Boshlang'ich sinf matematika darslarida og'irlik o'lchov birliklarini o'rganish
z Boshlang'ich sinf matematika darslarida og'irlik o'lchov birliklarini o'rganish
z Reja 1. Og`irlik o`lchovi haqida umumiy tushuncha 2. Boshlang`ich sinf matematika darslarida mavzusida og`rlik o`lchovlarini o`rgatishning xususiyatlari 3. Jismning og‘irligi va uni o’lchash metodikasi 4. Dars ishlanmalari uchun tavsiyalar
z O`g`irlik o`lchovi haqida umumiy tushuncha Bolalarda massa haqida qanday tushuncha borligini aniqlab olish kerak. Buning uchun o’qituvchi shunday vaziyatdan foydalanish mumkin. Stolga ikkita bir xil rangli va o’lchamli ikkita kubikni qo’yish lozim. (Ularning birini yog’ochdan, ikkinchisini kartondan yasash mumkin. Ularning tashqi tomondan farqi bo’lmasligi kerak).O’qituvchi bu ikkala kubik bir xil bo’lsa ham, ularning o’rtasida farqlar borligini tushuntirishi kerak. Shunda bolalarda bu farq nimada ekanligiga qiziqish uyg’onadi. Ba‘zi bolalar esa kubiklarni yaqindan va hatto ko’tarib ko’rishga harakat qilishadi. Shunda o’qituvchi «og’irroq» va «yengilroq»predmetning massasi bilan bog’liq sifati ekanini tushintiradi. Matematikada «og’irroq» va «engilroq» so’zlari o’rniga «Ushbu predmetning massasi ko’p (yoki kam)» degan iboralar ishlatiladi.
z Boshlang`ich sinf matematika darslarida og`rlik o`lchovlarini o`rgatishning xususiyatlari Predmetlar massaga ega bo’lishi haqidagi boshlang’ich tasavvurlarni bolalar maktabgacha turmush tajribasida oladilar. Predmetlarni qo’lga olib bolalar sezish natijasida qaysi predmet og’ir, qaysinisi engil yoki ular bir xil og’irlikka egaligini aniqlaydilar. Biroq maktabgacha yoshdagi bolalarda sezish tajribasi hali etarlicha ko’p emas. Shuning uchun bolalar ikki predmet bu xossasi (massasi) bo’yicha bir-biridan juda farq qilib, boshqa xossalari bo’yicha o’xshash bo’lganda ularning massalarini «Qo’lda chamalab» taqqoslashlari mumkin. Massani baholashga predmetning o’lchamlari katta ta‘sir ko’rsatadi (hajmi katta predmetning massasi bolalarga doim katta bo’lib tuyuladi)
z Keyinchalik, bolalarda massani ko’z bilan va qo’l bilan chamalash o’quvini rivojlantirish uchun o’quvchilarga yukni tortishdan oldin u bir kilogrammdan ko’p yoki kam ekanligini, u necha kilogramm kelishini chamalab ko’rishni, so’ngra buni tortish bilan tekshirib ko’rishni taklif qilinadi. Bolalarga turmushda ko’p uchraydigan predmetlar (bir buxanka non, 1 litr sut, 1 chelak kartoshka va h. k.) necha kilogramm kelishini bilib olishga doir topshiriqlarni berish foydalidir. Bolalar bu ma‘lumotlardan ham masalalar tuzishda foydalanadilar. Tortish jarayonini tasvirlaydigan masalalarni kiritish zarur: «Tarozining bir pallasida bir yashik olma turibdi, ikkinchisida 5 kg li ikkita tosh turibdi. Agar yashik 1 kg bo`lsa, olmalarning og’irligi qancha?»Bunday masalalar bolalarning tasavvurlarini rivojlantiradi, ularni amaliy ma‘lumotlar bilan qurollantiradi (tortishda idishni hisobga olish).