XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlardagi ziddiyatlar
Mavzu: XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar dagi ziddiyatlar Reja: 1. XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlardagi o`zgarishlar 2. Rossiyaning xalqaro mavqeyining oshib borishi 3. Siyosiy jarayonlarda yangi muammolarning vujudga kelishi
NATO ning navbatdagi kengayishi va Rossiya 2000-yilda Rossiyaning NATO bilan hamkorligi qayta tiklandi. Rossiya-NATO doimiy qo’shma Kengashi mexanizmi yana ishlay boshladi.2001-yilning fevralida Moskvada Alyans axborot byurosi ochildi. 2001-yilning oktabrida Rossiya hukumati NATOning Afg’onistondagi harbiy operatsiyasida to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etishdan bosh tortgan bo’lsada, bu operatsiyani qo’llab-quvvatlaydi. Bu qo’llab-quvvatlov Rossiya va NATO o’rtasidagi dialogni aktivlashtirish uchun qulay sharoit yaratib berdi. “ Ikkinchi afg’on urushi” da Moskva Vashingtonga ko’rsata olgan qo’llab- quvvatlash Jorj Bushga Rossiya geostrategic mazmunda NATO ning ko’plab davlatlaridan ko’ra muhimroq hamkor bo’la olishini namoyish qildi. Boshqa tomondan Moskva ham Vashington bilan yaqinlashishdan manfaatdor edi. Birinchidan, Afg’onistondagi AQSH harbiylari Rossiya uchun tarixda birinchi marta uning milliy xavfsizligini ta’minlashning Rossiya mustaqil eplay olmagan muhim vazifasini hal qildi. AQSH harbiylari Chechenistondagi jangarilarni faol qo’llab-quvvatlayotgan tolibonlar hokimiyatini ag’darib tashladi. Ikkinchidan, AQSH bilan yaqinlashuv Rossiyaga Chechenistondagi voqealarni tahlil qilish masalasida Vashingtonning yordamini olish imkoni berar edi. AQSH rahbariyati Yevropaning ko’plab mamlakatlari hukumatlari singari Chechenistondagi uyushgan jinoiy guruhlarni terroristic uyushmalar sifatida tan olishdan bosh tortib kelayotgan edi. Moskva Checheniston jangarilari va toliblar o’rtasidagi aloqani isbotlab berish bilan xalqaro terrorizm Chechenistonni toliblar davridagi Afg’oniston kabi terrorchilar bazasiga aylantirishga o’rinayotganligi haqidagi fikrda qattiq turib oldi. Chechenistondagi Rossiya federal kuchlari aksilterror operatsiyasi xalqaro jamoatchilik fikri nazarida terrorizmga qarshi kurashish uchun qo’shimcha
asos oldi. Amerika tomoni ushbu masalada ehtiyotkorlik qilgan bo’lsada, uning Rossiya pozitsiyasini tushunish darajasi ortdi. Biroq ikki mamlakat o’rtasida strategic doirada ziddiyatlar saqlanib qolaverdi. Amerika ma’muriyati o’zi taqdim etgan ma’lumotlarga ko’ra zarur klassdagi raketalarni ishlab chiqish texnologiyalariga ega bo’lgan Iroq va KXDR kabi “ishonchsiz davlatlar” tomonidan raketa zarbalari o’sib borayotganligiga ishora qilib, raketa hujumiga qarshi mudofaa milliy tizimini kengaytirish fikrida qat’iy edi. Shimoliy Atlantika ittifoqining G’arbda transformatsiyasi haqida Rossiyada ko’plab gapirildi. Mazkur masala yuzasidan bahs-munozaralar uch oqimga bo’linib ketdi. Birinchisi NATOning politizatsiyalashuvi, uning funksiyaviy jihatdan YEXHT ga o’xshash tashkilotga transformatsiyalashuvini taxmin qilgan edi. Moskva ushbu fikrda qat’iy edi, 90-yillarning birinchi yarmida esa Parij va Berlinda ham shunday deb hisoblashishar edi. AQSH targ’ib qiluvchi qarshlarning ikkinchi guruhi transformatsiya deganda Alyans funksiyalarining kengaytirilishi va diversifikatsiyasi, uning vazifalari qatoriga mudofaa vazifasi bilan birgalikda gumanitar intervensiyalar va tinchlikparvarlik missiyalarini o’tkazish ham kirishini tushunishar edi. Nazariy jihatdan olganda bu NATOning yadroviy tiyib turish va mudofaa ittifoqi instrumentidan xavfsizlik ittifoqiqa aylanishini anglatar edi. Uchinchi qarash “transformatsiya” degan tushunchani Vashington shartnomasi harakat doirasini va ham NATO ham unga kiruvchi bir qator davlatlar koalitsiyasining ehtimolli aralashish zonasining geografik sarhadlarini geografik jihatdan kengaytirish degan ma’noga olib keluvchi “transformatsiya” degan tushunchaning tor interpretatsiyasini o’zida aks ettirar edi. Ushbu nuqtai-nazarni izhor qilar ekan, NATO bosh kotibi lord Jorj Robertson intervyulardan birida agar zarurat aksini talab qilib turgan bo’lsa,
favqulodda holatlarda NATO harakat doirasini cheklash uchun asos ko’rmayotganligini aytib o’tdi. 2000-yillarning boshidagi vaziyatning o’ziga xosligi NATO ning barcha a’zo mamlakatlari tomonidan birgalikda harbiy kompaniyalar o’tkazish ehtimoli kamayganligida edi: ittifoq tarkibida kimga bo’lgan taqdirda ham harbiy yordam ko’rsata olmaydigan, hatto ko’rsatishni xohlamaydigan davlatlar ko’p edi. Bunga muvofiq tarzda – alyans nomidan va uning mandatiga ko’ra amaliy harakatlarda va jangovar operatsiyalarga tezkor tarzda rahbarlik qilish bo’yicha qarorlar qabul qilishda NATO dan amalda mustaqil bo’lgan NATO mamlakatlarining tanlangan guruhi nomidan koalitsion o’zaro ta’sir ehtimoli o’shib borayotgan edi. Bu xildagi siljishlar ilk marta 1998-yilda “Sahrodagi tulki” operatsiyasini o’tkazish chog’ida, Britaniya va AQSH NATO nomidan, biroq amalda faqat amerika-ingliz harbiy kuchlari bilan Iroqqa qarshi cheklangan harbiy kompaniyani amalga oshirish vaqtida ko’zga tashlandi. Bu siljish “ikkinchi afg’on urushi”bilan yanda mustahkamlandi. Tor doiradagi koalitsion prinsip umumjamoaviy harakatlar tamoiliga nisbatan ustuvor deb tan olindi. Iroqqa qarshi 2003-yilning fevral-mart oylaridagi tayyorgarlik vaqtida Iroq urushini boshlash masalasi yuzasidan Alyans mamlakatlari o’rtasidagi fikrlar xilma-xilligi yuzasidan Vashingtonning o’ziga ham ushbu ssenariy ma’qul edi. NATO va Rossiya o’rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi Alyansning sharqqa qarab yana kengayishi haqidagi masalaning hal bo’lishini osonlashtirdi. 2002-yilning yoziga kelib AQSH ittifoqqa sobiq Sovet Ittifoqining Boltiqbo’yidagi uchta mamlakatining a’zo bo’lib kirishga erishishi aniq bo’lib qoldi. Shuningdek blokka Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Yevropaning bir qator davlatlari – Bolgariya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Albaniya va Makedoniya ham qo’shilishi kutilayotgan edi.
Rossiya hukumati NATO ning kengayishiga o’zining salbiy munosabatda ekanligini ta’kidlab kelgan bo’lsada, Shimoliy Atlantika alyansi bilan o’zining “alohida munosabatlari” ni shakllantirishga kirishgan bo’lib, bu jarayonga zid harakat qilmadi. Rossiyaning NATO bilan yaqinlashuvi tufayli 2002-yilning kuzida Ukraina va uning izidan Gruziya ham Shimoliy Atlantika ittifoqiga kirish niyatlarini ma’lum qilishdi. NATO bilan munosabatlarning o’zgarishini inobatga olib, Rossiya hukumati va jamoatchilik 2002-yilning noyabrida Pragada bo’lib o’tgan NATO sammitida qabul qilingan Bolgariya, Ruminiya, Litva, Latviya va Estoniyalarni Alyansga qabul qilish to’g’risidagi qarorni (amalda esa yuqorida ko’rsatilgan mamlakatlar Alyansga 2004-yilning martida qo’shib olinadi) xotirjamlik bilan qabul qilishdi. Biroq, tez orada Rossiya hukumati NATO bilan munosabatida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lmaganligiga ishonch hosil qiladi. Qo’shma doimiy kengash singari Rossiya-NATO Kengashi ham xavfsizlik masalasi bo’yicha jiddiy qarorlar qabul qilinadigan joy bo’lmadi. Bu NATOning ba’zi a’zo- mamlakatlari bilan mustahkam hamkorlik o’rnatish imkoniyati paydo bo’ldi degan Rossiya hukumatining umidlarini oqlamaydi. 2002-2003-yillarda Iroqda harbiy operatsiyani o’tkazishga doir NATOning, ba’zi mamlakatlarining rahbarlari o’rtasidagi ziddiyatlar, AQSHning va uning ittifoqdoshlarining harbiy operatsiyani o’tkazishlari uchun va S. Xusayn rejimining ag’darilishiga jiddiy to’siq bo’lib xizmat qilmadi. 2000-yilning ikkinchi yarmida natoliklar yana birlashgan pozitsiyalarda chiqa boshlashdi va Rossiyani ishonchli hamkor sifatida qabul qilmay qo’yishadi. Ikkala tomon qarashlarning bir-biriga mos kelmasligi hamkorlikning natijalarida namoyon bo’ldi. Rossiya va NATO o’rtasidagi dialog asosan Rossiya-NATO Kengashi ramkasida rivojlandi.2006-yilning boshlarida Kengashda 20 ta komitetlar, ishchilar va ekspert guruhlari faoliyat olib borardi; ular raketa