logo

Diqqat

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

754.8251953125 KB
                  Mav zu:     Diqqat  Bilasanmi?
Men 
bugun…… Masha, 
DIQQAT ni 
jamla!     Mavzu:      Diqqat  Reja:
Diqqat haqida umumiy 
tushuncha .
Diqqat turlari.
Diqqatning fiziologik 
asoslari.
Diqqatning xususiyatlari
Jahon psixologiyasida 
diqqat nazariyalari.
Diqqatning pedagogik 
psixologiyada organilishi1
2
3
4
5
6  Diqqat   haqida 
umumiy  t ushuncha
Ongni bir nuqtaga to’plab muayyan bir 
obektga faol to’planishiga  diqqat  
deyiladi. 
P.I.Ivanovning  fikricha,biz faoliyatimiz 
jarayonida idrok va tasavvur qiladigan 
har bir narsa va hodilalar, o’zimiz 
qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz 
diqqatning obyekti  bo’ladi.   Diqqat  sezgi, idrok, xotira tafakkur, hayol, nutq kabi
Alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha 
psixik jarayonlarda qatnashadi va ularning 
mahsuldorligini oshiradi.
  Fransuz olimi  Kyuve  geniallikni chidamli diqqat 
deb ta’riflashi,  Nyutonning  kashfiyot fikrini 
doimo shu masalaga qaratilish jarayoni deyishi, 
Ushinskiy ning diqqat psixologik hayotimizning  
aniq ko’rsatadiyagona eshigi deb baho berishi, 
diqqatning  inson faoliyatidagi  o’rni  qay 
darajada ekanligini korsatadi. 1 •
Ixtiyoriy diqqat
2 •
Ixtiyorsiz diqqat
3 •
Kasbga xos diqqat
4 •
Ixtiyoriydan keyingi diqqat
5 •
Qo’rquv diqqati Diqqat turlari                Ixtiyoriy diqqat -  ongning oldindan 
belgilangan maqsadga muvofiq irodaviy va 
asabiy faollik ko’rsatgan holda muayyan 
obyektga yo’nalish va unga to’planishdan 
iborat diqqat turi.
Ixtiyorsiz diqqat -  ongimizning oldindan 
belgilangam maqsadsiz ravishda muayyan 
ob’yektga yo’naltirishi va unga to’planishidan 
iborat. Ixtiyorsiz diqqat obyektlari narsa yoki 
hodisalarning odatdan tashqari holati, belgisi , 
sifati va b.l Kasbga xos diqqat –  ma’lum bir kasbga ko’p 
yil ishlash natijasida shu kasbning talablari va 
obyektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib 
topgan diqqat turi.
Ixtiyoriydan keyingi diqqat –  ushbu  
tushuncha   psixologiyaga  N.F.Dobrinin 
tomonidan   kiritilgan bo’lib   diqqatning  
muayyan obyektga, avvalo, ixtiyoriy 
ravishda qaratilib, songra unung ahamiyati 
tushunilgan sari o’z o’zidan qaratilib 
boriladigan diqqat turi  Qo’rquv diqqati -  narsa  va hodisalarni 
qo’rquv organi orqali idrok qilish, esga 
tushirish munosabati bilan namoyon 
boladigan diqqat turi
Ichki diqqat  –  ongimizning o’z subyektiv 
taassurotlarimiz, his-tuyg’ularimiz va 
intilishlarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi
Tashqi diqqat  – ongimizning obyektiv voqelikdagi 
narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va 
xususiyatlariga yo’naltirish, ularda faol 
to’planadigan diqqat turi Diqqatning fiziologik asoslari
1.I.P.Pavlov  asoslariga ko’ra: diqqatning fiziologik asosi 
qo’zg’alish jarayonining bosh miya sharlar qobig’ining 
ayrim uchastkalarida to’planishi natijasida optimal 
qo’zg’alish o’chog’ining hosil bo’lishi va ayni vaqtda miya 
qobig’idagi boshqa nerv markazlarining ma’lum darajada 
tormozlanishi
2.A.A.Uxtomskiy ning asoslariga ko’ra: Muayyan nerv 
uchastkasidagi kuchli qo’zg’aluvchanlik qobiliyatiga ega 
bo’lgan qo’zg’alish markazi dominantadir. U markaziy asab 
tizimiga kelgan har qanday qo’zg’alish, impulslarni qabul 
qilib , ularga tegishli javob qaytaradida, boshqa 
markazlarni tormozlash evaziga o’z faoliyatini yana 
kuchaytiradi Diqqatning xususiyatlari
1.Diqqaning 
                      
 ko’lami 2.Diqqatning 
ko’chuvchanli
3.Diqqatning  
bo’linishi 4.Diqqatning 
kuchi va 
barqarorligi                         Diqqatning ko’lami.
Diqqqatning ko’lami – diqqatga eng qisqa 
vaqt ichida sig’ishi mumkin bolgan narsalar 
soni bilan belgilanadi. Diqqat ko’lami tor yoki 
keng bo’lishi mumkin.
                 Diqqatning ko’chuvchanligi.
Diqqatning ko’chishi deganda, uning bir narsadan 
ikkinchi boshqa bir narsaga, faoliyatning bir turidan 
boshqa turiga o’tishini tushunamiz. Diqqatni 
ko’chirishning nerv fiziologik asosi, asosan ikkinchi 
signallar sistemasining signallari orqali bosh miyaning 
po’stida paydo bo’lgan optimal qo’zg’alish o’chog’ining 
o’rin almashtirishidir .                     Diqqatning bo’linishi
Ma’lum faoliyat jarayonida diqqat birgina 
narsaga emas, balki ikki va uch narsaga ham 
qaratilishi mumkin. Diqqat ayni vaqtda ayrim 
faoliyat turlariga bo’lina oladi. Faqat birgina 
narsaga qaratilgan diqqatni 
konsentratsiyalash -
gan  yoki  to’plangan  diqqat deyiladi.
Agarda diqqat faqat bir murakkab ish jarayoni-
ning o’zida ikki yoki uch narsaga qaratilgan va 
faoliyatning turli usullari bn bog’liq bo’lsa
bunday diqqat  bo’lingan  yoki  taqsim  qilin-
gan diqqat deyiladi.            Diqqatning kuchi va barqarorligi
Diqqatning kuchi turli darajada bo’lishi kuchli va 
kuchsiz bo’lishi mumkin. Diqqat kuchli bo’lsa, u 
diqqat obyektiga shuncha ko’p to’planadi va 
keraksz narsalarga kam chalg’iydi. Eng kuchsiz 
diqqat , tarqoq diqqat, parishon diqqat yoki 
to’g’ridan to’gri parishonlik deyiladi.
Uzoq muddatgacha  bir narsaning o’ziga 
qaratilib tura oladigandiqqat  barqaror  diqqat 
deyiladi. Agar diqqat biror bir faoliyat 
jarayonida boshqa narsalarga chalg’isa, tez 
sustlashsa va so’nib qolsa, bunday diqqat 
beqaror  diqqat deyiladi.  I.P.Pavlov ning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti, 
A.A.Uxtomskiy  ilgari surgan dominantlik prinsiplari 
diqqatning fiziologik asoslari va mexanizmlarini ilmiy 
nuqtayi nazardan tushuntirish imkonini yaratdi. 
Shundey bo’lsada yana juda ko’plab nazariyalar 
mavjud. Shu jumladan psixologiya fanida diqqatni 
o’rganishning yana ikki xil nazariyasi mavjud.
Birinchi nazariya negizida ongning bir nuqtada 
yo’nalganligi yotadi. Ikkinchi nazariyaga binoan uning 
zamirida organizmning  orientirovka  faoliyati   turadi.Jahon psixologiyasi fanida diqqat nazariyalari Diqqat shundan iboratki, u nimaga 
qaratilgan bo’lsa uni ko’rish mumkin. 
Diqqatni kishi psixik faoliyatini biron 
bir obyektga yo’naltirish va to’plash 
bilan boshqa obyektlardan chalg’itish 
mumkin. N.F.Dobrinin
Obyektning paydo bo’lishi bilan diqqat 
yuzaga keladi. Obyekt yo’qo’ganidan 
keyin esa psixik qism bo’lgan tekshirish, 
nazorat qilish jarayoni boshlanadi. 
Demak, diqqat ongning bir obyektga 
yo’nalti rilishi va ongli holati ni nazorat 
qiluvchi jarayondir. P.Y.Galperin 1926-yilda, “Ustanovka va Diqqat” darsligi chop 
etiladi. Unga ko’ra qator obyektlardan bir obyektni 
ajratishdiqqatning subyektiv kechinmasidir va buni 
obyektiv hodisalar bilan taqqoslashsezgi 
organlarining ustanovkasidan- ishlash vaziyatidan 
iboratK.N.Kornilov
Diqqatni biror bir obyektga tanlab 
yo’nalishiununi fenomenologik 
harakteridir. Bunday 
fenomemenologik harakteristikada 
ham diqqatning tabiati va 
xususiyatlari ochilmay qolaveradiS.L.Rubinshteyn K.D.Ushinskiy ning fikricha diiqat ruhiy hayo-
timizning  shunday yagona eshiigidirki, ongimizga 
kiradigan barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi. 
Diiqqat obyektni to’la va aniq idrok qilish qobiliyatiga 
ega. Ziyraklikning qator sabablariga oldin idrok 
qilingan obyekt izlarining ahamiyatidan tashqari, 
Ushinskiy taassurotning kuchi va to’plangan aktlarni  
boshqara olishni ko’rsatadi. Bolaning rivojlanishi 
uning diqqatini to’g’ri yo’nal-
tira bilishligini Ushinskiy ko’rsatadi. Diqqatning pedagogik psixologiyada o’rganilishi L.S.Vigotskiy  diqqat muammosini o’rganishda ijtimoiy va genetik 
nuqtayi nazaridan yondashdi. Ixtiyoriy diqqqatni tasqi simmular 
vositasida nutq funksiyasini  yo’naltirish deb tushuntirdi. 
A.N.Leontev  bolalarda diqqat formalarini tahlil qilib, 3ta bosqich 
mavjud ekanligini ko’rsatdi.
1. Natural 
bevosita, 
to’g’ridan to’g’ri 
aktlardan iborat.
Bola o’z xulq 
atvorini o’zi 
boshqara 
boshlaydi Tashqi belgining 
ahamiyatini 
egallash, tushuna 
bilishlar turadi.
Bu bosqich 
boshlang’ich 
ta’limda asosiy 
rol oynaydi. Tashqi 
taassurotlarning 
ichki tasirlariga 
aylanish jarayoni 
bilan bog’liq 
bo’lib bu asosan 
katta yoshdagi 
kishilarda bo’ladi         Diqqatni boshqarish va uni tarbiyalash, o’quvchilarda 
rivojlanish masalasi  I.V.Staxov  tomonidan atroflicha 
o’rganilgan.
Psixolog  N.V.Kuzmina ning fikricha, o’qituvchilarning dars 
davomida berayotgan bilimini  qanchalik o’zlashtira 
olishini tekshirib, bunda asosiy va yetakchi jarayonni 
diqqat o’ynaydi. Shunung uchun ham ta’lim tarbiya 
jarayonida hammadan avval tarbiyachi o’quvchining 
diqqatini torta bilishlik tarbiyachining asosiy maqsadi 
bo’lishi kerak. Bu esa o’qiladigan materialni  o’qituvchi 
puxta bilishni talab qiladi. Bundan kelib chiqadiki 
diqqatning tarbiyalanishi va shakllanishi ham vujudga 
keladi. Shunday qilib, obyektiv voqelikdagi 
narsa va hodisalar, subyektiv 
kechinmalar
Diqqat obyekti bolib hisoblanadi. 
Diqqat jarayonida  ongning voqelikka 
nisbatan tanlab munosabatda bo’lish 
xususiyati namoyon bo’ladi. O’quvchi 
biror obyektga diqqat qilar ekan, ayni 
bir paytda qolgan narsa va hodisalarni 
ong doirasidan chetda qoldirmaydi . Tuzuvchi: Mirzoyev Jamshid
E’t iboringiz uchun 
rahmat !

Mav zu: Diqqat Bilasanmi? Men bugun…… Masha, DIQQAT ni jamla! Mavzu: Diqqat

Reja: Diqqat haqida umumiy tushuncha . Diqqat turlari. Diqqatning fiziologik asoslari. Diqqatning xususiyatlari Jahon psixologiyasida diqqat nazariyalari. Diqqatning pedagogik psixologiyada organilishi1 2 3 4 5 6

Diqqat haqida umumiy t ushuncha Ongni bir nuqtaga to’plab muayyan bir obektga faol to’planishiga diqqat deyiladi. P.I.Ivanovning fikricha,biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa va hodilalar, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz diqqatning obyekti bo’ladi.

Diqqat sezgi, idrok, xotira tafakkur, hayol, nutq kabi Alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi va ularning mahsuldorligini oshiradi. Fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta’riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrini doimo shu masalaga qaratilish jarayoni deyishi, Ushinskiy ning diqqat psixologik hayotimizning aniq ko’rsatadiyagona eshigi deb baho berishi, diqqatning inson faoliyatidagi o’rni qay darajada ekanligini korsatadi.

1 • Ixtiyoriy diqqat 2 • Ixtiyorsiz diqqat 3 • Kasbga xos diqqat 4 • Ixtiyoriydan keyingi diqqat 5 • Qo’rquv diqqati Diqqat turlari