrilar edilar.	 	
 	Angliya  absolyutizmi  feodallar  diktaturasini  amalga  oshirishda,  xalq 	
ommasini  qo’lda  tuta  biladigan,  feodal  separatizmining    chiqishlarini  bostira 
oladigan  va  faol  ichki  siyosat  olib  boradigan  ijroiy  apparat  tu	zishga  harakat  qildi. 	
Bu ijroiy apparat absolyutizmining har bir talabini amalga oshirishi kerak edi. Shu 
bilan bir vaqtda davlatning markazlashishi jarayoni tugallanayotgan edi.	 	
 	Tyudorlar  davlati  vakillari  taniqli  siyosiy  fikrlovchi  Marsiliy 	
Poduanskiyni	ng  konsepsiyasini,  ya’ni  mustaqil  davlat  haqidagi  konsepsiyani 	
o’zlariga  qurol  qilib  oldilar.  1535  yilda  reformasiyaning  ayni  qizigan  paytida  Genrix  VIII  ning  eng  yaqin  maslahatchisi  va  ministri  Tomas  Kromvel  tomonidan 
Poduanskiyning  asosiy  asari 	- «Jahon 	himoyachisi»  lotin  tilidan  ingliz  tiliga 	
tarjima  qilinib  bosilib  chiqdi.  Bu  traktat  ingliz  absolyutizmi  manfaatlariga 
moslashtirilgan  edi.  Ba’zi  joylari  tushirib  qoldirilgan,  ba’zi  joylari  esa  qaytadan 
ishlangan  edi.  Tyudorlar  siyosatining  parlament  tomoni	dan  qo’llab  quvvatlanishi 	
shuni  bildirar  ediki,  bu  siyosat  parlamentda  ishtirok  qilayotgan  toifalar 
manfaatlariga javob berar edi.	 	
 	Qirol  va  parlamentning  munosabati  to’g’risida  yepiskop  Stefan  Gardiner 	
gersog  Somersetga  yozgan  xatida  (1577  y.)  uni  shunday	 ifodalagan  edi:  «Har  bir 	
qonun  o’zining  gavdasi  va  qalbiga  ega,  parlamentning  ikkita  palatasi  qonunning 
gavdasini  chizishadi,  bu  gavda  qirol  tomonidan  hayot  va  qalb  bermaguncha  o’lik 
bo’ladi».	 	
 	Ingliz  absolyutizmi  Yevropadagi  boshqa  davlatlardagi  absolyut	izmdan 	
o’zining  bir  qancha  xususiyatlari  bilan  farq  qilib  turar  edikim,  bu  farqlar 
quyidagilardir:	 	
1)	     	 Markaziy  davlat  apparatining,  ya’ni    boshqarishning  joylarda  bo’sh  (zaif) 	
bo’lishi, mahalliy ma’muriyatning muhim rol o’ynaganligi;	 	
2)	     	 XVI  asrda	 parlamentning  to’xtovsiz  faoliyat  ko’rsatib  turganligi,  ya’ni 	
parlamentning mavjudligi;	 	
3)	     	 	Muntazam  armiyaning  yo’qligi.  Bu  qisman  Angliyaning  orolda 	
joylashganligi bilan ham bog’liq edi.	 	
Biz ingliz absolyutizmi ideologiyasi masalasini o’rganishda Ye	lizaveta Tyudorning 	
xatlaridan  tarixiy  haqiqatga  to’g’ri  keladigan  ma’lumotlar  olishimiz  mumkin. 
Masalan,  1597  yil  8  iyulda  Esseks  grafiga  yozgan  xatida  qirolicha:  «Qirollar 
yerdagi xudolar sharafiga ega» degan edi.	 	
XVI  asrning  birinchi  yarmida  Angliya  tas	hqi    siyosatidagi      yangi     	
yo’nalish.  XVI  asrning  dastlabki  yillarida  Yevropada  turli  xil  harbiy  ixtiloflar  kuchayib  ketgan  bo’lib,  bu  ixtiloflarning  asosiy  sababi  Fransiya  va  Ispaniya 
o’rtasida  Italiya  va  Flandriyaning  boy  hududlariga  egalik  qilish  uch	un  kurash  edi. 	
Boyligi  va  aholisining  soni  jihatidan  yuqoridagi  ikki  raqibga  hyech  teng 
kelolmagan  Angliya  tezda  ular  o’rtasidagi  kelishmovchilikdan  o’z  siyosiy  va 
diplomatik  maqsadlarida  foydalanish  san’atini  o’zlashtirib  oldi.  Bu  siyosatning 
asosiy  mohiy	ati,  bir  tomonning  kuchayib  ketishiga  yo’l  bermaslik,  ya’ni  goh  u 	
tomonning  goh  bu  tomonning  siyosatini  quvvatlab  kuchlar  muvozanatini  saqlab 
turish edi.	 	
 	Bunday  juda  puxta  o’ylangan  va  nozik  siyosiy  o’yinning  mualliflaridan  biri 	
Genrix  VIII  hukumatining  d	astlabki  davridagi  boshlig’i  kardinal  T.Uolsi  edi. 	
Genrix  VIII  taxtga  chiqqach  1509  yildan  Angliya  Ispaniyani  quvvatlaydi  va 
Fransiyaga qarshi urush olib bordi. Ammo, 1525 yilgi Ispaniyaning Italiya ustidan 
hukumronligiga  olib  kelgan  Paviya  yonidagi  jangda	n  so’ng,  Yevropadagi  siyosiy 	
ahvol  o’zgardi.  Gabsburglar  Germaniyasi  bilan  birlashgan  Italiyani  bo’ysundirgan 
Ispaniya,  endi  Angliya  bilan  ham  hisoblashmay  qo’yaboshladi.  Oqibatda  bu, 
Angliyaning tashqi siyosatda Fransiya tomon burilishiga sabab bo’ldi.	 	
3.	4.	                                    	 Angliyada reformasiya va kontrreformasiya	 	
  	O’rta  asrlarda  papalik  «xudo  nomi  bilan»  unga  katta  foyda  keltiruvchi 	
monopoliya  o’rnatgan  markazlashgan  xalqaro  tashkilot  edi.  Hatto  feodalizm 
gullagan  davrida  ham  qirollar	,  knyazlar  bu  monopoliyaga  qarshi  kurash  olib 	
borgan  edilar.  Markazlashgan  milliy  davlatlar  paydo  bo’lishi  bilan  bu 
monopoliyalar  ochiq  konfliktlariga  olib  kelishi  muqarrar  bo’lib  qoldi.  Chunki,  bu 
monopoliyaning  yo’qotilishi,  absolyut  monarxiyaning  axloqi	y  tanazzuli  va  uning 	
juda  katta  boyligi  uni  qirollar  va  yirik  yer  egalari  tomonidan  yengil  va  o’ziga 
tortadigan  o’ljaga  aylantirdi.  Shunday  qilib,  protestant  reformasiyasi  o’z  mohiyati 
jihatidan diniy niqob ostidagi siyosiy harakat bo’lib, u Yevropadagi ya	ngi burjua 	– 	
yirik  yer  egaligi  tabaqasining  hokimiyat  uchun  uzoq  davom  etgan  kurashning  bir 
qismi edi.	   	Ingliz  hukumati  reformasiyaga  avvaliga  salbiy  nazar  bilan  qaragan  edi. 	
Genrix  VIII  yoshligida  yaxshi  maxsus  diniy  ta’lim  olgandi  va  katolik  ruhda 
tarbiy	alangandi. Genrix VIII ning eng yaqin kishisi ruhoniylardan bo’lgan kardinal 	
Tomas Volsey edi. U quyi tabaqadan chiqqan bo’lib juda dimog’dor, hasadgo’y va 
tajribasizligiga  qaramay,  eng  muhim  diniy  masalalarda  Rim  papaligi  tarafidan 
bo’lib,  kelgusida  papal	ik  o’rni  bo’shab  qolgan  taqdirda,  o’sha  joyni  egallash 	
rejasini  ham  o’ylab  qo’ygandi.  Uning  ta’sirida  bo’lgan  Genrix  VIII  o’z 
qirolligining  dastlabki  vaqtida  (1522  yil)  hatto  Lyuterga  qarshi  bahs  mazmunida 
bo’lgan «Yetti sirning himoyanomasi» degan kitobin	i yozdi va bu kitobini Rimga, 	
papa  nomiga  yubordi  (haqiqatda  bu  pamfletni  Tomas  Mor  hatto  Erazm 
Rotterdamskiy yozgan degan fikrlar ham bor	– P.Sh.). Genrix VIII bu kitobi uchun 	
papa  Lev  X  dan  «Din  himoyachisi»  unvonini  ham  oldi.  Genrix  VIII  ning  Rim 
papasig	a  qarshi  chiqishi  uning  Yekaterina  Aragonskayadan  ajralish  va  Anna 	
Boleynga  uylanish  voqyealari  bilan  bog’liq  edi.  Uning  birinchi  xotini  Ispaniya 
qiroli  va  Germaniya  imperatori  Karl  V  ning  xolasi,  malika  Yekaterina 
Aragonskaya  bo’lib,    (Yekaterina  Ferdinan	d  Aragonskiy  va  Izabella 	
Kastilskayalarning qizi edi) u aslida Genrix VIII dan yosh jihatidan katta bo’lsa	-da, 	
ularning turmushi baxtli bo’lishi mumkin edi. Undan bir qiz (Mariya) va ikki o’g’il 
tug’ildi, afsuski,  o’g’illari  yoshligidayoq  o’lib ketdilar.  B	u o’g’illarining  o’limi  bu 	
irimchi  qirolda  Xudo  uning  o’lgan  akasining  beva  xotiniga  (Yekaterina  avval 
uning  akasi  Arturga  unashtirilgan  edi 	– P.Sh.)  uylanishni  ravo  ko’rmadi,  degan 	
fikrning paydo bo’lishiga olib keldi. Garchi bu nikoh Rim papasining rozil	igi bilan 	
amalga  oshgan  bo’lsa	-da,  ingliz  xalqi  qiroldan  kelgusida  Angliyaning 	
mustaqilligini saqlab qolish kafolati bo’lgan merosxo’rning qolishini xohlar edi.	 	
Genrix  VIII  ning  o’z  xotinidan  ajralishning  ikkita  siyosiy  sabablari  bor  edi. 	
Birinchidan,  Yeka	terina  Ispaniya  qirolichasi  edi.  XVI  asrda  qirolliklar  o’rtasidagi 	
nikohlar  davlatlar  orasidagi  aloqalarning  mustahkamlanganligining  ramzi  bo’lib 
hisoblanardi.  Bu  vaqtga  kelib  tashqi  siyosatda  Fransiya  tomonga  o’tmoqchi 
bo’lgan  Genrix  uchun  ispan  ayoli  bil	an  nikohda  bo’lish  juda  noqulay  edi. 	
Ikkinchidan, Rim bilan aloqani uzishning asosiy sababi sof moliyaviy nuqtai nazar  ekanligini  ta’kidlash  lozim.  Bundan  tashqari  Genrix  VIII  ga  u  o’g’il  merosxo’r 
bermadi va keyin ham berishi gumon edi.	 	
 	Nikohni  bekor  qil	ish  masalasidagi  Genrix  VIII  ning  papa  Kliment  VII  ga 	
iltimosi  o’zining  papa  oldidagi  obro’sini  bilish  imkoniyati  ham  edi.  Ingliz  qiroli 
Yekaterina  Aragonskayaning  jiyani  Karl  V  ning  ta’siri  ostida  bo’lgan  Rim 
papasining  bu  nikohni  bekor  qilishga  jur’at  et	olmasligini  oldindan  ko’ra  bilib, 	
papalik bilan munosabatlarini ataylab yomonlashtirish va shu yo’l bilan Angliyada 
cherkov  islohotlarini  (reformasiya)  o’tkazishda  keng  imkoniyatga  ega  bo’lish 
maqsadlarini ham ko’zda tutgan edi. 	 	
1526  yilda  Genrix  VIII    pa	pa  Kliment  VII  dan  birinchi  nikohni  bekor 	
qilishni va Anna Boleyn bilan nikohni muhrlashini so’raydi. Bunga Tomas Volsey 
ham  Rim  papasi  ham  rozilik  bermadi.  Shunda  u  parlamentni  chaqirib  (1532  y.) 
undan qirol oliy hukmdor va barchaning, ham diniy, ham duny	oviy kishilarning bir 	
xilda  himoyachisidir  degan,  uni  quvvatlovchi  qarorini  oldi.  1533  yil  boshida 
Tomas  Volsey  o’rniga  kelgan  yangi  bosh  diniy  arbob,  Kenterberi  arxiyepiskopi 	-  	
primas  Tomas  Kranmer  raisligida  cherkov  sudi  qirolning  birinchi  nikohini  beko	r 	
qilingan  deb  e’lon  qildi.  Genrix  VIII  Anna  Boleynga  uylandi.  So’zsiz,  bu 
harakatlar  Angliyaning  Rim  bilan  aloqalarining  uzilishiga  olib  keldi.  Rim  bilan 
aloqalarning  yomonlashuvi xalq  tomonidan  xayrixohlik bilan  kutib olindi.  Sababi: 
1)  Angliyaning  papad	an  mustaqil  bo’lgan  cherkovga  ega  bo’lish  harakati  oldin 	
ham bo’lgandi, bu yerda milliy cherkovga ega bo’lishga intilish kuchli edi; 2) Rim 
foydasiga  yig’ilgan  barcha  soliqlarning  Angliyaning  o’zida  qolishi  ko’pdan 
kutilgan  orzu  edi;  3)  Ruhoniylar  ham  qiro	lni  quvvatladilar,  sababi  faqat  qirolgina 	
ularni bo’lg’usi Germaniyaga qaraganda ham radikal reformasion harakat xavfidan 
qutqarib qolishi mumkin edi.	 	
Yetti  yil,  ya’ni  1529	-1536  yillarda  Reformasion  parlament  ishlab  turdi.  Bu 	
parlament  ingliz cherkovining 	Rim  bilan  aloqasini uzganligini  rasmiylashtiradigan 	
va  uni  davlat  nazorati  ostiga  o’tkazadigan  qonunlar  qabul  qildi.    1534  yilda 
parlament  «Suprematiya  haqida  akt»    deb  atalgan  qirol  hokimiyatining  cherkov  hokimiyatidan  ustunligi  to’g’risidagi  qonunni  qabu	l  qildi.  Unga  ko’ra,  barcha 	
masalalar  bo’yicha  papaga  murojaat  qilish  ta’qiqlandi.  Papalik  xazinasiga 
yuboriladigan  to’lovlarni  yig’ish  man  etildi.  Cherkov  boshlig’i  deb  e’lon  qilingan 
qirol    faqatgina    cherkov  lavozimlariga  nomzodlar  tavsiya  etish  huquqig	a  ega 	
bo’lib  qolmasdan,  balki  diniy  ta’limotni  belgilash  huquqiga  ham  ega  bo’ldi.  Endi 
Angliya  cherkovi  xalqaro  diniy  tashkilotning  bir  qismi  bo’lmasdan,  davlat 
apparatining  uzviy  qismiga  aylandi,uning  mulki  qirol  mulkiga  aylandi  va  uning 
farovonligi  bilan	 	uzviy  bog’liq  bo’lib  qoldi.  Bu  o’zgarishlarning  ozgina 	
g’ayritabiiy  oqibati  shu  bo’ldikim,  shu  davrdan  boshlab  ruhoniylarning  yuqori 
tabaqalari  davlatni  boshqarish  ishlarida  oldingi  mavqyelarini  yo’qotdilar.  Bundan 
keyin  birorta  ham  ruhoniy  qirol  saroyida	 yuqori  lavozimga  ishga  taklif  qilinmadi. 	
O’rta asrlarda birinchi marta, rasmiy ravishda cherkov endi davlatga bo’ysindirildi 
va  uning  faoliyati  keskin  darajada  chegaralanib  qo’yildi.  Islohot  qilingan  cherkov 
shu davrdan boshlab anglikan cherkovi deb yurit	ila boshladi.	 	
Papa  1534  yilda  Genrix  VIII  ni  cherkovdan  mahrum  etdi,  ammo  bu  endi 	
Angliyada  boshlangan  cherkov  islohoti  harakatini  to’xtatib  qolaolmadi.    Volsey 
o’rniga  yangi  tayinlangan  Tomas  Kromvel  maslahatiga  ko’ra,  qirol  «Ingliz 
cherkovining boshlig’i	» degan unvonni qabul qildi.	 	
 	Bu  yangilikni  parlament  ham  ma’qulladi.  Parlament  roziligi  bilan  bundan 	
keyin  har  bir  qirollik  xizmatiga  qabul  qilingan  kishidan  maxsus  qasamyod  talab 
qilindi. Unga ko’ra, yangi xizmatga kiruvchilar «men qirolning birinchi nik	ohining 	
bekor qilinishi va ikkinchi nikohini qonuniy deb hisoblayman»,  deb qasam ichishi 
kerak edi. 	 	
 	 1536 yilda cherkovga to’g’ridan	-to’g’ri hujum boshlandi. Bir yil ichida 376 	
kichik  monastirlar  yopildi,  1540  yilga  kelib  645  monastir  yopildi  va  bu  sohad	agi 	
tadbir  to’la  amalga  oshdi.  Monastirlar  ancha  ommaviy  bo’lgan  shimoliy 
grafliklarda  qirolning  bu  siyosatiga  qarshi  qo’zg’olon  ko’tarildi.  Ammo  u  tezda 
bostirildi.	  Sekulyarizasiya  qilingan  monastir  yerlari  Angliyada  ekiladigan  barcha 	
yerlarning  ¼  qismini	 tashkil  qilardi.  Bu  yerlarning  katta 	– katta  kesimlarida  yangi 	
dvoryanlar  va  ularning  ko’p  qismining  bevosita  qirol  va  uning  yaqinlarining 
qo’liga  o’tishi  shu  yerlarga  ega  bo’lganlarga  juda  katta  boylik  keltirdi.  Monastir 
yer  egaligining  musodara  qilinish	i  natijasida  yirik  va  mayda  dvoryanlarning 	
boyligi  tez  fursat  ichida  juda  ko’payib  ketdi.  Bu  esa  o’z  navbatida  kelgusida  qirol 
hokimiyatiga yangi to’siqlar paydo bo’lishiga olib keldi. Monastir yerlarining katta 
qismi    dunyoviy  kishilarga,  dvoryanlarga  sov	g’a  tarzda  tarqatildi.  Ikkinchi  qismi 	
esa  dvoryanlarga,  boy  shaharliklarga,  turli  xil  yer  bilan  savdo  qiladigan  olib 	– 	
sotarlarga  juda  past  narxlarda  sotildi.  Bu  sotilgan  yerlardan  qirollik  o’sha  davrda 
juda katta pul hisoblangan 1,5 mln. funt sterling dar	omad qildi.	 	
Genrix  VIII  olti  marotaba  uylangan.  Yuqorida  ko’rganimizdek  uning  birinchi 
xotini Yekaterina Aragonskaya edi, undan bir qiz Mariya qoldi. 	 	
Ikkinchi xotini esa Anna Boleyn bo’lib, u aristokrat oilasidan chiqqan. 1536 	
yilda  Anna  Boleyn  bevafolikd	a  ayblanib  qirol  tomonidan  qatl  qilindi,  undan  ham 	
bitta  qiz  Yelizaveta  qoladi.  Xotinining  qatl  qilingan  ikkinchi  kunida  Genrix  VIII 
uchinchi  xotini  Ionna  Seymurga  uylandi.  Afsuski,  Ionna  unga  orzu  qilgan  o’g’ilni 
tug’ib  berish  chog’ida  vafot  etdi  (undan  E	duard  qoldi).  1540  yilda  Genrix  VIII 	
nemis  malikasi  Anna  Klevaga  uylandi.  Tezda  yangi  xotin  uning  ko’ngliga  urdi  va 
ajralishdilar.  1541  yilda  Genrix  nufuzli  doiradagi  oila  vakili  bo’lgan  Yekaterina 
Govardga  uylandi.  1542  yilda  uning  bevafoligi  aniqlanib  qa	tl  etildi.  Uning  rasmiy 	
oltinchi  xotini  Yekaterina  Parr  bo’lib,  u  protestantlik  g’oyasiga  moyil  edi.  Juda 
aqlli  va  tadbirkor  ayol  o’zining  ehtiyotkorlik  bilan  tutgan  yo’li  tufayligina  o’z 
harakatlari uchun javobgarlik nimaligini bilmagan qirol g’azabini ch	etlab o’ta oldi.	 	
Papalik  hukmronligidan  norozilikning  ko’rinishi  turli  xil  bo’lib,  u  hamma 	
vaqt ham ochiqdan 	– ochiq bildirilmas edi. Yirik davlatlardan bo’lgan Fransiya va 	
Ispaniya  papalik  bilan  aloqalarni  uzmadilar,  ular  papalikdan  o’z  maqsadlarida 
foyda	lanish va uni nazorat qilish  maqsadlarini ko’zlar  edilar.  Fransiya  va Ispaniya 	
o’rtasida XVI asrda Italiya uchun bo’lgan kurash ma’lum darajada papalik ustidan  hukmronlik  o’rnatish  uchun  bo’lgan  kurash  edi.  Bu  kurash  davomida  ular  papa 
xazinasidan  katta  ma	blag’  undirishga  ham  muvaffaq  bo’ldilar.  Angliya  kuchli  va 	
boyligi  jihatidan  yuqoridagi  davlatlarga  nisbatan  o’rtada  joylashgan  bo’lib,  ingliz 
reformasiyasining  boshlovchilari  T.  Uolsi  va  Genrix  VIII  papalikni  nazorat 
qilishda  Fransiya  va  Ispaniya  bilan  ra	qobatlasha  olamiz  deb  o’ylagan  edilar. 	
Ammo,  bu  fikrdan  qaytishga  majbur  bo’lganlaridan  keyin  Angliyani  papalik 
ta’siridan ozod qilishga qaratilgan birinchi qadamlar qo’yildi.	 	
Angliyada  reformasion  harakatda  bir	-biri  bilan  bog’liq  bo’lmagan  va 	
hamisha  ma’l	um  bir  guruhning  manfaatini  ko’zlamagan  uchta  oqimni  kuzatish 	
mumkin:  1)  Bu  Rim  bilan  aloqalarni  uzish,  buning  natijasida  papalikga  og’ir 
soliqlarni  to’lanishining  to’xtatilishi  bo’ldi;  2)  Cherkov  mulkining  musodora 
qilinishi  bo’ldi;  3)  Protestantizm  deb  a	talgan  yangi  diniy  e’tiqod  g’alabasi  bo’ldi. 	
Rim  bilan  aloqaning  uzilishini  deyarli  hamma  ma’qulladi.  Papa  vakillarining 
yulg’uvchiligi  ingliz  cherkovlaridagi  ruhoniylarning  ko’pchiligi  orasida  ham 
norozilikka  olib  kelgandi.  Shuning  uchun  ham  1534  yilda  Ge	nrix  VIII  o’zini 	
cherkov  boshlig’i  deb  e’lon  qilganda  faqatgina  monaxlar  tomonidan  qarshilikka 
uchradi xolos.	 	
 	Monastirlarning yopilishi va bu yerlarning egallab olinishi birinchi navbatda 	
qirol,  yangi  dvoryanlar  uchun  qulay  kelardi.  Ular  xalqdagi  katolik 	cherkovga 	
qarshi  kayfiyatdan  cherkovlar  mulkini  islohot  o’tkazish  yo’li  bilan  o’z  qo’llariga 
qaratishda foydalandilar.	  	
Tomas  Kromvel,  parlament  va  reformasiya.Angliyada  reformasiyani  qattiq  turib 
himoya  qilgan  va  unda  faol  qatnashganlardan  biri  qirolning 	kansleri  Tomas 	
Kromvel  edi.  Tomas  Kromvel  (1485	-1540)  oddiy  oiladan  bo’lib,  yoshligini 	
Italiyada  o’tkazgan.  Makkiavellining  qarashlari  bilan  yaqindan  tanishib  chiqqan. 
Angliyada  u  o’z  faoliyatini  kardinal  T.Uolsiga  kotiblikdan  boshladi.  1533  yildan 
boshlab	,  u  qirol  konselyariyasida  pul  yig’uvchi,  davlat  kotibi  (1534  yildan)  va 	
1535  yildan  qirolning  cherkov  ishlari  bilan  shug’ullanadigan  nufuzli  amaldoriga 
aylandi. 	   	1539 yilda lordlar uchun Angliyada bosh boshqaruvchi bo’lgan Kromvel bu 	
sohada  bir  qancha  is	lohotlar  o’tkazdi.  Uning  tashabbusi  bilan  markaziy  ma’muriy 	
va ijrochi organ bo’lgan Maxfiy kengash tuzildi. Tomas Kromvel faoliyati, Genrix 
VIII  davrida  Angliyada  absolyutizmning  yanada  mustahkamlanishida  katta  rol 
o’ynaydi.  U  qirolga  juda  sodiq  edi.  Kimd	a  kim  Kromvelni  uning  qirol  oldidagi 	
xizmati  uchun  maqtamoqchi  bo’lsa,  «Kromvel  qirolni  xudodan  ham  yaxshi 
ko’radi» degan so’zni ko’p takrorlar edi. Haqiqatdan ham, Kromvel qirolni sevmoq 
usulini yaratishda hammadan ko’p hissa qo’shdi. Kromvel siyosatining	 eng yaxshi 	
natijalaridan  biri  parlament  faoliyatining  jonlanishi  bo’ldi.  Eduard  IV  davridan 
tortib  to  Volsey  davrigacha  monarxiyaga  qarshi  kurash  olib  borgan  parlament 
Volsey  hukumati  qulagach  Angliya  ijtimoiy  hayotida  yana  birinchi  o’ringa  chiqib 
oldi.	 	
 	Genrix o’zining xalq ommasi o’rtasidagi mashhurligidan foydalanib va xalq 	
ommasining  unga  nisbatan  xayrxoholigiga  ishonch  hosil  qilib,  siyosatdagi 
yo’nalishini  o’zgartirdi  va  butun  kuchini  boshqa  bir  dushmanga,  papa  hukumatiga 
zarba  berishga  qaratdi.  Genri	x  siyosatidagi  bu  o’zgarishni  eng  nufuzli 	
amaldorlardan  bo’lgan  Norfolk  va  Marlar  quvvatladilar.  Kromvelning  siyosiy 
faoliyati  inglizlar  parlamentidagi  ikki  palataning:  lordlar  va  umum  palatalarning 
obro’si tiklangan  va kuchaygan  davriga to’g’ri  keldi.  U  b	u  muassasalar  faoliyatini 	
chegaralashga harakat qilmasdan, balki ularning ustidan hukumronlik qilishga ular 
yordamida  qirollikning  qudratini  oshirishga  harakat  qildi.  Qo’rquvni  bilmaydigan, 
qat’iyatli  va  juda  katta  davlat  arbobi  sifatlariga  ega  bo’lgan  Kro	mvel  Angliya 	
parlamentining ikkala palatasini ham qirolga muxolifat ijtimoiy muassasadan, qirol 
xohishini so’zsiz bajarishga tayyor turgan idoraga aylantirishga muvaffaq bo’ldi.	 	
 	Parlamentning  ish  olib  borish  tartibiga  nazar  tashlaydigan  bo’lsak  Kromvel 	
tu	tgan siyosa	 	
 
t o’zini oqlaganday ko’rinadi.	   	Parlament  qarorlari  asosida  cherkov  monarxiyaga  tobe  bo’lib  qolgan  edi. 	
Kromvel tomonidan parlamentda qabul qilingan qarorlardan biri bu Genrixning o’z 
fuqarolaridan  olgan  qarzlarini  to’lashdan  ozod  qilish  bo’ld	i.  Kromvel 	
hukumatining  oxirgi  qonunlaridan  biri  qirol  tomonidan  chiqarilgan  varaqalarga 
qonun  kuchini  berish  bo’ldi.  Parlamentga  ega  bo’lgan  Genrix  shu  darajada 
kuchaydiki,  endi  u  o’zboshimchalik  bilan  Rim  bilan  munosabatlarini  buzish  yoki 
ser Tomas Morga	 o’xshaganlarni eshofotga yuborishi mumkin edi. Ammo, Genrix 	
VIII  parlamentning  yordamisiz  xususiy  mulklarni,  monastirlarning  mulkini 
musodara  qilishga,  ularni  berkitishga  yoki  milliy  diniy  e’tiqodni  o’zgartirishga 
jur’at  qilolmasdi.  Monarxiyaning  mana  shu	nday  maqsadlarini  amalga  oshirishda 	
rozilik  berish  kerak  bo’lgan  parlamentning  faoliyat  maydoni  va  vakolatlik  kuchi, 
so’zsiz  yanada  kuchaydi.  parlament  kabi  qudratli  mashina  qo’lga  tushgach, 
Kromvel undan unumli foydalandi.	 	
 	Endi  parlamentning  yig’ilishlar	i  avvalgidek  ahyon	-ahyonda  emas,  balki  har 	
yili chaqiriladigan bo’ldi. Parlament yordami bilan Angliya G’arb xristian dunyosi 
bilan muloqotlarini uzdi. Parlament aktlari bilan Angliya cherkovi o’zining avvalgi 
imtiyozlaridan mahrum etilib, qirollikka to’li	g’icha qaram qilib qo’yildi. Parlament 	
qarorlari mamlakatda qaysi din bo’lishi kerakligini ko’rsatib berar edi. Xususiy yer 
mulklarning  katta  ko’lamda  musodara  qilinishi  ham  parlament  roziligi  bilan 
amalga oshirildi. U endi taxt merosxo’rlari masalasini ha	l qilar, qirollar nikohining 	
va  bu  nikohdan  bo’lgan  bolalarining  qonuniy  ekanligi  to’g’risida  hukm  chiqarar 
edi.	 	
 	Avval  qirollar  parlamentning  hukumat  xizmatchilari  va  qirolning  oila 	
a’zolari  hayotiga  aralashuviga  qarshi  kurashsalar,  endi  esa  ularning  o’zi	 	
xizmatchilarning  gunohi  darajasini  aniqlab  berishga  va  xotinlarining 
sadoqatsizliklarini  yoki  gunohsizliklarini  isbotlab  berishda  parlamentga  murojaat 
qilardi.	 	
 	Parlamentni  o’ziga  tobelikda  tutish  uchun  qirol  va  Kromvel  monastirlarni 	
tugatish  va  ularning 	mulklarini  musodara  qilish  natijasida  qo’lga  tushgan  boyliklarning bir qismini parlament a’zolariga tarqata boshladi.	 	Kromvel 	
qulashi  bilan  Norfolk  gersogi  yana  hukmronlikka  ega  bo’ldi.  Sababi,  Genrix  VIII 
xotini  Anna  Kleva  bilan  ajrashgach  Norfolk  gersogi	ning  jiyani  Yekaterina 	
Govardga  uylandiki,  bu  uning  qirolga  nisbatan  ta’sirining  yanada  kuchayishiga 
olib keldi. Ammo,  Norfolkning bu muvaffaqiyati uncha uzoq davom etmadi. 1542 
yilda  qirolicha  Yekaterina  Govard  eriga  xiyonat  qilishda  ayblanib  qatl  etildi.	 	
So’zsiz, Norfolkning ham qirol oldida obro’si tushib ketdi.	 	 Xulosa  qilganda, 	
Kromvelning  cherkovga  nisbatan  olib  borgan  siyosati  uning  o’z  tomonidan 
yaratilgan  qirolga  bo’ysinishni  kuchaytirish  yo’liga  chuqur  kovlayotgan  edi. 
 	Cherkov  monarxiya  quliga  ay	lanishi  bilan  u  odamlar  ruhi  ustidan  qilgan 	
hukumronligini  yo’qotdi.    Cherkovni  qirol  hokimiyatining  xizmatkoriga 
aylantirgan  Kromvel  monarxiyaga  qarshi  kurash  olib  borishi  mumkin  bo’lgan 
oxirgi  kuchni  sindirmoqchi  bo’ldi.  Ayni  paytda  u  o’zi  sezmagan  holda	 	
monarxiyaga  qarshi  yanada  kattaroq  kurashuvchi  yangi          kuchlarga          hayot   
berayotgan   edi. 	 Diniy o’zgarishlar natijasida diniy inqilob bo’lishi muqarrar edi. 	
Kromvel  monarxiyaga  qarshi  eng  dahshatli  dushmanni 	– 	diniy  fanatizmni 	
uyg’otgan edi. Umuma	n, Kromvelning ish uslubi tezda o’zining hayotiy emasligini 	
ko’rsatdi.	 	
 	Genrix  VIII  o’lgach,  uning  yosh  o’g’li  Eduard  VI  qirol  bo’ldi  (1547	-1553). 	
Unga  oldin  tog’asi  gersog  Eduard  Seymur,  keyinchalik  1549  yildagi  qo’zg’olon 
bostirilgach,  graf  Uorvik  vasiyl	ik  qildilar.  Har  ikki  vasiy  ham  protestantlar 	
partiyasidan edilar va shu sababli ular davrida anglikan cherkovi protestantizmning 
qit’adagi  (ya’ni  Yevropadagi 	– P.Sh.)  ko’rinishlariga  ancha  yaqinlashib  qoldi. 	
Ammo, Eduard VI o’lgandan so’ng uning o’rniga t	axtga o’tirgan Genrix VIII ning 	
Yekaterina Aragonskayadan bo’lgan qizi   Mariya Tyudor (1553	-1558 yy.) davrida 	
vaziyat mutlaqo o’zgardi. 	 	
  	Mariya  Tyudor  ispan  katoliklari  muhitida,    ya’ni  Angliyadagi  yangi  dinga 	
nisbatan  nafrat  ruhida  tarbiya  topgan  edi. 	Bu  qirolicha  mamlakatning  shimoliy	-	
g’arbiy  hududidagi  hiyla  qoloq  okruglardagi  ingliz  dvoryanlarining  ba’zi  bir  qismidan  madad  topgan  katoliklar  partiyasiga  boshchilik  qildi.  Bundan  tashqari 
Mariya Tyudor ona tomonidan qarindoshi ispan qiroli Filipp II ga 	erga tekkan edi. 	
Filipp  II  esa  XVI  asrning  ikkinchi  yarmida  katolik  cherkovi  reaksiyasining  eng 
fanatik arboblaridan biriga aylangandi.	 	
 	Mariyaning  taxtga  chiqishidan  ko’p  o’tmasdan  1555  yilning  5  oktyabridan 	
yangi  parlament  ish  boshladi  va  uning  birinchi 	ishi  1536  yildagi  Mariyaning 	
noqonuniy  tug’ilgani  haqidagi  chiqarilgan  aktni  qayta  ko’rib  chiqish  bo’ldi. 
Parlament bu ishni o’rganib Mariyani qonuniy tug’ilgan deb hisobladi. 	 	
 	Mariyaning  ikkinchi  qadami  «Angliyani  yeretiklardan  tozalash  uchun»  chet 	
ellik	larning Angliyadan chiqarib yuborilishi bo’ldi. Angliyaga kelgan ajnabiylar 24 	
soat  ichida  mamlakatni  tark  etishlari  kerak  edi.  Angliya  yana  katolik  davlatiga 
aylandi.	 	
 	Mariya  Tyudor  ispanlar  madadiga  tayanib,  Angliyada  katolik  cherkovini 	
tiklab protestant	larni qattiq ta’qib ostiga oldi. Bir zamonlarda o’rta asr yeretiklarini 	
gulxanga  tashlab  qanday  qilib  kuydirgan  bo’lsalar  Angliyada  protestantlarni  ham 
shunday  tiriklayin  kuydirar  edilar.  300  ga  yaqin  erkak  va  ayollar  «dindan 
adashganliklari  uchun»  o’lim  j	azosiga  hukm  qilindi.  Boshqalarga  namuna  sifatida 	
21 ta yepiskop (ruhoniy), 8 ta dvoryan, 84 ta hunarmand, 100 ta dehqon va ishchi, 
55  ta  ayol  va  4  ta  bolalar  o’tda  kuydirildi.  Mariya  Tyudor  davrida  yirik  va  obro’li 
arxiyepiskoplardan  Kranmer,  Latimer  va  b	oshqalar  o’tda  kuydirib  o’ldiriladi. 	
Ayniqsa,  Tomas  Kranmerga    quyidagi  og’ir  ayblar  qo’yilgandi:    1)Genrix  VIII  va 
Yekaterina  o’rtasidagi  nikohni  noqonuniy  bekor  qilish;  2)Mariyani  qirolning 
qonunsiz  tug’ilgan  qizi  deb  e’lon  qilish;  3)Mariyani  taxtdan  mah	rum  etish 	
to’g’risidagi  fitnaga  ixtiyoriy  ravishda  qo’shilish.  Shuning  uchun  protestant 
tarixchilar Mariya Tyudorni «qonxo’r» deb atashgan edilar. 	 	
 	Mariya  Tyudorga  yepiskoplarni  tayinlash  huquqi  berildi.  Bu  uning  Rim 	
papaligi  bilan  juda  yaqinlashganini  ko	’rsatadi.  Qirolicha  faqat  katolik  cherkovini 	
tiklash  bilan  chegaralanib  qolmasdan,  katolik  odatlarini,  papalikning  qonun  qoidalarini  ham  avvalgi  holiga  keltirdi.  Genrix  VIII  davrida  tortib  olingan 
monastirlarning  yerlarini  qaytarib  berdi.  Ammo  bu  mulkdorla	r  tomonidan 	
norozilikning kelib chiqishiga olib keldi. 	 	
 	Endi  Mariya  Tyudor  davridagi  Angliyaga  nisbatan  Fransiya  va  Ispaniya 	
qirollarining  qarashlariga  kelsak,  ular  Angliya  siyosatiga  ehtiyotkorlik  bilan 
yondoshdilar.  Lekin,  shunga  qaramay  ular  o’z  maqsad	lariga  erishgan  edilar,  ya’ni 	
Angliyada  katolik  cherkov  qonunlari  tiklangan  edi.  Katolik  cherkovi  urf	-odatlari 	
1553	-1558 yillarda yana tantana qildi.	 	
3.5. Angliya Yelizaveta I  Tyudor hukmronligi davrida	 	
  	Mariya  Tyudordan  so’ng    hokimiyatga  Yelizaveta  I  T	yudor  (  1558 	– 1603) 	
keldi. Yelizaveta  Genrix VIII ning Anna Boleyndan bo’lgan qizi edi.	 	
 	Yelizaveta  I  qirolligi  davridagi  uning  mamlakat  ichki  va  tashqi  siyosatidagi 	
masalalarni  hal  qilish  faoliyati  va  parlamentga  munosabatini  ikki  davrga  bo’lish 
mumkin:	 birinchi  davr  XVI  asrning  60	-80  yillarini  o’z  ichiga  olib  bu  davrda, 	
qirolicha  muhim  masalalarni  hal  qilishda  parlamentga  ham  murojaat  qiladi. 
Aksariyat  hollarda  hukumat  va  parlament    ichki  va  tashqi  siyosat  sohasidagi 
muammolarni  birgalikda  yechdilar.  Ye	lizaveta  Tyudor  yangi  dvoryan  va 	
burjuaziya  manfaatlarini  qo’llab	-quvvatladi.  Absolyutizm  mamlakatni  yanada 	
rivojlantirish  yo’lida  kerakli  sharoitlar  tug’dirdi.    Yelizaveta  I  davlatni  boshqarish 
faoliyatining ikkinchi davri XVI asrning 90 yillari boshida b	oshlandi. Bu davrdagi 	
uning  faoliyati  mamlakat  ijtimoiy	- iqtisodiy  va  siyosiy  hayotidagi  o’zgarishlar 	
bilan bog’liq ravishda yangicha yo’nalishda bordi.	 	
 	XVI  asrning  90  yillariga  kelib  mamlakatda  ahvol  o’zgargan  edi. 	
Rivojlanayotgan  kapitalistik  elementlar	ning  taxtga  bo’lgan  qiziqishi  tabora  ortib 	
bordi.  Ana  shunday  vaqtda  Angliyada  qirol  hokimiyatining  joylarda  zaifligi  va 
mamlakatda doimiy armiyaning bo’lmaganligi Tyudorlar absolyutizmining yanada 
mustahkamlanishiga  xalaqit  berdi.  Poraxo’rlik  va  xazinani 	talon	-taroj  qilish 	
kuchayib  ketdi.  Ayrim  grafliklar  qirol  hukumatini  tashqi  siyosat  yuritishda  quvvatlamay  qo’yishgacha  borib  yetdilar.  Siyosatdagi  bu  kamchilikni  Yelizaveta 
favoritizm tizimi bilan qoplamoqchi bo’ldi. Uning eng yaxshi kishilari (favoritlar	i) 	
Leyster,  ser  Ualter  Reli  va  graf  Esseks  edilar.  Yelizavetaning  dastlabki  favoritlari 
(masalan Leyster) qirolicha oldida o’zining unga tobe ekanligini unutmagan bo’lsa, 
keyingilari  juda  ko’p  masalalarda  (ayniqsa,  tashqi  siyosat  masalalarida 	– P.Sh.) 	
o’zl	arini qirolni haqorat qilish darajasida mustaqil tuta boshladilar.	 	
 	Ayni  bir  vaqtda  shuni  e’tirof  etish  kerakki,  Yelizaveta  I  davlatni 	
boshqarishga  amaldorlarni  tanlashda  va  ular  yordamida  mamlakatni  boshqarishda 
katta  yutuqlarga  erishdi.  Ayniqsa,  uning  hu	kmronligining  birinchi  davrida  juda 	
ko’p  mashhur  davlat  arboblari,  absolyutizmning  qat’iy  tarafdorlari  yetishib 
chiqdilar. Bular jumlasiga Berley, Bekon, Uolsingem va savdogar Tomas Greshem 
va  boshqalar  kiradi.  Uolsingem  tomonidan  tashkil  qilingan  josuslik	 va  axborot 	
tizimi  yaxshi  rivojlangan  edi.  Bu  tizim  yordamida  qirolicha  Angliyaning  hamma 
burchaklari  va  qariyb  Yevropaning  hamma  mamlakatlari  haqida  aniq 
ma’lumotlarga ega edi.	 	
 	O’z  davrida  «savdogarlar  qiroli»  degan  unvonga  ega  bo’lgan,  qirollikning 	
moli	yaviy  ishlariga  rahbarlik  qilgan  va  qirolichaning  bu  soha  bo’yicha 	
maslahatchisi  Tomas  Greshem  ham  o’z  vazifasini  juda  katta  mohirlik  va 
ma’suliyat bilan boshqarardi.	 	
 	Yelizaveta  I  hukmronligining  ikkinchi  davrida  ham  uning  atrofida  o’z 	
davrining  yirik  dav	lat  arboblari  faoliyat  ko’rsatdilar.  Ular  jumlasiga  Robert  Sesil 	
va mashhur faylasuf Frensis Bekon va boshqalar kiradi.	 XVI  asr  90	-yillarning  	
o’rtalariga  kelib  parlamentda  qirolichaning  monopoliya  patentlarini  tarqatishga 
qarshi,  burjuaziya  muxolifatining	 qarshiligi  o’sa  boshladi.  Sababi,  Tyudorlar 	
hukumati  savdo  va  ishlab  chiqarish  muassasalariga  egalik  qilishning  shartlarini 
ishlab  chiqib  ularni  alohida  kishi  va  kompaniyalarga  tarqata  boshlagandilar.  XVI 
asrning  o’rtalarigacha  bu  burjuaziyaning  rivojlani	shiga  xizmat  qilgan  bo’lsa,  XVI 	
asrning oxiriga kelib monopoliya Angliya  iqtisodiyotida bo’layotgan rivojlanishga 
salbiy ta’sir ko’rsata boshladi. Bundan tashqari, monopoliya patentlarining ko’plab  saroy  favoritlari  va  amaldorlariga  berilishi  erkin  kapital	istik  rivojlanishga  g’ov 	
bo’lib  qoldi,  bu  esa  o’z  navbatida  burjuaziyaning  ommaviy  noroziligini  tug’dirdi. 
Nihoyat, 1601 yilda umum palata monopoliya haqidagi masalasini qarab chiqishni 
talab  qilib  chiqdi.  Bu  masalada  hukumat  va  parlament  o’rtasidagi  nizo 	keskin  tus 	
oldi.  Qirolicha  yon  berishga  majbur  bo’ldi.  Garchi  qirolicha  monopoliyani  bekor 
qilish  to’g’risida  va’da  bergan  bo’lsa	-da,  ammo  bu  sohadagi  ahvol  deyarli 	
o’zgarmadi.	 	
 	Yelizaveta  hukmronligining  oxirgi  yillarida  parlamentning  mustaqil 	
bo’lishga  i	ntilishi  yanada  kuchaydi.  London  shahri  aholisi  esa  qirolichani 	
oldingidek quvonch bilan kutib olmasdilar. 	 	
 	Shunday  qilib  Yelizaveta  I  Tyudorning  uzoq  muddat  qirollik  qilgan  davri 	
Angliyaning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davri bo’ldi. Bu davrda Hindi	ston va 	
Amerika  bilan  savdo	-sotiq  ishlari  olib  boruvchi  juda  ko’p  savdo  kompaniyalari 	
tuzildi. Dengizning narigi tomonida inglizlar kolonizasiyasi boshlandi.	 	
Angliyaning  dengiz  hukmronligi  uchun  Ispaniya  bilan  kurashi.  «Yengilmas 
Armada»  halokati.    Ingliz	-ispan  raqobati  Angliyaning  ichki  nizolari  bilan 	
mustahkam  bog’langan  bo’lib,  u  birinchi  navbatda  dengiz  yo’llari  va  bozor  uchun 
kurashda  namoyon  bo’ldi.  Bu  kurash  ayniqsa,  XVI  asrning  ikkinchi  yarmida 
kuchaydi.  Angliyaning  Ispaniya  bilan  olib  borgan  kurash	ini  3  davrga  bo’lish 	
mumkin:  1)  XVI  asrning  60	-yillaridan 80	-yillari  o’rtalarigacha 	– bu davrda o’ziga 	
xos  yashirin  urush  ketadi:  ya’ni  ingliz  dengiz  qaroqchilari  ispan  kemalariga 
okeanda  va  La	-Manshda  hujum  qilishib  ularni  talay  boshladilar;    2)  XVI  asr  8	0-	
yillar o’rtalaridan 	– bu davrda Ispaniya bilan ochiq dengiz urushi bordi; 3) XVI asr 	
oxirlaridan  yana dengiz qaroqchilariga hujumlar uyushtirildi.	 	
 	Yelizaveta  Tyudor  hukmronligi  boshlangan  davrda  dengiz  qaroqchiligi 	
rivojlanishi  uchun  shart	-sharoitlar  j	uda  qulay  edi.  Dehqonlarning  xonavayron 	
qilinishi, ommaviy ravishda yerlardan quvilishi natijasida vujudga kelgan uy	-joysiz 	
ommaning  mavjudligi,  savdo	-sotiq,  ishlab  chiqarishning  sustligi,  dengizchilar  o’rtasidagi  ishsizlik  va  qirollikning  moliyaviy  qiyinc	hiliklari  hukumatning 	
qaroqchilarga ba’zan yashirincha, ba’zan esa ochiqchasiga yordam berishiga sabab 
bo’ldi.	 	
 	1555  yilga  kelib  Angliyaning  chet  mamlakatlardan  milliy  qarzi  (asosan 	
Niderlandiyadan)  148526  funt  sterlingni  tashkil  etardi.  1559  yilga  kelib  b	u  qarz 	
miqdori  226910  funt  sterlingga  ko’tarildi.  Mariya  Tyudor  hukmronligining  oxirgi 
yillarida  xazina  bo’sh,  xalq  och,  yuqumli  kasalliklar  keng  tarqalgan  og’ir  yillar 
bo’ldi.	 	
 	Mana  shunday  sharoit  oqibatida,  XVI  asrning  50  yillari  oxiri  va  60  yillari 	
bos	hlarida ingliz dengizlarida qaroqchilik juda rivojlandi.	 	
 	Filipp va Mariya Qonxo’r davridayoq ingliz dengizchilariga Ispan qirolining 	
Angliya  hukmronligiga  qarshilik  belgisi  sifatida  ispan  va  portugal  kemalarini 
talash  an’anaga  aylanib  qolgan  edi.  Yelizave	ta  davrida  ispan  va  portugal 	
kemalarini  talash  Angliyani  ispan  katolik  cherkovidan  himoya  qilish  kabi  o’ziga 
xos  vatanparvarlik  jasoratiga  aylandi.  Quyidagi  misollar  inglizlar  dengizdagi 
qaroqchiligi ispanlarga qanday zarar va jabrlar keltirganliklarini ya	qqol ko’rsatadi: 	
1)  1560  yilda  inglizlar  dengizda  ispan  dvoryanlari  kemasini  qo’lga  oladilar  va 
ularni  Duvrga  olib  kelib  auksionga  qo’yib  sotib  yubordilar.  Ular  uchun  yaxshi 
to’lov  olish  umidida  bo’lganlar  kemadagi  ispan  dvoryanlarini  100  funtgacha 
narxda 	sotib  oladilar.    2)  O’sha  yilning  o’zida  Kanor  orollarida  ispanlar  qo’lidan 	
zo’rg’a qochib qutilgan inglizlar, yo’lda ispanlarning yana bir kemasini qo’lga olib 
talaydilar.  Nizo  kuchayib  Ispaniya  tomonidan  Kanor  orollaridagi  barcha  inglizlar 
kemasining  hib	sga  olinishiga  olib  keldi.  Faqatgina  Yelizavetaning  kechirim 	
so’rashi  va  qaroqchilarni  jazolashga  bergan  va’dasi  tufayligina  harbiy  to’qnashuv 
yuz bermadi.	 	
 	Ingliz  qiroliga  dengiz  qaroqchilariga  qarshi  kurashish  juda  qiyin  edi. 	
Ularning qirol xonadoniga ya	qin kishilardan himoyachilari ko’p bo’lgan. 	   	Dengiz  qaroqchilari  magnati  orasida  eng  qudratlisi  Kornvalislik  Kiligru 	
oilasi  a’zolari  bo’lib,  ularning  qarorgohi  Falmaut  portidagi  Arvenak  degan  joyda 
edi.  Bu  oiladan  juda  ko’plab  ministrlar,  diplomatlar  va  h	arbiy  arboblar  yetishib 	
chiqqan  edi.  Oila  boshlig’i  Kornvalis  vise	-admirali  ser  Djon  Kiligru  bo’lib,  uning 	
otasi  va  amakilari,  hatto  onasi  ham  dengiz  qaroqchisi  bo’lgan.  Djon  Kiligru  onasi 
juda  faol  dengiz  qaroqchisi  edi.  U  oldin  bu  ishlarda  otasiga,  keyin	 eriga  yordam 	
berib kelardi.	 	
 	Bir dalil: 1582 yilda Ledi Kiligru o’z mehmonxonasining derazasidan bo’ron 	
Falmautga  haydab  kelgan    chet  el  kemasini  ko’rib  qoladi  va  zudlik  bilan  kerakli 
harakat  rejasini  ishlab  chiqadi.  Kechasi  kema  egalari  qirg’oqqa  tushib 
mehmonxonalarga  joylashgach  Ledi  Kiligruning  o’zi  boshchiligidagi  qurollangan 
qaroqchilar  qayiqlarga  o’tirib,  kemaga  yaqinlashadilar  va  hujum  uyushtirib, 
soqchilarni dengizga uloqtirib, boylikni talab ketadilar. Bu o’g’rilar guruhining bir 
qismi  kemani  Irl	andiyaga  olib  qochadi.  Ispanlar  talabi  bilan  bu  bosqinchilik 	
yuzasidan  so’rov  ishlari  o’tkaziladi  va  uch  kishi,  shu  jumladan,  Ledi  Kiligru  ham 
o’lim  jazosiga  hukm  qilinadi,  ammo  u  qirolicha  tomonidan  avf  etilib,  o’z  uyiga 
qaytadi.    Qaroqchilik  sohasini  mon	opoliya  qilib  olgan  bu  oilaning  qo’lida  ushbu 	
sohani  rivojlanish  targ’ibotidan  to  daromadlarini  bo’lishgacha  bo’lgan  jarayon 
to’plangan  edi.  Ular  odatda  qaroqchi  kema  kapitaniga  qo’lga  kiritilgan  o’ljaning 
1/5 qismini berar, qolganlarini o’zlari olar edila	r. 	
 	Dengiz  qaroqchilari  o’rtasida  ayollar  ham  ko’p  bo’lgan.  Masalan,  dengiz 	
karvonlariga  dahshat  solgan  Djon  Piyers  (Yelizaveta  davrida  Kiligru  xonadoni 
ittifoqchilari  bo’lgan 	– P.Sh.)  o’zining  «Kornvalis  jodugari»  deb  nom  olgan  onasi 	
bilan  birga ishlagan	. 	
 	Dengiz  qaroqchilari  juda  kamdan	-kam  hollarda  qo’lga  tushardi.  Yuqorida 	
Ledi  Kiligru  misolida  ko’rganimizdek  Londonda  qirolichaga  yaqin  bo’lgan  oliy 
nufuzli kishilar ham dengiz qaroqchilaridan jabr ko’rganlar. Shunday voqyealardan 
biri 1573 yilda yuz ber	gan edi. 1573 yilda shaxsan Yelizavetaning o’zi tomonidan 	
fransuz  qiroli  Karl  XII  ning  qiziga  qirollik  sovg’asini  olib  borib  berish  uchun  jo’natilgan  graf  Vuster  tushgan  kema  ingliz  qaroqchilarining  o’zlari  tomonidan 
talanadi  (500  funt	- sterling    qimmatga 	ega  bo’lgan  sovg’a  o’g’irlanadi).  Bu  ish 	
yuzasidan bir necha qaroqchilar hibsga olinadilar, ammo hammasi bo’lib uch kishi 
dorga osiladi.	 	
 	Ispan  kemalariga  nisbatan  qaroqchilikni  quvvatlash  Yelizaveta  siyosatining 	
tarkibiy  qismiga  aylandi.  Masalan,  ispanlar	ning  ashaddiy  dushmani  bo’lgan  eng 	
jasur  dengiz  qaroqchilaridan  biri  Frensis  Dreykni  ispan  elchisi  osib  o’ldirishni 
talab  qilganda,  Yelizaveta  uni  jazolash  o’rniga  taqdirlab  risarlikka  o’tkazdi. 
Qirolicha  tomonidan  dengiz  qaroqchilarining  shu  kabi  quvvatla	nishi  Angliya 	
uchun  juda  katta  boylik  keltirdi  va  qo’rqmas  dengizchilarning  butun  bir  kelgusi 
avlodini  yetishtirib  chiqarishga  olib  keldi.  Xuddi  shunday  dengiz  qaroqchiligi 
yo’lini  bosib  o’tganlardan  keyinchalik  Goukins,  Dreyk,  Grenvil,  Frobisher  kabi 
Yeli	zaveta davri admirallari yetishib chiqdilar.	 	
 	XVI  asrning  70	-yillaridan  boshlab  dengiz qaroqchilari  mablag’  bilan  yaxshi 	
ta’minlana  boshlandi.  Masalan,  Frensis  Dreyk  va    Valter  Raleylar  qaroqchilik 
tashkilotlari aksionerlik uyushmalari mablag’lari bilan ta	shkil etilib, uning a’zolari 	
qirolichaning o’zi, Berley, Leyster va boshqalar edilar.	 	Ingliz  dengizchilari 	
protestantizmga  ashaddiy  qarshi  edilar  va  Ispaniyaga  nafrat  bilan  qarar  edilar, 
ammo  ularning  bu  nafratiga  sabab  bo’lgan  narsa  Ispaniyaning  katolik  m	azhabida 	
qolishi  tufayli  bo’lmasdan,  balki  uning  boyligi,  koloniyalari  va  dengizda  hyech 
kimga  hukmronlikda  yon  bermasligi  tufayli  edi.  Shunday  qilib,  Ispaniya  bilan 
kurash  ingliz  dengizchilari  uchun  kolonial  savdo	-sotiq  ahamiyatiga  ega  bo’lib,  u 	
asosan, I	spaniyadan iloji boricha ko’proq boylikni tortib olishga yo’naltirilgan edi.	 	
 	Bu  kurash  inglizlar  tomonidan  faqatgina  dengiz  qaroqchiligi  yoki 	
bandargohlarda  turgan  ispan  kemalariga  hujum  bilan  chegaralanmasdan,  balki 
ingliz  dengizchilari  Amerikadagi  ispan	 koloniyalariga  bosqinchiligi  tarzida  ham 	
bordi.  Masalan:  Frensis  Dreyk  1572	-1573  yillarda  Panama  bo’yidagi  Nombr  de 	
Dios bandargohida Ispaniyaga jo’natish uchun mo’ljallangan 100  ming ispan oltin 
pezetini qo’lga kiritdi.	   	Ispaniyaning  Tinch  okean  sohillar	idagi  va  birinchi  navbatda  Perudagi 	
kumush  konlariga  ega  bo’lish  uchun  intilish,  Frensis  Dreyk  tomonidan  ikkinchi 
marta (Magellandan so’ng) tarixda dunyo bo’ylab aylanma sayyohat uyushtirishga 
sabab  bo’ldi.  Rasmiy  jihatdan  bu  sayyohat  Magellan  ko’rfazidan 	janubdagi 	
yerlarni ochishga qaratilgan edi. Norasmiy  maqsad esa boshqacha, ya’ni Magellan 
ko’rfazidan  Tinch  okeaniga  chiqib  olib,  Ispaniyaning  Perudagi  mustamlakalariga, 
ular  kutmagan  tomondan  hujum  qilish  edi.  Chunki,  Tinch  okeani  orqali  suzish 
yangi ish 	bo’lib, bu yerdan hali Magellandan keyin hyech kim o’tmagan edi.	 	
 	Bu  ekspedisiyani  o’tkazishda  savdogar  avantyuristlar  kompaniyasi  katta  rol 	
o’ynadilar.  Dreyk  Magellan  yo’lidan  borib  (1578	-1580  yil)  Tinch  okeaniga  kirib 	
Peru va Chili sohillarini talab katt	a boylikka ega bo’ldi. Ispanlar kuch to’plab unga 	
zarbaga  tayyorlanganda,  u  yo’lini  o’zgartirib  orqaga  qaytish  o’rniga  g’arb  tomon 
suzib  ketdi.  Nihoyat,  Dreyk  Angliyaga  1500  ming  funt  sterling  qiymatga  ega 
bo’lgan boylik bilan qaytib keldi. Mana shunday yo	’llar bilan to’plangan boyliklar 	
evaziga Angliya boyib ketdi. 1580	-1581 yillarda hukumat chetdan olgan qarzlarini 	
to’ladi  va  faol  tashqi  siyosat  yuritdi.  Boylikning  bir  qismi  Levant  savdosini 
rivojlantirishga  sarflandi.  Dengizchilar  va  savdogarlar  o’rtasid	a  taqsimlangan  pul 	
ingliz savdosining yanada rivojlanishiga ko’maklashdi.	 	
 	1577	-1580  yillardagi  Dreyk  ekspedisiyasidan  so’ng  Angliyada  dengiz 	
qaroqchiligi  yanada  rivojlandi.  Zodagonlar,  dvoryanlar  va  savdogarlar  qaroqchilik 
ekspedisiyalariga  katta  mablag’ 	ajratdilar.  O’sha  vaqtda  har  bir  katta  va  kichik 	
kemalar qurollangan bo’lar va juda osonlik bilan savdogarlar qaroqchilarga aylanar 
edi.  Savdo  va  qaroqchilik  o’rtasidagi  chegarani  aniqlab  bo’lmay  qoldi,  ular  bir	-	
birlari bilan mustahkam bog’lanib ketdilar. 	Ingliz qaroqchilarining haddan tashqari 	
talonchiligi  sababli  Ispaniya  kumush  va  oltinlarini  Yevropaga  faqatgina 
qurollangan harbiy kemalar himoyasida yuboradigan bo’ldi.	 	
 	Angliya  va  Ispaniya  o’rtasida  nizolarning  kuchayishining  sabablaridan  biri  	
inglizlar	 tomonidan  niderlandiyaliklarga  ularning  Filipp  II  qarshi  kurashida 	
berilgan yordami edi.  Angliya tomonidan Niderlandiyaga katta yordam ko’rsatildi.	   	XVI  asrning  80	-yillaridan  boshlab  Angliya  tomonidan  Ispaniyaning 	
koloniyasi  bo’lgan  mulklarni  bosib  olish	ga  urinishlari  boshlandi.  Ammo,  bu 	
harakatlar  birinchi  navbatda  yerga  egalik  uchun  emas,  balki  oltinga  egalik  va 
talonchilik  maqsadida  edi.  Shu  sababli  bu  harakatlar  uncha  katta  muvaffaqiyatlar 
keltirmadi.	 	
Dreykning  keyingi  ekspedisiyasi  1585  yilda  tashkil	 qilindi.  Uni  tashkil  qilar  ekan 	
Dreyk  kim  kompaniyaga  u  bilan  kirsa,  ularning  6	-7  barobar  mablag’ga  ega 	
bo’lishiga kafolat berdi. Bu safar uning floti 21 kemadan iborat edi. Qirolichaning 
o’zi  bu  ekspedisiyaga  20  ming  funt  sterling  ajratdi.  Bu  ekspedisiya	ning  butun 	
mablag’i  60  ming  funt  sterlingni  tashkil  qilardi.  Ekspedisiya  natijasida  hammasi 
bo’lib 64,9 ming sterling qiymatdagi mol keltirildi. Garchi foyda deyarli bo’lmasa	-	
da, ammo qirolicha hyech qanday zarar ko’rmay o’ziga tegishli pulning barchasini 
yana  undirib  oldi.  Shuningdek,  Dreykning  keyingi  1587  yildagi  ekspedisiyasi 
davridagi foydaning 87% Yelizaveta xazinasiga kelib tushdi. 	 	
Yelizaveta I Tyudor	 	
 	Filipp  II  1581  yilda  Portugaliyani  ham  Ispaniya  hududiga  qo’shib  olishga 	
muvaffaq  bo’ldi.  Portugal	iya  qiroli  Genrix  Portugalskiy  1550  yilda  o’zidan  voris 	
qoldirmay  vafot  etdi.  Filipp  II  Genrix  Portugalskiyning  katta  opasining  o’g’li  edi 
(Karl  V  xotini  Izabella  Portugaliya  qiroli  Emmanuil  III  ning  qizi  edi 	– P.Sh.). 	
Portugaliyadagi  siyosiy  kuchlarning  E	mmanuilning  boshqa  nevaralarini  qirol  qilib 	
saylash  harakatiga  qarshi  Filipp  II  Gersog  Alba  qo’mondonligidagi  24  ming 
kishilik  armiyani  Portugaliya  chegarasiga keltirib  qo’ydi.  Natijada,  u  1581  yilning 
iyun  oyida  Lissabonda  tantanali  ravishda  Portugaliya  q	iroli  deb  e’lon  qilindi  va 	
butun Piriney yarim orolining yagona hukmroni bo’lib qoldi.	 	
 	Filipp  II  1588  yilda  Rim  papasi  Sikst  V  ning  fatvosi  bilan  Galisiyadagi  La	- 	
Korunya portidan «Baxtli va Yengilmas Armada» deb nomlangan 134 ta kemadan 
iborat  (unda    200	0  zambarak,    19290  (boshqa  ma’lumotda  21855)  soldat  ,  8350 	
(boshqa  ma’lumotda  8766)  matros  va  2080  xizmatchi  qul  bor  edi)  dengiz  flotini  Angliyaga  qarshi  yubordi.  Bular  bilan  birga  kemalarda  300  ta  monaxlar, 
ruhoniylar, inkivizitorlar borardilar. Ular huju	mdan so’ng inglizlarni katolik diniga 	
sig’inishga da’vat etishlari kerak edi. Flot qo’mondonlari Medina Sidoniya va Pires 
Guyesmanlar edilar. Gersog Medina Sidoniya flot admiralligi uchun yetarli jasorat 
va tadbirkorlik  sifatlariga  ega  emasligini ko’rsatdi	.  «Yengilmas  Armada»ga qarshi 	
inglizlar  juda  tez  vaqt  ichida  burulish  uchun  qulay  bo’lgan  140  kichik  harbiy 
kemalarni  shaylashga  muvaffaq  bo’ldilar  va  tez	-tez  kutilmagan  hujumlar 	
uyushtirish  yo’li  bilan  ispanlarga  sezilarli  zarba  bera  oldilar.  Bundan  tashq	ari,  La	-	
Mansh  bo’g’ozida  boshlangan  kuchli  shamol  burilishi  qiyin  va  qo’pol  ispan 
kemalarini  qirg’oqlarga  uloqtirib  tashladi.  Natijada  «Yengilmas  Armada» 
halokatga uchradi.	 	
«Yengilmas  Armada»ning  134  ta  kemasidan  atigi  43  tasigina  Ispaniyaga  qaytib 
keldi. 	Ispanlarning  bosqinchilik  yurishlari  shu  tariqa  mag’lubiyatga  uchradi  va 	
ularning  dengizdagi  hukmronligiga  shu  tariqa  nuqta  qo’yildi.  Angliya  dengiz 
hukmroni  mamlakatiga  aylandi  va  ingliz  hukmdorlari  davlatning  tashqi  siyosatida 
kelgusida Portugaliyaning I	spaniyadan ajralishi tarafdorlarini qo’llay boshladilar.	 	
Yelizaveta  I  ning  cherkovga  munosabati.  Mariya  Styuartning  qatl  qilinishi. 
Ispaniya  bilan  dengiz  hukmronligi  uchun  kurash  aytib  o’tganimizdek  Angliyada 
reaksion feodal elementlar bilan absolyut hukum	at o’rtasidagi ichki kurashlar bilan 	
ham  bog’lanib  ketdi.  Feodal  muxolifat  katolik  cherkoviga  sadoqatini  namoyon 
qilib  cherkov  islohotlarini  tan  olmadi.    Yelizaveta  mamlakatda  protestantizmni 
uning  mo’tadil  anglikan  ko’rinishida  tikladi.  Uning  davridagi  in	gliz  jamiyatidagi 	
muhim  ijobiy  siljishlaridan  biri      selebat  (ruhoniylarning  uylanmasligi)ning  bekor 
qilinishi  va  ruhoniylarga  uylanishga  ruxsat  berilishi  bo’ldi.    Yelizaveta  anglikan 
cherkovi  ruhoniylarini  juda  tez  va  qo’pol  usullar  bilan  o’ziga  bo’ysundi	radi. 	
Qirolichaning ularga munosabati uslublarini uning xatlari orqali bilish mumkin. 	 	
Bu xatlar ingliz absolyutizmining eng xarakterli tomonlardan birini 	-  cherkovning 	
davlatga  to’liq  bo’ysunganligini  ko’rsatib  beradi.  Cherkov  davlatning  qo’shimcha 
bir  q	ismi  bo’lib  qoldi,  ya’ni  o’ziga  xos  bir  diniy  ishlar  bo’yicha  qo’mita  edi.  Cherkovning  shaxsiy  mulki  ham  yo’q  edi.  Qirolicha  xohlagan  vaqtida  cherkovga 
tegishli  yer  mulklarni  (masalan,  bog’larni  va  h.)  bir  kichik  qog’oz  yozib  berish 
bilan xohlagan kishiga 	berib (o’tkazib) yubora olardi. 	 	
Yelizaveta  tomonidan  XVI  asrning  70	-yillariga  qadar  katolik  cherkovi  va 	
katolik mazhabiga e’tiqod qiluvchilar kuchli ta’qib ostiga olingan emas. Lekin 70	-	
yillarda  papa  Piy  V  Angliyaga  Yelizavetaning  cherkovdan  mahrum  qiling	anligi 	
to’g’risida  bullalarni  yuborganidan  so’ng  cherkov  siyosatida  o’zgarish  yuz  berdi. 
Qizig’i  shundaki,  hatto  bu  bulla  qirolichaga  qarshi  ochiq  isyon  ko’tarishga  ingliz 
katoliklarini  unday  olmadi.  Ular  qirolichaga  sodiqligicha  qolaverdilar,  ammo  shu 
vaq	tdan  boshlab  feodal  katolik  muxolifatining  kuchayishi  kuzatiladi  va 	
hukumatning  ham  katoliklarga  bo’lgan  munosabatida  ta’qib  kuchayadi.  Bu 
davrdan  to  80	-yillar  o’rtalarigacha  Rim  kuriyasi  va  Ispaniya  qiroli  Filipp  II 	
Angliyada katolikni tiklash uchun bor k	uchlari bilan harakat qiladilar. Ispan katolik 	
lageri bu kurashni ikki yo’nalishda olib bordi:	 	
1)	          	 	Angliyaga  qo’shni  bo’lgan  katoliklarning  Yelizavetaga  qarshi 	
chiqishlarini uyushtirish;	 	
2)	          	 	Angliyaning  ichkarisida  Mariya  Styuart  atrofida	 	to’plangan 	
absolyutizmga  qarshi  kuchlarga  va  katolik  cherkovi  tarafdorlariga  yordam 
ko’rsatish.	 	
Papa Grigoriy XIII chet davlatlarning doimiy ravishda Angliya chegarasida nizolar 
chiqarib turishiga ko’maklashdi. Bunda irlandiyaliklarning og’ir ahvoli va ul	arning 	
ingliz  mustamlakachilariga  bo’lgan  nafratidan  ham  foydalanildi.  Papalik  va 
Ispaniya  yordamida  irlandiyaliklar  1580  yilda  qo’zg’olon  ko’tardilar,  ammo  bu 
qo’zg’olon inglizlar tomonidan bostirildi.	 	
 	
Tavsiya etilgan adabiyotlar	:  1.	 Germаniya  v  epохi  Refоrmаtsii  i  Velikоy  krestьyanskоy  vоinы.  M., 
1962.	 	
2.	 Pirimqulоv SH.D. O’rtа аsrlаrdа Аngliya. T.2004	 	
3.	 Rаzvitie  kаpitаlisticheskоy  mаnufаkturы  v  Аnglii  i  Germаnii 	XVI	-XVII	 	
vv. M., 1981.

MAVZU. XVI -XVII ASR BIRINChI YARMIDA ANGLIYA. REJA. 1. XVI asrdagi Angliyaning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishi. 2. Tyudorlar sulolasining taxtga kelishi. 3.Angliyada reformasiya va kontreformasiya. 4. XVI asrda Angliya tashqi siyosati. XVI asr bosh ida Angliyaning iqtisodiy yuksalishi. XVI asrda Angliyaning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan holat, bu buyuk geografik kashfiyotlar bilan bog’liq bo’lib, savdo sohasidagi to’ntarilish edi, ya’ni Angliya yangi jahon savdo yo’lining markaz iga, London esa dunyoning eng yirik port shaharlaridan biriga aylandi. Inglizlar Buyuk geografik kashfiyotlarda faol ishtirok etganlar. Ingliz dengizchilari eskimoslar yashaydigan joygacha suzib borishib, Virginiyada Angliya koloniyasiga asos soldilar, Vil lagbi esa Moskva to’g’risida axborot yig’ishga muvaffaq bo’ldi. Dreyk o’zining dunyo bo’ylab sayohati bilan F.Magellan kashfiyotini takrorladi. Keyinchalik ingliz sayohatchisi Djenkinson Buxorogacha yetib borgan. Afsuski, bu sayohatchilarning barchasini ng faoliyati yangi yerlarni kashf etishga qaratilmay, ya’ni sof geografik kashfiyotlardan chetga chiqib, josuslik, qaroqchilik va hatto bosqinchilik faoliyatlari bilan ham bog’lanib ketgan edi. Angliyaning buyuk geografik kashfiyotlarda ishtiroki Bristol shahri savdogarlarining tashabbusi bilan boshlandi. Ularning niyati boshqa yerlar qatori Xitoy sohillariga ham yetib borish edi. Savdogarlar mablag’iga dengiz ekspedisiyasi tashkil qilinib, unga rahbar qilib asli italiyalik bo’lgan Djon Kabot (Djovanni Kab etto) tayinlandi. 1 kema va 18 ekipajdan iborat Djon Kabot boshchiligidagi ekspedisiya 1497 yilning may oyida Bristoldan g’arb tomon yo’lga chiqdi va shu yilning o’zida Shimoliy Amerikadagi Labrador (Nyufaundlend)ga

yetib keldi. Qaysi hududga kelganliklari ni bilmagan inglizlar «Buyuk Xon podsholigi», ya’ni Xitoyni kashf etdik deb o’yladilar. 1498 yilda yana Djon Kabot boshchiligida 5 kemadan iborat ikkinchi dengiz ekspedisiyasi tashkil qilindi. Yo’lda vafot etgan Djon Kabot o’rniga ekspedisiyaga uning o’g’l i Sebastyan Kabot boshchilik qildi. Bu ekspedisiya 1498 yilda Shimoliy Amerikaning shimoliy – sharqiy qirg’oqlariga yetib keldi. Afsuski, XVI asrda uyushtirilgan va qisman qirollik tomonidan mablag’ bilan ta’minlangan dengiz ekspedisiyalarining ko’pchilig i yangi yerlarni kashf qilish o’rniga dengiz qaroqchiligi bilan shug’ullandilar.O’zining qo’shnisi bo’lgan Irlandiyani talash Angliya uchun dastlabki kapital jamg’arishning bir vositasiga aylandi. XI asrdan boshlab Angliyaning chetga sotadigan asosiy mahsu loti mayin jun va qo’y terisi edi. Yevropadagi eng sifatli jun faqat Angliyada yetishtirilar va Flandriya hamda Italiya to’qimachilik sanoati uchun yetkazib berilar edi. Ammo XVI asrning birinchi yarmidan boshlab movut ishlab chiqarish ingliz sanoatining asosiy tarmog’iga aylandi va jun gazlamalar chiqarish junning o’zini chiqarishga nisbatan bir necha marotaba ko’paydi. Hozirga qadar jun solingan xalta inglizlar boyligining ramzi hisoblanadi va lordlar palatasida Angliya lord -kansleri uchun yumshoq o’tirg’ ich vazifasini o’taydi. XVI asr o’rtalarida Angliya Flandriya va Florensiyadagi movut sanoatiga xom ashyo – jun yetkazib beradigan mamlakatdan ichki va tashqi bozorga o’zi movut chiqaradigan mamlakatga aylandi.Angliyada XVI asrga kelib jun eksportining kam ayganligini quyidagi misolda ham ko’rish mumkin: 1354 yilda Angliyada bir yilda 32 ming xalta jun chiqarilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich Genrix VIII davrida (1509 -1547) 5 -6 ming xaltaga tushib qoldi. O’z navbatida tayyor movut chiqarish to’xtovsiz o’sib bordi. Masalan, 1354 yilda chetga 5 ming o’ram movut chiqarilgan bo’lsa, XVI asr o’rtalariga kelib uning miqdori 122 ming o’ramga yetdi. XVI asr oxiriga kelib Angliya bir yilda 200 ming o’ram movut

ishlab chiqaradigan darajaga erishdi. Movut va jundan tayyorlang an buyumlar Angliya umumiy eksportining 81,6 % ni tashkil qildi. Angliyaning jun gazlamalari mamlakatning janubiy -g’arbidagi hududlar: Uiltshir, Somerset, Glostershir, Oksfordshir va boshqalar edi. Bu yerda, jun gazlamalarining «bronklot» deb atalgan eng n afis turi to’qilardi. Kapitalistik xususiyatga ega bo’lgan ishlab chiqarish Angliyaning qishloqlariga ham chuqur kirib bordi. Bunga quyidagi hol ko’maklashdi: movut to’qish, hunarmandchilikning yangi tarmog’i sifatida asosan qishloqlarda rivojlandi, bu ye rda esa ishlab chiqarishni siqib qo’yadigan sexchilik yo’q edi. Movutga bo’lgan talabning kuchayishi bu mayda ishlab chiqarish punktlarini kengaytirishni talab etdiki, bu kelgusida yirik manufakturalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Manufakturalarning qa y darajada rivojlanganligini ko’rsatadigan misollarga murojaat etsak, misol sifatida Berkshir grafligidagi yirik movutchi Djon Uichkaiba manufakturasini ko’rsatishimiz mumkin; bu yerda 200 dan ortiq to’quv dastgohlari bo’lib, movut ishlab chiqarish jarayon ida 1000 dan ortiq kishi qatnashgan. XVI asrga kelib ingliz sanoatining boshqa turlari ham sezilarli yutuqqa erishadi. Norich, Yorkshir, Dorsetshir, Devonshir va Kolchesterda shoyi va ip gazlamalar, Birmingam va Sheffilda qulflar, mixlar, pichoq va boshqa duradgorchilik asboblari ishlab chiqarish yaxshi yo’lga qo’yildi. XVI asrda Angliyaning iqtisodiy taraqqiyoti ichki va tashqi savdoning rivojlanishi tufayli ham yuz berdi. Yagona milliy bozor tashkil topdi. XIV -XV asrlarda Angliyaning Italiya va Sharq mam lakatlari bilan savdosi asosan venesiyaliklar vositachiligida olib borilar, Shimoliy Yevropa davlatlari bilan savdo esa Ganza ittifoqiga kirgan nemis savdogarlari qo’lida edi. XVI asrga kelib yuqoridagilarning ikkalasining ham savdo sohasidagi monopoliyasi qo’ldan ketdi va Angliyaning butun savdo sohasi ingliz savdogarlarining kompaniyalari qo’liga o’tdi.Angliyada kemasozlik ham juda tez sur’atlar bilan o’sdi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, XVI asrda Angliya sanoatining taraqqiyotida Yevropaning boshqa m amlakatlaridan emigrant bo’lib kelgan tajribali ustolarning ulushi katta bo’ldi. Niderlandiya inqilobi davrida ispanlar beboshligidan qochib kelgan flomand to’quvchilari o’zlari bilan birga nafis movut ishlab chiqarishning sirlarini olib keldilar, fransuz emigrantlari (asosan gugenotlar) shoyi ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydilar. Angliyaga maxsus taklif qilingan nemis ustolari esa nodir metallardan chiroyli idish va bezaklar yasadilar. 3.2.Angliyada agrar to’ntarilish.G’ov tutish va dehqonlarning yersizlant irilishi.«Qonli qonunlar» Movut ishlab chiqarishning yutug’i, ingliz juniga nisbatan avval qo’shni Flandriyada, keyinchalik esa Angliyaning o’zida talabning kuchayishi agrar munosabatlarning sezilarli o’zgarishiga olib keldi. Junga bo’lgan narxning ko’ta rilishi bilan Angliyada qo’ychilik qishloq xo’jaligiga nisbatan foydali bo’lib qoldi va juda ko’p lordlar o’zlarining yerlarini yaylovlarga aylantira boshladilar. Ular bo’sh yotgan va yaylov sifatida jamoa tomonidan foydalanib kelinayotgan yerlarni egallab ola boshladilar. Bu ham yetmagandek ular, o’z qo’llari ostidagi kesim yerlarga ega bo’lgan dehqonlarni haydab chiqardilar, dehqonlar yashagan butun -butun qishloqlar buzib yaylovlarga aylantirildi. Tortib olingan yerlarga lordlar tomonidan qo’ylarning yayl ovlardan chiqib ketmasligi uchun g’ov tutildi. Bu yerlar lordlar tomonidan chorvachi – fermerlarga yuqori renta asosida ijaraga berildi, ayrim hollarda esa ularning o’zlari qo’ychilikni yo’lga qo’ydilar. Ingliz dehqonlarini mana shu tariqa zo’rlik yo’li bi lan yersizlantirish jarayoni «g’ov tutish» degan nomni oldi. Tarixchilarning ko’rsatishicha, g’ov tutishga Angliyada XIII asrdayoq qadam qo’yilgan. XII – XV asrlar davomida Lestershir, Devonshir, Xantingdonshir va boshqa grafliklarda lordlar tomonidan tur li qonunlar xususan, XIII asrdagi Merton va Vestminster statutlari asosida jamoa yerlarini o’rab olish jarayoni boshlangan edi.

XVI asrga kelib inglizlar iqtisodi jahon bozori bilan mustahkam bog’langanligi tufayli va sanoat ishlab chiqarishning yangi soh a va yo’nalishlarining paydo bo’lishi va bu sohaning qo’ychilikni rivojlantirishni taqozo qilishi, g’ov tutishning yanada kuchayishiga olib keldi. Ingliz hukumati komissiyasining 1517 yilga tegishli ma’lumotiga qaraganda, markaziy grafliklarda g’ov tutil gan yerlar miqdori 71 % ni, o’z yerlaridan va mulkidan mahrum bo’lgan dehqonlar soni 84,4%ni tashkil qilgan. XVI asrning ikkinchi yarmida bu grafliklarda g’ov tutish yanada kuchaytirilgan. Bu jarayonni XVI asr ingliz gumanisti Tomas Mor «Utopiya» asarida o brazli qilib qo’ylar shunchalik ochko’z bo’lib ketdiki, ular odamlarni yeb qo’yayapti, deb ta’riflagandi. Dehqonlarning shu tariqa majburiy yersizlantirilishi Angliyada juda ko’p sonli ishsizlar armiyasi pauperlar va daydilarning paydo bo’lishiga olib keld i. Daydilikning masshtabi juda keng edi. Ma’lumotlarga qaraganda, Yelizaveta Tyudor hukmronligi davrida 200 ming aholiga ega bo’lgan London shahrida daydilar soni 50 mingdan ko’p bo’lgan. Ishsizlar armiyasining ko’payishining yagona manbai yuqoridagi jaray on emas edi. XVI asrning ikkinchi yarmidan ular safiga yana ikki kategoriyadagi kishilar kelib qo’shildilar. Birinchisi, bu aristokratlarning xususiy (shaxsiy) harbiy drujinalariga kirgan kishilar hisobiga. Genrix VII absolyutizmni mustahkamlash siyosatin i yuritib, aristokratiyani zaiflashtirish maqsadida, barcha xususiy harbiy drujinalarni tarqatib yuborish to’g’risida statut chiqardi. Natijada, avval yirik feodallar qo’lida harbiy xizmatda bo’lgan juda ko’p kishilar, yashash uchun ta’minotdan mahrum bo’l dilar. Ikkinchisi, bu qashshoqlar safiga monaxlarning kelib qo’shilishi. Bu ingliz reformasiyasiga bog’liq bo’lib, monastirlarning tugatilishi bilan oddiy monaxlarning juda ko’pchiligi ko’chaga tashlanib, ishsizlar sonini ko’paytirdi. Ma’lumotlarga qaraga nda, 7 mingdan ko’proq monax va 25 mingdan ortiq turli cherkov yer egaligidagi xizmatchilar ishsiz qolganlar.