logo

Chalaqoʻrgʻon Qishloq tarixi

Загружено в:

19.11.2024

Скачано:

0

Размер:

2497.2412109375 KB
MAVZU:   CHALAQOʻRGʻON QISHLOQ TARIXI
• Reja:
1. Men istiqomat qiladigan qishloqning geografik oʻrni
2. Qishloq xoʻjaligi va aholisi
3. Qishloq asosini tashkil etuvchi sulolalar.        Men yashaydigan qishloq nomi “Chalaqoʻrgʻon” 
deb nomlanadi. Qishloq yuzaga kelishi vaqti 
haqida aniq maʼlumotlarga ega boʻlmasamda. 
Lekin qishloqning yuzaga kelish vaqti oʻtgan 
asrning taxminan 20-30 yillariga toʻgʻri kelsa 
kerak. Chunki qishloq sovet davrida chekka 
hududlarni oʻzlashtirish maqsadida tashkil etilgan 
va “Ibn Sino” kalxozi tarkibiga kiritilgan koʻplab 
qishloqlardan biri edi.  Qishloq geografik joylashuv oʻrniga koʻra 
Samarqand viloyati Narpay tumani hududiga 
kiradi. Bundan tashqari qishloq Zarafshon 
daryosi boʻyida joylashgan. Shu sababli bizdan 
shimoliy tomonda boshqa qishloqlar mavjud 
emas. Daryoning narigi tomonidan boshlab 
Kattaqoʻrgʻon tumani hududlari boshlanadi. 
Asosiy M-37 magistral avtomobil yoʻlidan 4km 
ichkarida joylashganligi qishloqning iqtisodiy 
jihatdan qoloqligining aaosiy sabablaridan biri 
deb oʻylayman.         Qishloq Samarqand shahridan 100 km 
uzoqlikda, gʻarb tomonda joylashgan. 
     Qishloq chegarasi jud akatta hududni qamrab 
olgan boʻlsada, aholisi juda kam. Buning asosiy 
sabablaridan biri sifatida qishloq xoʻjaligining 
asosini dehqonchilik tashkil etishi va hududning 
asosiy qismini dala ekin maydonlari egallashini 
koʻrsatish mumkin. Bizga Yangiqoʻrgʻon, Qulogʻoy 
singari qishloqlar bilan  chegaradosh        Qishloq tarixi taxminan 100 yil boʻlgan deb 
qaralsada qishloq chekka hudud sifatida 
qaralada va shu sababli qishloq juda ham 
kengayib ketmagan. Hozirgi kunga kelib qishloq 
oʻzagini bir nechta sulolaviy oilalar tashkil etadi. 
      Bu kabi yirik oilalar sirasiga Urinovchilar va 
Tilovovchilar oilalarini kiritish mumkin. Bu 
oilalarning ham etnik kelib chiqishi ikki guruhga 
boʻlinadi. Urinovchilar sulolasi Mangʻitlar 
urugʻidan boʻlsa, ikkinchi Tilovovchilar sulolasi 
Beklar urugʻiga tegishli.  Uri nov chilar dal adagi hosilni y igʻish jaray oni dan 
lav halar      Mening oʻzim Urinovchilar oilasi azosi 
hisoblanaman. Oila men bilgan tarix boʻyicha 
Otam ba uning oilasi 4 farzanddan : 3 oʻgʻil va 1 
qizdan iborat boʻlgan. Mening oilam shu oilang 
kichik ogʻli Eshpoʻlat oilasidanman. Va Eshpolat 
bobo mening otam. Dadamlar oilada 12ta 
farzand: 6ta oʻgʻil va 6ta qiz. Bizning oila 
qishloqdagi eng katta oila sifatida shakllangan 
va qishloqning asosini tashkil etadi.  Eshpoʻl at  bobo, farzandlari v a k iy ov lari bi lan niv arasing 
t oʻy idan l av ha

MAVZU: CHALAQOʻRGʻON QISHLOQ TARIXI • Reja: 1. Men istiqomat qiladigan qishloqning geografik oʻrni 2. Qishloq xoʻjaligi va aholisi 3. Qishloq asosini tashkil etuvchi sulolalar.

Men yashaydigan qishloq nomi “Chalaqoʻrgʻon” deb nomlanadi. Qishloq yuzaga kelishi vaqti haqida aniq maʼlumotlarga ega boʻlmasamda. Lekin qishloqning yuzaga kelish vaqti oʻtgan asrning taxminan 20-30 yillariga toʻgʻri kelsa kerak. Chunki qishloq sovet davrida chekka hududlarni oʻzlashtirish maqsadida tashkil etilgan va “Ibn Sino” kalxozi tarkibiga kiritilgan koʻplab qishloqlardan biri edi.

Qishloq geografik joylashuv oʻrniga koʻra Samarqand viloyati Narpay tumani hududiga kiradi. Bundan tashqari qishloq Zarafshon daryosi boʻyida joylashgan. Shu sababli bizdan shimoliy tomonda boshqa qishloqlar mavjud emas. Daryoning narigi tomonidan boshlab Kattaqoʻrgʻon tumani hududlari boshlanadi. Asosiy M-37 magistral avtomobil yoʻlidan 4km ichkarida joylashganligi qishloqning iqtisodiy jihatdan qoloqligining aaosiy sabablaridan biri deb oʻylayman.

Qishloq Samarqand shahridan 100 km uzoqlikda, gʻarb tomonda joylashgan. Qishloq chegarasi jud akatta hududni qamrab olgan boʻlsada, aholisi juda kam. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida qishloq xoʻjaligining asosini dehqonchilik tashkil etishi va hududning asosiy qismini dala ekin maydonlari egallashini koʻrsatish mumkin. Bizga Yangiqoʻrgʻon, Qulogʻoy singari qishloqlar bilan chegaradosh