logo

Abdulhamid Cho‘lpon hayoti va ijodi

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

502.43359375 KB
Abdulhamid Cho‘lpon hayoti va ijodi
“ Kecha va Kunduz” romani              Abdulhamid  Sulaymon 
o‘g‘li Cho‘lpon 1897-yil Andijonda 
tug‘ilgan.  Dastlab,  madrasada 
(1908-1912),  so ngra  rus-ʻ
tuzem  maktabida  (1912-1914) 
o qigan.  Sharq  mumtoz 	
ʻ
shoirlari  asarlarini  mutolaa 
qilish  va  jadid  matbuotini 
kuzatish  yo li  bilan  adabiy, 	
ʻ
ijtimoiy-siyosiy  bilimini 
oshirgan.              1914-yil  Toshkentga  kelib,  „ Sadoi   Turkiston “  	gazetasi  bilan 
hamkorlik  qilgan.	
  „ Yangi   Sharq “ ,	  „ Ishtirokiyun “  	(1920-yildan	  „ Qizil  
bayroq “ , 
1922-yildan	
  „ Turkiston “ )  gazetasida  adabiy  xodim  (1919-1923),  Xalq 
maorif  komissarligi  qoshidagi  Ilmiy  kengash  (1921-yildan  O lka  o zbek 	
ʻ ʻ
bilim  hay ati,  1922-yildan  Ilmiy  hay at)da  rais  (1920-1923),	
 	ʼ ʼ „ Buxoro  
axboroti “  
gazetasida  muharrir  (1921-1922),	  „ Turon “  	teatrida  direktor 
(1921;  1922-1923),	
  „ Mushtum “  	jurnali  va	  „ Darxon “  	gazetasida  texnik 
muharrir,  adabiy  xodim  (1922-1923),  O zbek  drama  studiyasi  (	
ʻ Moskva , 
1924-1927)  va	
  O zbek	ʻ   davlat  drama  teatrida  	adabiy  emakdosh 
(1927-1931),	
  SSSR  	XKS va Sharq xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon 
(Moskva,  1931-1934),  „Mushtum“  va	
  „ Guliston “  	jurnallari  hamda 
„Teatru“ gazetasida adabiy xodim sifatida o‘z faoliyatini olib borgan.              «Kecha va kunduz» romaniga tugal badiiylik baxsh etgan eng muhim omil shundaki, 
Cho‘lpon  xalq  hayotining  badiiy  tahlilini  ham,  ijtimoiy  hayot  haqidagi  o‘zining 
mulohazalari va xulosalarini ham biron o‘rinda yalang‘och aytishga urinmaydi – bularning 
bari romanda jonli odamlar, ularning taqdiri, xarakterlari mantiqi vositasida ochiladi». Bir qancha zabardast adabiyotshunoslarimiz 
Cho‘lpon va uning ijodi haqida fikrlar 
bildirishgan
Ozod Sharafiddinov
O‘zbekiston qahramoni              «Cho‘lponning  ulug‘vorligi  shundaki,  u  XX  asr  o‘zbek 
adabiyotini  yangi  pog‘onaga  ko‘tarib,  o‘zbek  adabiy  tilining 
shakllanishi  va  ravnaq  topishiga  ulkan  hissa  qo‘shibgina  qolmasdan, 
xalqda  «Vatan»,  «Millat»,  «Istiqlol»  tushunchalarining  teran  ma’no 
kasb  etishiga  ham  mislsiz  darajada  katta  ta’sir  ko‘rsatdi.  O‘zga  so‘zlar 
bilan  aytganda,  u  xalqda  hurriyat  tuyg‘usini  uyg‘otdi,  uning  ko‘zidagi 
g‘aflat  pardasini  olib  tashladi,  unda  Vatanga  muhabbat,  kelajakka 
ishonch  hislarini  tarbiyaladi.  Uning  fuqarolik  jasorati  xuddi 
shundadir».
Naim Karimov 
Akademik              «Milliy  adabiyotimizda  zamonaviy  nasrchilik  endigina  shakllanayotgan  pallada  ijod  qilgan  Cho‘lponning 
ijodiy izlanishlari nasrimizning poetik arenasini boyitishga sezilarli hissa bo‘lib qo‘shildi. Cho‘lpon o‘z ijodi  bilan 
nasriy  janrlarning  turfa  imkoniyatlarini  namoyon  qildi,  turli  poetik  usul  va Abdulhamid  Cho‘lpon  (1898–1938)  36 
vositalarni dadil tajriba qilib, ularning milliy adabiyotimizda o‘zlashib qolishiga puxta zamin hozirladi».
Dilmurod Quronov
Adabiyotshunos olim              “ Kecha va Kunduz” romani haqida
Abdulhamid  Cho‘lpon  adabiy  merosining  ma’lum  qismini  nasriy 
asarlar  tashkil  etadi.  O‘z  davri  adabiy  hayotida  shoir  sifatida  tanilgan 
Cho‘lpon  she’rlar  bilan  birga  «Qurvoni  jaholat»,  «Qor  qo‘ynida  lola», 
«Novvoy  qiz»,  «Oydin  kechalarda»  kabi  hikoyalar  yozadi.  30-yillarda 
«Kecha  va  kunduz»  romani  ustida  jiddiy  ishlaydi.  Adib  bu  asarni, 
nomidan  ma’lum  bo‘lganidek,  ikki  qismli  qilib  yozishni  rejalashtiradi. 
1936-yil  romanning  birinchi  qismi  alohida  kitob  shaklida  bosilib  chiqdi. 
Ikkinchi  qismining  taqdiri  noma’lumligicha  qoldi.  Adib  qatag‘onidan 
keyin  uning  boshqa  ijod  namunalari  kabi  ushbu romanni  ham uzoq  yillar 
o‘quvchilar  nazaridan  berkitildi;  uni  o‘qish  taqiqlandi.  Oradan  yarim  asr 
o‘tgach, kitobxonlar e’tiboriga qayta taqdim etildi.              Mustaqillik  yillarida  roman  adabiyotshunos  olimlar  tomonidan  jiddiy  o‘rganildi.  «Kecha  va  kunduz» 
romani Cho‘lpon ijodiy biografiyasida ham, o‘zbek romanchiligi tarixida ham alohida o‘rin tutadi. Chunki bu 
asarda Cho‘lponning hayotda orttirgan bilim va tajribalari, she’riyat va dramaturgiya sohasida erishgan badiiy 
mahorati  jamlandi.  Shuning  uchun  romanni  o‘qiganda  uni  shoirona  ko‘ngil  egasi  yozgani,  ko‘p  o‘rinlarda 
yozuvchining lirik kayfiyati yaqqol sezilib turadi.              Cho‘lpon  XX  asr  boshlaridagi  Turkiston  ijtimoiy  muhiti,  xususan,  chorizmning  bosqinchilik  siyosatining  ichdan  yemirilib  borayotgani,  mahalliy 
amaldorlarning  razil  qilmishlarini  real  aks  ettiradi.  Muallif  millatparvar  adib  sifatida  o‘zbek  xalqining  turmushida  boshlangan  ijtimoiy-siyosiy,  ma’naviy  ma’rifiy 
o‘zgarishlarni, yuragini o‘rtagan hayotiy muammolarni zo‘r mahorat bilan bayon etadi. Asar boshidagi oddiy bir oilaning ma’naviy muhit tasviri bora-bora romanning 
badiiy  matni  mohiyati-negizida  o‘zlik  va  dunyoni  anglash,  ma’rifat  va  hurlik  kabi  millat  taqdiriga  bog‘liq  haqiqatlar  bilan  uyg‘unlashib  ketadi.  Nasriy  asarlarda 
ijodkorning  tasvirlanayotgan  voqea-hodisalarga  nisbatan  nuqtayi  nazari  muhim  sanaladi.  Bu  jihat  muallifning  bosh  badiiy  g‘oyasi  uchun  xizmat  qiladigan  obrazlar 
tizimida,  yaqin  tarixdagi  ijtimoiy  tuzumga  tegishli  masalalarning  badiiy  muhokama  qilinishida  ko‘rinadi.  Shunga  ko‘ra  romanni  to‘liq  o‘qigan  o‘quvchi  e’tiborga 
molik bir qancha o‘ziga xos badiiy qahramonlarni juda yaxshi eslab qoladi.              “ Kecha va 
Kunduz” romani 
asosida bir necha 
qismlardan iborat 
badiiy film ham suratga 
olingan                Asar bir qancha tillarga jumladan ingliz, 
nemis, rus tillariga ham tarjima qilingan
Asar ingliz tiliga amerikalik olim 
Kristofer Fort tomonidan tarjima qilingan              Savol va topshiriqlar:
1. Cho‘lpon ijodi va uning nasriy asarlariga qisqacha izoh bering. 
2. «Kecha va kunduz» romanida qaysi davr voqealari bayon 
qilinadi? 
3. Cho‘lpon ilk bahorni qanday tasvirlaydi? Adibning badiiy 
mahoratiga baho bering. 
4. Zebi tarbiya topgan oilaviy muhitni tavsiflang. 
5. Razzoq so‘fi tabiatiga xos jihatlar qanday obrazli ifodalar bilan 
tasvirlangan? 
6. Zebining ota-onasiga xos bo‘lgan sifatlarni o‘zaro qiyos lang. 
Fikrlaringizni matndan misollar keltirib izohlang.              E’tiboringiz uchun rahmat

Abdulhamid Cho‘lpon hayoti va ijodi “ Kecha va Kunduz” romani

Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 1897-yil Andijonda tug‘ilgan. Dastlab, madrasada (1908-1912), so ngra rus-ʻ tuzem maktabida (1912-1914) o qigan. Sharq mumtoz ʻ shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yo li bilan adabiy, ʻ ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan.

1914-yil Toshkentga kelib, „ Sadoi Turkiston “ gazetasi bilan hamkorlik qilgan. „ Yangi Sharq “ , „ Ishtirokiyun “ (1920-yildan „ Qizil bayroq “ , 1922-yildan „ Turkiston “ ) gazetasida adabiy xodim (1919-1923), Xalq maorif komissarligi qoshidagi Ilmiy kengash (1921-yildan O lka o zbek ʻ ʻ bilim hay ati, 1922-yildan Ilmiy hay at)da rais (1920-1923), ʼ ʼ „ Buxoro axboroti “ gazetasida muharrir (1921-1922), „ Turon “ teatrida direktor (1921; 1922-1923), „ Mushtum “ jurnali va „ Darxon “ gazetasida texnik muharrir, adabiy xodim (1922-1923), O zbek drama studiyasi ( ʻ Moskva , 1924-1927) va O zbek ʻ davlat drama teatrida adabiy emakdosh (1927-1931), SSSR XKS va Sharq xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon (Moskva, 1931-1934), „Mushtum“ va „ Guliston “ jurnallari hamda „Teatru“ gazetasida adabiy xodim sifatida o‘z faoliyatini olib borgan.

«Kecha va kunduz» romaniga tugal badiiylik baxsh etgan eng muhim omil shundaki, Cho‘lpon xalq hayotining badiiy tahlilini ham, ijtimoiy hayot haqidagi o‘zining mulohazalari va xulosalarini ham biron o‘rinda yalang‘och aytishga urinmaydi – bularning bari romanda jonli odamlar, ularning taqdiri, xarakterlari mantiqi vositasida ochiladi». Bir qancha zabardast adabiyotshunoslarimiz Cho‘lpon va uning ijodi haqida fikrlar bildirishgan Ozod Sharafiddinov O‘zbekiston qahramoni

«Cho‘lponning ulug‘vorligi shundaki, u XX asr o‘zbek adabiyotini yangi pog‘onaga ko‘tarib, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va ravnaq topishiga ulkan hissa qo‘shibgina qolmasdan, xalqda «Vatan», «Millat», «Istiqlol» tushunchalarining teran ma’no kasb etishiga ham mislsiz darajada katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘zga so‘zlar bilan aytganda, u xalqda hurriyat tuyg‘usini uyg‘otdi, uning ko‘zidagi g‘aflat pardasini olib tashladi, unda Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch hislarini tarbiyaladi. Uning fuqarolik jasorati xuddi shundadir». Naim Karimov Akademik