Amudaryo va Surxondaryo vohasi shaharlari
Amudary o v a Surxondary o v ohasi shaharlari SHA ROF RA SHIDOV N OMIDAGI SAMARQAN D DAVLAT UN IV ERSITETI TA RIX FAKULTETI
Reja: 1. Termiz V-VII asrlarda. Shahar joylashgan o'rni va tuzilishi 2.Somoniylar davrida Termiz,asosiy qurilishlar.Arab mualliflarima'lumotlari. 3.Temuriylar davri tarixiy manbalarida Termiz shahri qurilish tarixi.
Milodiy VI - VIII asrlarda o'rta Osiyoda bir nechta shahar bo'lganligini aniq aytish mushkul.Bu davr mualliflari asarlarida O'rta Osiyo ko plab shaharlarga ega o'lka ʻ deb eslanadi. 1950 yilda chiqqan V.A Lavrov monografiyasida arxeologik ma lumotlarga qaraganda ʼ VI - VIII asrlarda O rta Osiyoda 20ga yaqin yirik shaharlar ʻ mavjudligi aytib o'tiladi .
Surxondaryo – O‘zbekistonning eng janubiy mintaqasi, yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida dunyoning ko‘plab arxeologlari va sayyohlarini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Va bu tasodif emas. Yaqinda o‘zining 2700 yilligini nishonlagan ko‘hna Termiz shahri qadimiy tarixiy obidalar, jumladan, Fayoztepa, Kampirtepa, Dalvarzintepa, Qoratepa va Ayritom shaharlari bilan o‘ralgan.majmualari1968- yilda qadimgi Termiz hududida Budda haykali topildi va o‘sha vaqtdan buyon bu yer ko‘plab arxeologlar tomonidan o‘rganiladigan asosiy obyektga aylanib, buning natijasida keyinchalik qadimgi buddaviylik ibodatxonalari majmualari kashf etildi, shu jumladan Fayoztepa (mil. av. 1-asr – milodiy 3-asr), Kampirtepa, Qoratepa. Qadimgi musiqachilarning tasviri tushirilgan mashhur Ayritom frizining kashf etilishi ushbu mintaqa bir vaqtlar buddaviylik targ‘ib qilinganligining dalili bo‘lib xizmat qildi va ellinistik madaniyat unsurlari aniqlandi. Hozirda frizning terrakota-barelyeflari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanmoqda.
Fayoztepa buddaviylik ibodatxona majmuasi o‘zbek olimi, mahalliy o‘lkashunoslik muzeyi direktori R.F.Fayozov sharafiga nomlangan. U ushbu obyektni o‘rganish tashabbuskori va hatto bu ibodatxonani kashf etganlardan biridir .