Alisher Navoiyning nutq odobiga oid qarashlarining pedagigik ahamiyati
Alisher Navoiyning nutq odobiga oid qarashlarining pedagigik ahamiyati TAQDIMOTI
O‘RTA ASRLAR NOTIQLIK SAN’ATI VA UNDA NAVOIYNING O‘RNII BOB 6
1.1. § . Nutq madaniyatining xalqimiz ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni. Keyingi yillarda o‘zbek tilini har tomonlama puxta o‘rganish, uning fonetik, leksik, grammatik qurilishini, fanning boshqa turlari bilan bog‘liq jihatlarini chuqur tadqiq etish bo‘yicha darsliklar, qo‘llanmalar va yuzlab maqolalar yaratildi. Xuddi shuningdek, nutq madaniyatini o‘rganish bo‘yicha ham ancha ishlar amalga oshirildi. Ta’lim dargohlarida nutqni o‘stirish, notiqlik san’ati va nutq madaniyati masalalari bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘limlarning ochilishi, nutq madaniyatiga oid masalalarning oliy o‘quv yurtlarida maxsus kurs sifatida o‘qitilishi, matbuot, radio va televideniye orqali tushuntirish ishlarining olib borilishi, xalq orasida turli xil davra suhbatlarining o‘tkazilishi hamda ilmiy, ilmiy-ommabop xarakterdagi har xil darslik va o‘quv qo‘llanmalari, maqolalar to‘plamlarining nashr etilishi ana shular jumlasidandir.
Qadimgi Hindistonda nutq madaniyati rivoji “Mahobhorat”, “Ramayana” kabi afsonaviy dostonlar bilan bog‘liqdir. Bu dostonlarda nutq madaniyatiga oid fikrlar mavjud. Hindistonda qadimgi vedalar davr o‘tishi bilan tushunilishi qiyinlasha borgan. Natijada ularning tilini sodda tarzda tushunish va tushuntirish uchun lug‘atlar tuzishgan, qiyin so‘zlar izohini berishga, shuningdek, vedalar tili va uslubini tadqiq etishga ehtiyoj kuchaygan. Bu esa o‘z navbatida hind notiqlik san’ati rivojiga yo‘l ochgan. Natijada hind tilshunosligida bir qator asarlar yaratilgan. Demosfen (mil. av. 384–322) – yunon notig‘i, siyosiy arbobi. Afinadagi demokratik kayfiyatdagi guruhning yo‘lboshchisi. Notiqlik san’atidan dars bergan, sud mahkamalarida, yig‘ilishlarda nutq so‘zlagan (61 nutqi, 56 ma’ruzasi saqlanib qolgan). Butun umri davomida Afinaning mustaqilligi va Yunoniston polislarining Makedoniyaga qarshi birlashishi uchun kurashgan. Makedoniya podshosi Filippga qarshi qaratilgan bir qancha nutq so‘zlagan (bu nutklar «filippik» nomi bilan mashhur). Hayotining so‘nggida, dushmanlari ta’qibiga uch-rab, Afinadan qochgan va zahar ichib o‘lgan 6 1.2.§. Qadimgi Sharqda nutq odobiga doir qarashlar .
ALISHER NAVOIYNING NUTQ MADANIYATI RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI II BOB 6