ZAMONAVIY DEHQONCHILIK TIZIMI
ZAMONAVIY DEHQONCHILIK TIZIMI 1. Zamonaviy dehqonchilik tizimining mohiyati. 2. Hozirgi zamon dehqonchilik tizimlarining tarkibiy qismlari. 3. Zamonaviy dehqonchilik ekologiyasi.
1. Zamonaviy dehqonchilik tizimining mohiyati Bu tizim O‘zbekiston dehqonchiligining asosiy tizimlaridan hisoblanadi. So‘nggi yillarda respublikaning ijtimoiy-siyosiy yashash tarzidagi ro‘y byerayotgan tubdan o‘zgarishlar, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yuritishning turli shakllariga o‘tishni va dehqonchilik tizimini rivojlantirish hamda kelgusida yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Zamonaviy dehqonchilik fan va texnikaning yangi yutuqlaridan keng foydalanishga, ya’ni kimyolashtirish, mexanizatsiyalashtirish, melioratsiyalash, seleksiya, qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil etishtirishda zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish kabilarga asoslangan. O‘zbekiston turli tuproq-iqlim sharoitlari bilan bir qatorda namlik bilan etarli darajada ta’minlanmagan mintaqada joylashganligi bu mintaqada dehqonchilikni yuritishda turlicha yondashuvni taqozo etadi. Dehqonchilik tizimi fyermyer, dehqon va boshqa xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro raqobat va bozor sharoitida samarali va yashovchanlikka ega bo‘lishi zarur. Ma’lum hududda va ma’lum vaqt davomida tuproq, o‘simlik, iqlim, insonlarning agroishlab chiqarish faoliyatining o‘zaro munosabati zamonaviy dehqonchilik tizimining mohiyati hisoblanadi. Dehqonchilik tizimining asosiy maqsadi yu qori sifatli mahsulot bilan bir qatorda maksimal va barqaror hosil etishtirishdan iboratdir. Hosilning shakllanishi umumbiologik va dehqonchilik qonunlariga bo‘ysunadi. Ularning ta’siri, asosan, bevosita tuproq, ya’ni uning unumdorligi bilan bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun dehqonchilik tizimini yaratish va qo‘llashda tuproq unumdorligidan foydalanish va takror ishlab chiqarishning maksimal samarali shakllanish qonuniyatlarini hisobga olish va bilish zarur. Zamonaviy dehqonchilik tizimida tuproq va o‘simlikni bir butunligini ta’kidlagan holda, ya’ni barcha tizimning samaradorligini ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri yondashish zarur. Dehqonchilik tizimlarining barcha tarkibiy qismlari asosini bog‘lab turuvchi madaniy ekinlar hisoblanadi, ularning maksimal hosildorligi esa dehqonchilik tizimining to‘liq qo‘llanilishiga
bog‘liqdir. Ma’lum tuproq-iqlim sharoitlarida etishtirish uchun ekinlarni tanlash dehqonchilikning ixtisoslashuviga sabab bo‘ladi. Zamonaviy dehqonchilik tizimining dastlabki uslubiy asoslari – u tabiiy- hududiy tuzilishi va landshaftga mutlaqo mos kelishi hisoblanadi. Zamonaviy agrolandshaft – bu oddiy shakllangan tabiiy-hududiy kompleks bo‘libgina qolmay, balki u o‘zining tabiiy-qishloq xo‘jalik kelib chiqishi, fitotsenotik belgilari, ekologik holati kabi ko‘p tarkibli tuzilishga egaligi bilan ajralib turadi. Agrolandshaftlar tabiiy tuzilishlardan o‘zining aniq chegaralari bilan ajralib turadi. Dehqonchilik vazifasiga hududning tabiiy holatiga ko‘ra ekologik xavfsiz tizim va texnologik echimlar ishlab chiqish, har tomonlama o‘ylab ko‘rilgan an’anaviy agrotexnik, meliorativ, kimyolashtirish va mexanizatsiyalashtirish usullarini qo‘llash, tabiiy zahiralarni ortiqcha sarf bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi. Landshaftli dehqonchilikni rivojlanishining muhim elementlaridan biri – yer tuzish va yerdan foydalanishning maqbul (optimal) loyihalarini asoslash hisoblanadi. Agrolandshaftli yondashishda landshaft-texnologik konturlar (LTK) asosiy ahamiyatga egadir. Ularning chegaralariga ko‘proq ishlab chiqa-rish (yo‘llar, uzatish liniyalari va b.) va tabiiy muhofazalanuvchi (o‘rmonzorlar, suv kanallari va b.) infrastrukturalar chiziqli ko‘rinishlari mos keladi. Bularning barchasi fyermyer va dehqon xo‘jaliklarida yerlarni ishlatilishida katta ahamiyat kasb etadi. Agrolandshaftlar tarkibiga yerdan foydalanishning yeroziyaga va deflyasiyaga qarshi tashkillashtirish, tuproqqa mexanik ishlov byerishning maxsus usullari, injenyerlik inshootlari, har bir tabiiy yer uchastkalaridan ularning ekologik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda foydalanish kabilar kiruvchi tuproq himoyalovchi-meliorativ inshootlar alohida ahamiyatga egadir. 2. Hozirgi zamon dehqonchilik tizimlarining tarkibiy qismlari Hozirgi zamon dehqonchilik tizimi ma’lum tarkibiy qismga, ya’ni tashkiliy va agrotexnika tadbirlari majmuasiga asoslangan bo‘lishi taqozo etiladi. Zamonaviy dehqonchilik tizimlari quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
Xo‘jalik yerlarini hududiy tashkillashtirish va almashlab ekish. Tuproqqa ishlov byerish tizimi. O‘g‘itlash tizimi. Meliorativ chora-tadbirlar. Suv va shamol yeroziyasidan tuproqni himoyalash bo‘yicha kompleks chora- tadbirlar. Begona o‘tlar va kasallik qo‘zg‘atuvchilar, zararkunandalarga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi. Etishtiriladigan ekinlarning urug‘chiligi. Etishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarining intensiv texnologiyalari. Qishloq xo‘jaligi mashinalari tizimi. Atrof-muhit muhofazasiga oid chora-tadbirlar tizimi. Xo‘jalik yerlarini hududiy tashkillashtirish va almashlab ekish. Bunda dalalar maydoni, chegarasi, bog‘lar, ihota polasalari, suv havzalari, o‘zlashtiriladigan yangi yerlar, yaxshilanadigan ekinzorlar hamda almashlab ekish va ekinlarni joylashtirish va hokazolar aniqlanadi. Ma’lumki, maydonlarning bir xil kattalikda chegaralanishi har yili maydonlarda zarur ekinlar strukturasi bulishini ta’minlaydi, ekinlarni ilmiy asosda navbatlab ekish esa tuproq unumdorligini uzluksiz oshiradi. SHuning uchun har bir fyermyer xo‘jalik sharoitiga moslab, mustaxkam oziq-ovqat bazasini barpo etishga hamda tuproq unumdorligini muttasil oshirib borishga imkon byeradigan almashlab ekish sxemasini joriy etish yo‘li bilan dehqonchilik madaniyatini oshirish zarur. Har gektar yer hisobiga arzon va eng ko‘p miqdorda qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish uchun qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda ixtisoslashtirish kyerak. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni ixtisos-lashtirish va konsentratsiyalash agrotexnika nuqtai nazaridan, maydonlarni tashkil etishni yanada rivojlantirishni, qisqa rotatsiyali almashlab ekishni, ya’ni ekinlar strukturasini takomillashtirishni taqozo etadi. Bunda almashlab ekish o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi, balki ixtisoslashtirishga ko‘ra, u ekinlar bilan to‘ldiriladi.
Tuproqqa ishlov byerish tizimi. Fyermyer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jalik texnikasi va mexanizator kadrlar etarli bo‘lishi kyerak. SHundagina yerlarni o‘z vaqtida va sifatli ishlash hamda boshqa dala ishlarini keng ko‘lamda mexanizatsiyalashtirish mumkin bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish qishloq xo‘jaligidagi yutuqlarida asosiy yo‘nalishdir. Yerni ishlaganda ba’zi maxsus qurollar alohida-alohida bajariladigan bir nechta opyeratsiyani (haydash, kul ь tivatsiyalash, boranalash, tekislash, molalash va hokazolarni) bir yurishda bir yo‘la bajaradi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tuproq unumdorligini oshirish va ekinlardan yuqori hosil olishda yerni kombinirlangan usulda ishlash eng foydali agrotexnika tadbiri hisoblanadi. O‘g‘itlash tizimi. Ekinlardan yuqori va mo‘ljaldagi hosilni olishda organik, mahalliy va minyeral o‘g‘itlarni to‘plash, saqlash, ishlatish bo‘yicha aniq ishlab chiqilgan reja, ya’ni o‘g‘itlash tizimi bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, o‘g‘it ekinlar hosilini va tuproq unumdorligini oshirishda asosiy omil hisoblanadi. Paxta etishtirish texnologiyasini yaxshilash va o‘g‘itlardan foydalanishni takomillashtirish paxta hosilini 45-46 % ga oshirish imkonini byeradi. Organik, minyeral va boshqa o‘g‘itlarni birga qo‘shib to‘g‘ri ishlatish zarur, chunki organik o‘g‘itlar tuproqni chirindi va oziq moddalar bilan boyitishda asosiy manba bo‘lishi bilan bir qatorda har xil patogen mikrofloradan xoli etishda va uning tabiiy xossalari hamda boshqa xususiyatlarni yaxshilashda muhim omil hisoblanadi. Minyeral o‘g‘itlar esa asosan madaniy o‘simliklar uchun oziq moddalar manbai hisoblanadi. Almashlab ekish dalalari bo‘yicha har bir ekin va boshqa ekinzorlar uchun alohida-alohida o‘g‘itlash tizimi ishlab chiqilishi zarur. U har tomonlama samarali va ilmiy asoslangan bo‘lishi kyerak. Har bir dala yerining tipiga ko‘ra o‘g‘it me’yori va ularning nisbati to‘g‘ri belgilanishi katta ahamiyatga ega. O‘g‘itlarni ishlatishda agrokimyo kartogrammasiga va agrokimyoviy tavsiyanomalarga katta e’tibor byerish kyerak. Meliorativ chora-tadbirlar tizimi. Bu tadbirlar yerni tubdan yaxshilashga qaratilgan. Bular sug‘orish, yerning zaxini qochirish, yuvish, kollektor-drenaj