ADVOKATLIK FAOLIYATIDA MEDIATSIYA
“ ADVOKATLIK FAOLIYATIDA MEDIATSIYA VA MEDIATIV YONDASHUV”
Advokatura fuqarolik jamiyatinining asosiy va muhim institutlaridan biri bo‘lib, uning zimmasiga yuridik va jismoniy shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq muhim konstitutsiyaviy vazifa yuklatilgan. Mamlakatimizda advokaturaning huquqiy maqomi eng avvalo O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qat’iy mustahkamlab qo‘yildi. Shu bois, mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining dastlabki yillaridanoq advokatura institutini isloh qilish, umume’tirof etilgan demokratik prinsiplarga asoslangan kuchli, mustaqil advokatura tizimini barpo etishga alohida va doimiy e’tibor qaratildi.Tadqiqot mavzusining asoslanishi va dolzarbligi
Suddan tashqari yarashuv instituti mediatsiyani rivojlantirishning muhimligiga aniq ehtiyoj borligiga qaramasdan, yuridik universitetlar dasturlarida nizolarni hal qilishning muqobil usullarini o‘rganish darsliklari mavjud emas. Bugungi kunga kelib, fuqarolik- huquqiy va iqtisodiy-huquqiy munosabatlar sohasiga oid mediatsiyaning fuqarolik va iqtisodiy protsessual qonunchiligida har jihatdan o‘rganishlar ishlarining natijalari mavjud, nazariy va amaliy jihatdan, qiyosiy huquqiy jihatdan, bir qator nashrlar va dissertatsiya ishlarida mediatsiyaga qiziqish ortmoqda. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi
Tadqiqot ob’ekti mediatsiya institutini nazariy o‘rganib tahlil qilish, rivojlanishini va takomillashuvini o‘rganish, advokatlik faoliyatida nizo va kelishmovchiliklarni hal qilishning muqobil usuli sifatida advokat- mediatorning mediatsiya tartibida ishtirok etishidir. Tadqiqot predmeti bo‘lib, advokat-mediatorning faoliyati va ish yuritishda ishtirok etishining huquqiy holati, mediatsiyada ishtirok etishning shakli va turi, sud muhokamasida mediatorning hujjatlari sud muhokamasi taraflarining kelishuv yo‘li orqali hal qilish yo‘lida choralar ko‘rishi uchun yozma dalili sifatidagi protsessual ahamiyatga ega. Tadqiqot ob’ekti va predmeti
Tadqiqotning maqsadi mediatsiya jarayonida advokat-mediatorning nizolarni va kelishmovchiliklarni hal qilishning muqobil usuli sifatida ishtirok etishini takomillashtirishga nisbatan ilmiy yondashuv olib borish, huquqiy nizolarni hal qilishning samarali usuli sifatida mediatsiya tartib-taomilini tashkil qilish va qo‘llash, mediatsiya jarayonini hujjatlashtirishni va uni advokatlik faoliyatiga integratsiyalashini o‘rganib, yarashuv to‘g‘risidagi ish yuritish tartibini belgilovchi qonun normalarini yanada mukammal bo‘lishiga erishishdan iborat. Tadqiqot maqsad va vazifalari