Antarktida.Iqlim va organik dunyosi
Mavzu: Antarktida.Iqlim va organik dunyosi .
Yangi mavzu bayoni. IqIimi. Materikning geografik o’rni va muz-qor bilan qoplanganligi o’ziga xos iqlim xususiyatlarini keltirib chiqargan. Materik ichkarisida sovuq va quruq antarktida havo massalari shakllanadi. Natijada yuqori havo bosimi ta’sirida shimolga yo’nalishdagi kuchli shamollar okean tomonga esadi. ,,Shamollar oqimi” nomini olgan bunday shamollar 600—800 km kenglikdagi hududda esadi, tezligi esa bir soniyada 30—35 m, ba’zan 90 m gacha yetadi. Qorli bo’ronlari tez-tez takrorlanib turadi. Ba’zi joylarda bir yilda 340 kun bo’ronli bo’Iishi aniqlangan.
Antarktidadaa qish. Havoning ortacha harorati — 60°C, ko’pincha — 70— 80°C dan past bo’ladi. Rossiyaning ,,Vostok” ilmiy stansiyasida havo harorati — 89,2°C ga pasayganligi kuzatilgan. Shuning uchun bu yerga sayyoramizning ,,sovuqlik qutbi” deb nom berilgan. Antarktidada yoz (oktabr-mart) Muz-qor quyosh energiyasining 80% dan ko’prog’ini qaytaradi. Matenk ichkarisida havo harorati — 36°C dan yuqori ko’tarilmaydi. Sohil bo`yida harorat 0°C atrofida bo`ladi. Ko`plab aysberglar ajralib chiqadi.
Antarktida yogin miqdori Materik markazida yog’in miqdori 30— 50 mm, sohilga tomon ortib boradi (600 —700 mm). Yog’in qor holatida yog’adi, sohil zonasida ba’zan qisqa muddatli yomg’ir yogbishi mumkin . Antarktida iqlimi Antarktika va subantarktika. Antarktika iqlim mintaqasida materik to’liq joylashgan bo’lsa, subantarktika iqlim mintaqasi orollar va qisman Antarktida yarimorolini egallaydi
Antarktida o’simlik va hayvonot dunyosi Materikning ichki qismlarida organizmlar juda kam. Lekin materikka tutash okean suvlarida hayvonot olami nisbatan ko’p. Ko`k kitlar, tulenlar, dengiz qoplini, janubiy dengiz mushugi, dengiz she`ri , pingvinlar uchdaydi.