Begali Qosimovning “Milliy uyg’onish davri adabiyotini” o’rganishning dolzarb masalalari
MAVZU : Begali Qosimovning “Milliy uyg’onish davri adabiyotini” o’rganishning dolzarb masalalari Ustoz Begali Qosimov Jadid mutafakkirlarining an’analarini o’z faoliyatida davom ettirgan fidoiy olim edi .u jadid harakatining keng ko’lamda ,butun omillari , yo’lboshchilari ,asosiy g’oyalari,geografik ko’lami , mashxur shaxsiyatlarigacha tadqiq qilingan boy va jiddiy o’rganishga loyiq ilmiy meros qoldirdi.
Begali Qosimov 1942-yil 19-dekabrda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Denov qishlog’ida tug’ilgan. U 1958-1963- yillarida talaba,1963-1968-yillarda aspirant , 1966-yildan o’qituvchi , dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. B.Qosimov o’zbek mumtoz va yangi adabiyoti muammolari bo’yicha tadqiqotlar yaratgan.Va shu sababli yuqorida keltirilgan mavzuning muallifi bo’ldi .
Muallif ijodining mohiyatini milliy uyg’onish davri adabiyoti , ma’rifatchilik adabiyoti muammolari , jadidlar harakati siymolari ijodi , taqdiri masalalari qiziqtirardi.U turkiy olamdagi uyg’onish , adabiy aloqalararo bog’liqlik masalalarini mufassal o’rgandi va targ’ib etdi . Undan tashqari u o’ndan ortiq darslik va qo’llanmalar ,10 nomda alohida asarlar, 200 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifidir.
Mazkur davrning yetakchi tendensiyalari va unga qanday yondashish masalasi. Bu davr adabiyotimiz tarixining XIX asrning ikkinchi yarmi –XX boshlaridagi 50-60 yillik muddatni qamrab oladi .Bu mavzu doirasida muallif alohida quyidagicha to’xtalib o’tgan: Birinchidan