BOBIL MADANIYATI
Re’ja: 1.Bobil davlati haqida. 2.Bobil madaniyati. BOBIL MADANIYATI Bajardi:Ro’ziqulov Akbar
Bobil (shumercha Kadingirra, akkadcha Babilu, aynan — tangri darvozasi) — Mesopatamiyaning shim . qismida, Furot daryosi bo ʻyida joylashgan shahar ; hozirda Xilla shahri (Iroq) . Bobildastlab Akkad shohi Sargon (miloddan avvalgi 2364 — 2314 ) haqidagi afsonada va Ur davlatining III sulolasiga oid hujjatlarda tilga olingan . Bobil Birinchi Bobil sulolasi (miloddan avvalgi 1894 — 1595 ) davrida katta rol o ʻynay boshlagan, Hammurapi davri(miloddan avvalgi 1792 — 1750 ) ga kelib esa nafaqat Mesopotamiyaning, balki butun Old Osiyoning yirik siyosiy, madaniy va xujalik markaziga aylangan .
Taxminan 1595 -yil Bobil nmxettlar, so ʻngrataxminan 1518 -yil kassitlar bosib olgan . 13 — 12 -asrlarda shahar Ossuriya podsholari Tukultininurti I va Tiglatpalasar I tomonidan ikki marotaba vayron etilgan . Miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlarida Ossuriya va oromiy qabilalaridan xaldeylar o ʻrtasida B . uchun kurash bo ʻlgan . Miloddan avvalgi 732 yildan B . Ossuriya davlati tarkibida . Miloddan avvalgi 689 yil shahar isyon ko ʻtarganligi sababli Ossuriya podshosi Sinaxerib tomonidan butkul vayron etilgan . taxminan miloddan avvalgi 680 yil Sinaxeribning vorisi Asarxaddon tomonidan kayta tiklangan . Miloddan avvalgi 626 yil Blagi hokimiyatni xaldey Nabopalasar (626 — 604 ) egallab olgan .
Navuxodonosor II (604 — 562 ) davrida shahar gullabyashnagan, ravnaqtopgan . 538 yil B .ni forslar shohi Kir bosib olgan . Miloddan avvalgi 331 yil B .ni Iskandar Zulqarnayn zabt etgan . Miloddan avvalgi 312 yil B . Iskandarning sarkardalaridan biri Salavk qo ʻli ostiga o ʻtgan . Shu paytdan e ʼtiboran B . yetakchilik mavqeini yo ʻqota borgan va milodiy 2 -asrga kelib tarix sahnasidan uzilkesil tushib ketgan .
Mesopotamiya — jahon sivilizatsiyasi va qadimgi shahar madaniyati ning ilk o'choqlaridan biri . Bu madaniyatning ilk asoschilaridan biri shumerlar bo'lib, ularning yutuqlarini bobilliklar va osuriyaliklar o'zlashtirib, davom ettirdilar . Mesopotamiya madaniyatining manbalari er . av . IV ming yillikda shaharlar paydo bo'lishi bilan boshlandi . Uning uzoq yashash davrida unga xos ichki birlik, an'analarni merosiyligi, uning unsurlarining ajralmas aloqasi saqlanib qoldi . Mesopotamiya madaniyatining boshlang'ich davri o'ziga xos yozuvning shakllanishi bilan belgilanadi . Keyinchalik bu yozuv mixxatga aylanadi . Mixxat Mesopotamiya sivilizatsiyasining asosiy ildizi bo'lib, uning barcha jihatlarini birlashtirgan an'analarini saqlab qolish imkoniyatini berdi .