Yo’ridik xizmat fanining o’rganish uslublari metodologiyasi qiyosiy huquqiy aniq sotsialogik metodlari.
Mavzu : Yo ’ ridik xizmat fanining o ’ rganish uslublari metodologiyasi qiyosiy huquqiy aniq sotsialogik metodlari. Reja. 1.Yo’ridik xizmat o’quv fanining o’rganish uslublari. 2. Yo’ridik xizmat fanining metodologiyasi. 3. Yo’ridik xizmatning qiyosiy-xuquqiy metodlari. 4. Yo’ridik xizmatning aniq sotsialogik metodlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Yo’ridik xizmat o’quv fanining o’rganish uslublari. “O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat” fanining predmetini O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat to‘g‘risidagi qonunchilikning rivojlanishi, yuridik xizmat tizimi va tuzilishi, uning huquqiy maqomi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar yuridik xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, yuridik xizmatga rahbarlik qilishni o‘rganish tashkil qiladi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlarda insonparvar demokratik huquqiy davlatni shakllantirish va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish masalalari muhim o‘rin egallaydi. Bunday zaruriyat o‘tgan bosqichlarning ijobiy va salbiy tajribalaridan, jamiyatni tubdan o‘zgartirish va yangilash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkam kafolatlash hamda himoya qilish vazifalaridan ob'ektiv tarzda kelib chiqdi. Mazkur vazifalarni hayotga tatbiq qilishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar yuridik xizmati salmoqli o‘ringa ega. Hozirgi davrda yuridik xizmat ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmining bir qismi sifatida qonunchilikni, intizomni, huquq-tartibotni mustahkamlash va davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirishning amaliy vositalaridan biriga aylanmoqda. Shuning uchun yuridik xizmat doimiy e'tiborni, unga malakali va muntazam rahbarlik qilishni talab qiladi. Ushbu fanni o‘rganishda tarixiy, qiyosiy-huquqiy, sotsiologik uslublar keng qo‘llaniladi. Tarixiy uslub orqali O‘zbekistonda yuridik xizmatning vujudga kelishi, takomillashishi va istiqbollari tadrijiy rivojlanish nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Boshqacha qilib aytganda, yuridik xizmatning paydo bo‘lishi va amaliyotga joriy qilinish bosqichlari hamda tarixiy davrlardagi yuridik xizmatni tartibga soluvchi normalarni o‘zaro taqqoslash mazkur uslub orqali tadqiq qilinadi. Turli xorijiy mamlakatlarning yuridik xizmatini, shu sohaga oid normativ- huquqiy bazasini, amaliy tajribasini milliy huquq tizimidagi yuridik xizmat bilan
taqqoslash, o‘zaro tajriba almashish, yutuqlarni o‘zlashtirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish qiyosiy-huquqiy uslubni qo‘llash yordamida amalga oshiriladi. Yuridik xizmatning rivojlanishida tegishli sotsiologik kuzatuvlar muhim o‘rin egallaydi. Zero, shaxsiy kuzatuvlar, so‘rovlar, suhbatlashish yo‘llari bilan yuridik xizmatning holati, sifati, sohaga oid tegishli qonunchilik hujjatlarining samaradorligi va nuqsonlari o‘rganiladi hamda shu asosda foydali xulosalar chiqariladi. “O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat” fanini o‘rganishning asosiy maqsadi va ahamiyati – davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar yuridik xizmatida ishlash uchun maxsus tayyorlanayotgan talabalar tomonidan ushbu predmetni chuqur o‘rganishni ta'minlash; ularni turli hayotiy va ishlab chiqarish holatlarida huquqiy vositalardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish; mehnat jamoalarida huquqiy va huquqiy-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. Yo’ridik xizmat fanining metodologiyasi. Mustaqil O‘zbekiston ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidan bosqichma-bosqich olg‘a bormoqda. Mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa sohalarda o‘tkazilayotgan islohotlar Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan beshta tamoyil, ya'ni iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi; davlatning bosh islohotchi ekanligi; boshqaruv va xo‘jalik yuritishning barcha pog‘onalarida qonun ustuvorligi; kuchli ijtimoiy siyosat; islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida amalga oshirilmoqda. Islohotlar ko‘p qirrali va uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, unda mukammal qonunchilikni yaratish, uning so‘zsiz bajarilishini ta'minlash, aholi va mansabdor shaxslarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning, davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlarining huquq va majburiyatlarini aniq belgilash muhim yo‘nalishlar hisoblanadi. Bu jarayonda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar yuridik xizmati faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur organlar va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning yuridik xizmati – normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, qabul qilish jarayonidan boshlab, to ularning ijrosini ta'minlashgacha; xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish, bekor qilish va bajarish; mulkni saqlashni hu-quqiy vositalar bilan ta'minlash; mehnat qonunchiligiga rioya qilish va mehnat intizomini mustahkamlash; tegishli organlar va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini sudlarda va boshqa tashkilotlarda himoya qilish; huquqiy tarbiya ishlarida faol ishtirok etadi. Shuning uchun ham yuridik xizmat faoliyatini o‘rganish va bu soha uchun kadrlar tayyorlash eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq yuridik xizmat davlat va xo‘jalik boshqaruvidagi hamda iqtisodiyotdagi huquqiy ishlarning tashkilotchisi va asosiy ijrochisidir. Mazkur fan “Xo‘jalik huquqi”, “Fuqarolik huquqi”, “Ma'muriy huquq”, “Mehnat huquqi”, “Fuqarolik protsessual huquqi”, “Xo‘jalik protsessual huquqi” va boshqa fanlardan o‘ziga xos jihatlari bilan farq qiladi. Masalan, “Xo‘jalik huquqi” fani xo‘jalik huquqi normalari bilan tartibga solinuvchi, xo‘jalik faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni, shu jumladan xo‘jalik shartnomalari tushunchasi, asosiy shartlari, ularni tuzish, ijro qilish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibini o‘rgansa, “O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat” fani xo‘jalik shartnomalarini tuzish, ijro qilish, o‘zgartirish va bekor qilishda yuridik xizmat xodimlarini ishtirokini, bu yo‘nalishdagi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini tashkil qilish tartibini o‘rganadi. ”Ma'muriy huquq” fani boshqaruv sohasidagi biri ikkinchisiga bo‘ysunuvchi organlar o‘rtasidagi; bir-biriga bo‘ysunmaydigan davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi; davlat boshqaruvi va ularga bo‘ysunadigan korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar o‘rtasidagi; davlat boshqaruvi organlari va jamoat birlashmalari o‘rtasidagi; davlat boshqaruvi organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabat-larni o‘rganadi. “O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat” fani esa davlat boshqaruv organining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan yuridik xizmatning huquqiy maqomini, uning boshqaruv organida qonunchilikni ta'minlashdagi roli va boshqa sohalardagi faoliyatini o‘rganadi. “O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat” fanining ”Mehnat huquqi” fanidan farqi shundaki, u mehnat munosabatlarini emas, balki boshqaruv organlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatida mehnat qonuniylikni rioya qilish va mehnat intizomini mustahkamlashda yuridik xizmat xodimlari qanday ishtirok etishini o‘rganadi. ”Xo‘jalik protsessual huquqi” fanida xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishdagi munosabatlar, shu jumladan xo‘jalik sudlariga taqdim qilinadigan da'vo arizalari, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizalar, apellyasiya, kassatsiya shikoyatlari mazmuni o‘rganilsa, “O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat” fanida mazkur da'vo arizalar va shikoyatlarni rasmiylashtirish ishlarini tashkil qilish, xo‘jalik sudlariga taqdim etish va unda yuridik xizmat xodimlarini ishtiroki o‘rganiladi. Yo’ridik xizmatning qiyosiy-xuquqiy metodlari. Yuridik xizmat – davlat organi va tashkiloti faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me’yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim, Yuridik xizmat yuridik departament, yuridik boshqarma, yuridik bo’lim, yuridik byuro shaklida tashkil qilinishi yoxud bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsultdan iborat bo’lishi mumkin. Yuridik xizmatning mavjud shtat birliklarini qisqartirishga va ularni davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalariga qayta taqsimlashga yo’l qo’yilmaydi.