YUKSAK O‘SIMLIKLARNING VEGETATIV ORGANLARINI RIVOJLANISHI
MAVZU: YUKSAK O‘SIMLIKLARNING VEGETATIV ORGANLARINI RIVOJLANISHI. Reja: 1. Novdaning rivojlanishi. 2. Bargning rivojlanishi . 3. Ildizning rivojlanishi.
O‘simliklarning o‘suv organlari ikki asosiy qism - novda va ildiz sistemasidan iborat. Novda tuzilishi jihatidan asosiy novda qismlari: poya, barg va kurtaklardan iboratdir. Ildiz sistemasi esa, asosiy o‘q va yon ildizlardan tashkil topgan . Evolyusiya jarayonida o‘suv organlar ilk bor quruqlik sharoitida yashashga moslashgan riniofitlarda yuzaga kelgan. Riniofitlarning tanasi dixotomik shoxlangan bo‘lib, bargsiz tellomdan iborat bo‘lgan. Ko‘pchilik olimlarning fikricha tellomdan novda rivojlangan. Kdsimgi yuksak o‘simliklarning novda va uning shaklan o‘zgargan qismlari o‘suv organning funksiyasini (vazifasini) bajargan. Evolyusiya jarayonida ildiz novdadan kechroq, quruqlikka yashashga moslashgan riniofitlarning rizomoidlaridan vujudga kelgan. Novda haqida umumiy tushuncha. Novda yuksak o‘simliklarning asosiy o‘suv organi hisoblanadi. Odatda novda rivojlanishi ontogenezdan, dastlabki davridan boshlab apekal meristemadan hosil bo‘ladi. U poya, barg va kurtaklarga ajraladi. Novda o‘sish xususiyatiga ega. Rivojlanishning dastlabki davrida, ya’ni urug‘ning unishidan o‘simta hosil bo‘ladi. O‘simtalarda urug‘palla barglari va birinchi chin barglar orasidan poyacha taraqqiy etadi. Poyaning eng uchida bargchalar orasida o‘sish nuqtasi (apeks) bo‘lib, undan novda, ya’ni poyaning bir o‘suv davrida o‘sib chiqqan bargli va kurtakli qismi (bir yillik novda) rivojlanadi. Rivojlanishning keyingi bosqichlarida har bir novda apekal meristemadan, ya’ni uchki kurtaklarning rivojlanishidan vujudga keladi. Demak, kurtak boshlang‘ich novda bo‘lib, u o‘sish va rivojlanish xususiyatiga ega. O‘simliklarning eng asosiy birinchi tartib novdasi boshlang‘ich poyachaning o‘sishidan hosil bo‘ladi, keyinchalik uning yon kurtaklardan ikkilamchi, undan uchlamchi tartib novdalar hosil bo‘ladi. Hozirgi zamon morfologlari novdaga uchki (apeks) meristemadan hosil 2
bo‘ladigan yaxlit bir organ sifatida qarashadi. Novda ancha murakkab tuzilishga ega, chunki u rivojlanishning dastlabki davridan boshlab, poya, barg va kurtaklarga ajralgan. Novdalar o‘suvchi va generativ bo‘ladi. O‘suvchi novdalarning bo‘g‘in oralig‘i uzun bo‘lib, har tomonlama o‘sish qobiliyatiga ega, ular havo orqali ozikdanadi, ammo bundan tashqari boshqa funksiyani ham bajarishi, hamda turli metamorfozaga uchrashi mumkin. O‘rta Osiyo cho‘llarida, masalan, qumli cho‘llarda oqsaksaul, qorasaksaul, juzg‘un, qizilcha yoki barjoq, qulanquyruq kabi o‘simliklar novdasidagi barglari juda ham mayda qipiqchalar shaklida yoki butunlay reduksiyalangan bo‘lib, assimilyatsiya funksiyasini yosh novdalar bajaradi. Bunday novdalarning xlorenxima to‘qimalarida xlorofill ko‘p bo‘ladi. Reproduktiv yoki generativ (lot. g ye n . r a s i o - tug‘ilish, kelib chiqish) novdalarning bo‘g‘im oralig‘i qisqa bo‘lib gul va mevalarni tutib turuvchi organ vazifasini bajaradi. Unda assimilyatsiya etuvchi yashil barglar juda kam bo‘ladi. Novdaning eng xususiyatli belgisi shundan iboratki, birinchidan, u bo‘g‘imlarga ajralgan, ikkinchidan esa, har qaysi bo‘g‘imda bitta, ikkita yoki bir necha barglar joylashadi. Shu xususiyati bilan novda, ildizdan keskin farq qiladi. Novdaning barg bilan birikkan joyi - bo‘g‘im, bir bo‘g‘im bilan ikkinchi bo‘g‘im oralig‘i bo‘g‘im oralig‘i deb ataladi. Agar bargning asosi yoki barglar halqasi (bir qancha barglar) poyani to‘liq o‘rab olsa - yop i q, to‘liq o‘rab olmasa ochiq bo‘g‘im deyiladi. Odatda, poya bir necha yoki ko‘p bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlaridan iborat bo‘lib ketma-ket joylashadi. Bo‘g‘imlarning bunday joylashishi m ye t a m ye r (yunon. meta- orasida, ketma-ket) joylashish deyiladi. Poya uchiga yaqinlashgan sayin bo‘g‘im oralig‘i qisqarib, barglar 3
maydaroq va zichroq bo‘lib boradi, poyaning eng uchida tepa kurtak (apeks) joylashadi. Bu kurtak boshlang‘ich novda hisoblanadi. Undan asosiy novda rivojlanadi. Asosiy novdaning poya bilan barg o‘rtasidagi burchakka barg qo‘ltig‘i deyiladi. Barg qo‘ltig‘idan kelgusida novda o‘sib chiqadigan bir necha yon kurtaklar vujudga keladi. Yon kurtaklarning o‘sishidan I-II tartib novdalar taraqqiy etadi. Natijada I, II va III tartib novdalar hosil bo‘ladi, bularning yig‘indisiga novdalar sistemasi deb ataladi. Kurtak. - o‘simlikning tana, barg, gul va boshqa qismlarini hosil qiluvchi murtak shaklidagi novdadir. Kurtak murtak o‘qidan va undagi murtak bargchalaridan iborat bo‘lib, uning uchida o‘sish nuqtasi bo‘ladi. Kurtaklar joylashishiga ko‘ra uchki hamda yon (qo‘ltiq) kurtaklarga bo‘linadi. Yon kurtaklar bitta va ba’zan bir nechta kurtakdan iborat bo‘ladi. Ular ustma-ust joylashsa serial (lot. s ye r i ye s — qator) kurtak deb ataladi (masalan, uchqat, yong‘oq, oq akatsiya va boshqalarda uchraydi). Agar kurtak birgalikda yonma-yon joylashsa kollateral (lot. k o l — birgalikda; lateragis — yon tomon) deyiladi. Bundan tashqari qo‘shimchayoki adventiv (lot. a d v ye n t i k u s — kelgivdi, tasodifiy) kurtaklar ham bo‘ladi. Adventiv kurtaklar vegetativ ko‘payish vazifasini bajaradi. Tuzilishi va vazifasiga ko‘ra, kurtaklar har xil — o‘suv, o‘suv- generativ hamda generativ kurtaklar bo‘ladi. O‘suv kurtaklardan bargli va kurtakli poya o‘sib chiqadi. Bunday kurtaklarda tashqi boshlang‘ich barglar (barg kurtaklari) uchlari bilan qayrilib, o‘sish nuqgasini o‘rab oladi. Kurtakda bo‘g‘im zich joylashgan, shuning uchun bo‘g‘im oraliqlarini aniqlash qiyin. Boshlang‘ich barg qo‘ltig‘ida yon kurtak murtaklari ham hosil bo‘lishi mumkin. Demak, novdaning cheksiz shoxlanishiga bo‘lgan yashirin, ammo yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan imkoniyat kurtakda mavjud. 4
O‘suv-generativ kurtaklarning tuzilishi o‘suv kurtakning tuzilishiga o‘xshaydi, lekin o‘sish nuqgasida boshlang‘ich holatdagi gul yoki to‘pgul bo‘ladi. Bunday kurtaklar ko‘pincha o‘tchil o‘simliklarga xos bo‘lsada, daraxt va butalarda ham uchraydi (masalan, siren, buzina=marjondaraxt). Bundan tashqari to‘pgullar hosil qiladigan gul kurtaklar ham uchraydi (bular shaklan o‘zgargan novdadir). Nihoyat aralash kurtaklar deb ataladigan kurtaklardan novdalar bilan gullar o‘sib chiqadi. Qo‘shimcha kurtaklar. Ekzogen yo‘l bilan hosil bo‘ladigan odatdagi yon kurtaklardan tashqari qo‘shimcha yoki adventiv kurtaklar ham paydo bo‘lishi mumkin. Ular poyalarda endogen, barglarda esa ekzogen yo‘l bilan hosil bo‘ladi va tartibsiz joylashadi. Qo‘shimcha kurtaklar poya, barg va ildizda ularning perisikl kambiy, o‘zak nurlaridan va hatgoki bargning mezofil yoki epidermisidan ham hosil bo‘lishi mumkin. Qaysi organdan hosil bo‘lishidan qat’iy nazar, tuzilishiga ko‘ra ular oddiy uchki yoki yon kurtaklardan farq qilmaydi. Qo‘shimcha kurtaklarning biologik ahamiyati katta. Ular ko‘pgina o‘simliklarda vegetativ ko‘payish uchun xizmat qiladi. Masalan, ildiz bachkilari orqali ko‘payadigan o‘simliklarda (malina=xo‘jag‘at, qulupnay va boshqalarda) albatta qo‘shimcha kurtaklar bo‘ladi. Ildiz bachkilari — ildizda joylashgan qo‘shimcha o‘sib chiqqan novda (tog‘ teragi, shumtol, oq akatsiya, olcha, olxo‘ri, siren, yantoq, chirmovuq, sariq bo‘ztikan va boshqa)lar. Qo‘shimcha kurtaklar barglarda ham hosil bo‘ladi. Masalan, briofillium o‘simligining barglarida qo‘shimcha kurtaklar barg chetlarida rivojlanadi. Ana shu kurtaklar bargdan uzilmasdanoq, ildizcha va bargchalar hosil qiladi. Keyin uzilib yerga tushgandan so‘ng, o‘sib yangi o‘simlikka aylanadi. Bunday xildagi qo‘shimcha kurtaklar ajraluvchi kurtaklar deyiladi. Begoniya gulining uy sharoitida o‘stiriladigan xillarining barg qalamchalari 5