logo

Ekzogen jarayonlarning geokimyosi, Gidrosfera geokimyosi

Загружено в:

15.11.2024

Скачано:

0

Размер:

76.13671875 KB
Ekzogen jarayonlarning geokimyosi, 
Gidrosfera geokimyosi
1.   Ekzogen geologik jarayonlar.
2.   Nurash.
3.    Mexanik nurash.
4.  Kimyoviy nurash.
5.  Biologik nurash.      Ekzogen geologik jarayonlar
Yer  po’stida  bo'ladigan  geologik  jarayonlar  ekzogen 
jarayonlar  deb  nomlanib,  uning  natijasida  rel’ef  nevilirlanadi 
yoki  silliqlanadi.  Bu  jarayonlar  atmosfera,  gidrosfera  va 
biosferalarning  Yer  po’sti  bilan  o'zaro  ta'siri  natijasida  bo'ladi. 
Tepaliklar  emiriladi,  emirilgan  jinslar  shamol,  suv  yordamida 
olib ketiladi va yotqiziladi. Yerning tashqi kuchlari bilan bog’liq 
bo'lgan  geoologik  jarayonlar  natijasida  oltin,  qo'rg’oshin, 
platina,  olmos,  har  xil  ko'mirlar,  slanets,  neft,  gaz  va  boshqa 
foydali qazilma konlari vujudga keladi.     Nurash
Mineral va tog’ jinslarining muhim o'zgarishini vujudga 
keltiruvchi mexanik, ximik va organik turdagi bir qancha 
jarayonlarga nurash deyiladi.
Yer yuzasidagi jinslar temperaturaning sutka va yil davomida 
o'zgarib turishi, havo va namning fizik hamda kimyoviy ta'sir 
etishi va organizmlarning ta'siri natijasida nurab ketadi. Quyosh, 
havo, nam va organizmlarning ta'siri natijasida tog’ jinslarining 
o'zgarish jarayoni nurash deb ataladi. Qattiq jinslarning katta-
kichik parchalarga bo'linib sinishi fizik nurash deb ataladi.     Bunda jinsni tashkil etuvchi minerallarning kimyoviy tarkibi 
o'zgarmaydi. Temperaturaning o'zgarib turishi fizik nurashning 
asosiy faktoridir. Agar jins yoriqlariga suv kirib, bu erda suv 
muzlab qolsa, u holda fizik nurash yana ham tezlashadi. Suv 
muzlaganda uning hajmi kengayishi ma'lum. Muzlagan 
suvning yoriq devorlarining 1 sm 2
 yeriga itargan kuchi 
taxminan 870 kg ga etadi. G’oyat katta bunday kuch har 
qanday qattiq jinsni ham maydalab tashlashi mumkin. Suvning 
takror muzlab erib turishi bilan bog’liq bo'lgan fizik nurash 
sovuqdan nurash deb ataladi.       Fizik nurash natijasida hattiq jinslar mayda-mayda bo'lib 
ketadi, hatto zarrachalar 0,01 mm gacha etadi. Qattiq jins 
zarrachalarining issiqdan kengayib ketishi, tuzlarning 
to'planishi ham fizik nurashga kiradi. Tog’ jinslari har xil 
minerallardan hosil bo'lganligi uchun issiqlikni bir xil 
o'tkazmaydi. Bundan  tashqari, bir xil minerallardan tuzilgan 
tog’ jinslari ham bir xilda kengaymaydi va mineral kristali 
hamma tomonga har xil kengayadi. Shunga ko'ra, tog’ jinslarini 
tashkil etuvchi minerallarning turlicha kengayishi va torayishi 
natijasida hatto granit jinsi ham maydalanadi.       Q uyidagi jadvalda ba'z i bir minerallar hajmining kengayish koeffitsienti berilgan.Mineral Kengay ish k oeffi t sent i
 
Kv art s.................................. 
Ort ok laz...............................
Shoh aldamchi..................... 
Kal’t si t ................................. 0,000310
0,000170
0,000284
0,000200      Nurash  Yer  yuzasining  o'simlik  bilan  qalin  yoki  siyrak 
qopla-nishiga  ham  bog’liq.  Suv  va  o'simlik  kam  yoki  yo'q, 
bo'lgan  joylarda  fizik  nurash  kuchli  bo'ladi.  O'rta  Osiyoda  yoz 
faslida (qoraqum cho'lida) qum va yalang toshlar temperaturasi 
70-80C  ga  etadi,  kechalari  5-10C  gacha  pasayadi,  natijada 
jinslar yorilib ketadi.
Nurash  xodisasi  jinslarning  kristalli  va  qatlamlarning  darzli 
bo'lishiga  ham  bog’liq.  Tog’  jinsida  darz  qancha  ko'p  bo'lsa,  u 
shuncha tez emiriladi.     Mexanik nurash asosan tashqi sabablar yordamida yuz beradi. 
Chunonchi, Yer yoriqlariga, mineral va tog’ jinslari orasiga kirib 
qolgan suvning temperaturasi pasayib, bu Yerda suv muzlaydi, 
suv muzlashi bilan muz kengayib, jinslarni yorib yuboradi, 
Bunday nurash ko'proq yalang tog’ jinslarida, baland tog’larda 
yilning barcha faslida bo'lib turadi. Buning natijasida juda ko'p 
siniq jinslar uyumi hosil bo'ladi.
Bundan tashqari, Yer yuzasi qanday joy bo'lishidan qat'y nazar, 
o'simlik bilan qonlangan. O'simliklarning ildizi jins lar orasiga 
yorib kirib, ularni bo'laklarga ajratadi, darzlarni kengaytiradi. 
Chirigan ildizlardan o'tgan suv Yer ostida muzlab, darzlarni 
kengaytiradi.     Kimyoviy nurash. Fizik nurash natijasida jinslar 
maydalana di, parchalanadi, ba'zan eziladi. Tog’ jinsiga 
erkin kislorod ta'siri natijasida, ayniqsa jins orasiga 
suvning o'tib borishi orqasida u Yerda hosil bo'lgan 
kimyoviy reaktsiya tufayli kimyoviy nurash yuz beradi. 
Kimyoviy nurash qattiq jins	
 larning yana ham ko'proq 
maydalanishiga yordam beradi. Kimyo	
 viy jarayonlar 
asosan oksidlanish, gidrotatsiya (metallarning 
suvlanishi), erish va gidroliz xillariga bo'linadi.     Oksidlanish. Yer po’stini tashkil qiluvchi mineral va tog’ 
jinslari atmosferadagi erkin kislorod ta'sirida oksidlanadi. 
Atmosferada erkin kislorod 21 foizni, suvda 30 foizni tashkil 
etadi. Nurash bo'ladigan zonada erkin kislorod bo'lgan vaqtda 
qaytarilish reaktsiyasi ketadi va sul’fidlar hosil bo'ladi.
Erkin kislorod havoda va suvda bo'lganligidan sul’fid lar beqaror 
bo'lib qoladi va parchalanib asta-sekin sul’fatlarga, karbonatlarga 
va oksidlarga aylanadi. Temirning suvli oksidi Yer yuzasidagi 
pirit yoki boshqa temir sul’fidlari bo'lgan jinslarning oksidlanishi 
natijasida hosil bo'lib, u Yer yuzasida temir Qalpoq deb ataluvchi 
shaklda uchraydi. Jinslarga issiqlik ta'sir etishi natijasida 
oksidlanish jarayoni goh tez, goh sekin yuz berishi mumkin.
Oksidlanish jarayoni kimyoviy nurash hodisasi ichida 
ko'poq uchrab turadi, bu jarayonda atmosfera, suv va issiqlik 
ta'sirida temirli, magniyli va alyuminiyli jinslar oksidlanib turadi.      Gidrotatsiya (metalning suvlanishi). Bu jarayon natijasida 
minerallar suv ta'sirida o'zgarib nuraydi. Bunga misol qilib 
tabiatda angidridni gipsga aylanish reaktsiyasini ko'rsatamiz.
CaSO
4  + 2H
2 O = CaSO
4  · 2H
2 O
Yana bir misolda gematit mineralini limonitga aylanishini 
keltishish mumkin.
2Fe
2 O
3  + 3H
2 O → 2Fe
2 O
3  · 3H
2 O
Mineral tarkibiga kislorod yoki suv molekulasi o'rnashishi bilan 
uning hajmi kattalashadi va atrofidagi jinslarii itarib darzlar hosil 
qiladi.

Ekzogen jarayonlarning geokimyosi, Gidrosfera geokimyosi 1. Ekzogen geologik jarayonlar. 2. Nurash. 3. Mexanik nurash. 4. Kimyoviy nurash. 5. Biologik nurash.

Ekzogen geologik jarayonlar Yer po’stida bo'ladigan geologik jarayonlar ekzogen jarayonlar deb nomlanib, uning natijasida rel’ef nevilirlanadi yoki silliqlanadi. Bu jarayonlar atmosfera, gidrosfera va biosferalarning Yer po’sti bilan o'zaro ta'siri natijasida bo'ladi. Tepaliklar emiriladi, emirilgan jinslar shamol, suv yordamida olib ketiladi va yotqiziladi. Yerning tashqi kuchlari bilan bog’liq bo'lgan geoologik jarayonlar natijasida oltin, qo'rg’oshin, platina, olmos, har xil ko'mirlar, slanets, neft, gaz va boshqa foydali qazilma konlari vujudga keladi.

Nurash Mineral va tog’ jinslarining muhim o'zgarishini vujudga keltiruvchi mexanik, ximik va organik turdagi bir qancha jarayonlarga nurash deyiladi. Yer yuzasidagi jinslar temperaturaning sutka va yil davomida o'zgarib turishi, havo va namning fizik hamda kimyoviy ta'sir etishi va organizmlarning ta'siri natijasida nurab ketadi. Quyosh, havo, nam va organizmlarning ta'siri natijasida tog’ jinslarining o'zgarish jarayoni nurash deb ataladi. Qattiq jinslarning katta- kichik parchalarga bo'linib sinishi fizik nurash deb ataladi.

Bunda jinsni tashkil etuvchi minerallarning kimyoviy tarkibi o'zgarmaydi. Temperaturaning o'zgarib turishi fizik nurashning asosiy faktoridir. Agar jins yoriqlariga suv kirib, bu erda suv muzlab qolsa, u holda fizik nurash yana ham tezlashadi. Suv muzlaganda uning hajmi kengayishi ma'lum. Muzlagan suvning yoriq devorlarining 1 sm 2 yeriga itargan kuchi taxminan 870 kg ga etadi. G’oyat katta bunday kuch har qanday qattiq jinsni ham maydalab tashlashi mumkin. Suvning takror muzlab erib turishi bilan bog’liq bo'lgan fizik nurash sovuqdan nurash deb ataladi.

Fizik nurash natijasida hattiq jinslar mayda-mayda bo'lib ketadi, hatto zarrachalar 0,01 mm gacha etadi. Qattiq jins zarrachalarining issiqdan kengayib ketishi, tuzlarning to'planishi ham fizik nurashga kiradi. Tog’ jinslari har xil minerallardan hosil bo'lganligi uchun issiqlikni bir xil o'tkazmaydi. Bundan tashqari, bir xil minerallardan tuzilgan tog’ jinslari ham bir xilda kengaymaydi va mineral kristali hamma tomonga har xil kengayadi. Shunga ko'ra, tog’ jinslarini tashkil etuvchi minerallarning turlicha kengayishi va torayishi natijasida hatto granit jinsi ham maydalanadi.