logo

Bilim inson manaviy kamoloti omili

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

335.18359375 KB
BILIM INSON MANAVIY 
KAMOLOTI OMILI
RE JA:
1.KOMIL VA BARKAMOL INSON TUSHUNCHALARI.
2.I.KARIMOV ASARLARIDA BARKAMOL INSONNI 
TARBIYALASH G’OYALARI.
3.KOMIL INSON TUSHUNCHASINING SHARQONA TA’RIFI.  INSONIYAT YARATILIBDIKI U MUKAMMALLIKKA INTILIB KELADI. BUNDA 
MA'NAVIYATNING, BILIM VA TARBIYANING O'RNI BEQIYOSDIR. CHUNKI INSON BOLASI 
BILIM VA TARBIYA VOSITASIDA ULG'AYADI. AGAR U BILIM OLMASA, YAXSHI TARBIYA 
TOPMASA HAYOTDA O'Z O'RNINI TOPISHI DARGUMON. DEMAK, OLINGAN BILIM VA 
TARBIYANING INSON ONGIDA UYG'UNLASHIB, UNING TURMUSH TARZIGA AYLANISHI 
INSON MA'NAVIYATINI YUZAGA KELTIRADI. «MA'NAVIYAT DEGANDA, AWALAMBOR, 
ODAMNI RUHAN POKLANISHGA, QALBAN ULG'AYISHGA CHORLAYDIGAN, INSON ICHKI 
DUNYOSINI, IRODASINI BAQUWAT, IYMON-E'TIQODINI BUTUN QILADIGAN, VIJDONINI 
UYG'OTADIGAN KUCHNI TASAWUR QILAMAN»', DEB TA'KIDLAGAN EDI I. A. KARIMOV. 
SHUNDAY QILIB, MA'NAVIYAT (ARABCHA, MA'NOLAR MAJMUYI) KISHILARNING 
FALSAFIY, SIYOSIY, HUQUQIY, ILMIY, BADIIY, AXLOQIY, DINIY TASAWURLARI VA 
TUSHUNCHALARI MAJMUYINI TASHKIL ETADI.  •
Ma'naviyat deganda har qanday tabiiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy bilimlarning inson tafakkurida 
mujassamlashuvi va bu bilimlarning ko'nikma, malaka va hayot tarzlariga aylanib ketishi tushuniladi. Yoki bo'lmasa, 
ma'naviyat - insonning ruhiyatini, o'z-o'zini anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, 
go'zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyati, aql-zakovati, maqsad va g'oyalarni qo'ya 
bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir.
Ma'naviyat insonning ongi, tuyg'usi, hissiyoti, bilimi va e'tiqodida mujassamlashgan ruhiy sifat bo'lib, u shaxs kamoloti va 
barkamolligini belgilab beravchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Zero fuqarolari ma'naviy barkamol jamiyatgina 
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksak cho'qqilarga ko'tariladi. Ma'naviyati yuksak bo'lgan jamiyatda taraqqiyotning o'ziga 
xosligi yaqqol ko'rinadi. Yuksak ma'naviyatning belgisi shuki, unda bilim va ko'nikmalar insoniy qadriyatlar va insoniy 
axloq bilan uyg'unlashib ketadi.
Afsuski, jamiyatda ma'naviy qashshoqlik ham mavjud. Agar jamiyatda ma'naviy qashshoqlik ustun tursa bunday jamiyat 
halokatga mahkumdir. Shu munosabat bilan I. A. Karimovning quyidagi so'zlariga e'tiboringizni qaratamiz: «Hozirgi 
zamondagi eng katta xavf - insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. 
Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo'layotgan kurashlar ko'p narsani hal qiladi. Bu achchiq 
haqiqatni hech qachon unutmaslik lozim*. 1  •
«Ma'naviyatga mazmun jihatdan yaqin keladigan  ma 'rifat, madaniyat, axloq, tamaddun (sivilizatsiya)	  tushunchalari mavjud. 
Ma'naviyat ular orasida umumiyroq mazmun-mohiyatga ega. Garchi bu tushunchalarning har biri ma'naviyat iborasidan ozmi-
ko'pmi farq qiladigan muayyan ma'noni anglatsa ham, kengroq nuqtayi nazardan qaraganda, ular ma'naviyat tushunchasi 
doirasiga kiradi.» 2
Inson va jamiyat ma'naviy hayotining rivojlanishida ijtimoiy va individual ongning roli kattadir. Chunki tabiat va jamiyatda yuz 
berayotgan turli-tuman o'zgarishlar ongda o'z aksini topadi. Kishilar o'z onglariga ta'sir etgan voqea-hodisalarga nisbatan o'z 
qarashlarini, fikrlarini ifodalaydilar. Ana shu ifodalash ijtimoiy va individual ong mahsuli sifatida namoyon bo'ladi.
Individual ong - muayyan guruh, elat va millatga mansub bo'lgan ayrim kishining ongi bo'lib, jamiyatdagi voqelik va real 
borliqning alohida olingan shaxsning ongida aks etishidir. ijtimoiy ong esa ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, millatlar, davlat yoki, 
umuman, jamiyatning ijtimoiy yoki tabiiy voqelik haqidagi umumiy qarashlarini ifodalaydi.
Voqelikni aks ettirish darajasiga ko'ra, ijtimoiy ong kundalik-odatiy va nazariy ongga bo'linadi. Kundalik-odatiy ong hayotiy 
tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulosalar, qarashlar majmuyidan iborat bo'lib, kishilarning kundalik hayotidagi voqealarni 
aks ettiradi. Nazariy ong deganda nazariyotchilar, olimlar, mutafakkirlar ishlab chiqqan nazariy qarashlar va ilmiy bilimlar tizimi 
tushuniladi. Nazariy ong voqealar mohiyati va rivojlanish qonuniyatlarini aks ettirib, jamiyat taraqqiyoti bilan baravar bo'lishi 
ham, undan ilgarilab ketishi ham yoki ortda qolishi ham mumkin.  •
Ijtimoiy ong  sohalar	  (darajalar) 
va	
  turlar	  (shakllar) bo'yicha 
tasniflanishi mumkin. Ijtimoiy 
ong shakllariga	
  siyosiy ong, 
huquqiy ong, axloqiy ong, estetik 
ong, diniy ong, ilmiy ong	
  va shu 
kabilar kiradi.
Sohalar (darajalar)	
  bo'yicha 
ijtimoiy ong mafkura va ijtimoiy 
psixologiyaga 
ajratiladi.	
  ^	 Ijtimoiy 
psixologiya
  muayyan ijtimoiy 
guruh, xalq yoki millatning 
odatlari, urflari, an'analari, 
yashash tarzidan kelib chiqqan 
psixologik o'ziga xosliklarni, ular 
hayotining emotsional 
xususiyatlarini aks ettiradi.  •
Ijtimoiy psixologiya ijtimoiy muhit, kundalik turmush sharoitlari ta'siri ostida vujudga keladi va rivojlanadi. 
Ijtimoiy psixologiyaning yana bir xususiyati shuki, unda muayyan bir hududdagi sharoitlarda yashayotgan va bir-
biriga bevosita ta'sir qiluvchi bir necha elat, millatlarga mansub kishilarning ongidagi o'xshash xususiyatlar ham 
aks etadi. Bunda ba'zi millat vakillarining yashab turgan joylaridan ko'chib ketishgani, ammo yangi joyda ular 
ko'pincha o'z millatdoshlari tomonidan tushunilmagani, u yerda chiqishtirilmagani va, nihoyat, ularning yana 
ilgarigi hududga, mamlakatga qaytib kelganligiga oid ko'plab misollarni keltirish mumkim. Bunga ko'p hollarda 
ijtimoiy psixologiya xususiyatlari sabab bo'ladi.
Ijtimoiy psixologiyadan farqli ravishda  mafkura	  muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat 
manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolarini ifodalovchi g'oyaviy-nazariy qarashlar tizimini anglatadi. Unda 
manfaatlari ifodalanayotgan ijtimoiy guruh va qatlamlarning o'tmishi, hozirgi kuni va kelajagi o'z ifodasini 
topadi. Ana shu munosabat bilan I. A. Karimov quyidagi fikrni aytgan edi: «Milliy mafkuramiz har qanday 
millatchilik va shunga o'xshash unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va 
qarashlaridan mutlaqo xoli bo'lib, qo'shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda 
o'zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo'lishi darkor.»'  MAFKURADA HAM IJTIMOIY BORLIQ, HAYOT 
AKS ETADI. U AYNI HOLDA JAMOAVIY ISHONCH 
SHAKLINI OLGAN DUNYOQARASHNING BIR 
SHAKLIDIR. MAFKURA INSON HAYOTINING 
BARCHA SOHALARIGA TA'SIR QILADI HAMDA 
UNDA MAQSADGA YO'NALTIRISH VA 
TASHKILIYLIK XUSUSIYATLARI KUCHLI 
DARAJADA YUZAGA CHIQADI. TANIQLI 
SIYOSATSHUNOS R. JUMAYEV O'ZINING 
«0'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SIYOSIY 
TIZIMI: QAROR TOPISHI VA RIVOJLANISHI» 
ASARIDA TA'KIDLAGANIDEK, «YANGI 
MAFKURANI ISHLAB CHIQISH VA 
ISLOHOTLARNI YANADA KENGAYTIRISH — O'Z 
YO'NALISHLARIGA KO'RA YAGONA 
JARAYONDIR... AGAR MAFKURA BIROR 
PARTIYA YOKI SINFGA BOG'LANIB QOLMAGAN, 
BALKI UMUMMILLIY XARAKTERDA BO'LSA, 
UNING MANFAATLARNI AKS ETTIRISH SPEKTRI 
KATTA BO'LADI, TA'SIR QILISH DIAPAZONI 
KENG BOIADI... INSONIY MUHITGA KIRIB 
BORISH VA MOSLASHUV NUQTAYI NAZARIDAN 
U MOSLASHUVCHAN VA HARAKATCHAN 
BO'LADI. ANA SHU XUSUSIYATLARNI O'ZIGA JO 
QILGAN MAFKURANI HAQIQIY XALQCHIL DEB 
HISOBLASH MUMKIN.»  XXI ASR BO'SAG'ASIGA KELIB JAHON TARAQQIYOTINING BARCHA JABHALARIDA GLOBALLASHUV 
JARAYONLARI TEZLASHDI. SHU SABABLI DUNYO TARAQQIYOTI VA MA'NAVIY OMILLAR UYG'UNLIGI 
MUAMMOSI DOLZARB MASALAGA AYLANMOQDA
ILG'OR FIKRLI ZIYOLILAR O'Z MAMLAKATLARI TARIXINI QAYTADAN NAZARDAN O'TKAZIB, TERAN MA'NAVIY 
MEROSLARINI TIKLASH VA KO'PAYTIRISH, BOYITISH HAMDA ODAMLAR QALBIGA SINGDIRIB, ULARNI 
EZGULIKKA VA ADOLATGA YETAKLASHGA HARAKAT QILMOQDALAR. ANA SHUNDAY MAMLAKATLAR 
QATORIGA BIZNING MAMLAKATIMIZ HAM KIRADI.

BILIM INSON MANAVIY KAMOLOTI OMILI RE JA: 1.KOMIL VA BARKAMOL INSON TUSHUNCHALARI. 2.I.KARIMOV ASARLARIDA BARKAMOL INSONNI TARBIYALASH G’OYALARI. 3.KOMIL INSON TUSHUNCHASINING SHARQONA TA’RIFI.

INSONIYAT YARATILIBDIKI U MUKAMMALLIKKA INTILIB KELADI. BUNDA MA'NAVIYATNING, BILIM VA TARBIYANING O'RNI BEQIYOSDIR. CHUNKI INSON BOLASI BILIM VA TARBIYA VOSITASIDA ULG'AYADI. AGAR U BILIM OLMASA, YAXSHI TARBIYA TOPMASA HAYOTDA O'Z O'RNINI TOPISHI DARGUMON. DEMAK, OLINGAN BILIM VA TARBIYANING INSON ONGIDA UYG'UNLASHIB, UNING TURMUSH TARZIGA AYLANISHI INSON MA'NAVIYATINI YUZAGA KELTIRADI. «MA'NAVIYAT DEGANDA, AWALAMBOR, ODAMNI RUHAN POKLANISHGA, QALBAN ULG'AYISHGA CHORLAYDIGAN, INSON ICHKI DUNYOSINI, IRODASINI BAQUWAT, IYMON-E'TIQODINI BUTUN QILADIGAN, VIJDONINI UYG'OTADIGAN KUCHNI TASAWUR QILAMAN»', DEB TA'KIDLAGAN EDI I. A. KARIMOV. SHUNDAY QILIB, MA'NAVIYAT (ARABCHA, MA'NOLAR MAJMUYI) KISHILARNING FALSAFIY, SIYOSIY, HUQUQIY, ILMIY, BADIIY, AXLOQIY, DINIY TASAWURLARI VA TUSHUNCHALARI MAJMUYINI TASHKIL ETADI.

• Ma'naviyat deganda har qanday tabiiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy bilimlarning inson tafakkurida mujassamlashuvi va bu bilimlarning ko'nikma, malaka va hayot tarzlariga aylanib ketishi tushuniladi. Yoki bo'lmasa, ma'naviyat - insonning ruhiyatini, o'z-o'zini anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go'zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyati, aql-zakovati, maqsad va g'oyalarni qo'ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir. Ma'naviyat insonning ongi, tuyg'usi, hissiyoti, bilimi va e'tiqodida mujassamlashgan ruhiy sifat bo'lib, u shaxs kamoloti va barkamolligini belgilab beravchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Zero fuqarolari ma'naviy barkamol jamiyatgina ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksak cho'qqilarga ko'tariladi. Ma'naviyati yuksak bo'lgan jamiyatda taraqqiyotning o'ziga xosligi yaqqol ko'rinadi. Yuksak ma'naviyatning belgisi shuki, unda bilim va ko'nikmalar insoniy qadriyatlar va insoniy axloq bilan uyg'unlashib ketadi. Afsuski, jamiyatda ma'naviy qashshoqlik ham mavjud. Agar jamiyatda ma'naviy qashshoqlik ustun tursa bunday jamiyat halokatga mahkumdir. Shu munosabat bilan I. A. Karimovning quyidagi so'zlariga e'tiboringizni qaratamiz: «Hozirgi zamondagi eng katta xavf - insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo'layotgan kurashlar ko'p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmaslik lozim*. 1

• «Ma'naviyatga mazmun jihatdan yaqin keladigan ma 'rifat, madaniyat, axloq, tamaddun (sivilizatsiya) tushunchalari mavjud. Ma'naviyat ular orasida umumiyroq mazmun-mohiyatga ega. Garchi bu tushunchalarning har biri ma'naviyat iborasidan ozmi- ko'pmi farq qiladigan muayyan ma'noni anglatsa ham, kengroq nuqtayi nazardan qaraganda, ular ma'naviyat tushunchasi doirasiga kiradi.» 2 Inson va jamiyat ma'naviy hayotining rivojlanishida ijtimoiy va individual ongning roli kattadir. Chunki tabiat va jamiyatda yuz berayotgan turli-tuman o'zgarishlar ongda o'z aksini topadi. Kishilar o'z onglariga ta'sir etgan voqea-hodisalarga nisbatan o'z qarashlarini, fikrlarini ifodalaydilar. Ana shu ifodalash ijtimoiy va individual ong mahsuli sifatida namoyon bo'ladi. Individual ong - muayyan guruh, elat va millatga mansub bo'lgan ayrim kishining ongi bo'lib, jamiyatdagi voqelik va real borliqning alohida olingan shaxsning ongida aks etishidir. ijtimoiy ong esa ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, millatlar, davlat yoki, umuman, jamiyatning ijtimoiy yoki tabiiy voqelik haqidagi umumiy qarashlarini ifodalaydi. Voqelikni aks ettirish darajasiga ko'ra, ijtimoiy ong kundalik-odatiy va nazariy ongga bo'linadi. Kundalik-odatiy ong hayotiy tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulosalar, qarashlar majmuyidan iborat bo'lib, kishilarning kundalik hayotidagi voqealarni aks ettiradi. Nazariy ong deganda nazariyotchilar, olimlar, mutafakkirlar ishlab chiqqan nazariy qarashlar va ilmiy bilimlar tizimi tushuniladi. Nazariy ong voqealar mohiyati va rivojlanish qonuniyatlarini aks ettirib, jamiyat taraqqiyoti bilan baravar bo'lishi ham, undan ilgarilab ketishi ham yoki ortda qolishi ham mumkin.

• Ijtimoiy ong sohalar (darajalar) va turlar (shakllar) bo'yicha tasniflanishi mumkin. Ijtimoiy ong shakllariga siyosiy ong, huquqiy ong, axloqiy ong, estetik ong, diniy ong, ilmiy ong va shu kabilar kiradi. Sohalar (darajalar) bo'yicha ijtimoiy ong mafkura va ijtimoiy psixologiyaga ajratiladi. ^ Ijtimoiy psixologiya muayyan ijtimoiy guruh, xalq yoki millatning odatlari, urflari, an'analari, yashash tarzidan kelib chiqqan psixologik o'ziga xosliklarni, ular hayotining emotsional xususiyatlarini aks ettiradi.