Zamonaviy kompyuter matematikasining Mathematica, Matchad, Maplellarni rivojlanish tendensiyalari va taraqqiyot yo’nalishlari
Zamonaviy kompyuter matematikasining Mathematica, Matchad, Maplellarni rivojlanish tendensiyalari va taraqqiyot yo’nalishlari Reja: 1. Zamonaviy kompyuter matematikasi haqida umumiy tushuncha; 2. Mathematica va uning kompyuter algebrasida tutgan o’rni; 3. Mathcad va uning ishchi oynasi; 4. Maple va uning ishchi oynasi.
1.Zamonaviy kompyuter matematikasi haqida umumiy tushuncha. Keyingi yillarda kompyuter matematikasi tizimlari( Maple, Matlab, Mathcad va h.k.) qo'llanilmayotgan sohalami topish juda qiyin . Hozirgi kunda turli xarakterdagi boshqaruv tizimlarini modellarini qurish va ularni elektron hisoblash mashinalarida tadqiq qilish "Avtomatlashtirish va boshqaruv" yo'nalishidagi fanlarning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki. kompyuter texnologiyasiniiig rivojlanishi bilan murakkab tizimlarni tadqiq qilishda mashinali modellash usuli eng samarali va bu usulining yordamisiz texnika va texnologiyaning ba'zi muammolarini hal etish qiyinlashib qoldi. Shu sababdan muhandis-texnologlarni tayyorlashdagi dolzarb masalalardan biri - matematik modellashtirish nazariyasining asoslarini va usullarini o'zlashtirish hisoblanadi. Bu masala nafaqat o’rganilayotgan obyektlarning modellarini qurish, ular dinamikasini tahlil qilish va model bilan mashinali eksperimentni boshqarish imkonini beradi, balki o'rganilayotgan tizimlarga yaratilayotgan modellarining monandligini ma’lum miqdorda qo’llanish chegarasida fikr yuritish mumkinligi hamda zamonaviy hisoblash texnika vositalarida tizimlarning modellashni to'g'ri tashkil qilish imkonini beradi. Shu kunlarda rivojlangan mamlakatlarda muhandislar. texnologlar aniq fanlar mutaxassislari o’zlarining ilmiy tadqiqotlarida zamonaviy dasturiy tizimlar - Mathematica. Mathcad. Maple. Matlab ning imkoniyatlaridan unumli foydalamnoqdalar. Jahonning yetakchi universitetlari o'zlarining o'quv jarayonlariga bu tizimlarni keng ko'lamda joriy qilganlar. Hozirgi kunda amaliy masalalarni sonli va analitik yechishda Mathematicadan tashqari Maple, Mathcad, Matlab, Derive, Statistica va shunga o'xshash dasturiy tizimlar ham keng qo'llanilmoqda. Foydalanuvchi oldida, tabiiyki, quyidagicha savol paydo bo'ladi: «Mavjud tizimlardan qaysi biridan qanday sharoitda foydalanish maqsadga muvofiq?»
Ushbu savolga javobni quyidagi jadvaldan ko'rish mumkin: N Dasturiy tizim Vazifa va imkoniyatlari Kamchiliklari 1 Derive 4.01| 4.11 O’rta maktab o’quvchilari va oily o’quv yurt boshlang’ich kurs talabalri uchun mo'ljallangan. l)Funksional dasturlashni o'rganish imkoniyatining mavjudligi; 2)Uncha murakkab bo'lmagan analitik hisoblashlarni bajarish mumkinligi; 3)Barcha buyruqlarini rus tiliga o'girilganligi. 1 ) Operatorli dasturlash imkoniyatini mavjud emasligi; 2 )Maxsus funksiyalarning qiymatlarini analitik hisoblash imkoniyatini yo'qligi. 2 Mathcad 8| 2000 l)Grafiklar qurush imkoniyati juda ajoyib bo'lib, foydalanuvchi bilan muloqot muhiti namunali yo'lga qo'yilgan; 2)Ma'lumotlarni palitralar vositasida kiritish imkoniyatini mavjudligi; 3)Operator va funksiyalarni o'rinli tanlanganligi; 4)Bu sohada adabiyotlarni yetarli darajada mavjudligi. l)Analitik hisoblashlar imkoniyatini chegaralanga nligi; 2)Dasturlash tilining soddaligi va imkoniyatini Chegaralanganligi; 3)EHMda katta resurslarni talab qilinishi; 4)Ruslashtirilgan a'lumotlar tizimini mavjud
emasligi. 3 Maple V R4| R5|R6I l)Universitetlarning yuqori bosqich talabalari va ilmiy rexnik hiblashlarga mo'ljallangan; 2)3000 taga yaqin analitik hisoblashlarni bajarishga mo'ljallangan funksiyalari va buyruqlari mavjud; 3)Ma ’ lumotlar tizimi juda qulay shaklda tashkil etilgan; 4)Hujjatlarni yuqori saviyada formatlash imkoniyati mavjud. l)Tovushlarni sintez qilish imkoniyatining yo'qligi; 2)Katta hajmda EHM re-surslarini talab qilinishi; 3)Yuqori malakali mutaxassklarga va matematiklarga mo’jallanganligi. 4 Mathematica -4|5 l)Universitetlarning yuqori bosqich talabalari va ilmiy texnik hisoblashlarga mo'ljallangan; 2) Turli platformadagi EHMlarga mo 'ljallanganligi; 3)Tovushlami sintez qilish imkoniyatining mavjudligi; 4) Ma'lumotlar tizimi juda qulay shaklda taslikil etilgan; 5) Hujjatlarni yuqori l)Katta hajmda EHM re- surslarini talab qilinishi; 2)Yuqori malakali mutaxas- sislarga va matematiklarga mo'ljallanganligi.
saviyada formatlash imkoniyati mavjud. 2.Mathematica va uning kompyuter algebrasida tutgan o’rni. M athematical integrallashgan sistemasi hozirgi kunda mavjud kompyuter dasturlari orasida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Mathematica sistemasining 4(2000 yil)- va 5(2003 yil) - variantlari o'zlarining qulay va tushunarli interfeysi (foydalanuvchining muloqot muhiti) va turli-tuman xarakterdagi hisoblash jarayonlariga qo’llanilish imkoniyatining mavjudligi bilan o'zlarining oldingi avlodlaridan keskin farq qiladi. Keyingi 20 yil ichida Mathematica sistemasi takomillashib juda katta muvaffaqqiyatlarga erishdi. Shu kunlarda muhandislar. iqtisodchilar. aniq fanlar mutaxassislari o’zlarining ilmiy tadqiqotlarida Mathematica dasturiy sistemasining imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqdalar. Jahonning yetakchi universitetlari o'zlarining o’quv jarayonlariga bu sistemani keng ko'lamda joriy qilganlar. O'rta umumiy ta'lim o’quv yurtlarida Mathematica dasturiy sistemasini o'quvchilarga aniq fanlarni o’qitishda muvaffaqiyatli qo'llamoqdalar. Mathematica sistemasi va kompyuter algebrasi tizimlari orasida tutsan o'rni. Amerika Qo'shma Shtatlarining Wolfram Research. Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan Mathematica tizimi fizik olim Stefan Volfram tomonidan 1987 yilda taklif etilgan bo'lsada, 1988 yilda Mathematica tizimining l-lahjasi(versiyasi) jamoatchilik hukmiga havola etildi. Mathematica dasturiy tizimi Amerika jamoatchiligi tomonidan shu yilda, ya'ni 1988 yilda yaratilgan buyuk texnik va matematik kashfiyotlarning 10 tadan bittasi sifatida qayd etilgan. Mathematicaning dastlabki varianti asosan