logo

YER KADASTRI VA TUPROQ BONITIROVKASI ISHLARINING RIVOFLANISH TARIXI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

49.03125 KB
YER   KADASTRI   VA   TUPROQ   BONITIROVKASI
ISHLARINING  RIVOFLANISH  TARIXI
Reja
1.Rossiyada tuproq bonitirovkasinin rivojlanishi 
2.  Tuproq   bonitirovkasining   Dokuchayevgacha   bo‘lgan   bosqichi3. Tuproq	 bonitirovkasining	 hozirgi	 bosqichi Kadastr   chegaralash   va   yerlarni   ajratish   uchun   xaritalash
bo‘yicha ishlarni   yuritish   to‘g‘risidagi   birinchi   qaydlar   1843   yilga
taalluqlidir.   Rossiya   Yer   kadastridagi   kartografik   materiallarda
asosan   ro‘yxatlash,   chegaralash   va   kuzatish   daftarlaridan   olingan
ma'lumotlar   bo‘lgan.   Bu   ma'lumotlar,   asosan,   joyda   yerlarni
o‘lchash   natijalari   bo‘yicha   tuzilgan.   Yerlarni   o‘lchash   ishlari
«o‘lchov   iplari»   (iplar   20,40,80   sajenli,   1   sajen=2,1336   m)
yordamida   amalga   oshirilgan.   Yerlar   sifati   bo‘yicha   «yaxshi»,
«o‘rtacha»   va   «yomon»   ga ajratilgan.
XVIII   asrning o‘rtalariga kelib yerlarni chegaralash ishlari yer
egalarining   huquqlarini   himoya   qilish   maqsadlari   uchun   ancha
kengaytirildi.   1765   yili   yerlarni   davlat   chegaralashi   to‘g‘risida
komissiya   tasdiqlandi.   Rossiya   imperiyasining   yerlarini
chegaralash   bo‘yicha   ishlar   asosan   XIX   asrning   boshlariga   kelib
yakunlandi.   XVII   asrning   oxiriga   kelib   Rossiyada   faqat   qishloq
xo‘jalik   yerlari   va   o‘rmon   fondi   yerlari   emas,   hatto   shahar
hovlilarini   ham   qayd   qilish   va   hisobini   yuritish   hujjatlari
tuziladigan   bo‘1di.
Yerga   va   boshqa   tabiiy   resurslarga   davlat   mulkchiligining
vujudga kelishi   munosabati   bilan   ularning   va   boshqa   obyektlarning
holati   to‘g‘risidagi   ma'lumot1arning   bir   tizimga   keltirilgan
to‘plami   sifatida   kadastr   turli   mintaqalar   va   yaxlit   mamlakatni
markazlashgan   iqtisodiy   boshqaruvning   muhim   bir   mexanizmi
sifatida   namoyon   bo‘lishi   zarur   edi.   Shuning   uchun   ham   tabiiy
resurslarning   turlaridan   qat'iy   nazar   Rossiyada   yaratilgan   barcha
kadastrlar   davlatning   tadbiri   bo‘lib,   ular   yagona,   ammo   bir
tarmoqning har bir resursga bo‘lgan talabiga mos   o‘tkaziladi.
Kadastr dunyoning barcha mamlakatlarida yuritiladi. U hisob- kitob,   baholash,   turli   tabiiy   resurslar,   injenerlik   faoliyatlari   va
ekologik   holat   tushunchalari   bilan   uzviy   bog‘liqdir.   Chet   el
amaliyotida   "kadastr"   tushunchasini   ko‘pincha   "ko‘chmas   mulk"
tushunchasi   bilan   bog‘laydilar.   Ayrim   manbalar   unga   yer
uchastkalarining   miqdori,   qiymati   va   mulkchiligi   bo‘yicha
ma'1umotlarni   o‘zida   jamlagan   "ijtimoiy   qaydnoma"   qoidasini
beradilar, boshqalari esa "arxiv bilan chambarchas bog‘liq   bo‘lgan,
chegaralarni   tasvirga   olish   va   xaritada   grafik   yoritilgan   mulkning
holati,   huquqi,   tabiati,   o‘lchamlari   va   foydalanishiga   asoslangan
barcha   ko‘chmas   mulkning   ijtimoiy   uslubiy   tashkil   etilgan
inventari"   qoidasini   beradilar.   Bunda   ko‘chmas   mulk   deb   uning
ustki   qismi   bilan   birgalikda   yerni   hamda   atrof-muhitni,   havo
kengligini,   tuproq   ostini,   bino   va   inshootlarni,   turli-tuman   tabiiy
hamda   ijtimoiy-iqtisodiy   voqeliklarni   tushunish   mumkin.
Bugungi   kunda   Rossiya   Federatsiyasida   yuritilayotgan
kadastrni o‘z mohiyati  bo‘yicha	 uchta katta toifaga	 bo‘lish  	mumkin:	
soliq   yoki   fiksal   -soliqqa   tortish   tartibi	 
va   miqdorlarini   aniqlash
maqsadida   ko‘chmas   mulkni   tavsiflash   uchun;   huquqiy   yoki
yuridik   -   mulk   egaligi   huquqlarini   himoya   qilish   uchun;   ko‘p
maqsadli   -   keng   spektrdagi   huquqiy,   iqtisodiy,   ekologik,   qurilish
masalalari,   shuningdek,   hududni   rivojlantirishni   boshqarish   va
rejalashtirish   muammolarini   hal   qilish.   Ko‘p   maqsadli   kadastr   o‘z
ichiga   turli   tipdagi   obyektlar:   yer,   o‘rmon   va   boshqa   tabiiy
resurslar,   infratizimlar,   ijtimoiy-iqtisodiy   voqeliklar   to‘g‘risidagi
ma'1umotlarni   oladi.
Yuqorida   berilgan   ma'1umotlar   va   uslublarni   tahlil   qilish
respublikamizda   yuritilayotgan   Yer   kadastrini   nazariy,   uslubiy   va
amaliy   jihatdan   rivojlantirish   imkonini   beradi. Tuproq bonitirovkasi va xaritalash fanidan xorijiy Oliy o‘quv
yurtlarida   ham   darsliklar   chop   etilgan.   Jumladan,   F.   Gavrilyuk
“Bonitirovka   pochv”.   M.   Visshaya   shkola.   1974.   F.Gavrilyuk
“Polevoye   issledovanie   i   kartirovaniye   pochv”.   M.   Visshaya
shkola.   1963.   Ushbu   darsliklarda   tuproq   bonotirovkasi   va
xaritalash   fanining   riyojlanish   tarixi,   usullari   haqida   ma'lumotlar
berilgan,   lekin,   ushbu   darsliklar chop etilganliga ko‘p vaqt o‘tgan.
Ushbu   darsliklar   e'lon   qiliganidan   so'ng   tuproqni   baholash   va
xaritalashning   zamonaiy   usullari   qo'11anilmoqda.
Tuproqni   xaritalashning   zamonaviy   usullari   haqida   xorijiy
davlatlarda   darsliklarida   ham   e'lon   qilingan.   Gribov.   S.I.
Pochvennaya kartografiya (M-vo se1.   xoz-va   Ros.   Federatsii,   Alt.
gos.   agrar.   un-t.   -   Barnaul   :   Izd-vo   AGAU,   2005).
  Xludensov   J.   G.   Krupnomasshtabnoe   kartografirovanie   pochv
Altayskogo kraya   ([Elektronniy   resurs] : metodicheskie   ukazaniya
k   prakticheskim   zanyatiyam   -   Barnaul   :   Izd-vo   AGAU,   2011).
Informatsionnoe   obespechenie   upravleniya   zemelnimi   resursami:
(Uchebnoe   posobie   Pod   red.   L.I.Koshkina.  —   M.:   Vo“sshaya
shkola   2002).
V.S.Sxovrebov,   V.I.Vaizova,   A.N.Marin1ar   tomonidan   chop
etilgan   “Bonitirovka   I   kachechestvennaya   osenka   pochv”
(Stavropol,   “Paragrafi’,   2011),   F.R.Zayde1manning   Metodi
ekologo-meliorativnix   iziskaniy   i   issledovaniy   pochv   (M.:   Kolos,
2008)   darsliklarida   Rossiyada   tuproqni   baholashda   qo'1lanilib
kelinayotgan   usullar   bayon   etilgan.   Ma'1umki,   tuproqni
baholashda   qishloq   xo’jaligi   ekinlarining   biologik   xossalari,
tuproqni   xaritalash   ishlarida   esa   mintaqalarning   tuproq   iqlim-
sharoitlari   hisobga   olinishi   zarur. Yuqoridagilarni   hisobga   olgan   holda   mazkur   darslikda
tuproqni   bonitirovkalash   va   xaritalashda   qo'l1anilayotgan
zamonaviy   usullarni   yoritishga   va   O'zbekistonda   umumqabul
qilingan   tamoyillarni   yoritishga   harakat   qilindi.
Tuproq   bonitirovkasining   Dokuchayevgacha   bo‘lgan
bosqichi
Yerlarning   sifati   haqidagi   birinchi   ma'1umotlar   qadimgi
Rusiya   dehqonlarida   uchragan.   Bunday   ma'lumotlar   xalqlarning
hikmatli so‘z1arida va maqolalarida o‘z   ifodasini   topgan.   Masalan,
“Qora   yer   - oq   non”,   “Qayerning   tuprog‘i   podzol   bo‘lsa,   shu   yerda
muhtojlik”   va   hokazolar.   O‘sha   zamondagi   tuproqlarning   nomlari
hozirgi   zamon   terminlari   uchun   asosiy   manba   bo‘lib   qolgan.
Masalan, qora tuproq,   podzol,   gley,   sho‘rxok   kabilar.
Ivan   IV   (Grozniy)   davrida   Yer   fondlarini   hisobga   olish
uchun   Yer   ishlari   bilan   shug‘u1lanadigan   oliy   davlat   tashkiloti
tuzilgan.   Bu   tashkilotning   asosiy   funksiyalaridan   biri   yerlarni
ro‘yxatga   olish   bo‘lgan.
S.S. Sobolev XV-XVII asrning boshlaridagi kotibiy kitoblar
o‘sha davrda   yuqori   darajada   turadigan   birinchi   tuproq   -   geografik
asarlari bo‘lganligini   aytgan.
1724   yilda   tashkil   etilgan   Rossiya   (Peterburg)   fanlar
Akademiyasi   tuproqlar   qoplamini   o‘rganishda   yagona   markaz
bo‘lib   qoldi.   Rus   olimi   M.V.Lomonosovning   butun   faoliyati   shu
Akademiyada   o‘tgan.   1757   yildan   boshlab   M.V.   Lomonosov
fanlar   Akademiyasining   geografiya   departamentini   boshqarib
“Rossiya   atlasi”   va   “Rossiya   geografiyasi”   ga   o‘zgartirishlar   kirita
boshladi.
1755   yilda   esa   Moskva   universiteti   tashkil   etildi. Universitetning birinchi   professorlaridan  biri bo‘lgan M.I.  Afonin
tuproqni   sozli   qora   tuproq,   toshli   qora   tuproq,   o‘rmon1i   qora
tuproq,   botqoqli   qora   tuproq,   yong‘oqli   (ancha   unumdor)   qora
tuproq   kabi   guruhlarga   ajratgan.
1765   yilda   Peterburgda   “ko‘ngil1i   iqtisodiy   jamiyat”
tuziladi.   Bu   davrga   kelib   Rossiya   dunyo   bozorida   o‘z   bug‘doyi
bilan   qatnashmoqda   edi.   Ko‘ngi1li   iqtisodiy   jamiyatning   birinchi
asarida   akademik   I.G.   Lemanning   maqolasi   tuproqqa
bag‘ish1angan   bo‘1ib,   “Yerning   dehqonchilikda   har   xil   sifatiga
qarab   iqtisodiy   jihatdan   taqqoslash”   deb   atalgan.   Bu   jamiyatning
ikkinchi   kitobida   (1766)   birinchi   rus   olimi   va   agronomi   A.T.
Bolotov   “Kashir   uezdi   tuproqlarining   xususiyati   va   yaxshi
yomonligi   ro‘yxati”   nomli   maqolasida   tuproqning   sifatini   uning
rangi,   qovushmasi orqali aniqlash, uning sifatini esa o‘simliklarda
tajriba qilib ko‘rib   aniqlash   mumkin   deb   tavsiya   bergan.
Shu davrning yirik olimlaridan I.M.Komov (1750-1792)   ham
tuproqning   sifatini   aniqlashga   alohida   e'tibor   bergan.   U   “yaxshi
yerlar qora yoki qoramtir   rangda bo‘lib, yomg‘irdan so‘ng yoqimli
hidga ega bo‘ladi, aksincha oq, kulrang,   sariqroq   rangdagi   tuproq
esa   sariq,   unumsiz   bo‘1adi”   deb   hisoblangan.
XIX   asrning   birinchi   yarmida   davlat   Yer   mulklari   vazirligi
(1833   yilda   tuzilgan)   da   Yer   kadastri,   ya'ni   ro‘yxatga   olish   ishlari
olib   borilgan.   Bunday   ishlarni   o‘tkazish   uchun   katta   mablag‘lar
sarf   qilindi.   Yer   kadastri   17   ta   guberniyada   amalga   oshirildi.   Bu
komissiya materiallaridan statist (hisobchi) K.S.   Veselovskiy keng
foydalandi   va   Rossiyaning   Yevropa   qismi   tuproq   kartasi   I:8400
000   masshtabda   tuzildi.
Shunday   qilib,   Yer   kadastri   (tuproq   bonitirovkasi)   ning shakllanishi   Rossiyada   kartografiya   va   tuproq   geografiyasining
shakllanishiga   olib   keldi.
Tuproq   baholash   ishlarini   rivojlantirishda   V.V.   Dokuchayevning
ilmiy   tadqiqot   ishlarining   hissasi   kattadir.   V.V.   Dokuchayevning
fikricha,   tuproqlar   unumdorligi   bo‘yicha   baholanishi   kerak.   Tuproqni
baholashni   asosiy   mezoni   -   tuproqning   tabiiy-tarixiy   xususiyatidir.   U
tomonidan   birinchi   marotaba   tuproq   bonitirovkasi   uchun   100   ballik
shkala tuzilgan va Nijegorod guberniyasi uchun   qo‘llanilgan   (1954   y).
V.V.   Dokuchayev   va   ularni   izdoshlari   tomonidan   berilgan
tuproq   bonitirovkasining   asosiy   tamoyillari   tuproqni
bonitirovkalash   ishlarini   rivojlanishida   katta   ahamiyatga   ega
bo‘ldi.
Tuproqni   bonitirovkalash   ishlarini   yuritish   komissiyasi   1950
yillardan   boshlab   V.V.   Dokuchayev   nomidagi   tuproqshunoslik
ilmiy   tekshirish   institutida   ish   boshladi.   Bu   ishlarning   davomi
boshqa   tuproqshunoslik   ilmiy   tadqiqot   tashkilotlarda   ham   o‘z
faoliyatini   olib   bordi.   Tuproqlarni   sifat   bahosini   tuzishda
V.V.   Dokuchayev   va   N.M.   Sibirsevlar   tomonidan   ishlab   chiqilgan
asosiy   tamoyillardan   foydalanilgan.   Sobiq   sovet   Ittifoqida
joylashgan   juda   katta   maydonlar   murakkab   tuproq   iqlim
mintaqalari bo‘yicha o‘z1arini turli mintaqaviy   xususiyatlariga ega
ekanligi   aniqlandi.   Bu   esa   tuproq   bonitirovkasini   mintaqaviy
uslublarini, qo‘llanmalarini yaratishni taqazo etdi. Bu borada F.N.
Gavrilyuk,   N.L.   Blagovidov,   F.N.   Tyumensev,   N.V.   Kimberg,
B.V.   Gorbunov,   A.   Mamitov,   M.I.   Kochubey,   V.N.   Li,   G.A.
Tolipov va boshqalarni olib borgan ilmiy ishlari asos   bo‘la   oladi.
Xalq   xo‘ja1igini   rejali   rivojlantirish, qishloq   xo‘jaligi   ishlab
chiqarishni   joylashtirish   va   ixtisoslashtirish,   yerlarni
melioratsiyalashtirish bilan bog‘1angan   chora   tadbirlarni   o‘tkazish
kabi   qator   masalalar,   umuman   tuproq   qoplamidan   samarali foydalanish, uning holati va sifati haqidagi ma'lumotlar zarurligini
taqoza   etadi.
Bunday   ma'lumotlar   tuproq   qoplamini   xaritaga   tushirish,
tuproqlarning   xossa   va   xususiyatlarini   har   tomonlama   o‘rganish,
bioiqlim,   o‘simlik   o‘sishi   sharoitlarini   hisobga   olgan   holda
yig‘i1adi.   Hozirgi   kunda   tuproqlarni   baholashda   ikkita   yo‘nalish
mavjud:   1)   tuproqda   yetishtirilgan   hosil   miqdori   bo‘yicha;   2)
tuproqning   xossalarini   hisobga   olgan   holda   ball   bonitetlarini
belgilash.   Lekin,   masalaga chuqurroq yondoshadigan bo‘1sak, shu
narsa   ko‘zga   tashlanadiki,   har   ikkala   holda   ham,   biz   tuproq
unumdorligi   darajasi   to‘g‘risida   aniq   ma'lumot   ola   bilmaymiz.
Avvalo,   tuproq   unumdorligi   nisbiydir,   ya'ni   o‘simlik1arning
tuproq   xossalariga   talabi bir xil emas.   Shuningdek,   o‘simliklarning
hosili   uning   navi,   joylarning   iqlimi,   ijtimoiy-texnik   sharoitlari
bilan   chambarchas   bog‘liq.   Bevosita   tuproqlarning   xossa   va
xususiyatlariga   asoslanib,   ularni   sifat   jihatdan   baholash   nazariy
jihatdan   to‘g‘ri   bo‘lsa   ham,   amaliyotda   kam   qo‘llaniladi.
Yuqorida   ta'kid1anganidek,   bunda   biz   tuproqning   potensial
unumdorligini   belgilaymiz,   lekin   bu   unumdorlik   tuproqlarning
iqtisodiy   unumdorligi   va   bahosidan   sezilarli   farqlanishi   tabiiydir.
Hozirgi   iqtisodiy   islohotlar   o‘tkazilayotgan,   mulkchilikning
har   xil   shakllari   rivojlantirilayotgan,   yerlardan   olinadigan   oziq   -
ovqatlarga   talab   kuchayotgan   bir   paytda   tuproqlarni   baholash
qanday   amalga   oshirilishi   zarur?   Fikrimizcha,   bu   muammo
bosqichma   -   bosqich   hal   qilinishi,   tuproq   unumdorligi   yerlarning
iqtisodiy   baholari   tushunchalari   aniqlab   olinishi   kerak.
Birinchi   bosqichda   tuproqlarning   potensial   unumdorligi   u
yoki bu o‘sim1ik   va o‘simliklar guruhi uchun baholanadi. Bunda, albatta   tuproqlarning   genezisi,   tuproq   hosil   bo‘lish   jarayonida
yuzaga   kelgan   xossa   va   xususiyatlari,   ularning   ma'lum
o‘simliklarning   talabini   qondira   olish   darajasi   hisobga   olinadi.
Shuni   qayd  qilish   kerakki,   O‘zbekistonda	 	sug‘ori1adigan	
tuproqlarning	 	unumdorligini	 	baholash	 
uchun   birinchi   uslubiy
ko‘rsatma   1960-yillarda   yaratilgan.
1990-yi1larning   boshida   sug‘oriladigan   tuproqlarning
unumdorligini   baholovchi   qo‘llanma   yaratildi.   Uning   oldingi
uslubiy ko‘rsatmadan farqi, asosiy   ko‘rsatkich   qilib,   tuproqlarning
melkozem   qalinligi   va   mexanik   tarkibi   qabul   qilingan. Har ikkala
ko‘rsatma   ham   qator   kamchiliklardan   holi   emas.   Bu   yerda   asosiy
e'tiborni   Respublikada   ikki   yo‘nalishda   tuproq   unumdorligini
baholash   bo‘yicha   yaratilgan   ko‘rsatmalarda,   tuproqlarning
potensial   unumdorligi   g‘o‘za   tizimidagi   o‘simliklar   uchungina
yaroqli   ekanligiga   qaratmoqchimiz. 
Olimlarning   fikricha,   tuproqlarning   potensial   unumdorligini
baholab   olsak,   u   xalq   xo‘ja1igida   foydalanilayotgan   yerlarni
iqtisodiy   jihatdan   baholashga   imkon   yaratadi.   Bu   baholashning
ikkinchi   bosqichidir.   Ma'lumki,   “tuproq   sifati”   va   “Yer   sifati”
baholari,   huddi   “tuproq”   va   “yer”   tushunchalari   singari   bir   xil
emasdir.   Bu   yerda   tuproq   tarixiy-tabiiy   mustaqil   biokos   tana   deb
qaralsa,   “yer”   boshqacharoq   ma'noni   anglatadi.   Yer   har   bir
xo‘jalik,   qishloq,   dala,   hududlari   chegarasida,   uni   ishlatish   bilan
bo‘lgan tabiiy xususiyatlari-ma'lum maydon, geografik joylashishi
bilan tavsiflanadi. Ana shundan ko‘rinib turibdiki, Yer manbalarini
baholashda   tuproq   unumdorligi   bilan   bir   qatorda   joylarning
ijtimoiy - iqtisodiy tavsifini ham   hisobga   olish   kerak.
Yerlarni   iqtisodiy   jihatdan   baholash,   ularni   qishloq   xo‘jaligi ishlab   chiqarishning   asosiy   vositasi   sifatida   baholashning   oxirgi
bosqichidir.   Yer-larni   iqtisodiy   jihatdan   baholashda   ishlab
chiqarishga   sarflangan   mablag‘   va   mehnatning   samaradorligi
olingan   hosil   va   uning   sifati   kabi   ko‘rsatkichlari   hisobga   olinadi.
Lekin,   asosiy   bosh   ko‘rsatkich   tuproq   unumdorligi   darajasi   bo‘lib
qolishi   shartdir.
Bunda asosiy e'tibor tuproq unumdorligiga, ya'ni tuproqning
paydo   bo‘lishi   jarayonida   rivojlanadigan   eng   muhim   obyektiv
xususiyatini   baholashga   qaratilmog‘i   lozim.   Bu   ko‘rsatgich
sug‘oriladigan   tuproqlarda   inson   ta'sirida   doimo   o‘zgarib   turadi.
O‘zgarishlar   doimo   bir   yo‘nalishda   kechmaydi,   aksincha   ular
yerlardan foydalanish   usullari   bilan bog‘liq holda ham ijobiy, ham
salbiy   bo‘lishi   mumkin.
Tuproq   unumdorligini   baholashda,   tuproq   unumdorligi
modellardan   foydalanish,   tuproq   haqida   yig‘i1gan   ma'lumotlarni
to‘laroq maqsadga muvofiq   ishlatish   imkonini   beradi.
O‘zbekistonda   sug‘ori1adigan   yerlarini   unumdorligi
bo‘yicha   baholash   va   uning   iqtisodiy   samaradorligini   aniqlash
to‘g‘risidagi   uslubiy   qo‘llanma   birinchi   marta   1969   yilda
“O‘zdavyerloyiha”   va   Tuproqshunoslik   instituti   olimlari
tomonidan   chop   etildi   (A.Z.   Genusov   va   boshqalar).   Bu
sug‘oriladigan tuproqlar   bonitirovkasi   bo‘yicha   ilk   qo‘llanma   edi.
Ushbu   ilmiy   ishlarda   tuproqni   bonitirovkalashni   amalga   oshirish
maqsadida   tuproqning   xususiyatini   baholash   va   hisobga   olish
uchun   turli   tomondan   yondoshgan   asosiy   mazmuni   -   tuproq
turlarini   Yer   fondiga   sifatini   topish,   lekin   bular turli   aniqlik   va   ish
hajmiga   ega bo‘lgan.
Birinchi   mintaqaviy   uslubiy   ko‘rsatma   O‘zbekistondagi sug‘ori1adigan   yerlarni   bonitirovkalash   1969   yili   chop   etilgan,
to‘ldirilib   1989   yili   qayta   chop   etilgan.   Bu   uslubiy   qo‘1lanma
paxta   ekiniga   ishlab   chiqilgan.   Mualliflarning  izohicha,   bu	
qo‘llanma   boshqa   ekin   turlariga   ham   qo‘l1ash   mumkin,   sholi,   kanop
va	 ko‘p   yillik   daraxtzorlarga   to‘g‘ri   kelmasligi   yozilgan.
 	Beda   va	
ayniqsa boshoqli don	 
va   boshqa   qishloq   xo‘ja1igi   ekinlari   tuproqni
xususiyatlariga   talabchanligi   turlichadir.   Tuproq   unumdorligi   bir
tur va nav o‘simligiga yuqori va boshqasiga   nisbatan   past   unumdor
bo‘lishi   mumkin.   Demak,   tuproq   unumdorligi   nisbiy   tushuncha.
1994   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi,
tuproqshunoslik   va   agrokimyo   ilmiy   tekshirish   instituti   xodimlari
tomonidan   uslubiy   qo‘1lanma   yaratilgan.   Yaqin   kunlargacha
ushbu   ko‘rsatmadan   foydalanib   kelinmoqda.   Hozirgi   bozor
iqtisodiyoti   davrida,   yerlarni   ijaraga   foydalanishga   ajratishda,   yer
solig‘ini   belgilashda,   o‘tkazi1adigan   tuproq   bonitirovkasi   ishlarini
yana   ham   takomillashtirish   zarurati   tug‘i1moqda.	
Tuproq	 bonitirovkasining	 hozirgi	 bosqichi	
Qoraqalpog‘iston   Respublikasida   XX   asrda   keng   masshtabda	
amalga   oshirilgan	 
irigasiya-melioratsiya   qurilishi   ishlari   natijasida
bu   hududda   suv   ta'minoti   ko‘paydi,   sug‘orma   dehqonchilik   uchun
qo‘riq   yerlar   o‘z1ashtirildi,   natijada   yerlarning   gidrogeologik
sharoitlari   tubdan   o‘zgardi.   Amudaryo   deltasi   uchun   xarakterli
bo‘lgan   Yer   osti   suvlarining   tabiiy   oqimi   qiyinligi   grunt   suvlari
sathining   tez   ko‘tari1ishiga   sabab   bo‘ldi.   Tadqiqotlar   o‘tkazilgan
vaqtda grunt suvlari sathi  	
o‘z1ashtirish	 darajasiga,	 suv ta'minotiga	 va	
hududlarning	 drenlashganlik   darajasiga	 
bog‘liq   ravishda   turlicha
bo‘lgan. Katta sug‘oriladigan massivlarda grunt suvi sathi   1-2,5(3),
ayrim   kichik   sug‘oriladigan   maydonlarda   3   metrdan   pastda joylashgan.   Sizot   suvlari   sathining   eng   yuqori   ko‘tarilishi   sho‘r
yuvish   va   ekinlarni   sug‘orish   davrlariga   to‘g‘ri   keladi.   Grunt
suvlari   oqimining   qariyb   yo‘qligi   sharoitlarida  ularning	
bug‘1anishga   va   o‘simliklar   transpiratsiyasiga   sarflanishiga   olib
keladi.   Bu	 
holat   o‘z   navbatida   grunt   suvlari   mineralizatsiyasi
(sho‘rlanishi)   darajasining   kuchsizdan   to   juda   kuchli   darajagacha
minerallashishiga   olib   kelgan.   Mana   shunday   noqulay
gidrogeologik   va   meliorativ   sharoitlarda   Qoraqalpog‘iston
Respublikasi-ning   barcha   sug‘oriladigan   tuproqlari   rivojlangan.	
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Yer   fondida   o‘tloqi   allyuvial	
tuproqlar   boshqa	 
tuproqlardan   ustun   turib.   uning   maydoni   95,2%
dan iborat. Bu tuproqlar Xo‘jayli,   Shumanay,   Amudaryo,   Beruniy
va   boshqa   tumanlarda,   asosan   sug‘oriladigan   yerlarning   hamma
maydonini   egallaydi,   qolgan   tumanlarda   esa   91-93%   ni,
sug‘oriladigan   taqirli-o‘tloqi   tuproqiar   4,6%   ni,   botqoq   o‘tloqi
tuproqlar - 0,2% ni   tashkil   qiladi.
O‘tloqi   allyuvial   tuproqlar   Qoraqalpog‘iston
Respublikasining   hamma   tumanlarida   keng   tarqalgan.   Grunt   suvi
1,2   (2,5)   m   chuqurliqda   joylashgan.   Grunt   suvining   yaqin
joylashganligi tuproqlarning ikkilamchi sho‘rlanishi uchun sharoit
yaratgan. Hudud sug‘oriladigan yerlarning 37,4%i o‘rta va 35,3%i
kuchli   darajada   sho‘rlangan.   Kuchsiz   sho‘r1angan   va
sho‘r1anmagan   (yuvilgan)   tuproqlar   27%   dan   ortiq   maydonni
egallaydi.
Tuproqlarning   meliorativ   holati   jihatdan   ularning   mexanik
tarkibi   bilan   belgilanadi.   Qoraqalpog‘iston  Respublikasi   hududida
o‘rtacha   qumoq   mexanik   tarkibli   tuproqlar   sug‘oriladigan
yerlarning   35%   dan   ortig‘ini   va   yengil   qumoqlar   31   %   dan ko‘prog‘ini   egallaydi.   Bu   tuproqlar   qulay   suv-fizik   xossalariga
egaligi   bois   sho‘rsiz1antirish   melioratsiyasi   yaxshi   kechadi.   25%
dan ortiq maydonni og‘ir   qumoq mexanik tarkibli tuproqlar tashkil
etadi,   ularning   suv   o‘tkazuvchanligi   juda   past   va   nam   sig‘imi
yuqori.   Bunday   tuproqlarda   sho‘rsizlantirish   melioratsiyasi   qiyin
kechadi.
Tuproqlar   unumdorligining   pasayishida   shamol   eroziyasi
sezilarli   ro1   o‘ynaydi.   Shamol   eroziyasi   qumli,   qumloq   va   yengil
qumoq   mexanik   tarkibga   ega   bo‘lgan   tuproqlarda   uchraydi.
Bunday   tuproqlar   sug‘oriladigan   yerlarning   40%ga   yaqinini
egallaydi.   Tuproqlarda   organik   modda   -   gumusning,   asosiy   oziqa
elementlarining kamayishi   jarayonlari   ham tuproq unumdorligining
pasayishiga   olib   keladi.
O‘tkazilgan   tadqiqotlar   natijasida   hudud   tuproq   qoplamining
transformatsiyasi,   ularda   kechayotgan   murakkab   kimyoviy,
fizikaviy,   agrokimyoviy,   biologik   va   boshqa   jarayonlar,
tuproqlarning   meliorativ   va   ekologik   holati   aniqlandi,
respublikamizda   birinchi   marta   kompyuter   dasturlari   asosida
avtomatlashtirilgan   tuproq   ma'lumotlari   bazasi   tuzildi   va   keyingi
davrda   boshqa   viloyatlar   tuproqlarini   o‘rganish   natijalari   ushbu
bazaga kiritilib respublika tuproq   ma'lumotlari   banki   tuzildi.
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   tumanlarining   1:25000
masshtabdagi   tuproq,   tuproq-meliorativ,   tuproq-eroziyasi,   tuproq
mexanik,   suv-fizik,   tuproq-ekologik,   tuproqlarni   baholash   va
boshqa bir qator tematik kartalar hamda kartogrammalar   tuzildi   va
ishlab   chiqarishda   foydalanish   uchun   topshirildi.   Bu   kartalar   va
kartogrammalar   tuproq   qoplamining   holati,   ularning
transmformatsiyasi,   tuproqlarning   evolyusiyasi,   ularning   turli- tumanligi,   sho‘r1anish   tiplari   va   darajasi,   eroziyaga   uchraganligi,
ifloslanganligi,   gumus   va   oziqa   moddalari   bilan   ta'minlanganligi
kabi   bir   qator   ma'1umotlarni   ifoda   etadi.
Tayyorlangan   xaritalar   va   kartogrammalar   ma'1umotlari
hamda   tadqiqotlar   yakunida   olingan   materiallar   chuqur   talqin
qilindi   va   yuz   berayotgan   salbiy   jarayonlar   oqibatlarini   bartaraf
etish,   ularning   oldini   olish   chora-tadbirlari   tayyorlandi   va   ishlab
chiqarishda   foydalanish   uchun   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi
Qishloq   xo‘jalik   vazirligiga   va   yer   resurslari   boshqarmasiga
topshiriladi.
Tavsiya   etilgan   agromeliorativ,   agrotexnik   va   agrokimyoviy
tavsiyalar  hamda   tuzilgan   xaritalar   va   kartogrammalar	
Qoraqa1pog‘iston   Respublikasi	 	tuproq-	 
ekologik   sharoitlarini
yaxshilashga,   qishloq   xo‘jaligi   ekinlarini   ilmiy   asosda
joylashtirishga,   ekin   yerlari   strukturasini   ishlab   chiqishga,
tuproqlar   unumdorligini   saqlash   va   qayta   tiklashga,   Yer
kadastrini   to‘g‘ri   yuritishga   va   Yer   -   suv
resurslaridan   samarali   foydalanishga   qaratilgan   yagona   davlat
tadbirlarini ishlab   chiqishga   asos   bo‘lib   xizmat   qildi.
Amalga   oshirilgan   tadqiqotlar   natijalari   Institut   olimlari   va
mutaxassislari   tomonidan   umumlashtirilib   yetti   tomlik
«Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   tuproqlari»   ilmiy   monografiyasi
tayyorlangan va nashr etilgan, o‘nlab maqolalar   ilmiy   jurnallarda,
to‘plamlarda   chop   etilgan,   matbuotda   e'lon   qilingan.
Shu   ma'lumotlar   va   boshqa   materiallar   asosida   2001   yilda
Qoraqalpog‘iston   Respublikasining   1:200000   masshtabli
agrotuproq   va   yerlarni   baholash   kartalari   tuzildi   va   ishlab
chiqarishda   foydalanish   uchun   toshiirilgan. 1996-1999   yillarda   Tuproqshunoslik   va   agrokimyo   ilmiy-
tadqiqot   davlat   instituti   «O‘zbekiston   Respublikasi   turli   tabiiy-
iqtisodiy mintaqalarining tuproq   qoplamini   kompleks   tadqiq   qilish
va   sug‘oriladigan   yerlardan   foydalanish   maqsadida,   ularning
unumdorligini   oshirish   va   yaxshilash   texnologiyalarini   ishlab
chiqish»   Davlat   ilmiy-texnik   dasturining   bosh   ijrochisi   edi.
Ushbu   dastur   asosida   Xorazm   viloyatida   o‘tkazi1gan
kompleks   tadqiqotlar   sug‘oriladigan   tuproqlarining   unumdorlik
darajasiga   salbiy   ta'sir   qiluvchi   omillardan   eng   asosiysi   vohaning
gidrogeologik   sharoiti   ekanligini   ko‘rsatdi.   Grunt   suvlarining
tabiiy   oqimi   kuchsiz   bo‘lganligi   sababli   bu   yerlarda   vertikal   suv
almashinishi   kuchli   kechadi   va   sizot   suvlarining   hamda   tuproq-
grunt qoplamining   sho‘rlanishiga olib keladi. Shuning uchun ham
bu   yerlardan   qishloq   xo‘jaligida   foydalanishda   doim   meliorativ
tadbirlar   tizimini   qo‘l1ash,   avvalo   sho‘r   yuvish   va   grunt   suvlari
sathini   pasaytirishga   qaratilgan   chora-tadbirlarni   amalga   oshirish
zarur   bo‘ladi.
Viloyat   hududida   gidromorf   tuproq   paydo   bo‘lish   sharoiti
ustun   bo‘lib,   o‘tloqi   tuproqlar   ko‘p   tarqalgan.   Ular   umumiy   Yer
fondining 58,5 % ini tashkil   qiladi.   Bu   yerda   o‘t1oqi   tuproqlarning
allyuvial   yotqiziqlarda   rivojlanganlari   55,8%ni,   ellyuviyda
tarqalganlari   2,7   %   ni   tashkil   qiladi.   O‘tloqi   allyuvial   tuproqlar
barcha   tumanlarda   keng   tarqalib,   ular   sug‘oriladigan
maydonlarning   50%   dan   ko‘prog‘ini   egallaydi.   Bu   tuproqlar
viloyatning   eng   yaxshi   Yer   zahirasihisoblanadi.   Botqoq   o‘tloqi
tuproqlari   viloyatda   kam   tarqalgan   bo‘lib,   Yer   fondining   3,2%   ini
tashkil   etadi.
Tuproqlarning   unumdorlik   darajasi   pasayishiga   shamol eroziyasi jarayonlari   ham kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Ayni uning ta'siri
qumli,   qumloqli   va   yengil   qumoqli   tuproqla   sezilarli   bo‘ladi.
Viloyatda   bunday   yerlar   mayda   sug‘oriladigan   qishloq   xo‘jalik
yerlarining   19,1   %ini   tashkil   qiladi.   Shu   bilan   birga   viloyat
sug‘oriladigan   tuproqlar   organik   modda   va   oziqa   moddalari
miqdori   kamayayotganligi   kuzatilmoqda.   Tuproqda   gumusning
kamayishi   uning   agronomik   va   agrofizik   xususiyatlari
yomonlashishiga   olib   keladi.   yerlarda   azot,   fosfor   va   kaliyning
umumiy va harakat shakllari kam bo‘lib mis, rux mikroelementlari
bilan   yuqori   darajada   va   marganes   bilan   o‘rta   ta'minlangan.
Sug‘oriladigan   tuproqlarda   turli   mikroorganizmlar   ko‘pligi   va
ularni   ijobiy   faoliyati   uchun   shart-sharoitlar   mavjudligi
mikroorganizmlarining   tuproq   unumdorligidagi   roli   yuqori
ekanligini   ko‘rsatadi.
2000-2002   yillarda   Tuproqshunoslik   va   agrokimyo   instituti
«Yer   resurslaridan   samarali   foydalanish   maqsadida   tuproq
unumdorligini   saqlash,   qayta   tiklash   va   oshirishning   texnologik
yo‘llarini,   kompleks   baholash,   kartaga   tushirish,   agroishlab
chiqarish   guruhlash   uslublarini   ishlab   chiqish»   Davlat   ilmiy-texnik
dasturining   bosh   ijrochisi   sifatida   faoliyat   ko‘rsatdi.
Bu   dastur   asosida   Sirdaryo   va   Jizzax   viloyatlarida
o‘tkazilgan   kompleks   tadqiqotlar   ushbu   hududdar   bir-biridan
keskin   farq   qiluvchi   tuproq-iqlim   sharoitlariga   ega   ekanligini,   shu
sababli   sug‘oriladigan   yerlarda   rivojlangan   tuproqlarning   har   biri
o‘ziga   xos   xossa   va   xususiyatlari   bilan   ajralib   turishini   ko‘rsatdi.
Bu   tuproqlarning   unumdorlik   darajasi   ularning   mexanik   tarkibi,
sho‘rlanganligi, grunt suvlarining joylashish chuqurligi va ularning
mineralizatsiya   (sho‘rlanish)   darajasi,   sug‘orish   va   shamol eroziyasiga   uchraganligi,   toshloqliligi,   gips   qatlamlariga   egaligi
kabi   bir   qator   tabiiy   va   inson   ta'sirida   yuzaga   kelgan
xususiyatlariga   bog‘1iq   ekanligi   aniqlandi.
2003-2005 yillarda Institut «Tuproqlar unumdorligi oshishini
ta'minlovchi,   suvni   tejovchi,   sho‘rlanish,   cho‘11anish   va   boshqa
salbiy jarayonlarning oldini   olishni   ta'minlovchi   Yer   resurslaridan
samarali   foydalanish   tizimini   yaratish»   davlat   ilmiy-texnik   dasturi
doirasida   faoliyat   ko‘rsatdi.
Ushbu   dastur   doirasida   Samarqand,   Buxoro,   Navoiy
viloyatlarida   kompleks   tadqiqotlar   o‘tkazildi.   Tadqiqotlar
natijalariga   ko‘ra   Zarafshon   daryosi   o‘rta   oqimi   tog‘   osti
tekisliklari   va   yuqori   terrasalarida   sug‘oriladigan   tuproqlar
maydonlarining   kengayishi   bu   hududlarda   Yer   osti   suvlari
sathining   ko‘tarilishiga   olib   kelib   avtomorf   tuproqlarning   yarim
gidromorf,   keyinchalik   esa   gidromorf   tuproqlarga   aylanishiga
sabab   bo‘lmoqda.   Bunday   sharoitda   tuproqlarda   tuz   to‘planishi
jarayonlari   rivojlanib   sho‘r1anishga   uchragan   tuproqlar   maydoni
kengayib   boradi.   Bundan   tashqari   tuproqlarni   boshlang‘ich
o‘zlashtirish davrida   irrigasion jarayonlar faollashib boradi, bu esa
o‘z   navbatida   tuproq   eroziyasiga   qarshi   chora-tadbirlarni   ishlab
chiqishni   va   amalga   oshirishni   talab   etadi.   Zarafshon   daryosi
vodiysining  quyi  oqimida,  ya'ni  Yer  osti  suvlari  yaqin   joylashgan
va   kuchli   minerallashgan   joylarda   murrakab   meliorativ   sharoit
yuzaga   kelgan,   tuproq   sho‘rlanishi   jarayonlari   jadal   ravishda
rivojlangan.Samarqand viloyati sug‘or1adigan ekin yerlarining asosiy qismi	
dehqonchilik	 
uchun   qulay   bo‘lgan   o‘rta   qumoq   (169,9   ming   gektar)
mexanik   tarkibga   ega.   Qumli,   qumloq   va   yengil   qumoq   mexanik tarkibli   tuproqlar   maydoni   43,2   ming   gektarni,   og‘ir   qumoq   va
loyli   tuproqlar   maydoni   43,2   ming   gektarni   tashkil   etadi.
Bu   yerlarda   sug‘orish   eroziyasi   jarayonlari   ham   faollashgan
bo‘lib,   bu   jarayonlar   ta'siridagi   tuproqlar   maydoni   99,1   ming
gektarni   tashkil   etadi.   Bu   yerlarda   albatta   sug‘orish   eroziyasiga
qarshi chora-tadbirlar majmuasi qo‘llanilishi   lozim.
Shu   bilan   birga   viloyatning   sug‘oriladigan   yerlarida
sho‘rlanish,   tuproq   organik   moddasi   va   oziqa   moddalarining
kamayishi kabi salbiy jarayonlar ham   sodir   bo‘lmoqda.
Turli   darajada   sho‘rlangan   yerlar   maydoni   52,7   ming
gektarni,   tosh   aralashgan   yerlar   22,6   ming   gektarni,   zichlashgan
yerlar   5,4   ming   gektarni,   gipsli   yerlar   0,9   ming   gektarni   tashkil
etadi.
Tuproqlarning   yuqori   haydalma   gorizontlarida   gumus
miqdori   0,8   -   1,3%   orasida,   kamdan   -   kam   holatlarda   1,5%   va
undan ortiqroq, tuproq ona jinsida 0,20-   0,25   %   gacha   pasayadi.
Buxoro   va   Navoiy   viloyatlari   tuproqlari   asosan   sahro
mintakdsidagi   turli   sug‘orish   davriga   ega   sug‘oriladigan   o‘tloqi
allyuvial,   botqoq-o‘tloqi   hamda   taqirli
- o‘tloqi   va   sur   tusli   qo‘ng‘ir   tuproqlar   bo‘lib,   ular   Zarafshon
daryosining turli   terrasa   va   keltirilmalarida   rivojlangan.
Buxoro   viloyati   sug‘oriladigan   tuproqlarining   asosiy   qismi
yengil,   o‘rta   va   og‘ir   qumoqdardan   iborat.   Viloyat   sug‘oriladigan
tuproqlari   unumdorligini   pasaytiruvchi   asosiy   omil   sho‘rlanish
jarayonlari   bo‘lib   Yer   fondining   asosiy   qismini   kuchsiz
sho‘rlangan   va   yuvilgan   o‘tloqi-taqir,   sahro-qumli,   sur   tusli
qo‘g‘ir-o‘tloqi,   sur   tusli   o‘tloqi   va   taqir-o‘tloqi   tuproqlar   tashkil
qiladi.   O‘rtacha   sho‘rlangan   tuproqlar   hamma   tuproq   tiplari   va tipchalarida   tarqalgan,   lekin   ko‘proq   sahro-o‘tloqi   va   taqir
tuproqlarda   uchraydi.   O‘rtacha   sho‘rlangan   tuproqlar   asosan
Romiton,   Jondor,   Kogon   va   Peshku   tumanlarida   tarqalgan.
Kuchli   sho‘rlangan   va   sho‘rxok   yerlar   sug‘ori1adigan
yerlarning 20,1% ga   yaqin   maydonini   tashkil   etadi.   Bunday   yerlar
hamma   tumanlarda   uchrasada,   Jondor, Romiton, Kogon va Peshku
tumanlarida   ko‘proq   maydonni   tashkil   etadi.   Kuchli   sho‘rlangan
sho‘rhok   dog‘li   yerlar   asosan   sur   tusli-o‘tloqi,   o‘tloqi   va   botqoq-
o‘tloqi   tuproqlarda   tarqalgan.
Navoiy   viloyatida   sho‘r1angan   yerlar   maydoni   76   ming
gektardan   ortiqroq.   Tosh   aralashgan   yerlar   maydoni   qariyb   16
ming   gektarni,   sug‘orish   eroziyasiga   uchragan   yerlar   esa   3   ming
gektarni   tashkil   etadi.
O‘zbekiston         Respublikasi         Prezidentining       2007       yil       29
oktyabrdagi
«Yerlarning   meliorativ   holatini   yaxshilash   tizimini   tubdan
takomillangpfish   chora-   tadbirlari   to‘g‘risida»ga   PF-2932   -   sonli
Farmoni, 2008 yil 19 martdagi «2008-   2012   yillarda   sug‘oriladigan
yerlarping   meliorativ   holatini   yaxshilash   Davlat   dasturi
to‘g‘risida»gi   Qarori   hamda Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan   qabul
qilingan
«2008-2012   yillarda   sug‘oriladigan   yerlarning   meliorativ   holatini
yaxshilash   Davlat   dasturi»   asosida   yerlarning   meliorativ   holatini
yaxshilash   tizimini   tubdan   takomillashtkrish   chora-tadbirlari
belgilandi.   Qishloq   xo‘jaligida   foydalaniladigan   sug‘oriladigan
yerlarning   meliorativ   holatini   tubdan   yaxshilash   eng   ustuvor
vazifalardan   biri   qilib   belgilandi.   Ushbu   vazifalarni   bajarish
maqsadida   «Yergeodezkadastr»   davlat   qo‘mitasi   va   uning tarkibiga   kiruvchi   korxona   va   tashkilotlar   tomonidan
respublikamiz   sug‘oriladigan   yerlarining   meliorativ-ekologik
holatlari   o‘rganilib   ushbu   yerlardan   unumli   va   oqilona
foydalanishga   qaratilgan   muayyan   maqsadli   ishlar   amalga
oshirildi.
Yuqorida   keltirilgan   tuproqlar   unumdorligi   oshishining
asosini   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2005   yi1   8
noyabrdagi «2006 yilda qishloq xo‘jalik   kooperativlari (shirkatlari)
ni fermer xo‘ja1iklariga aylantirish   chora-   tadbirlari   to‘g‘risida»gi
PQ-215-sonli   qarori,   2007   yi1   29-   oktyabrdagi   «Yerlarning
meliorativ   holatini   yaxshilash   tizimini   tubdan   takomillashtirish
chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi PF-3932-sonli Farmoni, 2008 yi1 19
martdagi «2008-2012 yillarda   sug‘oriladigan   yerlarning   meliorativ
holatini   yaxshilash   Davlat   dasturi   to‘g‘risida»gi   qarori,   Vazirlar
Mahkamasining   1998   yi1   19   maydagi   120-sonli
«1998-2000   yillarda   qishloq   xo‘jaligida   iqtisodiy   islohotlarni
chuqurlashtirish   Dasturini   amalga   oshirish   bo‘yicha   chora-
tadbirlar   haqida»gi   qarorlari   va   boshqa   bir   qator   Farmonlar   va
Qarorlar   tashkil   etadi.   Amalga   oshirilgan   tadqiqotlar   natijasida
O‘zbekiston   Respublikasining   tuproq   kartasi   (1:750000
masshtabda),   O‘zbekiston   Respublikasi   tuproq   qoplami   Atlasi,
Qoraqolpog‘iston   Respublikasi   va   viloyatlar   agrotuproq   va   yerlarni
baholash   kartalari   (1:200000;   1:100000   masshtabda)   tuzildi   va
ishlab chiqarishda   foydalanish   uchun   topshirildi.
O‘zbekiston   Respublikasi   tuproq   kartasi   tuproqlar
to‘g‘risidagi   mavjud   kartografik,   ilmiy   va   boshqa   ma'lumotlarni
umumlashtirish va to‘p1ash,   yangi   ma'lumotlar   bilan   boyitib   qayta ishlash   asosida   tuzildi.   Bu   kartaga   berilgan   eksplikasiyada   14   ta
geomorfologik   rayonlar   ajratilib,   ular   respublikamizning   vertikal
va   tekislik   tuproq-iqlimiy   zonalarini   qamrab   olgan.   Bu   kartada
tuproqlar   o‘z1ashtirilganlik   darajasiga,   genetik   kelib   chiqishiga,
mexanik   tarkibiga,   sho‘rlanish   va   eroziyaga   uchrash   darajasiga,
toshloqliligiga,   tosh-shag‘allarni   hamda   gips,   sho‘x,   arziq
qatlamlarining   qalinligi   va   joylashish   chuqurligiga   va   boshqa
xossa   va   xususiyatlariga   ko‘ra   267   ta xilga   ajratilgan.
Xulosa qilib aytganda tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy -
tadqiqot   davlat   instituti   respublikamiz   Yer   resurslaridan   samarali
va   oqilona   foydalanishda,   tuproqlar   unumdorligini   saqlash,   qayta
tiklash   va   oshirish,   qishloq   xo‘jaligini,   uning   lokomativi   bo‘lgan
fermer   xo‘ja1iklarini   rivojlantirishda   o‘z   o‘rnini   topgan,
tuproqshunoslik   va   agrokimyo   fanlari   yuksalishiga,   soha   yetuk
mutaxassislarini   tayyorlashga   katta   hissa   qo‘shgan   ilmiy
tashkilotdir.
Hozirgi   kunda   Institutda   bajarilgan   ilmiy   tadqiqotlar,   tuproq-
baholash,   tuproqlar   monitoringi   ishlari   natijalari,   tayyorlangan
kartalar va kartogrammalar   hamda tuproqlar unumdorligini saqlash
va   oshirishga   qaratilgan   ilmiy   nashrlar,   yangi   agrotexnologiyalar,
tavsiyalar,   usullar   va   chora-tadbirlar   respublikamiz   qishloq
xo‘jaligida   keng   qo‘llani1moqda   va   ijobiy   natijalar   bermoqda.
Shu   bilan   birga   erishilgan   yutuqlarni   yanada   mustahkamlash,
tuproq   resurslaridan   samarali   foydalanishni   takomillashtirish,
tuproqlarning   ishlab   chiqarish   qobiliyatini   oshirish   uchun
resnublikamiz   dehqonchiligida   quyidagi holatlarni e'tiborga olish,
ishlab   chiqilgan   tavsiyalarni   yanada   kengroq   tadbiq   etish
maqsadga   muvofiqdir. O‘zbekiston   Respublikasi   tuproqlarining   rivojlanishi   va
ularning   tarqalishi   respublikamiz   asosiy   tuproq-geografik
qonuniyatlarining   murakkab   tizimini   o‘zida   aks   ettiradi.
Mamlakatimiz   hududi   balandlik   mintaqalari   va   sahro   zonasidan
iborat   bo‘lganligi   sababli   respublikamiz   hududlari   bir-biridan
keskin   farq   qiluvchi   tuproq-iqlim   sharoitlariga   ega   bo‘1ib,
sug‘oriladigan   yerlarda   rivojlangan   tuproqlarning   har   biri   o‘ziga
xos   xossa   va   xususiyatlari   bilan   ajralib   turadi.   Bu   tuproqlarning
unumdorlik   darajasi   hududning   geomorfologik   va   gidrogeologik
sharoitlariga,   ularning   ona   jinsi,   mexanik   tarkibi,   sho‘rlanganligi,
grunt suvlarining   joylashish   chuqurligi   va   ularning   mineralizatsiya
(sho‘rlanish)   darajasi,   suv,   sug‘orish   va   shamol   eroziyasiga
uchraganligi,   toshloqliligi,   gips   qatlamlariga   egaligi   kabi   bir   qator
tabiiy   va   inson   ta'sirida   yuzaga   kelgan   xususiyatlariga   bog‘liq
bo‘1adi.
Balandlik   mintaqalari   sug‘oriladigan   tuproqlarining
unumdorligini   pasaytiruvchi   asosiy   omillar   suv   va   sug‘orish
eroziyasi,   toshloqliligi,   zichlashganligi,   ifloslanganligi,   gumus   va
oziqa   moddalari   miqdorining   kamayishi   bo‘lsa,   sahro   zonasi
sug‘oriladigan   tuproqlarining   unumdorligini   pasaytiruvchi   asosiy
omillar   ularning   sho‘r1angan1igi,   gipsliligi,   sho‘x   va   arziqli
gorizontlarga   egaligi,   ifloslanganligi,   zichlashganligi,   gumus   va
oziqa moddalarining kamayishi   kabi   salbiy   jarayonlardir.
Respublikamiz   tuproqlarining   qaysi   tuproq-iqlimiy   zonada
joylashganligini,   xilma-xillngini,  ularning   avtomorf,   gidromorf   va
yarim   gidromorf   sharoitlarda   rivojlanishini,   genetik
xususiyatilarini,   tarkibiy   tuzilishini   va   umuman   agronomik   xossa
va   xususiyatlarini   e'tiborga   olib   agromeliorativ,   agrotexnik   va agrokimyoviy   tadbirlarni   tabaqalashtirib   o‘tkazish   zarur.
Qishloq   xo‘jalik   ekinlari   albatta,   hududlarning   tabiiy   -
geografik   o‘rni,   suv   bilan   ta'minlanganligi   darajasi,   tuproqlarning
sifatiga   qarab   tabaqalashtirib   joylanishi   kerak.   Sug‘orish
me'yorlari,   muddatlari   va   davrlari   har   bir   tuproq-iqlim
mintaqasida, qat'iy ravishda tuproqlarning hossa va xususiyatlarini
hisobga olgan   holda   amalga   oshirilishi   lozim.
Sug‘oriladigan   tuproqlarda   gumus   miqdori   kamayishining
oldini olish, uning   zahiralarini to‘ldirish, katta miqdorda biomassa
tarkibida   olib   chiqib   ketilayotgan   ozuqa   moddalarining   o‘rnini
qoplash   choralarini   ko‘rish,   eng   avvalo   tuproqni   organik   modda   va
biofil   elementlar   bilan   boyitish   va   ular   bilan   o‘simlikdarni
oziqlantirishni   yo‘1ga   qo‘yish   lozim.
Tuproq   organik   moddasi   (gumus)   ning   kamayishi   uning
agrokimyoviy   xossalarining   ko‘p   ijobiy   tomonlarining
yo‘qolishiga olib keladi. Buning oldini   olish uchun o‘simliklardan
yuqori   hosil   hamda   biomassa   olishga   yo‘naltirilgan   organik,
mineral   va   organomineral   o‘g‘itlarni,   kompostlarni   qo‘llash,
siderasiya   (oraliq   ekinlarni   ekish   orqali)   ni   yo‘lga   qo‘yish   zarur.
Mineral   o‘g‘itlar   qo‘11ashni   agrokimyoviy   kartogrammalar
asosida, tuproq   sharoitlarini va o‘sim1iklar talabini e'tiborga olgan
holda tashkil etish maqsadga   muvofiqdir.
Almashlab   ekish   va   ekinlarni   to‘g‘ri   joylashtirish   tuproqlar
unumdorligini   saqlash   va   qayta   tiklash   hamda   qo‘llanilayotgan
agrotexnik   va   meliorativ   tadbirlar   samaradorligini   oshirishning
asosidir.   Oxirgi   vaqtlargacha   almashlab   va   navbatlab   ekishning
maqbul   sxemalarini   qo‘llash   fermer   xo‘jaliklarining   Yer
uchastkalari   maydoni   kichik   bo‘lganligi   uchun   qiyinchiliklar tug‘dirgan   edi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2009   yil   22
oktyabrda   «Fermer   xo‘jaliklarining   Yer   uchastkalari   hajmlarini
yanada   maqbullashtirish   chora-   tadbirlari   to‘g‘risida»gi   F-3287-
sonli   Farmoni   qabul   qilindi.
Ushbu   Farmon   asosida   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   va
viloyatlarda   faoliyat   yuritayotgan   fermer   xo‘jalik1arining   ishlab
chiqarish,   iqtisodiy   va   moliyaviy   ko‘rsatkich1arini   chuqur   tahlil
qilish   hamda   ularning   Yer   maydonlarini   maqbul   hajmlarga
keltirish,   ular   tasarrufidagi   Yer   uchastkalarining   o‘lchamlarini
maqbullashtirish   (optimallashtirish)   ishlari   amalga   oshirildi.
Hozirgi   kunga   kelib   fermer   xo‘ja1iklari.   Yer   uchastkalarining
hajmlarini   maqbullashtirish   natijasida   tuproq   unumdorligini
hisobga   olgan   holda   turli   xil   almashlab, navbatlab ekish, ekinlarni
joylashtirish tizimlarini joriy etishga keng   imkoniyatlar   yaratildi.
Almashlab   ekishni   qo‘llash   natijasida   tuproq   organik
moddaga   -   gumusga   boyiydi,   uning   barcha   agronomik
xususiyatlari yaxshilanadi hamda bir vaqtning   o‘zida tuproq suv va
shamol   eroziyasidan   muhofaza   qilinadi.   Almashlab   ekish   va
ekinlarni   joylashtirish   tizimlariga   beda   va   oraliq   ekinlarni   kiritish
chorvachilikning   yem-xashak   bazasini   rivojlantiradi,   natijada
hozirgi   kunda   tanqis   bo‘lgan   qimmatli   organik   o‘g‘it   -   go‘ng
tayyorlashni kengaytirish imkoniyatlari tug‘iladi. Barcha   hududlar
uchun   bir   xil   almashlab   ekish   tizimlarini   qo‘llab   bo‘lmaydi.
Chunki, har   bir   hududning   tuproq-iqlim   sharoitlari   turlichadir.
Mamlakatimizda   va   chet   ellarda   ishlab   chiqilgan
ishlanmalarni   umumlashtirish   asosida   tuproq   unumdorligini
hisobga   olgan   holda   almashlab   ekishni   joriy   qilishning   quyidagi tizimlarini   taklif   etish   mumkin.
Yuqori   unumdorlikga   ega,   bonitet   balli   60   dan   yuqori
yerlarda   (yaxshi   va   eng   yaxshi   yerlar)   g‘o‘za   va   boshoqyai   don
ekinlarining   sa1mog‘i,   tegishlicha,   40-   50   va   34   -   40%,   beda   10
dalalik almashlab ekishda 20% gacha, 6 dalalikda beda   ekilmaydi,
faqat   oraliq   va   takroriy   ekinlar   joylashtiriladi.
O‘rtacha   unumdorlikga   ega   bo‘lgan   bonitet   balli   41-60   ni
tashkil   etadigan   yerlarda   g‘o‘za   boshoqpi   don   ekinlarining
sa1mog‘i,   tegishlicha   36,4-50   va   18,2-   33%   ni,   beda   11   va   9
dalalik   almashlab   ekishda   11-23%   ni   tashkil   etadi,   8   dalalik
tizimda   esa   beda   joylashtirilmasdan   faqat   oraliq   va   takroriy ekinlar
joylashtiriladi.
O‘rtachadan   past   va   yomon   bonitet   balli   21-40   bo‘1gan
yerlarda g‘o‘za va   don   ekinlari   salmog‘i,   tegishlicha   37,5   va   20%
ni,   beda   esa   37,5 5   ni   tashkil   etadi.
Sho‘rlanishga   uchragan   kamquvvat   yerlarda   g‘o‘za,   don
ekinlari va beda   salmog‘i   teng   bo‘lib,   har   biri   33%   ni   egallaydi.
Bundan   tashqari   O‘zbekiston   paxtachilik   ilmiy-tadqiqot
institutida   ishlab   chiqilgan   quyidagi   qisqa   rotasiyali   almashlab
ekish   tizimlari   ham   sug‘ori1adigan   tuproqlarning   meliorativ
holatini   yaxshilash,   ular   unumdorligini   saqlash   va   oshirishda
muhim   ahamiyat   kasb   etishi   mumkin.
Demak,   respublikamizning   turli   mintaqalarida   tuproq
unumdorligi   ham   turlichadir.   Bu   mintaqalarning   tuproq
unumdorligiga   ta'sir   qiluvchi   omillarga   bog‘liq. FOYDALANILGAN 	ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston        Respublikasining 2017-2021   yillarda
O‘zbekistonni   rivojlantirishning   beshta   ustivor   yo‘na1ishi
bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasini   tasdiqlash   bo‘yicha   Farmoni.
Xalq   so‘zi.   2017   yil   8 fevral.
2. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat'iyat bilan davom
ettirib, yangi   bosqichga   ko‘taramiz.   T.   O‘zbekiston.   2017.
3. Mirziyoyev   Sh.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz
bilan quramiz. T.   O‘zbekiston.   2017.
4. Abdulayev  S.,   Namozov   X.   Tuproq   melioratsiyasi.   O‘ZME.   T.   2011.
5. Aparin   B.F,   Rusakov   A.V.,   Bulgakov   D.S.   Bonitirovka   pocv   i
osnovi   gosudarstvennogo   zemelnogo   kadastra.   Sankt-Petrburg.
Izd. S-Peterb. Universitet.   2002.
6. Boboxo'jayev   I.P.,   UzoqovP.U.   Tuproqshunoslik.   T.,   Mehnat
nashriyoti.   1995.
7. Gavrilyuk   N.F.   Bonitirovka   pochv.   M.,   Visshaya   shkola,   1982.
8. Gribov.   S.I.   Pochvennaya   kartografiya.   M-vo   se1.   xoz-va   Ros.  
Federatsii,   Alt.   gos.   agrar.   un-t.   -   Barnaul Izd-vo   AGAU,  
2005.
Informatsionnoe obespechenie upravleniya zemelnimi resursami:

YER KADASTRI VA TUPROQ BONITIROVKASI ISHLARINING RIVOFLANISH TARIXI Reja 1.Rossiyada tuproq bonitirovkasinin rivojlanishi 2. Tuproq bonitirovkasining Dokuchayevgacha bo‘lgan bosqichi3. Tuproq bonitirovkasining hozirgi bosqichi

Kadastr chegaralash va yerlarni ajratish uchun xaritalash bo‘yicha ishlarni yuritish to‘g‘risidagi birinchi qaydlar 1843 yilga taalluqlidir. Rossiya Yer kadastridagi kartografik materiallarda asosan ro‘yxatlash, chegaralash va kuzatish daftarlaridan olingan ma'lumotlar bo‘lgan. Bu ma'lumotlar, asosan, joyda yerlarni o‘lchash natijalari bo‘yicha tuzilgan. Yerlarni o‘lchash ishlari «o‘lchov iplari» (iplar 20,40,80 sajenli, 1 sajen=2,1336 m) yordamida amalga oshirilgan. Yerlar sifati bo‘yicha «yaxshi», «o‘rtacha» va «yomon» ga ajratilgan. XVIII asrning o‘rtalariga kelib yerlarni chegaralash ishlari yer egalarining huquqlarini himoya qilish maqsadlari uchun ancha kengaytirildi. 1765 yili yerlarni davlat chegaralashi to‘g‘risida komissiya tasdiqlandi. Rossiya imperiyasining yerlarini chegaralash bo‘yicha ishlar asosan XIX asrning boshlariga kelib yakunlandi. XVII asrning oxiriga kelib Rossiyada faqat qishloq xo‘jalik yerlari va o‘rmon fondi yerlari emas, hatto shahar hovlilarini ham qayd qilish va hisobini yuritish hujjatlari tuziladigan bo‘1di. Yerga va boshqa tabiiy resurslarga davlat mulkchiligining vujudga kelishi munosabati bilan ularning va boshqa obyektlarning holati to‘g‘risidagi ma'lumot1arning bir tizimga keltirilgan to‘plami sifatida kadastr turli mintaqalar va yaxlit mamlakatni markazlashgan iqtisodiy boshqaruvning muhim bir mexanizmi sifatida namoyon bo‘lishi zarur edi. Shuning uchun ham tabiiy resurslarning turlaridan qat'iy nazar Rossiyada yaratilgan barcha kadastrlar davlatning tadbiri bo‘lib, ular yagona, ammo bir tarmoqning har bir resursga bo‘lgan talabiga mos o‘tkaziladi. Kadastr dunyoning barcha mamlakatlarida yuritiladi. U hisob-

kitob, baholash, turli tabiiy resurslar, injenerlik faoliyatlari va ekologik holat tushunchalari bilan uzviy bog‘liqdir. Chet el amaliyotida "kadastr" tushunchasini ko‘pincha "ko‘chmas mulk" tushunchasi bilan bog‘laydilar. Ayrim manbalar unga yer uchastkalarining miqdori, qiymati va mulkchiligi bo‘yicha ma'1umotlarni o‘zida jamlagan "ijtimoiy qaydnoma" qoidasini beradilar, boshqalari esa "arxiv bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan, chegaralarni tasvirga olish va xaritada grafik yoritilgan mulkning holati, huquqi, tabiati, o‘lchamlari va foydalanishiga asoslangan barcha ko‘chmas mulkning ijtimoiy uslubiy tashkil etilgan inventari" qoidasini beradilar. Bunda ko‘chmas mulk deb uning ustki qismi bilan birgalikda yerni hamda atrof-muhitni, havo kengligini, tuproq ostini, bino va inshootlarni, turli-tuman tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy voqeliklarni tushunish mumkin. Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida yuritilayotgan kadastrni o‘z mohiyati bo‘yicha uchta katta toifaga bo‘lish mumkin: soliq yoki fiksal -soliqqa tortish tartibi va miqdorlarini aniqlash maqsadida ko‘chmas mulkni tavsiflash uchun; huquqiy yoki yuridik - mulk egaligi huquqlarini himoya qilish uchun; ko‘p maqsadli - keng spektrdagi huquqiy, iqtisodiy, ekologik, qurilish masalalari, shuningdek, hududni rivojlantirishni boshqarish va rejalashtirish muammolarini hal qilish. Ko‘p maqsadli kadastr o‘z ichiga turli tipdagi obyektlar: yer, o‘rmon va boshqa tabiiy resurslar, infratizimlar, ijtimoiy-iqtisodiy voqeliklar to‘g‘risidagi ma'1umotlarni oladi. Yuqorida berilgan ma'1umotlar va uslublarni tahlil qilish respublikamizda yuritilayotgan Yer kadastrini nazariy, uslubiy va amaliy jihatdan rivojlantirish imkonini beradi.

Tuproq bonitirovkasi va xaritalash fanidan xorijiy Oliy o‘quv yurtlarida ham darsliklar chop etilgan. Jumladan, F. Gavrilyuk “Bonitirovka pochv”. M. Visshaya shkola. 1974. F.Gavrilyuk “Polevoye issledovanie i kartirovaniye pochv”. M. Visshaya shkola. 1963. Ushbu darsliklarda tuproq bonotirovkasi va xaritalash fanining riyojlanish tarixi, usullari haqida ma'lumotlar berilgan, lekin, ushbu darsliklar chop etilganliga ko‘p vaqt o‘tgan. Ushbu darsliklar e'lon qiliganidan so'ng tuproqni baholash va xaritalashning zamonaiy usullari qo'11anilmoqda. Tuproqni xaritalashning zamonaviy usullari haqida xorijiy davlatlarda darsliklarida ham e'lon qilingan. Gribov. S.I. Pochvennaya kartografiya (M-vo se1. xoz-va Ros. Federatsii, Alt. gos. agrar. un-t. - Barnaul : Izd-vo AGAU, 2005). Xludensov J. G. Krupnomasshtabnoe kartografirovanie pochv Altayskogo kraya ([Elektronniy resurs] : metodicheskie ukazaniya k prakticheskim zanyatiyam - Barnaul : Izd-vo AGAU, 2011). Informatsionnoe obespechenie upravleniya zemelnimi resursami: (Uchebnoe posobie Pod red. L.I.Koshkina. — M.: Vo“sshaya shkola 2002). V.S.Sxovrebov, V.I.Vaizova, A.N.Marin1ar tomonidan chop etilgan “Bonitirovka I kachechestvennaya osenka pochv” (Stavropol, “Paragrafi’, 2011), F.R.Zayde1manning Metodi ekologo-meliorativnix iziskaniy i issledovaniy pochv (M.: Kolos, 2008) darsliklarida Rossiyada tuproqni baholashda qo'1lanilib kelinayotgan usullar bayon etilgan. Ma'1umki, tuproqni baholashda qishloq xo’jaligi ekinlarining biologik xossalari, tuproqni xaritalash ishlarida esa mintaqalarning tuproq iqlim- sharoitlari hisobga olinishi zarur.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda mazkur darslikda tuproqni bonitirovkalash va xaritalashda qo'l1anilayotgan zamonaviy usullarni yoritishga va O'zbekistonda umumqabul qilingan tamoyillarni yoritishga harakat qilindi. Tuproq bonitirovkasining Dokuchayevgacha bo‘lgan bosqichi Yerlarning sifati haqidagi birinchi ma'1umotlar qadimgi Rusiya dehqonlarida uchragan. Bunday ma'lumotlar xalqlarning hikmatli so‘z1arida va maqolalarida o‘z ifodasini topgan. Masalan, “Qora yer - oq non”, “Qayerning tuprog‘i podzol bo‘lsa, shu yerda muhtojlik” va hokazolar. O‘sha zamondagi tuproqlarning nomlari hozirgi zamon terminlari uchun asosiy manba bo‘lib qolgan. Masalan, qora tuproq, podzol, gley, sho‘rxok kabilar. Ivan IV (Grozniy) davrida Yer fondlarini hisobga olish uchun Yer ishlari bilan shug‘u1lanadigan oliy davlat tashkiloti tuzilgan. Bu tashkilotning asosiy funksiyalaridan biri yerlarni ro‘yxatga olish bo‘lgan. S.S. Sobolev XV-XVII asrning boshlaridagi kotibiy kitoblar o‘sha davrda yuqori darajada turadigan birinchi tuproq - geografik asarlari bo‘lganligini aytgan. 1724 yilda tashkil etilgan Rossiya (Peterburg) fanlar Akademiyasi tuproqlar qoplamini o‘rganishda yagona markaz bo‘lib qoldi. Rus olimi M.V.Lomonosovning butun faoliyati shu Akademiyada o‘tgan. 1757 yildan boshlab M.V. Lomonosov fanlar Akademiyasining geografiya departamentini boshqarib “Rossiya atlasi” va “Rossiya geografiyasi” ga o‘zgartirishlar kirita boshladi. 1755 yilda esa Moskva universiteti tashkil etildi.