YER SHARI TIRIK ORGANIZMLARI VA ULARNING TURLARI
YER SHARI TIRIK ORGANIZMLARI VA ULARNING TURLARI Reja: 1.O‘simlik va ularning Yer yuzasida tarqalishi 2.Hayvonlar va geografik muhit 3.Tirik organizmlarni tarqalishi
1. O‘simlik va ularning Yer yuzasida tarqalishi O‘simlikning kelib chiqishi yerda hayot paydo bo‘lishining ilk rivojlanish davrlariga to‘g‘ri keladi. Bunda Arxey erasida ko‘k-yashil suvo‘tlar (sianobak-teriyalar)ga o‘xshash organizmlar paydo bo‘lgan. Haqiqiy suvo‘tlar proterozoy erasida, yashil va qizil suvo‘tlar paydo bo‘ganligi taxmin qilinadi. Dastlabki yuksak o‘simliklar- riniofitlar proterozoy va paleozoy chegarasida kelib chiqqanligini ehtimol qilish mumkin. Ularda ildiz o‘rniga rizoidlari bo‘lgan. Karbonda daraxtsimon qirqquloqlar kelib chiqqan; permda ular o‘rnini hozirgi qirqquloqlar egallagan. Karbonda ignabargli o‘simliklar paydo bo‘lgan, trias va yura davrlarida ular keng tarqalgan. Bo‘r davrining boshlarida gulli o‘simliklar (yopiq urug‘lilar) hosil bo‘lgan va shundan so‘ng ular Yer florasida hukmron bo‘lib qolgan. Yerda mavjud bo‘lgan barcha tirik organizmlar hayotida o‘simliklar katta ahamiyatga ega. Hayvonlar va odamning hayotini o‘simliksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yashil o‘simliklarning geografik qobiqdagi ahamiyati quyidagilardan iborat: - o‘simliklar anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlash orqali quyosh nuri energiyasini to‘playdi; - ayni vaqtda o‘simliklar atmosferadan CO 2 gazini olib, atmosferaga deyarli barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur bo‘lgan kislorod chiqaradi va shu yo‘l bilan yashil o‘simliklar atmosfera tarkibining doimiyligini saqdab turadi; - o‘simliklar organik moddalarni hosil qiluvchi produtsentlar sifatida oziq zanjirining asosini tashkil etadi. Yer yuzidagi o‘simlik turli hayotiy shakllarni hosil qiladi: - o‘tlar;
- butalar; - daraxtlar; - lianalar; - epifitlar va b. O‘simliklar hayoti va o‘simlik qoplamining rivojlanishida suv ham quyosh radiatsiyasi kabi hal qiluvchi omildir. Lekin issiqlik bilan yorug‘lik miqdori ekvatordan qutblarga tomon nisbatan bir me’yorda kamayib borsa, o‘simliklarning suv bilan ta’minlaganlik darajasi zonal-regional yo‘nalishda ham, har bir joyning o‘zida ham ancha murakkab o‘zgaradi. Suv bilan ta’minlanishdagi bunday xilma-xillikka yog‘inlarning notekis taqsimlanishigina emas, balki relefning notekisligi natijasida ularning qayta taqsimlanishi ham sabab bo‘ladi. O‘simliklar suvga bo‘lgan munosabatiga qarab uch toifaga: gigrofit, mezofit va kserofit o‘simliklarga bo‘linadi. Gidrofitlar sernam joylar - botqoqlik, zax o‘tloqlar va o‘rmonlar, qayir o‘simliklaridir. Ularning suv iste’molini chegaralaydigan moslamalari yo‘q. Aksincha, ularning tuzilishi va morfologiyasi suv ortiqchaligiga moslashgan. Bunday o‘svmliklar orasida suv o‘simliklari - gidrofitlar alohida ajratiladi. Kserofitlar - quruq joylar - cho‘l va dashtlar hamda boshqa zonalardagi quruq yerlar o‘simliklari. Ular o‘z rivojlanishi jarayonida atmosfera va tuproq nami tanqis sharoitda yashashga moslashgan. Namlik yetishmaydigan zonalarda vegetatsiyasi qisqa sernam davr bilan cheklangan bir yillik o‘simliklar - efemerlar va har yilgi vegetatsiya davri qioqa ko‘p yillik o‘simliklar - efemeroidlar o‘sadi. Mezofitlar - o‘rtacha nam joylar o‘simliklari. Bunday o‘simliklar Yer sharida eng ko‘p tarqalgan. O‘simliklarni geografik tarqalishida ayniqsa haroratning ta’siri juda katta. Quruklikdagi har xil landshaft turlarining tarqalishi ham shu omil bilan bog‘liq. Masalan, Yevropada kengbargli dub daraxtining tarqalish chegarasi
yanvar oyining 0° izotermasi bilan chegaralangan bo‘lsa, xurmo daraxtining shimoliy chegarasi yillik +19° izoterma bilan cheklangan. Havo harorati bilan hayvonlarning fiziologik va morfologik tuzilishida, o‘simliklarning tashqi ko‘rinishiga shamolning ta’siri haqida ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Yuqorida ko‘rsatilgan omillar natijasida materiklarda geografik jarayonlarni bo‘ylama va ko‘ndalang zonalari vujudga kelgan. O‘simliklar massasini geografik mintaqalar bo‘ylab tarqalishida o‘ziga xos qonuniyat mavjud bo‘lib, u asosan atmosfera sirkulyatsiyasi va radioatsion chegaralar bilan bog‘liq. Olingan ma’lumotlarga qaraganda biomassaning eng ko‘p miqdori ekvatorial mintaqaga to‘g‘ri keladi. Tropik mintaqaga borgan sari uni miqdori kamayib, mo‘tadil mintaqada yana biroz ko‘payadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra okeanda 10 mingga yaqin o‘simlik turi mavjud. O‘simliklar orasida Dunyo okeanida suv o‘tlarining turi ko‘p. Yashil suv o‘tlarining 5000 ga yaqin, diatomlarning ham 5000 ga yaqin turi bor. O‘simlikning g‘oyat xilma-xil turlaridan urug‘li o‘simlik, asosan, gulli o‘simlik katta ahamiyatga ega. Urug‘li o‘simlik oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg‘i, qurilish materiallari va boshqlarni beradi. 2. Hayvonlar va geografik muhit Hayvonlar geografik muhit ta’sirida bo‘lishi bilan birga tabiatga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunga sabab shuki, hayvonlar yer yuzida juda faol tarqaladi va o‘simlik turlariga qaraganda 3 hissa ko‘p (1,7 mln tur), lekin o‘simliklar massasiga qaraganda 2500 marta kam. Hayvonlarning geografik muhit bilan bog‘liq holda tarqalishiga ko‘ra uch bosqchili guruhga ajratiladi: biotop – yashash sharoiti har holda bir xil bo‘lgan, ma’lum tur hayvonlar majmuasi yashaydigan joy. Mas, botqoq, ko‘l, tayga, qumli cho‘l va b. Bioxor – hayvonlari turlari majmuasiga nisbatan bir-biriga yaqin bo‘lgan biotoplar guruhi. Mas, cho‘l, o‘rmon, tundra. Biosikl – yana katta hudud. Yer
yuzida uchta biosikl mavjud. Quruqlik, ichki suv havzalari, dengiz (okean) lar. Hayvonlarning landshaftga ta’siri o‘simliklarga nisbatan kamroq. Hayvonlar mikrorelefni o‘zgartiradi. Masalan, qirchumolilar uylarining balandligi 4-4,5 m ga yetadi, kemiruvchi hayvonlar inidan chiqarib tashlagan do‘ngchalar cho‘lda o‘simlik ko‘payishiga o‘pqonlar jarlar, o‘yiqlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Qunduzlar daryolarga to‘g‘on quradilar. Suv sathi ko‘tarilib, atrofni suv bosadi. Botqoqlik ko‘payadi. Dengiz suvlarining suv tarkibi ham hayvonlar tahsirida tarkib topgan. Hayvonlar suyaklari va chig‘anoqlardan ohaktosh qatlamlari hosil bo‘ladi Hisob-kitoblarga ko‘ra okeanda 160 mingga yaqin hayvon bor. Hayvonlar ichida 16 ming baliq turi, 80 ming molyuskalar turi, 20 mingga yaqin qisqichbaqasimonlar turi, 15 mingga yaqin sodda organizmlar va boshqalar mavjud. Umurtqalilar orasida baliqlardan tashqari okeanda toshbaqa va ilonlar, 100 ga yaqin sutemizuvchi (kitsimonlar) hayvon turlari mavjud. Dengiz organizmlari, ayniqsa, ulaming kattaligi juda xilma-xil. Hayvonot dunyosi tarkibida ham, o‘simliklari orasida ham ko‘zga ko‘rinmaydigan mikroorganizmlardan tortib, uzunligi bir necha o‘n metrga yetuvchi organizmlar ham bor. Dengiz organizmlarini uchta ekologik guruh: plankton, nekton va bentosga ajratish mumkin. Ular asosan ikkita oblast - dengiz tubi va uning ustidagi suvda yashaydi. Plankton (yunonchasiga – “muallaq suzuvchi”) mikroskopik organizmlarning yirik guruhi bo‘lib, suvda muallaq yuradi, dengiz oqimiga qarshi yura olmaydi. Suv tubiga cho‘kib ketmasligi uchun ular moslashishga harakat qiladilar. Moslashish oqim usulida yoki o‘zining tanasini massasini kamaytirish kerak yoki ishqalanish kuchini orttirishi lozim. Shuning uchun