Al-Xorazmiy
Reja: 1- Alloma hayot faolyati. 2- Al-Xorazmiy ilmiy faolyati geografiya faniga qoshgan hissasi. 3- Xorazmiyning ografik merosi.“Surat al-arz” (“Yer tasviri”) kitob.
Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy Xorazmda tug‘ilgan va Bag‘dodda vafot etgan. Olimning tug‘ilgan va vafot etgan yillari aniq ma’lum emas. Ba’zi manbalarda Al-Xorazmiy 780-yilda tug‘ilgan va 847-yilda vafot etgan deb taxmin qilinadi. Qadimda yashagan bir qator olimlar kabi Al-Xorazmiy ham u yoki bu fan bilan chegaralanib qolmay, qomusiy ilm sohibi boigan. Jumladan, olimning tarix, matematika, astronomiya va geografiya sohasida yozib qoldirgan ilmiy merosi jahon ilm ahli tomonidan dunyo fani rivojiga qo‘shilgan bebaho hissa sifatida tan olinga n .
Al-Xorazmiy ilmiy faoliyatida Bag‘dod shahrida VIII asr oxiri IX asr boshlarida Xonm ar-Rashidning o‘g‘li Ma’mun davrida tashkil etilgan olimlar akademiyasi - “Bayt al-hikma” (“Donishmandlar uyi”) katta rol o‘ynagan. Bag‘dod Akademiyasida XalifaMa’munning topishirig‘iga ko‘ra, Al- Xorazmiy boshchiligida 70 dan ortiq olim jahonning va osmonning batafsil tasvirini o‘z ichiga olgan “Jahon xaritalari”, ya’ni dunyo atlasini tuzish ustida faoliyat olib borishgan. Bu xaritalar yig‘indisi “Ma’mun dunyo xaritasi”, deb ham ataladi va manbalarga ko‘ra uni tuzish taxminan 840- yilda yakunlangan.
Al-Xorazmiyning geografik merosi arabshunos K.Nallino, chex olimi G.Mjik va vengriyalik tadqiqotchi K.Segledi tomonidan chuqur o‘rganilgan. Italiyalik sharqshunos K.Nallino “Yevropadagi hech bir xalq Al-Xorazmiy erishgan yutuqqa erishishga va bunday asar yaratishga qobil emas edi”, deb yozgan edi. K.Segledi esa Xorazmiy geografiyasiga asoslanib, “Dunaybo‘yi mamlakatlarining Xorazmiygacha xaritasi”ni qayta tuzishga muvaffaq bo‘lgan.