logo

Yuristning nutq madaniyati fanining maqsad va vazifalari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

25.48046875 KB
Mavzu:     Yuristning nutq madaniyati fanining maqsad va vazifalari
                                                     Reja:
1 .Huquq va til 
2.Til va nutq
3.Nutq madaniyati tushunchasi
            Har   qanday   ijtimoiy   aloqa,   flkrlashuv   va   muloqot,   jumladan,   barcha   huquqiy
munosabatlar   ham   til   orqali   namoyon   bo‘ladi.   Tilsiz   fikrni   ifodalash   mumkin
bo‘lmaganidek, til ham o‘z ifodasini flkrsiz shakllantira olmaydi. Binobarin, huquq
insonlaming   asosiy   ehtiyojlari   va   manfaatlarini   ta’minlaydigan,   kafolatlaydigan
vosita   bo'lsa,   til   ana   shu   huquqning   voqe   bo‘lishida,   reallashuvida   asosiy   omil
bo‘lib xizmat qiladi. Huquqqa oid har qanday fikr, tushuncha, belgi, harakathodisa
va   munosabat   so'zlarda   o‘z   ifodasini   topadi,   ya’ni   so‘zlardan,   iboralardan,   atama
va   terminlardan   tarkib   topgan   ifoda   qolipiga,   ifoda   shakliga   tushmaguncha
munosabat,   ijtimoiy   aloqa,   muomala   (flkrlashuv)   yuzaga   chiqmaydi.   Fikrning,
xususan   yuridik   fikming   voqeligi   ham,   mavjudligi   ham   tilda   namoyon   bo‘ladi.
Tilsiz, so‘zsiz hech qanday aniq va tayyor holdagi yuridik fikr bo‘lmaydi. Yuridik
tilda   fikr   so'zlar,   terminlar   va   bular   ishtirokida   tuzilgan   muayyan   sintaktik
qurilmalar - gap modellari orqaligina shakllanadi va nutqda o‘z ifodasini topadi: til
huquqning «yashash» shartidir. Shuning uchun ham til va huquq jamiyatga xizmat
qiluvchi   ijtimoiy,   ma’naviy-ma’rifîy   va   ruhiy   hodisalar   hisoblanadi,   til   huquqqa
ruh   baxsh   etadi.   Darhaqiqat,   til   yuristning   tafakkur   yuritish   quroli   bo‘libgina
qolmasdan,   balki   huquqqa   oid   o‘tmish   bilimlami   hozirgi   avlodga   yetkazish,
huquqiy m  e ’y o r la r bilan fuqarolarni  tanishtirish quroli hamdir. Bugungi  boy
ma’naviy   merosimiz   bo‘lgan   huquqqa   oid   barcha   bilim   va   ta’limotlaming
mavjudligi   va   «tirikligi»   ham   til   tufaylidir.   13   Demak,   huquq   tarmoqlariga   oid
kashfiyotlaming sifati, qonunlaming ustuvorligi bevosita bamisoli ummon bo‘lgan
til   vositalaridan   mohirona   foydalanishga   ham   bog‘liqdir.   Huquqiy   demokratik
jamiyatni   shakllantirish   sari   amaliy   qadamlar   qo‘yilayotgan   hozirgi   jarayonda
inson   huquqlari   va   erkinliklarini   ta’minlash,   qonunlaming   ustuvorligiga   erishish,
davlat   boshqaruvining   izchil   va   mukammal   tizimini   joriy   etish   bilan   bog‘liq
islohotlar   ketayotgan   bir   paytda   qonunlar   tili   va   uslubi,   yuridik   terminologiya,
yurisprudensiya   tarmoqlariga   oid   darslik   va   qo‘llanmalarning   «yangi   avlodi»ni
yaratish   eng   dolzarb   masalalardan   bo‘lib   turibdi.   M   ustaqil   davlatchiligim   iz
yanada takom illasha borayotganligi tufayli inson huquqlari bilan bog‘liq xilmaxil
qonunlaming   qabul   qilinishi,   o‘z   navbatida,   huquqqa   oid   minglab   yangi terminlaming yuzaga kelishiga ham sabab bo‘lmoqda, chunki ijtimoiy hayotda har
qanday   tushuncha   yoki   hodisaning   tug‘ilishi   uning   in’ikosi   sifatida   terminlaming
boyishiga sabab bo‘ladi. Biroq yuzaga kelayotgan huquqqa oid tushunchalar, tilda
so‘z   yoki   termin   sifatida   o‘z   in’ikosini   topar   ekan,   ular   m   illiy   tilning   o   ‘z
qonuniyatlari   asosida   ifodalanmog‘i   va   shakllanmog‘i   shart.   Aytaylik,
tanlanayotgan   va   kundalik   muloqotga   kirib   borayotgan   yuridik   terminlar   voqea-
hodisa   va   belgi-tushunchaning   aniq   nom   ini   ifodalayaptimi,   boshqa   tillardan
o'zlashayotgan   terminlaming   o‘zbek   tilidagi   muqobili   adabiy   til   me’yorlariga
muvofiq   kelayaptimi   yoki   yo‘qmi?   Bu   masalalar   yuristlar   bilan   filologlar
hamkorligida o ‘zining aniq yechimini topsa, maqsadga muvofiq boiadi. Bo‘lajak
yuristlarimizning   davlatchilik,   qonunchilik   hamda   yurisprudensiya   tarmöqlariga
oid bilimlami davlat tili zaminida, shu tilning o‘ziga xos qonuniyatlari, uslubiyati
va   terminologiyasi   bilan   uzviy   bog‘liq   holda   o‘rganmoqlari   hayot   taqozosidir.
Davlatimizda huquqiy islohotlar o‘tkazilayotgan hozirgi sharoitda qonunlar tili va
uslubi,   huquq   terminologiyasi   muammolari   hamda   zamonaviy   yuristning   nutq
madaniyati 14 masalalari muhim ahamiyatga ega. Har qanday islohotlar qonunlami
o‘zgartirmasdan amalga  oshirilmaydi, bu esa o‘zo‘zidan, yangi-yangi  til  birliklari
(so‘z   va   terminlarning)   va   shakllaming   rivoj   topishi   uchun   zamin   hozirlaydi.
Qonun   tilida   noto‘g‘ri   qo‘llanilgan   birgina   tovush,   qo‘shimcha   va   so‘z,   hatto,
birgina   tinish   belgisi   qo‘pol   mazmuniy   va   uslubiy   xatolami,   nuqsonlami,
g‘alizliklami keltirib chiqaradi. Masalan, Bu voqealaming barchasi menga yod. Bu
voqealaming barchasi menga yot. Misolda keltirilgan yod va yot so‘zlari paronim,
ya’ni   talafïuzi   va   shakli   bir-biriga   yaqin   so‘zlar   bo‘lsa-da,   ma’nolari   har   xildir.
Ulaming   o‘mini   almashtirib   qa‘llash   gapning   mazmunini   tubdan   o'zgartirib
yuboradi. Yoki quyidagi misolga e’tibomi qarataylik: 1. 0 ‘lim yo‘q, shafqat. 2. 0
‘lim,   yo‘q   shafqat.   Ko‘rinib   turibdiki   birgina   vergulning   o‘mini   almashtirish
nafaqat uslubiy xato hisoblanadi, balki jinoyatni yuridik baholashda ham kechirib
bo‘lmaydigan xatolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham yuristlarimiz tergov
hujjatlarini   yozishda,   qonun   loyihalarini   tayyorlashda,   sud   hukmi   matnlarini
tuzishda o‘ta ziyrak va zukko, bilimdon va ehtiyotkor bo£lmoqlari lozim. Chunki tergov,   sud   jarayoni   bilan   bog‘liq   hujjatlar   yoxud   qonunlar   moddalarining   har
birida inson taqdiri yotadi. Shunday qilib, huquq va til bir jarayonning ikki tom oni
bo‘lib, huquq mazmun bo‘lsa, til  o ‘sha mazmunning voqe bo‘lishidagi  vositadir.
Mazmun   bilan   shaklning   uyg‘unlashuvi   esa   aql   sohibining   qobiliyatiga   bog‘liq
bo‘lad.
                  Yuridik   til   va   yuridik   nutq   to‘g‘risida   fikr   yuritishdan   oldin   til   va   nutq
hodisalarining o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olish o‘rinli. Til va nutq bir-biridan
farq   qiladigan,   lekin   o‘zaro     aloqador   ikki   ijtimoiy,   ruhiy-ma’naviy   hodisadir.
Ya’ni   til   aloqa   quroli,   fikr   bayon   qilish   vositasi   bo‘lsa,   nutq   so‘zlovchining   til
vositalaridan foydalanish jarayoni va shunday jarayon natijasida yuzaga keladigan
faoliyatdir.   Bu   ikki   hodisani   qiyoslaganda   oradagi   farqlar   yanada   oydinlashadi.
Ya’ni,   bir   auditoriyada   yetmish   talaba   o   ‘tirgan   bo‘lsa,   ularning   gaplashadigan
tillari   bir   bo‘lsa-da,   lekin   nutqlari   yetmish   xil   bo'lishi   tabiiy.   Birining   nutqi
salohiyatli   b   o   isa   ,   ikkinchisiniki   esa   mutlaqo   talab   darajasida   bo‘lmasligi
mumkin.   Til   faqatgina   aloqa   vositasi   bo'lib   qolmasdan,   balki   dunyoni   ko‘rish,
eshitish,   bilish,   idrok   etish   vositasi   hamdir.   Bundan   tashqari,   tilning   ruhiy   va
estetik   hodisa   ekanligini   ham   yoddan   chiqarmasligimiz   zarur.   Til   bamisoli   —
ummon.   Unda   barcha   fikrlar   uchun   «libos»   lar   topiladi.   Lekin   tilning   jozibasi,
kamalak misol tovlanishi bevosita nutq orqali, nutq jarayonida yuz beradi. Ba’zan
nutq jarayonida tilning jozibasi, jilolanishi, mo‘jizakorligi yuzaga chiqmay qolishi
mumkin.   Shu   bois,   nutq   sohibi   so‘zlaming   o‘z   va   ko‘chma   ma’nolarini   to‘la
anglashi, har bir so‘zning uslubiy mezonlarini, ma’no qirralarini ongli idrok etishi
talab   etiladi.   Zero,   hazrat   Navoiy   “Mahbub   ul-qulub”   asarida   to‘g‘ri
ta’kidlaganlaridek,   “Til   muncha   sharaf   bila   nutqning   olati   (quroli)dur   va   ham
nutqdurki, agar nopisand zohir bo‘lsa, tilning ofatidur”1. Tilni xalq yaratadi, nutq
esa shaxsiy boylik sanaladi. Har kim o£z qobiliyati, so‘z boyligi, shaxsiy fikrlash
layoqatiga   qarab   gap   tuzadi   va   so‘zlaydi.   Shuning   uchun   ham   nutq   oldiga
nihoyatda ulug‘ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. Zero, nutq
(so‘z)   aqlning   tarozisi,   aqlning   o‘lchovi.   Darhaqiqat,   nutqimizning   salohiyati   til
qoidalarini yaxshi va zarur darajada bilishimizga bog‘liqdir.               Yurisprudensiya   tarmoqlariga   oid   orfografik,   leksik,   grammatik   va   uslubiy
xususiyatlar   yuridik   tildir.   Taniqli   huquqshunos   olim,   professor   A.X.Saidov
ta’kidlaganidek,   “Yuridik   til   —   ko‘pming   yillik   taraqqiyot   va   ko‘p   avlodlar
tajribasi   mahsuli”   1.   Huquq   rivojlanishining   tarixiy   tajribalarini   o‘zida   mujassam
qilgan yuridik til inkor etish mumkin bo'lm agan qadriyat, huquqiy madaniyatning
ajralmas   qismidir”2.   Yuridik   til   adabiy   tilning   tarkibiy   qismi,   o   ‘ziga   xos
ko‘rinishga   ega   til   bo‘lib,   asosan,   qonunchilik   va   rasmiy   doirada   qo‘llaniladi.
Ya’ni   yuridik   til   o‘ziga   xos   lug‘aviy   birliklari,   gap   qurilishi,   uslubiy   jihatlari
hamda   huquqqa   oid   tushunchalarni   ifodalovchi   terminlari   bilan   ajralib   turadi.
Barcha   huquq   manbalari   yuridik   tilda   yoziladi.   Tergov   jarayoni,   sud,   advokat
faoliyati, qonunlar ifodasi ham yuridik til asosida o‘z in’ikosini topadi. Yuridik til
o‘z mohiyatiga ko‘ra bir necha turlarga, ya’ni qonun tili, ilmiy yurisprudensiya tili,
sud   tili,   huquqshunospedagog   tili,   huquqshunos-publitsist   tili,   prokuror   tili,
advokat   tili   kabi   guruhlarga   bo‘linadi3   .Yurisprudensiya   tarmoqlariga   oid   leksik-
grammatik   xususiyatlar   umumiyligi   bilan   bir-biriga   yaqin   tursa-da,   lekin   o‘ziga
xos   xususiyliklaiga   ham   ega   bo‘ladi.   Masalan,   fuqarolik   sudi   faoliyatida
qo'llaniladigan (taraf, taraflaming tortishuvi, da Vo qo‘zg‘atish, hal qiluv qarori, d
a   ’voni   ta   ’minlash)   term   inlar   jinoyat   sudi   faoliyatida   qo‘llaniluvchi   terminlar
(firibgarlik,   genotsid,   nomusga   tegish,   terrorizm)dan   tubdan   farq   qiladi.   Badiiy
uslub va so‘zlashuv  uslubida badiiy obrazli so‘zlar, tasviriy vositalar, frazeologik
birliklar  keng qo‘llanilsa-da, biroq yuridik til  rasmiy  xususiyatga  ega boMganligi
uchun unda bunday til vositalarini qo‘llashga ehtiyoj tug‘ilmaydi. Chunki yuridik
tilning birlamchi belgisi uning rasmiy bo‘yoqqa egaligidir. Q at’iylik, mantiqiylik,
qisqalik, aniqlik kabi xususiyatlar yuridik tilning nufuzini belgilovchi me’yorlardir.
Yuridik   til   har   xil   beo‘rin   qaytariqlar,   so‘z   takrorlari,   tushunilishi   qiyin   ifodalar
hamda   ortiqcha   sifatlashlar,   ko‘chma   ma’noli   so‘zlardan   xoli   bo‘lishi   lozim.
Ayniqsa,   yuridik   tilning   tarkibiy   qismi   bo‘lgan   qonun   tili   gap   qurilishi   jihatdan
tushunilishi   yengil   bo‘lishi   va  oddiy   fuqaro   ham   tez   tushunib   oladigan  talablarga
javob   beradigan   bo‘lishi   shart.   Ma’lumki,   qonun   —   jamiyatni   tartibga   solib
turuvchi   vosita,   u   inson   manfaatlari   va   ehtiyojlariga   xizmat   qiladi.   Qonunning mazmuni,   mohiyati,   sifati,   nufuzi   til   qoidalariga   nechog'liq   rioya   etilishiga   ham
bog'liqdir. Qonunning ustuvorligi ham uning adabiy til me’yorlari asosida tuzilishi
bilan   belgilanadi.   Adabiy   til   me’yorlariga   to‘liq   javob   bermaydigan   qonun
mazmunan va mantiqan tushunarsiz bo‘ladi. Qonun tili davlatning rasmiy yuridik
tili   bo‘lib,   davlat   bilan   fuqarolar   o'rtasidagi   “muomala”,   “muloqot”   vositasidir.
Qonun   faqat   yuristlar   yoki   huquq   sohasidagi   mutaxassislar   uchun   qabul
qilinmaydi,   balki   u   davlatning   barcha   fuqarolari   uchun   tegishli   bo‘ladi.   Shu   bois
qabul   qilinayotgan   qonunlarning   tuzilishi   imkon   qadar   sodda,   iloji   boricha
g‘alizliklardan, noaniqliklardan xoli bo‘lishi lozim. Qonun mantiqan izchil bo‘lmas
ekan, uning amaliyotga tatbiq etilishi ham qiyin kechadi. Qonunlar mantiqan izchil
bo‘lishi   uchun   adabiy   til   me’yorlari   asosida   tuzilishi   shart.   Biz   har   kuni   qonun
qabul qilmaymiz. Sifatli ishlangan va tayyorlangan qonunlar pariament tasdig‘idan
o‘tgach, bir necha yillaiga xizmat qiladi. Qonunning ustuvorlik darajasi ham uning
sifatidadir.   Sifat   esa   yuridik   tilga   qat’iy   rioya   qilish   mahsulidir.   Yuridik   tilda
o‘zlashmagan xorijiy so‘zlar va terminlar   qo‘lanilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 0
‘zlashgan terminlar bundan mustasnodir. 0 ‘zbek tilida muqobili bo‘la turib xorijiy
terminlami   qo‘llash   ham   o‘zini   oqlamaydi.   Agar   yuridik   tushunchalami   ifodalash
uchun   o‘zbek   tilida   unga   muqobil   so‘z   yoki   termin   topilmasa,   taijimada   ortiqcha
sun’iylikka bormasdan xorijiy terminlami qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu qoida
jahon fanida qabul qilingan til qonuniyati hisoblanadi. Biroq ilmiy-yurisprudensiya
tilida   umumxalqqa   tushunarli   bo‘lmagan,   faqat   yuristlar,   huquqshunos   olimlarga
tushunarli   bo‘lgan   so‘zlar   va   terminlar   qo‘llanilishi   mumkin.   Bu   ilmiy   uslubning
talabidir. Masalan, alibi — jinoyat qilingan paytda (lahzada) jinoyatchining boshqa
joyda   bo‘lishi;   ratifikatsiya   —   xalqaro   shartnomani   imzolash;   simulyatsiya   —
o‘zini   yolg‘ondan   kasallikka   solish;   yurisdiksiya   —   sudlov   ishlarini   olib   borish
huquqi va h.k. Yuridik tilda shevaga  oid so‘zlar, jargonlar, o‘zlashmagan  so‘zlar,
o‘ta   obrazli   iboralami   qo‘llashga   yo‘l   qo‘yilmaydi.   Qonun   tili   yuridik   tilning
o‘zagi,   tub   “mag‘zi”   hisoblanadi1.   Qonun   tilining   asosiy   belgilari   quyidagilardan
iboratdir: a) aniqlik; b) qisqalik; c) shaxssizlik; d) rasmiy buyoqdorlik; e) xolislik;
f) mantiqiy izchillik; j) barqarorlik. Qonun tilining eng muhim me’yorlaridan biri aniqlik  bo‘lib,  tushunchaning   mohiyati   qonun  moddalarida  to‘laqonli   ifodalanishi
va   mamlakatning   har   bir   fuqarosi   kimligidan,   qaysi   kasb   egasi   bo‘lishidan,
ma’lumotidan   qat’iy   nazar   tezda   anglab   yetishi   zarur.   Qonunlar   tuzilishi   sodda,
aniq,   ravon   va   hammabop   bo‘lishi   shart.   Aniqlikka   erishish   uchun   qonun
ijodkorlari   adabiy   til   me’yorlariga   amal   qilmoqlari   lozim.     0   ‘zlashtiiilishi   qiyin
bo‘lgan   so‘zlar   va   tenninlami   qo‘llamaslik   ham   aniqlikni   ta’minlaydi.   Qisqalik
qonun   tilining   asosiy   belgilaridan   biridir.   Imkon   qadar   qonun   moddalari   tarkibi
siqiq,   sodda   va   mufassal   bo‘lishi   zarur.   Qisqa   jumlalarda   keng   ma’no-mazmunni
ifodalash   ham   qonun   matnining   tez   anglab   olinishini   ta’min   etadi.   Albatta,
bundaellipsisgayo‘   1   qo‘yilmaydi,   ya’ni   gap   bo‘laklari   tushirilmaydi.   Chunki
qonun moddalari tarkibidagi gap bo‘laklarining tushirilishi qonunning mohiyatiga
salbiy ta’sir etadi. Qonun moddalari tarkibida har  qanday mazmunni iloji  boricha
sodda   gaplar   orqali   ifodalashga,   qo‘shma   gap   turlari   (murakkab   qo‘shma   gap,
aralasha qo‘shma gap)ni mumkin qadar ishlatmaslikka harakat qilish zarur, chunki
qonun   ijodkorlari   qo‘shma   gap   qonuniyatini   har   doim   ham   chuqur   bilavermaydi,
natijada   uslubiy   xatolar   yuzaga   keladi.   Uslubiy   xatolar   qonunlar   mohiyatini
tushunib olishni qiyinlashtiradi. Qonun tilining yana bir o‘ziga xos belgilaridan biri
shaxssizlikdir.   Ya’ni   qonun   moddalarining   kesimi   majhul   nisbatdagi   fe’llar   bilan
ifodalanadi.   Fe’lning   majhul   nisbatida   obyekt   m   a’lum   bo‘lsa-da,   subyekt   nom
a’lum   bo‘ladi.   Masalan,   Hamma   sudlarda   ishlar   ochiq   ko‘riladi.   Ishlami   yopiq
majlisda   ko‘rib   chiqishga   faqat   qonunda   belgilangan   hollarda   yo‘l   qo‘yiladi   (   0
‘zbekiston   Respublikasining   “Sudlar   to‘g‘risida”gi   qonuni,   55-bet).   Keltirilgan
misollar   tarkibiga   men,   sen,   u;   biz,   siz,   ular   kabi   kishilik   olmoshlaridan   birini
qo‘llab bo'lmaydi. Shuning uchun ham qonunlar shaxs (men, sen, u; biz, siz, ular)
siz bo‘ladi, chunki har bir qonun jamiyat va davlat nomidan ifodalanadi. Ya’ni har
bir   qonun   zamirida   xalqning   xohishistagi   o‘z   ifodasini   topgan   bo‘ladi.   Qonunlar
adabiy tilning rasmiy uslubida tayyorlanadi. Shuning uchun qonunlar tarkibidagi til
vositalari   —   lug‘aviy   birliklar,   terminlar,   fe’l   nisbatlari,   fe’l   mayllarining   rasmiy
bo‘yoqdorligi   har   bir   moddaga   rasmiylik   belgisini   beradi.   20   Masalan,   Barcha
fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar  ( 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 47-modda) Bu misoldagi fuqarolar so‘zi o‘rniga
uning   sinonimlari   (odam,   inson,   shaxs,   kishi)dan   birini   yoki   burch   so‘zi   o‘miga
uning   sinonimlari   (vazifa,   topshiriq)dan   birini   qo‘llasak,   rasmiylik   belgisi
susayadi.   Rasmiylik   bo‘1   mas   ekan,   qonunning   kuchi   ham   yo‘qoladi.   Shu   bois
qonun   ijodkorlari   rasmiy   uslubning   lisoniy   xususiyatlarini   zarur   darajada
o‘zlashtirishlari talab etiladi. Rasmiy uslubdagi qonunlarda qat’iylik o‘z in’ikosini
topgan   bo‘ladi.   Shu   bois   qonunlami   ma’lum   bir   mamlakatda   yashovchi   ^   barcha
fuqarolar   ikkilanmasdan,   muhokama   qilmasdan   ;   bajarishlari   shart   bo‘lgan   davlat
hujjatidir.   Qonunlar   faqat   qabul   qilingunga   qadar   muhokama   qilinishi   mumkin,
lekin   qonuniy   kuchga   kirgandan   keyin   bajarilishi   shart   bo‘lgan   davlat   amridir.
Qonunlar   tili   xolislik   belgisiga   ham   ega   bo‘lishi   zarur.   i   Qonun   oldida   hamma
tengdir   degan   qoidaning   o‘zi   qonunning     xolisligini   ta’minlaydi.   Masalan,   0
‘zbekiston   Respublikasining   I   butun   hududida   yagona   fuqarolik   o‘matiladi   (   0
‘zbekiston   i   Respublikasining   Konstitutsiyasi,   21-modda).   Bu   modda   o‘z   I
mohiyatidan   tashqari   hech   kimga   hech   qanday   qo‘shimcha   imtiyoz   berilmaydi
degan   tushunchani   anglatadi.   Shuning   o‘zi   I   ham   xolislikni   belgilaydi.   Mantiqiy
izchillik ham qonun tilining asosiy belgilaridan biridir. Ya’ni shakl bilan mazmun
mantiqan   muvofiq   bo‘lishi   zarur.   Adabiy   til   me’yorlariga   rioya   qilinmagan,
grammatikjihatdan   I   noto‘g‘ri   tuzilgan   qonunlar   mantiqiy   izchil   bo‘lmaydi.   I
Qonunchiligimizda   ba’zi   bir   qonun   moddalari   tahrir   talabdir.     Masalan,   Gumon
qilinuvchi,   ayblanuvchi,   sudlanuvchi   quyidagi   hollarda   aybsiz   deb   topiladi   va
reabilitatsiya   etilishi   lozim...(JPK,83   modda).   Mazkur   modda   tarkibidagi   topiladi
va   reabilitatsiya   etilishi   lozim   ifodalari   uyushiq   bo‘laklardir.   Shunday   ekan,   bu
ifodalar   bir   xil   shaklda,   ya’ni   quyidagicha   berilishi   kerak:   Gumon
Qilinuvchi,ayblanuvchi,   sudlanuvchi   quyidagi   hollarda   aybsiz   deb   topilishi   va
reabilitatsiya etilishi lozim... Qonun tilining yana bir belgisi uning barqarorligidir.
Qonunlaming   qat’iyligi   uning   barqarorligini,   turg‘unligini   belgilaydi,   shuning
uchun qonun moddalarini har kim o‘zicha o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yuridik
til   talablari   nafaqat   qonunlaiga,   balki   boshqa   barcha   me’yoriy   hujjatlarga   ham
taalluqlidir.   Huquq   manbalarining   asosiy   turlaridan   biri   huquqiy-me’yoriy   aktlar bo‘lib,bunday qonun hujjatlari ham bir necha ko‘rinishlarga ega bo'ladi. F arm o n
lar, q aro rlar, farm oyishlar, buyruqlar, yo‘riqnom alar, nizom lar; mahalliy davlat
hokimiyati idoralarining qarorlari va hokazo. Bu qonun osti hujjatlari  ham  o‘ziga
xos   leksik-grammatik,   uslubiy   o'ziga   xosliklarga   ega   bo‘lib,   bunday   hujjatlaming
til   qurilishi   ham   adabiy   tilning   talablariga   asoslanadi.   Shu   sababdan   ham   yuridik
oliy   o‘quv   yurtlari   talabalarining   kasbiy   tayyorgarlik   darajasi   nafaqat   ixtisoslik
bilan   bog‘liq   fanlami,   balki   yuridik   tilni   ham   davlat   tili   asosida   yuqori   darajada
o‘zlashtirishni talab etadi.
      Xalqimiz farovonligi maqsadid.a davlatchilik va qonunchilik yanada rivojlanib
borayotgan bir paytda «Yuristning nutq madaniyati» fanining o‘qitilishi zarurligini
isbotlab   o‘tirishning   o‘zi   ortiqchadir.   Ya’ni   nutq   madniyatini   egallash,   madaniy
gapirishga  intilish, fikr  mahsulini  matnga to‘laqonli  tushira olish mahorati  barcha
kasb egalarining, shuningdek, bo‘lajak yuristlaming ham ishi va orzusi bo‘lmog‘i
lozim. Bu shubhasiz, bundan tashqari, hozirgi kunda nutq madaniyati muammosini
kun   tartibiga   hayotning   o‘zi   qo‘ymoqdaki,   kishilik   jamiyatining   madaniy-
ma’rifiyligini   busiz   tasawur   qilish   qiyin.   Shu   sababli   nutq   madaniyati,   qonuniy
«nutq   ehtiyoji»   hayotiy   talabga   aylanishi   aniq.   Yana   shuni   alohida   ta’kidlash
joizki, nutq madaniyati mustaqillik tufayli vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat,
madaniy-ma’naviy   turmush   talab   etayotgan   hayotiy   hodisa   hamdir.   Qolaversa,
milliy   huquqshunoslik   maktabini   yaratish,   huquq   madaniyatini   targ‘ib   qilish   va
yoshlar   ongiga   singdirish,   ulami   milliy   mafkura   g'oyalari   bilan   qurollantirish,
huquqiy   demokratik   jamiyat   qurish   bevosita   bo‘lg‘usi   yurist-kadrlaming
savodxonligiga   bog‘liq   bo‘lishi   tabiiydir.   Shunday   ekan,   bo‘lg‘usi   yuristlaming
ixtisoslikka   oid   barcha   fanlar   qatorida   «Yuristning   nutq   madaniyati»   fanini   ham
zarur   darajada   o‘rganishini   taqozo   etadi.   Til   yoxud   nutq   yuristning   tafakkur
yuritish,   fikr   bayon   qilish   qurolidir.   Shuning   uchun   ham   «Yuristning   nutq
madaniyati»   fanini   boig‘usi   yuristlar   chuqur   va   atroflicha   o‘rganishlari   davr
talabidir. “Yuristning nutq madaniyati” fani yuridik oliy o ‘quv yurtlarining o‘quv
rejasidan   o‘rin   olgan   bo‘lib,   bolajak   yuristlaming   muomala   odobi,   tilni   his   etish
didini   tarbiyalash   kabi   buyuk   g‘oyani   o‘z   oldiga   bosh   maqsad   qilib   qo'yadi   va quyidagi   vazifalarni   belgilaydi:   1.   Talabalarni   yuristning   nutq   m   adaniyati   asosiy
tushunchalari,   maqsadi   va   vazifalari   bilan   tanishtirish.   2.   Professional   yuridik
nutqda   til   vositalaridan   maqsadga   muvofiq   foydalanishga   o‘rgatish.   3.
Talabalaming   yozma   yuridik   nutqlarini   shakllantirish   va   takomillashtirish.   4.
Talabalaming og‘zaki yuridik nutqlarini takomillashtiiish. 5. Yuridik terminlarning
o‘ziga   xos   xususiyatlari   bilan   tanishtirish.   6.   Yuridik   terminlar   oldiga   qo‘yilgan
talab va mezonlar to‘g‘risida ko£nikmalar hosil qilish. 7. Yuridik til va adabiy til
me’yorlari   haqida   ma’lumot   berish   hamda   ko‘nikmalar   hosil   qilish.   8.
Yurisprudensiya   tarmoqlariga   oid   hujjatlar   tilini   o‘rganish   va   tahlil   qilish   asosida
talabalaming   yozma   va   og‘zaki   nutqlarini   takomillashtirish.   9.   Davlat   tilining
leksik-grammatik,   imloviy   hamda   talaffuz   omillaridan   vaziyat   va   voqeiylik
talabiga   ko‘ra  mohirona  foydalana   olish   qobiliyatlarini   shakllantirish   va  o‘stirish.
10. Matn tuzish tartib-qoidalarini bilish;  kodekslar, qonunlar, farm onlar, qarorlar
va ularning moddalari yuzasidan og‘zaki fikr yurita bilish; yozma sharhlar, izohlar,
mulohazalar   yoza   olish   qobiliyatini   shakllantirish.   11.   Sud   hukmi,   turli   tergov
hujjatlari   matnini   tuzish   asosida   talabalaming   fikrlash   iqtidorini   tarbiyalash   va
salohiyatini   rivojlantirish.   12.   Yuridik   tilning   qonuniyatlari,   so‘z   boyligi   va
grammatik qurilishi, adabiy til me’yorlari va nutq uslublari haqida ma’lumot berish
hamda bular to‘g‘risida tushunchalar hosil qilish. 13. Punktuatsiya va intonatsiya,
ularning   yozma   va   og‘zaki   nutqni   ifodalashdagi   ahamiyati   haqida,
punktuatsiyaning   yozma   nutq   (matn   grammatikasi)   bilan,   intonatsiyaning   esa
og‘zaki nutq (matn ohangi) bilan aloqadorligi haqida ma’lumot berish: talabalarda
imloviy va ishoraviy savodxonlik masalalari hamda ko‘nikmalarini hosil qilish. 14.
Matn,   matn   turlari,   ulaming   tuzüishi   (grammatikasi)   va   matn   hosil   qiluvchi
vositalar va omillar haqida tushuncha berish. 15. Nutq madaniyatining üngvistik va
ekstraüngvistik omillari haqida tushuncha, malaka va ko'nikma hosil qilish .
            Nutq madaniyati inson umummadaniyatining bir qismi bo‘lib, fikrni adabiy til
me’yorlariga   muvofiq   to‘g‘ri,   erkin,   aniq,   mantiqan   izchil,   yoqimli   va   ta’sirli
bayon   qilishdir.   Nutq   madaniyati   deyilganda   tü   birliklaridan,   jumladan,   lug‘aviy,
grammatik   va   uslubiy   vositalardan   nutq   jarayonida   to‘g‘ri   va   o'rinli   foydalanish nazarda   tutiladi.   Nutq   madaniyati   kishidan   til   boyligini   —   lug‘aviy   birliklar,
grammatika,   orfoepiya,   orfograflya,   nutq   uslublari   va   ularning   har   biriga   xos
xususiyatlar   hamda   me’yorlami   yuqori   darajada   bilishni   talab   etadi.   Bundan
tashqari, nutq madaniyati kishining shaxsiy madaniy saviyasi bilan ham bog‘liqdir.
Shuni   ta’kidlash   kerakki,   til   mustaqilligisiz   mustaqil   davlatni   tasawur   qilib
bo‘lmaydi. Shu boisdan tilimiz jozibasi, tilimizning ijtimoiy hayotda tutgan o‘mi,
ahamiyati, nutq madaniyati, nutq nafosati to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarga ega b
o   ‘lishning   aham   iyati   benihoya   kattadir.   Nutq   madaniyatining   yana   bir   jihati
shuki, fikrni og‘zaki yoki yozma shaklda ifodalashda, albatta, mantiqiy izchilikka
rioya   qilish   muhimdir.   Lug‘aviy-grammatik,   uslubiy   me’yorlar   adabiy   tilning
hamma   ko‘rinishlari   uchun   xos   bo‘lsa,   imlo   va   tinish   belgilariga   oid   me’yorlar
adabiy   tilning   faqat   yozma   shakli   uchun,   to‘g‘ri   talafFuz   me’yorlari   esa   og'zaki
shakli   uchun   xos   bo‘ladi.   To‘g‘ri,   aniq,   ifodali   va   yoqimli   so'zlash   uchun   til
boyliklaridan   mazmunga   mos   so‘zni   tanlay   olish   qobiliyatini   takomillashtirish
zarur. Buning uchun so‘zni o ‘rinsiz takrorlamaslik, so‘z shaklini, gap turini to‘g‘ri
qo‘llash,   har   bir   uslubning   o'ziga   xos   belgi   va   mezonlarini   ongli   idrpk   qilish   9
maqsadga   muvofiqdir.   Nutq   madaniyati   so‘zlovchining   shaxsiy   madaniy   saviyasi
mezoni bo‘lganligi uchun kishidan katta mehnat talab etiladi. Buning uchun nutqda
xalq   maqoUaridan,   iboralardan   unumli   va   o‘rinli   foydalana   olish;   hadis,   hikmatli
so‘zlardan nutq jarayonida iqtiboslar keltira olish va ulaming mohiyatini tahlil qila
olish   mahoratini   takomillashtirish   lozim.   Yuristlar   esa   yuqorida   qayd   etilgan
ko‘rsatmalarga to‘la amal qilishlari bilan birga yuridik tilning barcha me’yorlari va
mezonlarini   zarur   darajada   o‘zlashtirishlari   maqsadga   muvofiqdir.   Yuristlar
qonunlar   matnlaridagi   yuridik   terminlar   mohiyatini   to‘g‘ri   anglab   yetishlari   va
ulami   o‘z   o‘mida   qo‘llashga   rioya   qilishlari   zarur.   Yuristning   nutq   madaniyati
tushunchasini yana quyidagicha izohlash o‘rinlidir: 1. Yuristning nutq madaniyati
yuridik   tilni,   uning   qonunqoidalarini   ongli   idrok   qilish   asosida   yurisprudensiya
doirasida  ifodali   nutq  tuza   olish  mahoratidir.  2.  Yuristning  nutq  madaniyati  faqat
to‘g‘ri nutq tuzish emas, balki uquvlilik hamda nutqiy chechanlikdir. 3. Yuristning
nutq   madaniyati   til   vositalaridan   o‘rinli   foydalangan   holda   huquq   sohasida maqsadga muvofiq so‘zlash va yoza olish san’atidir. 4. Yuristning nutq madaniyati
bu,   avvalo,   ravon   va   mazmunli,   oddiy   va   tushunarli   fikrlash   madaniyatidir.
Bo‘lajak yuristlarimiz nutq madaniyatining yuqorida eslab o‘tilgan talablariga har
doim   rioya   qilishlari   lozim.   Zero,   hoziigi   zamon   yuristlari   nutqning   ma’muriy-
buyruqbozlik usuli, djqpopisaga asoslangan “muomala madaniyati”dan emas, balki
til   madaniyatining   milliy   istiqlol   g‘oyalari   bilan   yo‘g‘rilgan   shakllaridan
foydalanmoqlari   zarur.   Zo‘ravonlikka   asoslangan   sobiq   sovet   tuzumida   huquqni
muhofaza   qilish   organlarida   faoliyat   ko‘rsatgan   aksariyat   xodimlaming   nutqida
qamataman, yo‘qotaman, urugt-aymogiingbilan quritvoraman kabi ko‘plab qo‘pol
so‘zlaming   qo‘llanilishi   huquqni   muhofaza   qilish   organlarining   faqat   jazolovchi
organ   bo‘lganligidan   dalolat   10   beradi.   Mustaqillik   esa   zamonaviy   yuristlaming
muomala   madaniyati,   nutq   madaniyatiga   ham   alohida   e’tibor   berishni   talab
etmoqda.   Lekin   hozirgi   kunda   ham   huquqni   muhofaza   qilish   organlarida   faoliyat
ko‘rsatayotgan   xodimlaming   nutqida   yuqoridagi   kabi   so‘zlar   uchrab   turishini
kuzatish mumkin. Buni oqlab bo‘lmaydi, albatta. Chunki huquqni muhofaza qilish
organlari   xodimlari   davlatning   ramzidir.   Ularning   muom   ala   m   adaniyati   yuqori
darajada   bo‘lishi   shart.   Prezidentimiz   tomonidan   huquq   madaniyatining   davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilganligi huquq madaniyati bilan uzviy bog‘liq b o 'lg an n
u   tq   m   adaniyatiga   b   o   ‘lgan   ijobiy   munosabatning   ham   yaqqol   ko‘rinishidir.
Odamiylikning   muhim   fazilatlaridan   biri   xushmuomalalik,   muloyimlikdir.   Bu
fazilatlar   bevosita   tilga,   so‘zga   bo‘lgan   munosabatda   namoyon   bo‘ladi.   Zero,
tilning   ko‘rki,   aqlzakovatning   ziynati   so‘zdir.   So‘z   muqaddas,   u   faqat   ezgullik,
yaxshilik uchun xizmat  qilishi  lozim. Yunon faylasuflarining ta’kidlashlaricha, til
har bir aql sohibi fazilati xazinasining kalitidir va har kishining bilimi, odobi uning
so‘zlaridan   yaqqol   bilinib   turadi.   Ayniqsa,   yuristlar   ijtimoiy   hayotda   ko‘pchilik
bilan   muloqotda   bo‘ladilar,   har   xil   toifadagi   kishilar   (guvohlar,   jabrlanuvchilar,
aybdorlar,   jinoyatchilar   va   b.)   bilan   ro‘baro‘   keladilar.   Tergov   va   sud   jarayonida
o‘ta   ehtiyotkorlik   ularning   tilga   bo‘lgan   munosabatida   yaqqol   namoyon   bo‘ladi.
Qolaversa, yuristlar faoliyatini rasmiy hujjatlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tergov
ishlari   bilan   bog‘liq   turli   bayonnomalami   to‘ldirish,   sud   hukmi,   ayblov   nutqini tayyorlash va boshqa rasmiy hujjatlami o‘ta savodxonlik bilan yozish ham ularning
til vositalaridan foydalana olish qobiliyatiga bog'liqdir. Demak, bo‘lajak yuristning
o‘zi mohir notiq, nutqi esa mantiqli va ta ’sirli bo‘lm og‘i davr talabi. Lekin hozirgi
kunda   yurisprudensiya   tarmoqlariga   oid   rasmiy   hujjatlami   davlat   tili   qonun-
qoidalariga   muvofiq,   adabiy   til   me’yorlariga   asoslangan   holda   tayyorlash   talab
darajasida   deb   bo'lmaydi.   Notarius   tomonidan   tuzilgan   oddiygina   «Hadya
shartnomasi»,   «Oldisotdi   shartnomasi»   kabi   rasmiy   hujjatlarda,   sud   hukmi
matnlarida   ham   imloviy   va   uslubiy   xatolar   uchraydiki,   hozirgi   sharoitda   bunga
befarq   qarab   bo‘lmaydi.   Shu   boisdan,   bo‘lajak   yuristlarning   nutq   madaniyatini
yuqori   darajaga   ko‘tarish   uchun   turli   mavzularda   yozma   ishlar,   xususan,   erkin
mavzularda   insholar   yozdirish   maqsadga   muvofiqdir.   Chunki   insho   inson
tafakkurini   shakllantiruvchi   asosiy   vositalardan   biri.   Insho   faqat   adabiy
qahramonlarga   beriladigan   tavsif   emas.   Balki   insho   talabaning   mustaqillik,
ma’naviyat,   milliy   mafkura,   milliy   istiqlol   g‘oyasi   to‘g‘nsidagi   dunyoqarashini
ham   shakllantiruvchi   vositadir.   Yozma   nutq   bilan   shug‘ullanmagan   talabaning
nutqi nochor, fikrlash qobiliyati past bo‘ladi. Yozma ish jarayonida talaba falsafiy
mushohada   qilishga,   fikrlashga   majbur   bo‘ladi.   Favqulodda   noyob   fikrlami   ijod
qilishga harakat qiladi, tug‘ilayotgan har bir fikr bilan so‘zlar uyg'unlashuvini hosil
qilishga imkoniyat qidiradi. Masalan, oqlovchi so‘ziga nisbatan advokat terminini
qo‘llash   adabiy   me’yor   ekanligini   his   etadi.   B   o‘lg‘usi   yuristlarim   izning   nutq   m
adaniyatini   takomillashtirish   uchun,   awalo,   siyosiy   mavzularda   erkin   insholar
yozdirish   (Masalan,   «Mustaqillik   —   huquq   demakdir»,   «Xavfsizlikka   tahdid
nima?», «Terroriim — o f at», «Inson huquqlari — oliy qadriyat» va h.k.), kichik
matnlar  mazmunini kengaytirib yozish, matnni islohlash  kabi mashqlami  qo‘llash
maqsadga   muvofiqdir.   Bunday   mashqlarbiiinchidan,   talabaning   fikrlash
qobiliyatini o‘stirishga yordam bersa, ikkinchidan, uning mantiqiy izchil jumlalar,
matnlar   tuza   olish   mahoratini   takomillashtiradi,   so‘z   tanlash   malakalarini
rivojlantiradi.   Talabalikning   dastlabki   davrlarida   aksariyat   talabalarda   mustaqil
jumlalardan matn tuza olish, bir fikrni ikkinchi fikiga bog‘lay olish malakalari sust
bo‘ladi.   So‘z   boyligi   nochor,   so‘z   qo‘llash   qobiliyati   rivoj   topmagan,   tuzayotgan jumlalari   g‘aliz   va   noravon   bo‘ladi.   Yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   yozma   ishlar
mashqlari   bu   kamchiliklami   bartaraf   etadi.   12   Bundan   tashqari,   Konstitutsiya,
kodekslar,   qonunlaming   moddalari   mazmunini   kengaytirib   yozish,   har   bir   modda
yuzasidan   mulohazalar,   izohlar,   sharhlar   tuzish   mashqlari   o'tkazish   bo'lajak
yuristlarning savodxon bo‘lib yetishuviga yordam beradi.
      Nutq til vositalari orqali so‘zlashish, muomala jarayonidir. So‘nggi yillarda nutq
kishilar til orqali bir-biri bilan muomala, aloqa qilishning usuli deb qaralishi  ham
fikrimizni   tasdiqlaydi.   Til   umumiylik,   nutq   esa   xususiylik   belgilari   bilan
farqlanadigan ijtimoiy hodisalar bo'lib, ikkalasi hamjamiyatga xizmat qiladi. Nutq
og'zaki va yozma ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Biroq nutqning bu ikki ko‘rinishi bir-
biridan   ba’zi   jihatlari   bilan   farqlanadi.   Og‘zaki   nutq   so‘zlovchi   —   prokuror,  sud,
advokat,   tergovchi   gapirib   turgan   lahzadagina   mavjud   bo‘ladi,   so‘zlash   jarayoni
tugashi   bilan   og‘zaki   nutq   ham   tugaydi.   Lekin   nutq   ta’sirida   berilgan   ma’lumot,
axborot, hukm tinglovchi ongida uzoq vaqtgacha saqlanishi, tinglovchi — aybdor,
guvoh,   sudlanuvchi   xulqiga,   qalbiga   ta’sir   etishi   tabiiy.   Og‘zaki   yuridik   nutq
xususiyatlari   quyidagi   me’yorlarga   asoslanadi:   22   1.   Og‘zaki   yuiidik   nutq
kommunikativ jarayon bilan bevosita bog'liq bo‘ladi. Og‘zaki nutq tezkorlik bilan
amalga oshadi, shuning uchun har qanday yurist ifodalayotgan fikriga mos so‘zni,
gapni   tanlay   olish   qobiliyatini   shakllantirib   borishi   maqsadlidir.   Ba’zan   sud
jarayonida prokuror, sud yoki advokat voqeiylikka, aytilishi lozim bo‘lgan fikrga,
hodisalarni   dalillashga   mos,   muvofiq   so‘z   topa   olmay   qoladi.   Og‘zaki   nutq
tayyorgarliksiz,   ya’ni   favqulodda   yuzaga   keladi,  shuning   uchun   kishi   o‘z   nutqida
voqeiylikdan   uzoqroq   so‘zni   ishlatib   yuborishi   ham   mumkin.   Natijada   aytilgan
nutq nishonga borib tegmaydi, ko‘zlangan maqsad amalga oshmay qoladi. Og‘zaki
nutq   jarayonida   odam   bir   vaqtning   o‘zida   fikrlaydi   hamda   so‘zlaydi,   shuning
uchun   voqelikka   mos   so‘zlami   tanlashga   deyarli   imkoniyat   bo‘lmay   qoladi.   2.
Og'zaki nutqda gap qurilishini aql nazorat qilib boradi. Bunda xotiraning roli katta.
Agar   xotira   sust   bo‘lsa,   og‘zaki   nutqda   gap   tuzilishi,   so‘z   birikmalari   o‘zaro
mantiqan   va   grammatik   jihatdan   bog‘lanmay   qoladi.   3.   Og‘zaki   yuridik   nutq,
asosan, tahrir imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. U qanday shaklda namoyon bo‘lgan bo‘lsa,   shundayligicha   tinglovchiga   yetib   boradi.   4.   Og‘zaki   yuridik   nutqda
takrorlar,   qaytariqlar   ko‘p   uchraydi.   5.   Og‘zaki   yuridik   nutqning   lug‘aviy   tarkibi
yozma   nutqqa   nisbatan   kam   bo‘ladi.   Olmoshlar,   yuklamalar,   modal   so‘zlar,   bosh
va   tushum   kelishigidagi   otlar   ko‘proq   ishlatiladi.   Og‘zaki   nutqda   ellipsisga   yo‘l
qo‘yiladi,   ya’ni   nutqning  tejamkor   bo‘lishi   uchun  ba’zi   gap  bo‘laklari   tushiriladi.
To'liqsiz   gaplar   ko‘p   qo‘llanadi.   6.   Og’zaki   yuridik   nutqda   so‘zlovchining   faol
nutqiy harakati pauza (to‘xtam), ohang, urg‘u, unlilaming cho‘zib talaffuz etilishi;
turli   xil   jest   (imo-ishora)lar,   mimika   (qiyofaning   o‘zgarishi)lar   fikrning
tinglovchiga   yetib   borishida   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Og‘zaki   nutqda
talaffuzning ahamiyati katta. Gapga ustaükni talafïuz ravonligidan ayricha tasawur
etib   bo‘lmaydi.   No‘noq   talafïuz   tergov   jarayonida,   sud   jarayonida,   ayniqsa,   sud
hukmi   o‘qilishida   noxush   vaziyatni   keltirib   chiqarishi   mumkin.   Sud   hukmi
o‘qilayotganda har bir so‘z, har bir termin yoki  har bir gap ravon talafïuz etilishi
shart. Toki o‘qilayotgan hukm davlat nomidan ifodalanayotgani aniq bilinib tursin.
Og‘zaki   nutqni   shakllantirish   va   takomillashtirisji   ko‘proq   yozma   nutqning
takomiliga   bogMiq.   Yozma   nutq   yuqori   darajada   b   o   ‘lmas   ekan,   og‘zaki   nutq
ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. Yozma nutqda esa til vositalarini tanlash va qo‘llashga
to‘liq imkoniyat bo‘ladi. Yozma nutqni xohlagancha tahrir qilish mumkin. Yozma
nutqda og‘zaki nutqdagi kabi hayajon bo‘lmaydi, notiq shoshilmasdan, o‘ylab nutq
tuzadi.   Shu   sababdan   ham   yozma   nutq   og‘zaki   nutqdan   ko‘ra   ravon,   aniq   va
izchilroq   bo‘ladi.   Har   qanday   nutqni   xoh   u   badiiy,xoh   u   ilmiy   yoxud   rasmiy
bo‘lsin   yozma   ravishda   ifodalash   insho   deyiladi.”Insho   notiqlik   san’atining   bir
qirrasi,   san’at   ichra   san’atdir”1.   Afsuski,   so‘nggi   yillarda   oliy   maktab   tizimida,
hatto   o‘rta   maktablarda   ham   inshoga   e’tibor   susaydi.Yuristlaming   yozma   ishlari
haqida  hech kim   o‘ylab  ham  ko‘rmadi. Yozma  nutqi  ravon  bo‘lmagan  yuristning
faoliyatini  tasawur  qilish  qiyin. Yozma yuridik nutq barqaror  va qat’iy bo‘ladi, u
har   doim  awaldan   o‘ylanadi   hamda  matnga  tushiriladi.  Taniqli  yuristlaming  hech
biii yozma nutqini takomillashtirmasdan yuqori martabaga erishmaganlar. Yozma
yuridik nutq og‘zaki yuridik nutqning rivojiga bevosita ta’sir etadi, asosan, og‘zaki
yuridik nutq yozma yuridik nutq asosida rivojlanadi.   Yozma mashqlar — bamisoli tafakkur   mashqlaridir.   Biror   voqeiylik   yoki   hodisa   to‘g‘risida   fikrlash   yozma
mashqlar orqali takomillashadi. Yozma nutq mashqlari muayyan mavzu doirasida,
aytaylik,   biror   bir   sodir   etilgan   jinoyatning   ildizlariga   yetib   borishda   bevosita
fikrlashga majbur etadi. Shu jarayonda yuristlar “Yetti o‘lchab bir kesish”ga amal
qiladilar. Yozma nutq bilan doimiy shug‘ullanadigan yurist doim o‘ylab gapirishga
odatlanadi.   Yurist   yozma   nutq   bilan   muttasil   shug‘ullanmas   ekan,   uning   yozma
nutqi   bilan   og‘zaki   nutqi   hech   ham   muvofiqlashmaydi.   Agar   sud   hukmi   yetarli
dalillanmasa,  sud tomonidan tayyorlangan hukmni  qayta ishlash,  qonun doirasida
qayta   pishitish;   izohlanmay   qolgan   o‘rinlar,   aniq   bo‘lmay   qolgan   holatlaming
mantiqan   izchil   bo‘lishi   uchun,   yanada   tushunarli   bo‘lishi   uchun   matnni   isloh
qilish   mumkin.   Bunday   isloh   qilish   yuridik   yozma   nutqning   tadrijiy,   ketma-ket,
tartibli   va   sifatli   bo‘lishiga   asoslangan   bo‘lib,   grammatik   qoidalar   bilan   amalga
oshadi.   Yuridik   yozma   nutqda   qiyoslash,   taqqoslash,   sabab-oqibat,   shart,
aniqlovchi kabi m unosabatlarni ifodalovchi qo‘shma gap turlaridan foydalaniladi.
Odatda,   protsessual   hujjatlar   tuzadigan   huquq-tartibot   organi   xodimi   o‘z   fikrini
yozma   ravishda   ifodalashdan   awal   nutq   predmetini,   obyektini   aniqlaydi,   ya’ni
yuridik   ishni   ochishda,   jinoyatni   adolatli   hal   qilishda   zarur   va   kerakli   m
a’lumotlarni to ‘playdi. Bunday protsessual  jarayonda yuristning huquqiy fikrlash
doirasi,   bilimi,   dalillami   isbotlash   darajasi,   yuridik   kasbiy   tayyorgarligi   katta
ahamiyat   kasb   etadi.   Qonun   doirasida   haqiqat   aniqlangach,   asosiy   fikr   yuridik
matn   sifatida   o‘z   in’ikosini   topadi,   matnning   shakllanishida   o‘zbek   yuridik   til
qonuniyatlari   asosiy   omil   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Matnni   tayyorlayotgan   huquq-
tartibot organi xodimi tergov natijalari yoxud hukm mazmunini to‘laqonli yoritish
uchun lisoniy konstruksiyalarga, yuridik terminlarni o ‘z o‘mida qo‘llashga alohida
ahamiyat beradi.

Mavzu: Yuristning nutq madaniyati fanining maqsad va vazifalari Reja: 1 .Huquq va til 2.Til va nutq 3.Nutq madaniyati tushunchasi

Har qanday ijtimoiy aloqa, flkrlashuv va muloqot, jumladan, barcha huquqiy munosabatlar ham til orqali namoyon bo‘ladi. Tilsiz fikrni ifodalash mumkin bo‘lmaganidek, til ham o‘z ifodasini flkrsiz shakllantira olmaydi. Binobarin, huquq insonlaming asosiy ehtiyojlari va manfaatlarini ta’minlaydigan, kafolatlaydigan vosita bo'lsa, til ana shu huquqning voqe bo‘lishida, reallashuvida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Huquqqa oid har qanday fikr, tushuncha, belgi, harakathodisa va munosabat so'zlarda o‘z ifodasini topadi, ya’ni so‘zlardan, iboralardan, atama va terminlardan tarkib topgan ifoda qolipiga, ifoda shakliga tushmaguncha munosabat, ijtimoiy aloqa, muomala (flkrlashuv) yuzaga chiqmaydi. Fikrning, xususan yuridik fikming voqeligi ham, mavjudligi ham tilda namoyon bo‘ladi. Tilsiz, so‘zsiz hech qanday aniq va tayyor holdagi yuridik fikr bo‘lmaydi. Yuridik tilda fikr so'zlar, terminlar va bular ishtirokida tuzilgan muayyan sintaktik qurilmalar - gap modellari orqaligina shakllanadi va nutqda o‘z ifodasini topadi: til huquqning «yashash» shartidir. Shuning uchun ham til va huquq jamiyatga xizmat qiluvchi ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifîy va ruhiy hodisalar hisoblanadi, til huquqqa ruh baxsh etadi. Darhaqiqat, til yuristning tafakkur yuritish quroli bo‘libgina qolmasdan, balki huquqqa oid o‘tmish bilimlami hozirgi avlodga yetkazish, huquqiy m e ’y o r la r bilan fuqarolarni tanishtirish quroli hamdir. Bugungi boy ma’naviy merosimiz bo‘lgan huquqqa oid barcha bilim va ta’limotlaming mavjudligi va «tirikligi» ham til tufaylidir. 13 Demak, huquq tarmoqlariga oid kashfiyotlaming sifati, qonunlaming ustuvorligi bevosita bamisoli ummon bo‘lgan til vositalaridan mohirona foydalanishga ham bog‘liqdir. Huquqiy demokratik jamiyatni shakllantirish sari amaliy qadamlar qo‘yilayotgan hozirgi jarayonda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, qonunlaming ustuvorligiga erishish, davlat boshqaruvining izchil va mukammal tizimini joriy etish bilan bog‘liq islohotlar ketayotgan bir paytda qonunlar tili va uslubi, yuridik terminologiya, yurisprudensiya tarmoqlariga oid darslik va qo‘llanmalarning «yangi avlodi»ni yaratish eng dolzarb masalalardan bo‘lib turibdi. M ustaqil davlatchiligim iz yanada takom illasha borayotganligi tufayli inson huquqlari bilan bog‘liq xilmaxil qonunlaming qabul qilinishi, o‘z navbatida, huquqqa oid minglab yangi

terminlaming yuzaga kelishiga ham sabab bo‘lmoqda, chunki ijtimoiy hayotda har qanday tushuncha yoki hodisaning tug‘ilishi uning in’ikosi sifatida terminlaming boyishiga sabab bo‘ladi. Biroq yuzaga kelayotgan huquqqa oid tushunchalar, tilda so‘z yoki termin sifatida o‘z in’ikosini topar ekan, ular m illiy tilning o ‘z qonuniyatlari asosida ifodalanmog‘i va shakllanmog‘i shart. Aytaylik, tanlanayotgan va kundalik muloqotga kirib borayotgan yuridik terminlar voqea- hodisa va belgi-tushunchaning aniq nom ini ifodalayaptimi, boshqa tillardan o'zlashayotgan terminlaming o‘zbek tilidagi muqobili adabiy til me’yorlariga muvofiq kelayaptimi yoki yo‘qmi? Bu masalalar yuristlar bilan filologlar hamkorligida o ‘zining aniq yechimini topsa, maqsadga muvofiq boiadi. Bo‘lajak yuristlarimizning davlatchilik, qonunchilik hamda yurisprudensiya tarmöqlariga oid bilimlami davlat tili zaminida, shu tilning o‘ziga xos qonuniyatlari, uslubiyati va terminologiyasi bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganmoqlari hayot taqozosidir. Davlatimizda huquqiy islohotlar o‘tkazilayotgan hozirgi sharoitda qonunlar tili va uslubi, huquq terminologiyasi muammolari hamda zamonaviy yuristning nutq madaniyati 14 masalalari muhim ahamiyatga ega. Har qanday islohotlar qonunlami o‘zgartirmasdan amalga oshirilmaydi, bu esa o‘zo‘zidan, yangi-yangi til birliklari (so‘z va terminlarning) va shakllaming rivoj topishi uchun zamin hozirlaydi. Qonun tilida noto‘g‘ri qo‘llanilgan birgina tovush, qo‘shimcha va so‘z, hatto, birgina tinish belgisi qo‘pol mazmuniy va uslubiy xatolami, nuqsonlami, g‘alizliklami keltirib chiqaradi. Masalan, Bu voqealaming barchasi menga yod. Bu voqealaming barchasi menga yot. Misolda keltirilgan yod va yot so‘zlari paronim, ya’ni talafïuzi va shakli bir-biriga yaqin so‘zlar bo‘lsa-da, ma’nolari har xildir. Ulaming o‘mini almashtirib qa‘llash gapning mazmunini tubdan o'zgartirib yuboradi. Yoki quyidagi misolga e’tibomi qarataylik: 1. 0 ‘lim yo‘q, shafqat. 2. 0 ‘lim, yo‘q shafqat. Ko‘rinib turibdiki birgina vergulning o‘mini almashtirish nafaqat uslubiy xato hisoblanadi, balki jinoyatni yuridik baholashda ham kechirib bo‘lmaydigan xatolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham yuristlarimiz tergov hujjatlarini yozishda, qonun loyihalarini tayyorlashda, sud hukmi matnlarini tuzishda o‘ta ziyrak va zukko, bilimdon va ehtiyotkor bo£lmoqlari lozim. Chunki

tergov, sud jarayoni bilan bog‘liq hujjatlar yoxud qonunlar moddalarining har birida inson taqdiri yotadi. Shunday qilib, huquq va til bir jarayonning ikki tom oni bo‘lib, huquq mazmun bo‘lsa, til o ‘sha mazmunning voqe bo‘lishidagi vositadir. Mazmun bilan shaklning uyg‘unlashuvi esa aql sohibining qobiliyatiga bog‘liq bo‘lad. Yuridik til va yuridik nutq to‘g‘risida fikr yuritishdan oldin til va nutq hodisalarining o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olish o‘rinli. Til va nutq bir-biridan farq qiladigan, lekin o‘zaro aloqador ikki ijtimoiy, ruhiy-ma’naviy hodisadir. Ya’ni til aloqa quroli, fikr bayon qilish vositasi bo‘lsa, nutq so‘zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shunday jarayon natijasida yuzaga keladigan faoliyatdir. Bu ikki hodisani qiyoslaganda oradagi farqlar yanada oydinlashadi. Ya’ni, bir auditoriyada yetmish talaba o ‘tirgan bo‘lsa, ularning gaplashadigan tillari bir bo‘lsa-da, lekin nutqlari yetmish xil bo'lishi tabiiy. Birining nutqi salohiyatli b o isa , ikkinchisiniki esa mutlaqo talab darajasida bo‘lmasligi mumkin. Til faqatgina aloqa vositasi bo'lib qolmasdan, balki dunyoni ko‘rish, eshitish, bilish, idrok etish vositasi hamdir. Bundan tashqari, tilning ruhiy va estetik hodisa ekanligini ham yoddan chiqarmasligimiz zarur. Til bamisoli — ummon. Unda barcha fikrlar uchun «libos» lar topiladi. Lekin tilning jozibasi, kamalak misol tovlanishi bevosita nutq orqali, nutq jarayonida yuz beradi. Ba’zan nutq jarayonida tilning jozibasi, jilolanishi, mo‘jizakorligi yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Shu bois, nutq sohibi so‘zlaming o‘z va ko‘chma ma’nolarini to‘la anglashi, har bir so‘zning uslubiy mezonlarini, ma’no qirralarini ongli idrok etishi talab etiladi. Zero, hazrat Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek, “Til muncha sharaf bila nutqning olati (quroli)dur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo‘lsa, tilning ofatidur”1. Tilni xalq yaratadi, nutq esa shaxsiy boylik sanaladi. Har kim o£z qobiliyati, so‘z boyligi, shaxsiy fikrlash layoqatiga qarab gap tuzadi va so‘zlaydi. Shuning uchun ham nutq oldiga nihoyatda ulug‘ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. Zero, nutq (so‘z) aqlning tarozisi, aqlning o‘lchovi. Darhaqiqat, nutqimizning salohiyati til qoidalarini yaxshi va zarur darajada bilishimizga bog‘liqdir.

Yurisprudensiya tarmoqlariga oid orfografik, leksik, grammatik va uslubiy xususiyatlar yuridik tildir. Taniqli huquqshunos olim, professor A.X.Saidov ta’kidlaganidek, “Yuridik til — ko‘pming yillik taraqqiyot va ko‘p avlodlar tajribasi mahsuli” 1. Huquq rivojlanishining tarixiy tajribalarini o‘zida mujassam qilgan yuridik til inkor etish mumkin bo'lm agan qadriyat, huquqiy madaniyatning ajralmas qismidir”2. Yuridik til adabiy tilning tarkibiy qismi, o ‘ziga xos ko‘rinishga ega til bo‘lib, asosan, qonunchilik va rasmiy doirada qo‘llaniladi. Ya’ni yuridik til o‘ziga xos lug‘aviy birliklari, gap qurilishi, uslubiy jihatlari hamda huquqqa oid tushunchalarni ifodalovchi terminlari bilan ajralib turadi. Barcha huquq manbalari yuridik tilda yoziladi. Tergov jarayoni, sud, advokat faoliyati, qonunlar ifodasi ham yuridik til asosida o‘z in’ikosini topadi. Yuridik til o‘z mohiyatiga ko‘ra bir necha turlarga, ya’ni qonun tili, ilmiy yurisprudensiya tili, sud tili, huquqshunospedagog tili, huquqshunos-publitsist tili, prokuror tili, advokat tili kabi guruhlarga bo‘linadi3 .Yurisprudensiya tarmoqlariga oid leksik- grammatik xususiyatlar umumiyligi bilan bir-biriga yaqin tursa-da, lekin o‘ziga xos xususiyliklaiga ham ega bo‘ladi. Masalan, fuqarolik sudi faoliyatida qo'llaniladigan (taraf, taraflaming tortishuvi, da Vo qo‘zg‘atish, hal qiluv qarori, d a ’voni ta ’minlash) term inlar jinoyat sudi faoliyatida qo‘llaniluvchi terminlar (firibgarlik, genotsid, nomusga tegish, terrorizm)dan tubdan farq qiladi. Badiiy uslub va so‘zlashuv uslubida badiiy obrazli so‘zlar, tasviriy vositalar, frazeologik birliklar keng qo‘llanilsa-da, biroq yuridik til rasmiy xususiyatga ega boMganligi uchun unda bunday til vositalarini qo‘llashga ehtiyoj tug‘ilmaydi. Chunki yuridik tilning birlamchi belgisi uning rasmiy bo‘yoqqa egaligidir. Q at’iylik, mantiqiylik, qisqalik, aniqlik kabi xususiyatlar yuridik tilning nufuzini belgilovchi me’yorlardir. Yuridik til har xil beo‘rin qaytariqlar, so‘z takrorlari, tushunilishi qiyin ifodalar hamda ortiqcha sifatlashlar, ko‘chma ma’noli so‘zlardan xoli bo‘lishi lozim. Ayniqsa, yuridik tilning tarkibiy qismi bo‘lgan qonun tili gap qurilishi jihatdan tushunilishi yengil bo‘lishi va oddiy fuqaro ham tez tushunib oladigan talablarga javob beradigan bo‘lishi shart. Ma’lumki, qonun — jamiyatni tartibga solib turuvchi vosita, u inson manfaatlari va ehtiyojlariga xizmat qiladi. Qonunning