XVI-XVII ASR BIRINCHI YARMIDA GERMANIYA
MAVZU: XVI -XVII ASR BIRINCHI YARMIDA GERMANIYA. Reja. 1. XVI asrda Germaniyadagi siyosiy ahvol. 2. Erazm Rotterdamskiy, Ulrix fon Gutten ta’limoti. 3. Martin Lyuter va uning qarashlari. 4. Germaniyada dehqonlar urushi. 5. Knyazlar reformasiyasi. Tayanch s o’z va iboralar:cherkovdagi holat, reformatsiya, 95 tezis, Martin Lyuter, dehqonlar urushi, protes, diniy erkinlik, 1555 -yilgi kelishuv va uning shartlari. XVI asrda Germaniya Italiya singri markazlashmagan, tarqoq davlat edi. To’g’ri Germaniyada reyxstag va imperator bo’lsada, ular amalda xech qanday kuchga emas edi. Mamlakatning siyosiy tarqoqligi va unda birlikning yo’qligi iqtisodiy jihatdan ham asoslangan edi. Mamlakatdagi hududlar o’rtasida iqtisodiy jihatdan doimiy aloqa bo’lgandagina birlikka eris hadi. Bu esa o’z navbatida ichki bozorning rivojlanishiga olib keladi. Ammo bu sharoitlar Germaniyada yo’q edi. Imperiyaning hududlari o’rtasida o’zaro aloqa bo’lmagan, ular o’zlarining mustaqil iqtisodiy hayoti bilan yashab,boshqasining yordamiga muhtoj e mas edi. Iqtisodiy va madaniy jihatdan eng boy hudud janubi -g’abiy Germaniya edi. Bu yerdagi shaharlar Augsburg, Nyurnberg, Ulm, Strasburg va boshqa shaharlarda savdo -sotiq rivojlangan. Augsburg savdogarlari va tog’ konchilari – fuggerlar katta mablag’ga ega bo’lib, ular Germaniya, Vengriya va uzoq Ispaniyadagi tog’ -kon sanoatini o’z qo’llariga olganlar.
XV asrga kelib dexqonlarning axvoli yanada yomonlasha boradi. Senerlar va karz beruvchilar tomonidan dexkonlarning sikuvga olinishi kator bulib utgan kuzg alonlarga olib keladi. 1476 -yil Vyursburg shahri yonida cho’pon va qishloq musiqachisi Gans Begeym hamma tengligi va ruxoniylar va senyorlarning yerlarini tortib olib ularni kambag’allarga berish xaqidagi vazlarini boshlab yuboradi. Uning va’zlari ko’plab odamlarni yig’a boshladi. Yepiskop uni daxriy sifaida tutishni buyuradi. Uning ustidan sud olib borib, dinsiz sfatida yoqib yuboriladi. Katolik cherkoviga norozilik va unga nisbatan salbiy munosabat XVI asrdagi nemis ziyolilari tomonidan bildirila boshlan adi. Erazm Rotterdamskiy. Germaniyaning eng yirik gumanistlarida biri bu Erazm Rotterdamskiy (1467 -1536) bo’lgan. U qadimgi tilda gapirishni va ijod qilishni bilgan. U xristian dinining «muqaddas» kitoblarni tanqidiy o’rganish uchun ko’p ishlar olib boradi . Ammo uning bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan muhim asarlaridan biri bu «Ahmoqqlikka tasannolar» («Poxvala gluposti») deb nomlanadi. Ulrix fon Gutten (1488 -1523). Germaniyaning yana bir yirig gumanisti yanada radikalroq edi. Ko’pgina asarlari da risar va shoir Ulrix fon Gutten Rimga shafqatsiz urush e’lon qiladi. U reformasiya tarafiga o’tib, Germaniyaning o’zining asosiy dushmaniga qarshibirlashib, yagona birlashgan davlatga aylanishini orzu qiladi. Martin Lyuter. (1483 -1546). Lyuter tog’ konc hisining o’g’li bo’lib, o’ziga to’q oiladan bo’lgan. U o’g’liga ta’lim berib, Lyuterning kelajakda xuquqshunos bo’lishini xoxlagan edi. Ammo Lyuter universitetni tugatib, monastirga boradi. Uni kanday gunoxlar uchun odamzodning do’zaxga tushishi o’ylantira r edi. Lyuter monastirda doimiy toat ibodat olib borib, o’zini qiynagan savollarga javob ola olmaydi. Shundan so’ng u mqaddas kitoblarni o’rgana boshlaydi. Tomas Myunser. Inqilobning raxbari Tomas Myunser edi. U davrda inqilobiy g’oyalar xam diniy shakl da bulgan. Feodallarga qarshi urush olib
borganlar adolat urnatilishiga ishonib, tenglik davri, ya’ni boy va kabag’allarning bo’lmasligiga ishonganlar. Myunser xam shunday jamiyatni orzu qilar edi. Myunser endi o’z nutqlarida nafaqat poplarga, balki knyazl ar, dvoryanlar va shaharliklarga qarshi chiqa boshladi. 1522 -yilda Frans fon Zikkingen va Ulrix fon Gutten boshchiligida risarlar qo’zg’aloni bo’lib o’tadi. Xonavayron bo’lgan risarlar o’z ishlarini cherkov boyligini talash evaziga to’g’irlamoqchi bo’lad ilar.Ammo bu qo’zg’alon shaxa rva qishloqlar tomonidan qo’llab quvvatlanadi. Ulrix fon Zikkingen qamalda yaralanib xalok bo’ladi. Ulrix fon Gutten Shveysariyaga qochib ketib o’sha yerda vafot etadi (1523 -y). Knyazlar reformasiyasi. Dehqonlar qo’zg’aloninin g bostirilishi birinchi navbatda knyazlarga foyda keltirdi. Ruxoniylarning yerlari sekulyarizasiya qilinib knyazlar qo’liga o’ta bshlaydi. Ruxoniy knyazlar o’z lavozimlaridan voz kechib, dunyoviy kishilarga aylana boshladilar. Masalan shunday siyosatni Tev ton ordeni grossmeystri olib borib, Prussiya gersogi titulini oldi. (1525). Ko’pchilikni tashkil qilgan katolik knyazlari 1529 yil Shpeyr reyxstagida qolgan knyazlardan «daxriylik»dan voz kechishni talab qiladilar. Kamchilik, 14 ta shaxar vakili va 6 ta knyaz bunga qarshi chiqib, bu masalani ovoz berish yo’li bilan xal qilib bo’lmaydi degan fikr bildiradilar. XVI asrning 30 -40 yillarida protestantizm katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Karl V bu vaqtda fransuzlar va turklar bilan urush olib borib, Germaniyad a kamdan kam bo’lar edi. U ko’pchilik kurfyurstlarning prostantizimga o’tib ketishidan va gabsburglar sulolasi qirollik tojidan ayrilib qolishidan qo’rqib qoladi. Shuning uchun u bir nechta g’alabalarga qaramasdan 1544 -yilda qirol Fransisk I bilan tinchlik sulxinituzib, Germaniyaga keladi. U protestant knyazlariga qarshi urush olib borib, ularning bir nechtasini asirga oladi. Shundan so’ng Nemis knyazlari vahimaga tushib qoladilar. Agar vaziyat shunday davom etadigan bo’lsa, ular o’z xokimyatini yo’qotishla ri mumkin edi. Shuning uchun imperatorga qarshi protestant knyazlari bilan birga katolik knyazlari xam qarshi chiqdilar. Ular yangi
fransuz qiroli Genrix II bilan ittifoq tuzib, yordam evaziga bir nechta imperiya shaxarlari (Mes, Tul va Verden) ni va’da be radilar. Karl V qo’shini yakson qilinib, uning o’zi asirlikka tushushiga sal qoladi. Karl Germaniyani tashlab ketib, taxtdan voz kechishga majbur bo’ladi. Germaniya taxtiga uning ukasi Ferdinand I o’tirib, u 1555 yil Augsburg shaxrida knyazlar bilan shartn oma tuzadi. Augsburg tinchlik shrtnomasiga ko’ra katolik va protestantlik dinlarining mavqyei tenglashtiriladi. Knyazlar qaysi dinda bo’lsalar, ularning qo’l ostidagilar xam shu dinni qabul qilishlari kerak edi. Germaniyada reformasiya va dehqonlar urushi . XVI asrda Germaniya Italiya singri markazlashmagan, tarqoq davlat edi. To’g’ri Germaniyada reyxstag va imperator bo’lsada, ular amalda xech qanday kuchga emas edi. Germaniya mayda -mayda knyaliklardan, erkin shaharlar, mingdan ortiq rasmiy ravishda imper atorga bo’ysinishi kerak bo’lgan, lekin amalda mutlaqo mustaqil bo’lgan risarlik yerlaridan iborat edi. Imperatorlar bir necha bor mamlakatning tarqoqligi va nemis knyazlarining siyosiy kuchini susayirishga harakat qilgan bo’lsalarda, hyech qanday samarga erisha olmadilar. Imperatorlar ichida Maksimilian I (1493 -1519) bu sohada qator islohatlar amalga oshirib, bu islohatlar uning va Gabsburglar xonadonining xokimyatini mustahkamlashga qaratilgan edi. 1495 yil Vormsdagi reyxstagda «umumiy va doimiy yer tinch ligi» («ob щ iy i vechn ыy zemskoy mir») haqidagi qaror qabul qilinib, har qanday o’zboshimchalik uchuun jazolar belgilanadi. Imperiya 10 ta okruga bo’linib, ular urush vaqtida ma’lum miqdorda qo’shin berishlari lozim edi. Ammo knyazlar shu reyxstagning o’zida imperiya sudini joriy etib, uning a’zolari imperator tomonidan emas, balki knyaz va shaharlar tomonidan tayinlangan. Shunday qilib bu islohat ham qog’ozda qoladi. Mamlakatning siyosiy tarqoqligi va unda birlikning yo’qligi iqtisodiy jihatdan ham asoslangan edi. M amlakatdagi hududlar o’rtasida iqtisodiy jihatdan doimiy aloqa bo’lgandagina birlikka erishadi. Bu esa o’z navbatida ichki bozorning rivojlanishiga olib keladi. Ammo bu sharoitlar Germaniyada yo’q edi.
Imperiyaning hududlari o’rtasida o’zaro aloqa bo’lmaga n, ular o’zlarining mustaqil iqtisodiy hayoti bilan yashab,boshqasining yordamiga muhtoj emas edi. Germaning shimolida, Boltiq dengiz va bu dengizga quyiladigan daryolar bo’ylab ganza shaharlari tranzit savdo -sotiq bilan shug’ullangan. XVI asrdan boshlab u xam inqirozga yuz tuta boshlaydi. Iqtisodiy va madaniy jihatdan eng boy hudud janubi -g’abiy Germaniya edi. Bu yerdagi shaharlar Augsburg, Nyurnberg, Ulm, Strasburg va boshqa shaharlarda savdo -sotiq rivojlangan. Augsburg savdogarlari va tog’ konchilari – fuggerlar katta mablag’ga ega bo’lib, ular Germaniya, Vengriya va uzoq Ispaniyadagi tog’ -kon sanoatini o’z qo’llariga olganlar. Fuggerlar o’z vaqtida Karl V ga katta qarz berib, shuning evaziga Karl Germaniyada imperatorlik taxtiga o’tiradi. Madaniy jihatd an ham janubi -g’arbiy Germaniya Yevropaning rivojlangan hududlaridan hisoblangan. Bu yerda ko’plab universitetlar bo’lib, ko’plab kitoblar nashr etilgan, qadimgi tillar va antik madaniyatni mukammal bilgan nemis olimlarining nomlari butun dunyoga mashhur b o’lgan. Aynan shu yerda, Germaniyaning rivojlangan yerlarida XVI asrga kelib butun Germaniyani larzaga keltirgan voqyealar bo’lib o’tadi. Nemis jamiyatida o’rnatilgan tartiblarga qarshi noroziliklar kuchaymoqda edi. Imperator knyazlarni zaiflashtirmoqchi bo’lsa, knyazlar butun kuchini imperator hokimyatini kuchsizlantirishga qaratar edilar. Dvoryanlar knyazlarning kuchayishidan norozi bo’lib, o’z mustaqilliklari uchun xarakat qilganlar. Kichik dvoryanlar (risarlar) qo’shinlarda o’q otar qurollari joriy qil inganidan so’ng ahamiyatlarini yo’qotadilar, kambag’allashib, boy knyazlarga, shaxarliklar, savdogarlar va katolik cherkoviningboyligiga xasad bilan qaraganlar. Shaharlarda xam vaziyat yaxshi emas edi. Hokimyat patrisiylar qo’lida bo’lib, ular soliqlar og ’irligi va xarbiy himoyani hunarmandlar, ularning shogirdlari va shaxar kambag’allarining bo’yniga tashlab qo’ygan edilar. Fuggerlar