Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon
Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon (1897-1938)
Muhabbat osmonida go‘zal Cho‘lpon edim, do‘stlar…
Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 1897-yilda Andijon shahrining Qatorterak mahallasida tug‘ildi. • Uning otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o‘g‘li Andijonning obro‘li kishilaridan bo‘lib, savdogarchilik bilan shug‘ullanar edi. U zamonasining o‘qimishli kishilaridan hisoblanar, o‘zi ham she’rlar yozib turardi. O‘sha davrda bo‘lajak shoirning otasi o‘zi yozgan hajviy she’rlardan devon tuzganligi haqida ma’lumotlar bor. “Rasvo” taxallusi bilan ijod qilgan.Z i y o l i o t a
Ta’l im • Cho'lpon madrasa tahsilini ko'rgach, 1912-1914- yillarda rus-tuzem maktabida o'qidi. Shu vaqtda „Tarjimon" gazetasi va „Oyna" jurnaliga xabar va she'rlar yo'llab turdi. • 1914-yilda „Sadoyi Turkiston" gazetasida Cho'lponning “Turkistonli qardoshlarimizga” she'rining e'lon qilinishi esa o'z mavzusiga ega, o'zbek xalqining taqdiri ustida kuyinayotgan shoirning dunyoga kelganidan darak berdi.
Cho`lpon – tong yulduzi! • Holbuki, u bu vaqtda endigina 16 yoshga kirgan yigitcha bo`lib, Munavvar qori unga bejiz Cho'lpon — Tong yulduzi , degan taxallus bermagan ekan.• Cho'lpon “Sadoyi Turkiston” gazetasida “Qurboni Jaholat” va “Do'xtur Muhammadyor” hikoyalarini hamda “Yozg'uvchilarimizga”, “Adabiyot nadur?” maqolalari (1914-yil) ni e'lon qildi.