Alisher Navoiy ijodida Husayn Boyqaro timsoli
Alisher Navoiy ijodida Husayn Boyqaro timsoli
M U N D A R I J A Kirish. ……………………………………………………………….5 I bob. Tarixiy manbalarda Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro munosabati………………………………………………………………10 Navoiy davri tarixnavisligida Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarining yoritilishi…………………………………………..11 XX asr o‘zbek navoiyshunosligida Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarining o‘rganilishi………………………………………...21 II bob. Navoiy she’riyatida Husayn Boyqaro timsolining badiiy ifodasi………………………………………………..……………….…35 2.1. Navoiyning lirik janrdagi asarlarida shoh madhi va Husayn Boyqaro shaxsiyati …..............................................................................................…35 2.2. Navoiy qasidalarida Husayn Boyqaro shaxsiyatiga ta’rif..................48 III bob. Navoiy dostonlari va nasriy asarlarida Husayn Boyqaro shaxsiyatining badiiy ko‘rinishi......………………………… ………..55 3. 1. Dostonlarida shoh va shoir munosabatining badiiy talqini….………55 3. 2. Navoiy va Husayn Boyqaro ijodiy hamkorligi tasviri………….…..67 Umumiy xulosa …………………………………………………….…..78 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………………………80
Husayn Boyqaro haqida Navoiyning bir qancha asarlarida, jumladan, “Xamsa” dostonlari tarkibida , “Tarixi mulki ajam”, “Majolis un- nafois”, “Hiloliya”, “Vaqfiya” kabi asarlarida ma’lumot beriladi. Shuningdek, Alisher Navoiy va Sulton Husayn Boyqaro o‘rtasidagi munosabatlardan darak beruvchi eng ishonchli manbalar bu o‘sha davrda yaratilgan tarixiy asarlardir: Mirxondning “Ravzat us-safo”, Xondamirning “Makorim ul-axloq”, “Habib us-siyar”, Zayniddin Vosifiyning “Badoye ul-vaqoe”, Boburning “Boburnoma” asarlaridir. Bu asarlarda Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi, undan keyingi faoliyati, Alisher Navoiyning o‘ziga xos sifatlari, ularning do‘stona munosabatlarida bir-birini tinglay olishi yoki sulton Husayn Boyqaro bilan Yodgor Muhammad mirzo (Shohrux nevarasi Sulton Muhammadning o‘g‘li) o‘rtasida toj-u taxt uchun davom etgan qonli kurash mobaynida g‘alabaga erishish uchun mashvaratlarda Navoiyning fikrlariga alohida e’tibor qaratishida ko‘rishimiz mumkin. Sulton Husayn va Alisherning ijod suhbati
MAMLAKAT OBODCHILIGI YO‘LIDA NAVOIYNING HISSASI BEHAD KATTA. ROBOTLAR, XONAQOH, MASJID VA MADRASALAR QURILISHIDA HAM AYNAN HUSAYN BOYQARO BILAN BAMASLAHAT FIKR YURGIZIB, KO‘PDAN KO‘P QURILISHLAR PULINI O‘Z YONIDAN TO‘LAYDI. U TAMOM HIMMATINI VA MO‘TABAR ISHTIYOQINI OXIRAT ISHLARIGA SARF QILDI, O‘Z MULKINI XAYR-EHSON QILDI VA XAYRLI ISHLARGA KETQAZDI. DAVLATSHOH SAMARQANDIYNING E’TIROF ETISHICHA, O‘SHA JOYLARGA QILGAN VAQFLARI MUOMALADA YURGAN PUL HISOBIDA TAXMINAN 500 TUMAN KEPAKIYNI TASHKIL ETADI. Mirxondning “Ravzat us-safo” asarida va XX asr yozuvchisi Oybek qalamiga mansub “Navoiy” romanida Majididdin Muhammad boshliq ba’zi saroy a’yonlari o‘z manfaatlarini o‘ylab, Navoiydek xalq dardini o‘ylovchi va xalq ichida rivojlanish, to‘kin-sochinlik bo‘lsagina podsho taxti muqarrar bo‘lishini anglovchi shaxsni podshodan uzoqlashtirishga uringanliklari va bu borada hech narsadan qaydmasligini ularning amallarida ham ko‘rishimiz mumkin. Hattoki bu o‘rinda Majididdindan so‘ng bosh vazirlik maqomini qo‘lga kiritgan Nizomulmulkni ham keltirish mumkin.