logo

Al-Buxoriy

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

507.5 KB
Imom al-Buxoriy
(810-870) 
Imom  al-Buxoriy  islom 
dunyosining  eng  mashhur 
kishilaridan.  U  kishini 
«muhaddislar  imomi» 
deydilar.  Muhaddis  – 
«hadis  biluvchi»,  «hadis 
aytuvchi»  degani.  Hadis 
esa  payg‘ambarimiz 
so‘zidir.  Bundan  chiqadiki, 
u  kishi  payg‘ambarimiz 
so‘zlarini  yig‘gan, 
o‘rgangan,  aytgan 
allomadir.  Namoz  jamoa 
bo‘lib o‘qliganda, oldindagi 
boshlab  boruvchi  imom 
bo‘ladi.  Demak,  Buxoriy 
barcha  muhaddislarning 
eng  oldingi  qatorida 
turgan,  hammalari 
tomonidan  tan  olingan 
ustozidir. 
U  kishining  hayot 
yo‘llari ham ibratlidir.

Imom  al-Buxoriyning 
ismi  –  Muhammad, 
otasining  oti  –  Ismoil 
bo‘lib,  810-yilning  21-
iyunida  Buxoro 
shahrida  tug‘ildi.  Otasi 
Ismoil  Buxoriy  ham 
muhaddis  edi,  goho 
tijorat  bilan 
shug‘ullanardi.  Lekin 
juda  halol,  xudojo‘y 
odam  edi. 
Zamondoshlari,  uning 
xonadoniga  mehnatsiz 
topilgan  biror  dirham 
ham  pul  kirgan  emas 
edi, deb yozadilar. 
Bularning  samarasi 
sifatida  bizga 
yigirmadan  ko‘proq 
asar  qoldirdi.  Buyuk 
alloma  mehnatining 
naqadar  kattaligini 
tasavvur  qilish  uchun 
birgina  ma’lumotni 
keltirish  bilan 
cheklanamiz. U yolg‘iz 
«Al-jome’  as-sahih» 
(Ishonchli  to‘plam) 
kitobi  ustida  16  yil 
ishlagan.  Unga 
kiritilgan  7397  hadis 
600  ming  hadisning 
ichidan  saralanib 
olingan. O‘z  aql-u 
zakovati  va  tinimsiz 
mehnati  bilan  olis 
yurtlarda  beqiyos 
shuhrat  topgan, 
«muhaddislar  imomi», 
«muhaddislar  sultoni» 
unvonlarini  olgan  al-
Buxoriy  nihoyat,  ona 
yurtiga,  Buxoroga 
qaytadi.  Biroq  ona 
Buxoroda  u,  afsuski, 
o‘ziga  munosib  qadr 
topmaydi.  Bir  voqea 
yuz  beradi-yu,  u  kindik 
qoni  to‘kilgan  shahrini 
tark  etadi.  Bu  voqea 
shunday edi: “ Shu  yillari  Buxoro  amiri  bo‘lib  turgan  Xolid  ibn 
Ahmad  al-Buxoriy  huzuriga  ilm  olish  maqsadi  bilan 
dunyoning  turli  tomonidan  kelayotgan  odamlar  oqimini 
ko‘rgach,  u  ham  bolalarini  o‘qitmoqchi  bo‘ladi  va  olimga 
chopar  yuborib,  saroyiga  kelib,  ularga  dars  berishini 
buyuradi.  Imom  al-Buxoriy  amir  chopariga  «Men  ilmni 
xor  qilmayman,  uni  hukmdorlar  eshigiga  olib 
bormayman»,  –  deb  javob  beradi.  Amir  yana  chopar 
yuboradi,  u  holda  bolalari  uchun  maxsus  vaqt  ajratib, 
boshqalarsiz  alohida  saboq  berishini  talab  qiladi.  Buyuk 
olim  yana  rad  etadi.  Ilm  olmoqlik  Rasululloh  sunnati 
ekanligini,  shunga  ko‘ra,  hamma  tengligini,  ilm  kerak 
bo‘lsa  amir  va  uning  bolalari  uning  uyiga  yoki  masjidga 
borishlari  mumkinligini  aytadi.  Xullas,  ora  buziladi.  Imom 
al-Buxoriyning Buxoroda turishi qiyin bo‘lib qoladi”. ILM FAZILATI 
TO‘G‘RISIDA

Olloh  taolo  oyati 
karimasida:  «Olloh  taolo 
sizlarning  orangizdagi 
iymon  keltirganlarni  va 
ilmni  yuksaltirganlarni  bu 
dunyoda  yarlaqab, 
martabasini ulug‘ qilg‘aydir, 
oxiratda  jannatga 
kirmoqlikni  nasib  etgusidir, 
Olloh  taolo  qilayotgan 
ishlaringizdan 
xabardordir»,  –  deyilgan. 
Yana  boshqa  oyati 
karimada esa: «Yo Rabbiy, 
ilmimni  ziyoda  qilg‘aysen, 
deb ayt!» – deyilgan. ODAM OTA-ONASINI HAQORAT QILMAYDI!

Abdulloh ibn Amr [1]  rivoyat qiladilar: «Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Odam qiladirgan 
gunohi azimlardan biri – ota-onasini haqorat 
qilmoqdir!» – dedilar. Shunda: «Yo Rasululloh, 
odam o‘z ota-onasini qanday qilib haqorat 
qilmog‘i mumkin?!» – deyishdi. Janob 
Rasululloh: «Birovning ota-onasini so‘kkan odam 
o‘z ota-onasini haqorat qilgan bo‘lur», – deb 
javob qildilar».

[1]  Abdulloh ibn Amr – sahobalardan. 
Imom  al-Buxoriy 
hayotining  so‘nggi 
yillari  Samarqand 
yaqinidagi 
Xartang 
qishlog‘ida  kechdi. 
U  870-yilning  31-
avgustida  vafot 
etdi.  Qabri  o‘sha 
yerda,  hozirgi 
Samarqand 
viloyati  Payariq 
tumani  Xartang 
qishlog‘idadir. SALOM BERISH ISLOM 
AMALLARIDANDIR

Sahoba Ammor [1]  aytganlar: «Uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan 
kishining iymoni mukammal bo‘lg‘aydir:

–  insofli va adolatli bo‘lmoq;

–  barchaga salom bermoq;

–  kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq».

Rasululloh [2]   sollallohu  alayhi  vasallam [3] dan  bir  kishi  so‘radi: 
«lslomda  eng  yaxshi  xislatlar  qaysidir?»  Dedilar:  «Ochlarga  taom 
bermoqlik, tanigan va tanimaganga salom bermoqlik».

[1]   Ammor  ibn  Yosir  (564—657)  –  Hazrat  Alining  yordamchilaridan, 
sahoba.

[2]  Rasululloh — Olloh elchisi, payg'ambar.

[3]   Sollallohu  alayhi  vasallam  —  payg'ambarimizning  haqlariga 
aytilgan duo.  MUNOFIQ [1] LIKNING ALOMATLARI

Janob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Munofiqlikning uchta alomati bor: so‘zlasa yolg‘on 
so‘zlar; va’da qilsa, bajarmas; omonatga xiyonat qilur», – 
deganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: 
«Quyidagi to‘rtta xislat kimdabo‘lsa, aniq munofiq 
bo‘lgaydir, kimdaki ulardan bittasi bo‘lsa, uni tark 
etmaguncha munofiqlikdan bir xislati bor ekan, deyiladir:

–  omonatga xiyonat qilgaydir;

–  so‘zlasa, yolg‘on so‘zlagaydir;

–  shartnoma tuzsa, shartida turmagaydir;

–  urishib qolsa, kek saqlagaydir va nohaqlik qilgaydir».

[1]   Munofiq – ikkiyuzlamachi. TUSHUNCHALAR TAHLILI
Tushuncha Izoh
Vahiy Olloh taoloning o‘z sevgan bandasi 
diliga o‘z so‘zlarini, ya’ni ilohiy so‘zlarni 
solishidir.  
Roviy Ma’lumot beruvchi, aytuvchidir. 
Hadis Islom dinida Qur’ondan keyin turadigan 
ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, 
Muhammad alayhissalomning hayoti 
va faoliyati, uning diniy va axloqiy 
ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi. 
Muhaddislar Hadislarni ishonchli manbalar asosida 
qayta ko‘rib chiqishga, ularning 
haqiqiylarini soxtalaridan ajratishga 
kirishganlar   Tushuncha Izoh
Musnadi Hadislarni bir-biridan eshitib, rivoyat qilib, 
avloddan avlodga qoldirib kelgan roviylar 
ro‘yxati
Riyo  ikkiyuzlamalik  
Qavl  so'z
Sahih  ishonchli
G‘ayrisahih ishonarsiz TEZKOR SAVOL-JAVOBLAR
“Aqliy hujum”

«Hadis»  nima?  «Muhaddis»-chi?  Ular  haqida  nimalar  deya  olasiz? 
«Muhaddislar  imomi»  deganda  nimani  tushunasiz?  Bunday  yuksak 
unvonga kim sazovor bo‘lgan?

2.  Hadislarni  yozish  va  yig‘ish  qachondan  boshlangan? 
«Sahih»-«nosahih» hadislarni tushuntirib bera olasizmi?

3.  Imom  al-Buxoriyning  vatani,  o‘qish  yillari  haqida  gapirib  bering. 
Mashhur  muhaddisning  ota-onasi  to‘g‘risida  qanday  ma’lumotga 
egasiz?

4.  Imom  al-Buxoriy  hayotining  so‘nggi  yillari  haqida  so‘zlab  bering. 
Nega u Samarqand yaqinida dafn qilingan?

5. «Al-jome’ as-sahih» kitobi haqida ma’lumot bering.

6.  «Salom  berish  islom  amallaridandir»  hadisini  o‘qib  chiqing  va 
payg‘ambarimizning  eng  yaxshi  xislatlar  haqidagi  fikrlarini  tushun 
tirib bering.

7.  «llm  o‘rganmoq  va  o‘rgatmoqning  fazilati»  hadisidagi  ilmning 
yomg‘irga o‘xshatilishini tushuntirib bera olasizmi?

8.  Yuqoridagi  hadislardan  ilm  haqidagilarini  ajratib  oling  va  ular 
haqida gapirib bering.

Imom al-Buxoriy (810-870)

 Imom al-Buxoriy islom dunyosining eng mashhur kishilaridan. U kishini «muhaddislar imomi» deydilar. Muhaddis – «hadis biluvchi», «hadis aytuvchi» degani. Hadis esa payg‘ambarimiz so‘zidir. Bundan chiqadiki, u kishi payg‘ambarimiz so‘zlarini yig‘gan, o‘rgangan, aytgan allomadir. Namoz jamoa bo‘lib o‘qliganda, oldindagi boshlab boruvchi imom bo‘ladi. Demak, Buxoriy barcha muhaddislarning eng oldingi qatorida turgan, hammalari tomonidan tan olingan ustozidir.

 U kishining hayot yo‘llari ham ibratlidir.  Imom al-Buxoriyning ismi – Muhammad, otasining oti – Ismoil bo‘lib, 810-yilning 21- iyunida Buxoro shahrida tug‘ildi. Otasi Ismoil Buxoriy ham muhaddis edi, goho tijorat bilan shug‘ullanardi. Lekin juda halol, xudojo‘y odam edi. Zamondoshlari, uning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror dirham ham pul kirgan emas edi, deb yozadilar.

 Bularning samarasi sifatida bizga yigirmadan ko‘proq asar qoldirdi. Buyuk alloma mehnatining naqadar kattaligini tasavvur qilish uchun birgina ma’lumotni keltirish bilan cheklanamiz. U yolg‘iz «Al-jome’ as-sahih» (Ishonchli to‘plam) kitobi ustida 16 yil ishlagan. Unga kiritilgan 7397 hadis 600 ming hadisning ichidan saralanib olingan.

O‘z aql-u zakovati va tinimsiz mehnati bilan olis yurtlarda beqiyos shuhrat topgan, «muhaddislar imomi», «muhaddislar sultoni» unvonlarini olgan al- Buxoriy nihoyat, ona yurtiga, Buxoroga qaytadi. Biroq ona Buxoroda u, afsuski, o‘ziga munosib qadr topmaydi. Bir voqea yuz beradi-yu, u kindik qoni to‘kilgan shahrini tark etadi. Bu voqea shunday edi: