logo

Amir Temur va Temuriylar davri olimlari

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

480.37890625 KB
  AMIR TEMUR VA 
TEMURIYLAR DAVRI 
OLIMLARI  AMIR TEMUR DAVRIDA ILM FAN
  XIV asrning ikkinchi yarmi – XV  asrda Amir Temur va Temuriylar , 
Shohrux, Ulug‘bek, Husayn Boyqaro davrlarida Movarounnahr va 
Xuroson islom doirasidagi mafkuraviy erkinlik, madaniyatga e’tibor 
ilm-fan, adabiyot, san’atning tez rivoj topishiga olib keldi. 
Samarqandda rasadxona qurilib, Ulug‘bek ilmiy maktabi shakllandi, 
aniq fanlar rivojida katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Qozizoda Rumiy, 
Koshiy, Ali Qushchi kabi olimlarning asarlari butun musulmon 
olamiga mashhur bo‘ldi. Gumanitar – ijtimoiy fanlar va rassomlik, 
xattotlik oliy cho‘qqilarga ko‘tarildi. Jomiy, Behzod, Abdurazzoq 
Samarqandiy, Mirxond Xondamir kabi mashxur adib, rassom, 
tarixchilarning nomlari boshqa o‘lkalarda ham tez ma’lum bo‘ldi. 
Fors tili o‘z mavqeini saqlagan xolda adabiyotda turkiy tilning roli 
kuchayib ketdi. Bu davrda turkiy 
tildagi she’riyat sultoni 
Alisher Navoiy ijod 
etib, o‘zining 
dostonlari, ilmiy-
tarixiy asarlari bilan 
madaniyat tarixida 
o‘chmas iz qoldirdi. ALISHER NAVOIY   Temuriyzoda shahzodalardan biri Shohrux Mirzo davrida Xurosonda 
siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlandi, 
ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirildi.  Masjidlar , madrasalar, 
xonaqolar, rabotlar, sardobalar, qishloq va qo‘rg‘onlash qurilib, 
mazkur qurilishlar vaqf mulklari bilan ta’minlandi. Shohruh 
Mirzoning mo‘tadil ichki va tashqi siyosati Xurosonda tinchlikning 
barqaror bo‘lishiga olib keldi. Bu davrda tijorat, hunarmandchilik, 
dehqonchilik yuqori darajada ko‘tarila boshladi. XIV-XV asrlarda 
Xurosonda kulolchilik san’ati, sopol buyumlar bilan bir qatorda suv 
inshootlarida, o’lkan binolar qurilishida ishlatiladigan sopol quvurlar, 
xilma-xil shakl va ranglar bilan jilolangan sopol koshinlar ishlab 
chiqarish keng yo‘lga qo‘yildi.   XV asr boshlarida Movarounnahrda 
shuhrat qozongan ulkan matematik va 
astronomlardan biri Qozizodadir. Olimning 
to‘liq nomi Salohiddin Muso ibn 
Muhammad ibn Mahmud. Uning otasi 
Muhammad “Xoja Afandi” laqabi bilan 
ma’lum bo‘lib, Salohiddinning bolalik 
yillarida vafot etgan.  
Ulug‘bek Jamshid Koshiydan “Ziji Elxoniy” haqida va Marog‘adagi 
kuzatishlar haqida ko‘p eshitib, o‘zi rasadxona barpo etish va 
yangidan astronomik kuzatishlarni boshlashga tashabbus ko‘rsatadi. 
Rasadxona qurilishini Qozizoda bilan birga Jamshid Koshiy 
boshqaradi. Qurilish tugatilib, kuzatishlar boshlaishi bilanoq Koshiy 
vafot etadi. Bundan so‘ng ishlarga ilmiy rahbarlik Qozizodaning 
zimmasiga yuklanadi. U ham kuzatishlar oxiriga yetkazilmasdan 
vafot etadi. Endi kuzatishlarni davom ettirish navbati Ali Qushchi 
keladi va bu ishda katta jonbozlik ko‘rsatib, ustozi Ulug‘bek bilan 
ishni nihoyasiga yetkazadi.   Temuriylar saltanati hukmronligi davrida 
Movarounnahr va Xurosonda badiiy adabiyot 
ham yangi bosqichda ko‘tarildi. Shu davrda fors-
tojik adabiyoti o‘zining yangi rivojlanish 
pog‘onasiga yerishgan bo‘lsa, o‘zbek adabiyoti 
Alisher Navoiy, Mavlono Lutfiy, Durbek, Hofiz 
Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Sayyid 
Qosimiy, Yaqiniy ijodlari misolida o‘z 
taraqqiyotining eng yuksak bosqichiga ko‘tarildi.  ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI OLIMLARI

AMIR TEMUR DAVRIDA ILM FAN XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asrda Amir Temur va Temuriylar , Shohrux, Ulug‘bek, Husayn Boyqaro davrlarida Movarounnahr va Xuroson islom doirasidagi mafkuraviy erkinlik, madaniyatga e’tibor ilm-fan, adabiyot, san’atning tez rivoj topishiga olib keldi. Samarqandda rasadxona qurilib, Ulug‘bek ilmiy maktabi shakllandi, aniq fanlar rivojida katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Qozizoda Rumiy, Koshiy, Ali Qushchi kabi olimlarning asarlari butun musulmon olamiga mashhur bo‘ldi. Gumanitar – ijtimoiy fanlar va rassomlik, xattotlik oliy cho‘qqilarga ko‘tarildi. Jomiy, Behzod, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond Xondamir kabi mashxur adib, rassom, tarixchilarning nomlari boshqa o‘lkalarda ham tez ma’lum bo‘ldi. Fors tili o‘z mavqeini saqlagan xolda adabiyotda turkiy tilning roli kuchayib ketdi.

Bu davrda turkiy tildagi she’riyat sultoni Alisher Navoiy ijod etib, o‘zining dostonlari, ilmiy- tarixiy asarlari bilan madaniyat tarixida o‘chmas iz qoldirdi.

ALISHER NAVOIY

Temuriyzoda shahzodalardan biri Shohrux Mirzo davrida Xurosonda siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlandi, ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Masjidlar , madrasalar, xonaqolar, rabotlar, sardobalar, qishloq va qo‘rg‘onlash qurilib, mazkur qurilishlar vaqf mulklari bilan ta’minlandi. Shohruh Mirzoning mo‘tadil ichki va tashqi siyosati Xurosonda tinchlikning barqaror bo‘lishiga olib keldi. Bu davrda tijorat, hunarmandchilik, dehqonchilik yuqori darajada ko‘tarila boshladi. XIV-XV asrlarda Xurosonda kulolchilik san’ati, sopol buyumlar bilan bir qatorda suv inshootlarida, o’lkan binolar qurilishida ishlatiladigan sopol quvurlar, xilma-xil shakl va ranglar bilan jilolangan sopol koshinlar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yildi.