logo

DUNYO AHOLISI VA ZAMONAVIY DEMOGRAFIK VAZIYAT

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

6157.94921875 KB
Dunyo aholisi va zamonaviy 
demografik vaziyat  •
XIX asrgacha dunyo aholisining soni ancha sekin o‘sib, 
1820-yilga kelib 1 milliard kishiga yetdi. Bu jarayon 
aholining tabiiy o‘sishi pastligi bilan belgilangan edi, chunki 
o‘tgan tarixiy bosqichlarda ham tug‘i lish, ham o‘lim 
ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, ular orasidagi farq juda kichik 
darajada edi. Lekin 1 milliarddan 2 milliardgacha ko‘payish 
uchun insoniyatga birmuncha kamroq vaqt, ya’ni 107 yil 
kerak bo‘ldi (1820–1927-yillar orasi). Keyingi yillarda dunyo 
aholisi soni yanada tezroq o‘sib bordi. 1960-yilga kelib 
dunyo aholisi 3 milliard kishiga yetdi. 1975-yilga kelib 4 
milliard kishi, 1987-yilda 5 milliard kishi, 1999-yilda 6 
milliard kishi, 2011-yilga kelib esa 7 milliard kishiga teng 
bo‘ldi. 2017-yil holatiga jahon aholisi soni 7,5 milliard kishi 
atrof da va o‘sishi davom etmoqda.  •
Demak,  XIX  asrning  ikkinchi  yarmiga  kelib  jahon  aholi  sonining 
ko‘payishi  keskin  tezlashdi.  Bu  jarayon  fanda demografik  portlash 
deb ataladi.  Bu  hodisaning  sababi  –  ijtimoiy-iqtisodiy  va  fan-
texnika  taraqqiyoti  tufayli  aholining  turmush  darajasi  yuksalishi,  
yashash  sharoiti  yaxshilanishi  va  sog‘liqni  saqlash  tizimining  
rivojlanishi,  odamlarning  o‘rtacha  umr  davomiyligining  o‘sishi,  
o‘lim  darajasi  esa  pasayib  ketganligidir. Dastlab  demografi k  
portlash  XIX  asrning  boshi  –  XX  asrning  birinchi yarmida  
G‘arbiy  Yevropa  va  Shimoliy  Amerikada  ro‘y  bergan  bo‘lsa, XX  
asrning  ikkinchi  yarmida  esa  Osiyo,  Afrika,  Lotin  Amerikasi  va 
Okeaniyadagi  rivojlanayotgan  mamlakatlar  aholi  sonining  yuqori  
sur’atlar  bilan  o‘sishida  o‘z  aksini  topdi.  •
Rivojlanayotgan  mamlakatlar  aholisi  yuqori  
tezlik  bilan  o‘sib  kelgan  bir  paytning  o‘zida,  
Yevropa  davlatlari  va  Yaponiyada  aholining 
tabiiy  ko‘payishi  keskin sekinlashdi.  Hattoki,  
ayrim  hollarda  tug‘ilish   o‘limdan  ham  pastroq  
darajaga  tushib  ketib,  aholining  tabiiy  
kamayish (depopulyatsiya) jarayoni  ham  ro‘y  
berdi.  •
Demografik portlashdan keyingi tug‘ilishning pasayib 
ketish jara yoni sabablarini demografik  o‘tish  
nazariyasi yordamida  izohlash  mumkin. Bu  
nazariyaga  ko‘ra,  jamiyatda  aholining  takror  barpo  
bo‘lishi  4  ta bosqichdan  o‘tib  o‘zgarib  boradi  (7-
rasm).  Dastlabki,  1-bosqichda tug‘ilish  bilan  o‘lim  
juda  yuqori  bo‘lib,  orasidagi  tafovut,  ya’ni  aholi  
tabiiy  ko‘payishi  minimal  darajada  saqlanadi.  
Bunday  demografik vaziyat  “an’anaviy  turg‘unlik”  
deb  ataladi.  Keyingi,  2-bosqich  davomida  o‘lim  
darajasi  keskin  kamayib,  yuqorida  ta’riflangan  
demografik portlash  hodisasi  ro‘y  beradi.     •
Demografi k  o‘tishning  3-bosqichida o‘limning  pasayish  
jarayoni  o‘z  poyoniga  yetib,  tug‘i lish  darajasi  
kamayishni  boshlaydi.  Tug‘ilishning  pasayib  ketishi  aho li 
ning  yashash tarzi  o‘zgarganligi  (shaharlashuv, 
sanoatlashuv,  mehnat  unumdorligining  yuksalishi,  tibbi 
yotning  rivojlanishi,  ayollarning  jamiyatdagi  o‘rni 
o‘zgarishi  va  hokazo)  natijasida yuzaga  keladi.  Yakuniy,  
4-bosqichda  esa  tug‘ilish  va  o‘lim  ko‘rsatkichlari  ancha  
past  bo‘lib,  tabiiy ko‘pa yish  minimal  darajada  kuzatiladi  
va  “zamonaviy  barqarorlik” deb  ataluv chi  demografi k  
vaziyat  vujudga  keladi.  Ba’zida  demografik o‘tish  
jarayoni  bu  holat  bilan  chegaralanib  qolmasdan,  
depopulyatsiya bosqichiga  ham  o‘tib  ketadi.  •
Dunyoning  turli  mamlakatlari  demografik  
o‘tishning  har  xil  bosqichini  boshdan  
kechirmoqda.  G‘arbiy  Yevropa  mamlakatlari,  
Yaponiya,  Kanada,  Avstraliya,  Yangi  Zelandiya  
kabi  rivojlangan  mamlakatlar 4-bosqichda  bo‘lib,  
tug‘ilish  va  aholi  tabiiy ko‘payishining  pastligi  
bilan ajralib  turibdi.  Osiyoda  Janubiy  va  Shimoliy  
Koreya,  Singapur,  Tailand va  hattoki  aholi  soni  
jihatidan  dunyoda  yetakchilik  qilayotgan  Xitoy 
ham  demografik  o‘tishning  yakuniy  bosqichiga  
kirdi.  •
Lotin  Amerikasi va  Okeaniyaning  ayrim  
rivojlanayotgan  mamlakatlarida  ham  o‘xshash 
demografik  vaziyat  kuzatilmoqda.  Tug‘ilish  va  
aholining  tabiiy  ko‘payishining  eng  past  
ko‘rsatkichlari  esa  Vengriya,  Bolgariya,  Serbiya, 
 Ruminiya,  Latviya,  Litva,  Ukraina  kabi  
Yevropaning  o‘tish  iqtisodiyotidagi  davlatlariga  
xos.  Bu  davlatlarda  bir  necha  yildan  buyon  
aholining tabiiy  kamayishi  sodir  bo‘lmoqda.  •
Rivojlanayotgan  mamlakatlarning  ko‘pchiligi  
demografi k  o‘tishning 3-bosqichini  kechirmoqda,  
ularda  tug‘ilish  ko‘rsatkichlari  asta-sekin  pasayib  
bormoqda.  Demografi k  o‘tish  jarayonining  eng  
past  sur’atlari  esa Afrika  davlatlari  uchun  xos.  
Ayniqsa,  G‘arbiy,  Markaziy  va  Sharqiy  Afrika  
mamlakatlarida  tug‘ilish  va  aholi  tabiiy  
ko‘payishining  yuqori  darajalari  saqlanib  
qolmoqda.  Jumladan,  2016-yil  yakunlari  bo‘yicha,  
jahonning  aholi  tabiiy  ko‘payish  sur’atlari  
bo‘yicha  10  ta  yetakchi  davlat ichida  9  tasi  Afrika 
 materigida  joylashgan,  birinchi  beshlikdan  esa  
faqat Afrika  mamlakatlari  (Malavi,  Uganda,  
Burundi,  Niger,  Mali)  joy  olgan.  •
Demak,  dunyoning  eng  rivojlangan  
davlatlari  hamda  o‘tish  iqtisodiyotidagi  ko‘p  
davlatlar  demografi k  o‘tishni  yakunlab  
qo‘ygan  bo‘lsa lar, Afrikaning  ijtimoiy-
iqtisodiy  jihatidan  eng  sust  rivojlangan  
mamlakatlari  2-bosqichdan  3-bosqichga  
o‘tish  arafasida  turibdi.  Shuning  uchun 
hozirgi  sharoitda  dunyo  aholisi,  asosan,  
rivojlanayotgan  va  eng  qoloq mamlakatlar  
hisobiga  ko‘payib  bormoqda. •
Hozirgi  davrda  dunyo  aholisi  har  yili  
o‘rtacha  70–80  mln  kishiga  ko‘paysa,  bu  
ko‘payishning 97%  Afrika,  Osiyo  va  Lotin  
Amerikasining  rivojlanayotgan  davlatlariga 
to‘g‘ri  keladi  (8-jadval).  Rivojlangan  va  
rivojlanayotgan  mamlakatlarning  demografi k  
vaziyatidagi  tafovutlar  ijtimoiy-iqtisodiy  
rivojlanish darajasi,  shaharlashuv,  aholining  
turmush  tarzi  va  an’anaviy  qadriyatlarning  
saqlanganlik  darajasi  kabi  omillar  bilan  
bog‘liq.   •
Tabiiy  ko‘payishning  yuqori  sur’atlari  
saqlanishi  yoki  o‘ta  past  darajaga  tushishi  
mamlakat  iqtisodiyoti  uchun  turli  
muammolarni  keltirib chiqaradi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu 
muammolar ishsizlik, ta’lim va  sog‘liqni  
saqlash  sohalaridagi  kamchiliklar  bo‘lsa,  
rivojlangan  davlatlarda  ular  mehnat  
resurslari  yetishmasligi,  nafaqa  va  soliq  
tizimlarining beqarorligida  bilinadi.  •
Ayrim  davlatlar  demografi k  vaziyatini  o‘zgartirish 
maqsadida  maxsus  moddiy,  ma’muriy  va  targ‘ibot 
 choralarini  qo‘llab kelmoqda.  Davlat  tomonidan  
ishlab  chiqilgan  va  amalga  oshiriladigan bunday  
choralar  tizimi demografi k siyosat  deb  ataladi.  
Demografi k  siyosat,  asosan,  ikki  xil:  mamlakat  
aholisi  tabiiy  o‘sishini  kamaytirishga qaratilgan  
yoki  uni  ko‘tarish  maqsadini  ko‘zlaydigan  bo‘ladi. 
 Birinchi yo‘nalishdagi  demografi k  siyosat  
tajribalari  Xitoy,  Hindiston,  Pokiston, Bangladesh,  
Eron  va  boshqa  rivojlanayotgan  davlatlarda  
mavjud  bo‘lsa, ikkinchisi  Yevropa  mamlakatlarida  
amalga  oshirilmoqda.

Dunyo aholisi va zamonaviy demografik vaziyat

• XIX asrgacha dunyo aholisining soni ancha sekin o‘sib, 1820-yilga kelib 1 milliard kishiga yetdi. Bu jarayon aholining tabiiy o‘sishi pastligi bilan belgilangan edi, chunki o‘tgan tarixiy bosqichlarda ham tug‘i lish, ham o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, ular orasidagi farq juda kichik darajada edi. Lekin 1 milliarddan 2 milliardgacha ko‘payish uchun insoniyatga birmuncha kamroq vaqt, ya’ni 107 yil kerak bo‘ldi (1820–1927-yillar orasi). Keyingi yillarda dunyo aholisi soni yanada tezroq o‘sib bordi. 1960-yilga kelib dunyo aholisi 3 milliard kishiga yetdi. 1975-yilga kelib 4 milliard kishi, 1987-yilda 5 milliard kishi, 1999-yilda 6 milliard kishi, 2011-yilga kelib esa 7 milliard kishiga teng bo‘ldi. 2017-yil holatiga jahon aholisi soni 7,5 milliard kishi atrof da va o‘sishi davom etmoqda.

• Demak, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib jahon aholi sonining ko‘payishi keskin tezlashdi. Bu jarayon fanda demografik portlash deb ataladi. Bu hodisaning sababi – ijtimoiy-iqtisodiy va fan- texnika taraqqiyoti tufayli aholining turmush darajasi yuksalishi, yashash sharoiti yaxshilanishi va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi, odamlarning o‘rtacha umr davomiyligining o‘sishi, o‘lim darajasi esa pasayib ketganligidir. Dastlab demografi k portlash XIX asrning boshi – XX asrning birinchi yarmida G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada ro‘y bergan bo‘lsa, XX asrning ikkinchi yarmida esa Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyadagi rivojlanayotgan mamlakatlar aholi sonining yuqori sur’atlar bilan o‘sishida o‘z aksini topdi.