logo

Avstraliya 2

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

8957.533203125 KB
Avstraliya 
Reja
1 Avstraliyani tabiiy kartasini tahlil qilish 
2 Iqlim, iqlim mintaqalari kartasini tahlil qilish   
3 Tabiat zonalari kartasini tahlil qilish   •
Avstraliya Ittifoqi bir butun materikni to'liq egallagan jahondagi 
yagona davlat. Tarkibiga Avstraliya materigidan tashqari 
Tasmaniya va boshqa orollar kiradi. Qirg'oqlari shimol, g'arb va 
janubdan Hind okeani, uning dengiz va qo'ltiqlari, sharqiy 
tomondan esa Tinch okean dengizlari suvlari bilan yuviladi. 
Maydoni jiha-tidan jahonda 6-o'rinda turadi. •
Iqtisodiy-geografik o'rni 
Janubiy yarim sharda, 
boshqa mintaqalardan ancha 
olisda joylashganligi bilan 
tavsiflanadi. Shu bilan birga, 
zamonaviy dengiz va havo 
transporti mamlakatni 
jahonning barcha 
mintaqalari bilan doimiy 
aloqada bo'lishini 
ta'minlaydi. Tabiiy sharoiti va resurslari
•
  Avstraliyaning relyefi, asosan, tekislik va kuchli parchalangan 
platolardan iborat. Faqat sharqda o'rtacha balandlikdagi Katta 
Suvayirg'ich tizmasi mavjud. Unda Avstraliyaning eng baland nuqtasi 
Kossyushko cho'qqisi (2 228 m) joylashgan.
•
Avstraliya xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Mamlakat temir, mis, 
nikel, uran, boksit rudalari, ko'mir, oltin, olmos zaxiralari bilan jahon 
miqyosida alohida ajralib turadi.    •
Avstraliya hududi, asosan, subekvatorial, tropik va 
subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan bo'lib, 
iqlimining eng muhim xususiyati uning 
qurg'oqchilligidan iborat. Mamlakat hududining 
juda katta qismini cho'l, chalacho'l va savannalar 
egallaydi. Avstraliya tabiatining eng katta 
kamchiligi suv resurslarining taqchilligidir. Asosiy 
daryosi Murrey va uning irmog'i Darlingning suvi 
mavsumlar bo'yicha keskin o'zgarib turadi.   Aholisi
•
Avstraliya aholi zichligi eng past bo'lgan jahon davlatlaridan biridir. Bu 
yerda 1 km2 hududga o'rta hisobda 3 kishi to'g'ri keladi. Avstraliyada aholi, 
asosan, janubi-sharqiy va sharqiy hududlarida mujassamlashgan, ichki 
hududlarida esa juda siyrak joylashgan.
•
Avstraliyada aholining tabiiy ko'payishi past, yiliga 0,5-0,6 % ga teng. 
Aholi sonining ortib borishiga tashqi migratsiya ko'proq ta'sir ko'rsatadi. 
Aholining migratsion ko'payishi yillik hisobda 0,8-1,0 % ni tashkil etadi.  •
Umuman olganda, Avstraliyaning aholisi migratsiya hisobiga shakllangan. 
Materikning tub aholisi - avstraliyalik aborigenlar - davlat aholisining atigi 
1 % ini tashkil etadi. Asosiy millat - avstraliyalik inglizlar.
•
Avstraliya Ittifoqi yuqori urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga mansub. 
Unda shahar aholisining ulushi 90 % ga teng. Eng yirik shaharlari -Sidney , 
Melburn, Brisben, Pert, Adelaida.  Iqtisodiyoti
•
Avstraliya iqtisodiyoti yuqori darajada 
rivojlangan davlat hisoblanadi. YIMning hajmi 
bo'yicha Avstraliya jahonning yetakchi 20 ta 
davlatlari tarkibiga kiradi, aholi jon boshiga to'g'ri 
keladigan YIM miqdori esa unda aksariyat 
Yevropa davlatlaridan ham yuqori. •
Avstraliyaning jahon iqtisodiyotidagi o'rnini, ko'p jihatdan, tog'-kon va 
yoqilg'i sanoati belgilaydi. U ko'mir, uran, temir, boksit, oltin, nikel, rux 
qazib olish bo'yicha jahondagi yetakchi 3 ta davlat qatoriga kiradi. 
Ko'mir, suyultirilgan gaz, uran, qora va rangli metallarning katta qismi 
Osiyo davlatlari, birinchi navbatda, Xitoyga eksport qilinadi.  •
Qishloq xo'jaligi ham Avstraliya iqtisodiyotining muhim sohasi. 
Chorvachilikning asosiy tarmoqlari - qo'ychilik va qoramolchilikdir. 
Avstraliya jahonda qo'ylar soni va jun ishlab chiqarish bo'yicha 2-
o'rinda, jun hamda mol go'shti eksporti bo'yicha esa 1-o'rinda turadi. 
Dehqonchiligi donchilik, bog'dorchilik va uzumchilikka 
ixtisoslashgan.  •
Avstraliyaning asosiy iqtisodiy rayoni uning janubi-sharqi 
hisoblanadi. Bu yerda mamlakat aholisining 70% i istiqomat qiladi 
hamda uning 2 ta eng yirik shahri - Sidney va Melburn joylashgan. Sidney Melburn

Avstraliya Reja 1 Avstraliyani tabiiy kartasini tahlil qilish 2 Iqlim, iqlim mintaqalari kartasini tahlil qilish 3 Tabiat zonalari kartasini tahlil qilish

• Avstraliya Ittifoqi bir butun materikni to'liq egallagan jahondagi yagona davlat. Tarkibiga Avstraliya materigidan tashqari Tasmaniya va boshqa orollar kiradi. Qirg'oqlari shimol, g'arb va janubdan Hind okeani, uning dengiz va qo'ltiqlari, sharqiy tomondan esa Tinch okean dengizlari suvlari bilan yuviladi. Maydoni jiha-tidan jahonda 6-o'rinda turadi.

• Iqtisodiy-geografik o'rni Janubiy yarim sharda, boshqa mintaqalardan ancha olisda joylashganligi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga, zamonaviy dengiz va havo transporti mamlakatni jahonning barcha mintaqalari bilan doimiy aloqada bo'lishini ta'minlaydi.

Tabiiy sharoiti va resurslari • Avstraliyaning relyefi, asosan, tekislik va kuchli parchalangan platolardan iborat. Faqat sharqda o'rtacha balandlikdagi Katta Suvayirg'ich tizmasi mavjud. Unda Avstraliyaning eng baland nuqtasi Kossyushko cho'qqisi (2 228 m) joylashgan. • Avstraliya xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Mamlakat temir, mis, nikel, uran, boksit rudalari, ko'mir, oltin, olmos zaxiralari bilan jahon miqyosida alohida ajralib turadi.