Dorishunoslik slayd
D orishunoslik
Reja: 1.Dorishunoslik fani haqida tushuncha. 2.Dorixona haqida tushuncha. 3.Dori moddalarning shakli. 4.Odam organizmiga dori moddalarning ta’siri.
1.Dorishunoslik fani haqida tushuncha. Dorishunoslik fani va dorixona haqida tushuncha. Farmakologiya dorishunoslik fani degan ma’noni bildiradi. Dorishunoslik fani dori moddalarning olinishi, ishlab chiqarilishi, odam organizmiga ta’sirini o‘rganuvchi fan. Dorixona. Dorixona (yunoncha-Apotheca-ombor) so‘zidan olingan bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli muassasadir. Dorixonaning asosiy vazifasi aholini va davolash muassasalarini dori moddalari bilan ta’minlashdir. Dorixonada dori moddalar retseptlarga muvofiq tayyorlanadi. Bundan tashqari dorixonada retseptsiz beriladigan tayyor dorilar ham sotiladi.
Dorixona haqida tushuncha. Dorixonada bemorlarni davolash jarayonida ishlatiladigan buyumlar, mineral suvlar, bog‘lov materiallari, ko‘zoynaklar va shu kabilar chakana mollar sifatida sotiladi. Dorixonalarning ikki turi bo‘ladi: Birinchisi - ochiq turdagi dorixonalar (xo‘jalik hisobidagi), bularda vrach yozib bergan retsept orqali beriladigan hamda retseptsiz beriladigan dorilar va tibbiy asboblar, buyumlar sotiladi. Ikkinchisi- yopiq turdagi dorixona bo‘lib, shifoxonada tashkil etiladi va shifoxonada davolanayotgan bemorlarni dori moddalari bilan ta’minlaydi. Bu dorixonalarda shifoxona, davolash maskani shifokorlari buyurtmasi bo‘yicha dori tayyorlanadi.
Dori moddalarning shakli. Dori moddalarning shakllari. Dori moddalarining quyidagi shakllari bo‘ladi: 1.Qattiq dori shakli: kukun, tabletka, draje, kapsula, granula. 2.Suyuq dori shakli: damlama, qaynatma, ekstrakt, nastoyka, emulsiya, suspenziya, ampula va flakonlarda chiqadigan suyuq dorilar. 3.Yumshoq dori shakli: malham, shamcha, pasta, liniment.