logo

Elektroliz jarayonlari Faradey qonunlari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

946.197265625 KB
MAVZU:Elektroliz 
jarayonlari Faradey 
qonunlari Reja
          Kirish
1.  Elektroliz to ’ g ’ risida umumiy ma ‘ lumot
          Asosiy qism 
1.  Elektrolitlar suvdagi eritmalarining elektrolizi
2.  Faradey qonunlari
 3.  Qutblanish
 4.  Ajralish potentsiali va ajralish kuchlanishi
 5. Akkumulyatorlar
6. Elektroliz jarayoni va uning qo’llanilishi
         Xulosa 
         Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Elektroliz to’g’risida umumiy ma‘lumot
Elektr energiyasi ta‘sirida sodir bo’ladigan oksidlanish – qaytarilish jarayonlari 
elektroliz  deb ataladi. Aslida «Elektroliz» deganda elektrolit eritmasi yoki 
suyuqlanmasi orqali elektr oqimi o’tganida sodir bo’ladigan barcha jarayonlarni 
tushuniladi. Masalan, suyuqlantirilgan magniy xlorid orqali elektr oqimi o’tganida 
magniy kationlari elektr maydon ta‘sirida manfiy elektrod tomon harakat qiladi. Bu 
elektrodga yetishi bilanoq tashqi zanjirdan kelayotgan elektronlarga duch kelib, 
qaytariladi: Mg2+ + 2e–   Mg. Xlor anionlari elektr maydoni ta‘sirida musbat 
elektrod tomon harakatlanadi: o’z elektronlarini musbat elektrodga berib 
oksidlanadi. Xlor ionlarining oksidlanishi asosan, elektrkimyoviy bosqichni, ya‘ni 
birlamchi jarayonni tashkil etadi. Uni 2Cl- - 2e   2Cl shaklida ifodalash mumkin. Bu 
jarayon natijasida hosil bo’lgan ikkita xlor atomlarining o’zaro birikib, xlor 
molekulasiga aylanishi esa ikkilamchi jarayondir:
2Cl   Cl2
Ikkala elektrodda sodir bo’lgan jarayonlarning tenglamalarini bir – biriga qo’shish 
bilan, suyuqlantirilgan MgCl2 elektrolizidagi oksidlanish – qaytarilish 
reaksiyasining yig’indi tenglamasiga ega bo’linadi: Mg2+ + Cl-   Mg + Cl2. Qaysi 
elektrodda qaytarilish sodir bo’lsa, uni xuddi galvanik elementlardagi kabi  katod  
deb, qaysisida oksidlanish ro’y bersa, uni  anod  deb ataladi. Galvanik 
elementlardagiga teskari o’laroq, elektrolizdagi katod manfiy, anod musbat 
zaryadga ega bo’ladi. Buning sababi shundaki, elektrolizda boradigan jarayonlar 
galvanik element ishlashida sodir bo’ladigan jarayonlarga qarama – qarshidir. Elektrolitlarning suvdagi eritmalarida sodir bo’ladigan katod 
jarayonlarni ko’zdan kechirishda birinchi navbatda vodorod 
ionlarining qaytarilish potentsialini nazarda tutish kerak. Bu 
potentsialning qiymati vodorod ionlar konsentratsiyasiga, 
binobarin, eritmadagi pH ga bog’liq:
  E = 0,059lg [H+] yoki E = - 0,059 pH
Neytral muhit uchun pH = 7; binobarin: E = - 0,059 · 7 = - 
0,41 в .
Demak, agar elektrolit kationini tashkil qiluvchi metallning 
normal potentsiali – 0,41v dan ko’ra musbatroq bo’lsa, 
neytral eritmaning elektrolizida katodda ayni metall ajralib 
chiqadi. Bunday metallar kuchlanishlar qatorida vodorodga 
yaqin turadi (masalan qalay). Agar elektrolitni tashkil qilgan 
metallning elektrod potentsiali – 0,41v ga qaraganda 
ancha manfiy bo’lsa, katodda albatta vodorod ajralib 
chiqadi.   Elektrolitlar suvdagi eritmalarining elektrolizi 
Suyuqlantirilgan elektrolitlarning elektrolizi bilan elektrolitlar 
eritmalarining elektrolizini bir-biridan farqlash lozim. Elektrolitlar eritmalarining 
elektrolizi jarayonlarida suv molekulalari ham ishtirok etishi mumkin. 
Misol uchun NaCl ning suvdagi konsentrlangan eritmasining elektrolizini 
ko`rib chiqamiz. Bu holda eritmada gidratlangan Na+ va Cl- ionlari, shuningdek, 
suv molekulalari bo`ladi. Eritma orqali elektr toki o`tganida Na+ kationlari katodga, 
Cl- anionlari anodga tomon harakatlanadi. Lekin elektrodlarda sodir bo`ladigan 
reaksiyalar tuz suyuqlanmasida boradigan reaksiyadan tubdan farq qiladi. 
Masalan, katodda Na+ ionlarining o`rniga suv molekulalari qaytariladi: 
2H2O + 2e- = H2 + 2OH-1
Anodda esa Cl- ionlar oksidlanadi: 
2Cl-1 - 2e- = Cl2
2H2O + 2e- = H2 + 2OH-
2Cl-1 - 2e- = Cl2
2H2O + 2Cl-1     H2 + Cl2 + 2OH-  yoki     2H2O + 2NaCl    H2 + Cl2 + 2NaOH
Suvdagi eritmalarda katodda qaytarilish jarayoni qanday sodir bo`ladi? 
Bu savolga  standart elektrod potensiallar qatori  yordamida javob topish mumkin. 
Bu erda uch xil hol bo`lishi mumkin:
Standart elektrod potensiali vodorodnikidan katta bo`lgan metallarning (Cu+2 dan 
Au+3 gacha) kationlari elektrolizda katodda deyarli to`liq qaytariladi;
Standart elektrod potensiali vodorodnikidan kichik bo`lgan metallarning (Li+1 dan 
Al+3 gacha) kationlari katodda qaytarilmaydi, ularning o`rniga suv molekulalari 
qaytariladi; 
Standart elektrod potensiali vodorodnikidan kichik, lekin alyuminiynikidan katta 
bo`lgan metallarning (Al+3 dan H+1 gacha) kationlari elektroliz vaqtida katodda suv  
molekulalari bilan birga qaytariladi. Faradey qonunlari
Elektr energiyasi bilan kimyoviy jarayonlar orasida miqdoriy 
bog’lanish borligini dastlab (1836 yilda) ingliz olimi M. Faradey 
aniqlagan.
Elektrolizning 1 – qonuni quyidagicha ta‘riflanadi:  elektroliz vaqtida 
elektrodda ajralib chiqadigan moddaning og’irlik miqdori 
eritmadan o’tgan elektr miqdoriga to’g’ri proportsionaldir.
Agar elektrodda ajralib chiqadigan moddaning og’irlik miqdoirini m 
bilan, elektr miqdorini  Q  bilan, tok kuchini  J  bilan, vaqtni  t  bilan 
belgilansa, Faradeyning 1 – qonuni quyidagicha yoziladi:
m =  К  · Q =  К  · J · t
bu yerda, K – ayni elementning elektr kimyoviy ekvivalenti, ya‘ni 
eritma orqali 1 kulon elektr o’tganda ajralib chiqadigan miqdori.
Elektrolizning 2 – qonuni:  agar bir necha elektrolit eritmasi orqali 
(ketma – ket ulangan holda) bir xil miqdorda elektr o’tkazilsa, 
elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning og’irlik 
miqdorlari o’sha moddalarning kimyoviy ekvivalentlariga 
proportsional bo’ladi. Qutblanish
Elektroliz jarayoniga turli xil omillar ta‘sir ko’rsatadi. Shulardan biri qutblanish jarayoni 
bo’lib, u uch xil bo’ladi, ya‘ni elektrod qutblanish, kimyoviy qutblanish va 
konsentratsiyaviy qutblanish.
Elektrod qutblanish . Elektrolitga tashqi manbadan elektr oqimi yuborilganda qatodga 
elektron kelishi sababli uning potentsiali manfiylashadi, anoddan elektronlar ketishi 
sababli uning musbat potentsiali oshadi, ya‘ni  elektrodlar qutblashadi.
Elektrolitdan elektr oqimi o’tganda, elektrodning elektr holati – uning potentsiali, qo’sh 
elektr qavati zaryadining zichligi o’zgaradi. Bu xodisaga  elektrodning qutblanishi  
deyiladi.
Ikkala elektroddagi potentsial siljishlar yig’indisi qutblanish EYUK ni beradi. 
Elektrkimyo sanoatida elektrodga juda katta elektr oqimi beriladi, natijada qutblanish 
EYUK ham katta bo’ladi.
Elektroliz vaqtida elektrolitli vanna galvanik elementga aylanadi va uning elektrodlari 
orasida tashqi elektr manbaiga qarshi yo’nalgan potentsiallar ayirmasi vujudga keladi. 
Bu xodisaga  elektrolitik qutblanish  yoki qisqacha  qutblanish  deyiladi. Elektroliz 
vaqtida elektrolitli vannaning elektrodlari orasida hosil bo’lgan elektr yurituvchi kuchga 
qutblanish elektr yurituvchi kuchi  deb ataladi. Shuning uchun elektroliz vaqtida 
zanjirdagi elektr oqimining kuchi:
     bo’ladi.                       (14.1.)
bu yerda,  Е q – qutblanish elektr yurituvchi kuchi. Kimyoviy qutblanish .
Sulfat kislota eritmasiga platinadan yasalgan ikki elektrod 
tushirilib tashqaridan elektr oqimi yuborilsa, katoddagi 
potentsial vodorodning muvozanat potentsiallaridan 
oshganidan so’ng katodda vodorod ajralib chiqa boshlaydi, 
anodda esa kislorod ajraladi.
Elektrodlarda ajralib chiqayotgan bu gazlar platina 
elektrodga adsorbilanib, gaz elektrodlar – kislorod hamda 
vodorod elektrodni hosil qiladi. Natijada sulfat kislota 
eritmasiga tushirilgan platina plastinkalarda kislorod hamda 
vodorod elektrodlardan iborat quyidagi galvanik element 
vujudga keladi:
Pt (H2)- |H2SO4|+O2(Pt) Qutbsizlantirish.
Qutblanish jarayoni elektroliz bilan ma‘lum miqdorda modda 
ajratib olish uchun ortiqcha elektr energiya sarf qilishini talab 
qiladi. Bu esa zarardir. Shunga ko’ra, qutblanishni yo’qotish 
yoki juda bo’lmaganda uning ta‘sirini kamaytirishga harakat 
qilinadi. Elektroliz jarayonida qutblanishni yo’qotish 
qutbsizlantirish (depolyarizatsiya)  deyiladi. Qutblanishni 
yo’qotish uchun uning sabablarini yo’qotish kerak. 
Konsentratsiyaviy qutblanish, eritmani shiddatli aralashtirish 
yo’li bilan yo’qotilishi mumkin, lekin uni butunlay yo’q qilib 
bo’lmaydi, chunki elektrodlarda hosil bo’lgan diffuzion qatlam 
bunga yo’l qo’ymaydi. Ortiqcha ionni cho’ktirish yo’li bilan 
ham konsentratsiyaviy qutblanishdan qutilish mumkin.    Ajralish potensiali va ajralish 
kuchlanishi
Elektroliz paytida katodda biror kation eritmadan metall holida ajralib 
chiqishi uchun u o’z zaryadini berishi kerak, lekin metallar eritmaga ion 
holida o’tishga intiladi. Metallarning bu tabiati kationning zaryadsizlanishiga 
qarshilik qiladi. Bu qarshilikni yengish uchun katodga ma‘lum potentsial 
berish kerak bo’ladi. Shunday qilib, kation zaryadsizlanib katodda ajralishi 
uchun, ya‘ni elektroliz jarayoni borish uchun edektrodga beriladigan 
potentsial, ajralib chiqishi kerak bo’lgan shu metallning ma‘lum sharoitda 
hosil qilinadigan muvozanat bo’lsa ham ko’proq bo’lishi kerak. Kationning 
zaryadsizlanishi uchun kerak bo’lgan minimum potentsial  ajralish 
potentsiali yoki  (agar elektrod erisa)  erish potentsiali  deyiladi.
Metallarning hosil qiladigan potentsiali ularning normal potentsiali bilan 
ifodalanadi. Shuning uchun ham kuchlanishlar qatori ajralish potentsialining 
minimum miqdorini ifodalaydi.
Elektroliznig borishi uchun tashqi manbadan beriladigan elektr yurituvchi 
kuch ma‘lum minimum qiymatdan kam bo’lmasligi kerak. Bunday elektr 
yurituvchi kuch  ajralish kuchlanishi  deb ataladi.
Amalda biror moddaning ajralib chiqishi uchun kerak bo’ladigan ajralish 
potentsiali ba‘zi sabablarga ko’ra shu moddaning muvozanat potentsialiga 
nisbatan ko’p bo’ladi. Bu xodisaga  elektroddagi o’ta kuchlanish  yoki  o’ta 
kuchlanish potentsiali  deyiladi. Akkumulyatorlar
Ba‘zi elektrodlarda elektrkimyoviy qutblanish natijasida hosil 
bo’ladigan mahsulotlar, masalan, oksidlar barqaror bo’ladi. 
Bu xilda qutblanadigan elektrodlardan foydalanib, elektroliz 
vaqtida elektr energiyasini to’plash mumkin. Elektr 
energiyasining to’plab kerak vaqtda sarf qilishga imkon 
beradigan asboblar  akkumulyatorlar deyiladi.  
Akkumulyatorlarda energiyani to’plash uchun, avval, 
akkumulyator orqali elektr oqimi o’tkiziladi: bu elektrodlarda 
vujudga keladigan elektr kimyoviy qutblanish jarayoni 
natijasida elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. 
Buning natijasida akkumulyator zaryadlanadi. Zaryadlangan 
akkumulyatorni oqimi manbai sifatida ishlatsa bo’ladi.
Amalda ikki xil akkumulyatorlar eng ko’p ishlatiladi. Birinchisi 
qo’rg’oshinli akkumulyator bo’lib, ikkinchisi temir – nikelli 
(yoki ishqorli) akkumulyatorlardir. Elektroliz jarayoni va uning 
qo`llanilishi
Elektrolitlarning eritmalari va suyuqlanmalarida har xil 
ishorali ionlar bo`ladi, ular suyuqlikning barcha zarrachalari kabi 
tartibsiz harakatda bo`ladi. Agar NaCl ning suyuqlanmasiga (NaCl 
801 0C da suyuqlanadi) inert (ko`mir) elektrodlar botirilsa va 
o`zgarmas elektr toki o`tkazilsa, u holda ionlar elektrodlarga: Na+ 
kationlari-katodga, Cl- anionlari-anodga tomon harakatlanadi. Na+ 
ionlari katoddan elektronlar oladi va qaytariladi:     Na+ + e- = 
Na
Cl- ionlari esa elektronlarini anodga berib oksidlanadi:    2Cl-1 - 2e- 
= Cl2
Agar endi bu ikki elektrod reaksiyalarni hadlab qo`shsak, u 
holda NaCl elektrolizining umumiy tenglamasini olamiz: 
Na+ + e- = Na    | 2
2Cl-1 - 2e- = Cl2 | 1
2Na+ + 2Cl-1    2Na + Cl2 yoki 2NaCl    2Na + Cl2
Bu reaksiya oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi hisoblanadi: anodda 
oksidlanish jarayoni, katodda qaytarilish jarayoni sodir bo`ladi.  Elektrolizga oid amaliy 
mashg’ulot
Ishning maqsadi:   Elektrokimyoviy ekvivalentni aniqlash 
usul i va qurilmasi bilan tanishish.
Kerakli asbob va reaktivlar:   Qo’rg’oshinli yoki ishqorli 
akkumulyator, ampermetr, reostat, kalit, misli kulonometr 
(elektrolit va ikkita mis elektrodli vanna), sekundomer, 
millimetrli chizg’ich, analitik tarozi, CuSO4 ning 5 % li 
eritmasi, qurilma uchun simlar.
12 -rasm. Elektrokimyoviy ekviv a lentni aniqlash quilmasi.  1-
tok manbai,     2-kulonometr, 3-ampermetr, 4-reostat, 5-kalit.
Elektrolitdan  ma’lum  miqdorda elektr  toki  o’tganda 
elektrodda ajralgan modda miqdori quyidagiga teng:
m = EIt, yoki  E = ,
bu yerda, m – ajralgan modda massasi, g da, E – berilgan 
moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti, I – tok kuchi, t – 
vaqt, sek.  Xulosa
Xulosa qilib aytganda elektroliz juda keng ma’nodagi tushunchadir. 
Uning xalq xo’jaligidagi ahamiyatini texnikada, turmushda hatto 
sanoatda ham ko’rishimiz mumkin. O’zi  elektrolizni bir so’z bilan 
aytganda, elektrolitlarning eritmalari yoki suyuqlanmalaridanelektr 
toki ta’sirida boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deymiz. 
Lekin, bu oddiy ko’ringan jarayon kimyo sanoatining ko’pgina 
tarmoqlarida qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini  tasavvur 
etish qiyin. Amaliy elektrokimyo tarmog’i hisoblangan 
gal’vanostegiyani olaylik. Bunda gal’vanik qoplamlar 
korroziyalanishdan saqlashdan tashqari,  ba’zan buyumlarga chiroy 
tashqi ko’rinish ham baxsh etadi. Yoki yana bir tarmoq 
gal’vanoplastikani ko’raylik, bunda buyumlardan aniq metal 
nusxalar olinadi. Avtomobil sanoatida metallar qatlamini qoplashda, 
metallurgiyada hamda ko’pgina oksidlovchilarning elektroliz yo’li 
bilan olinishi va  hokazo ko’pgina  tarmoqlarda qo’llanilishi uning 
turmushimizda qanchalik ahamiyatga molikligini ko’rsatib turibdi. 
Agar  fan shu zailda rivojlanib borar ekan, elektrolizning yana 
ko’pgina ochilmagan qirralari ochilishi va yana ko’pgina yutuqlarga 
erishishini ko’rishimiz mumkin. Bu esa xalq turmush darajasini 
ancha yengillashishiga  olib keladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
L . S . Kamolov ,  G . Shodiyev  “ Fizikaviy kimyo ”  Qarshi  2007.-
173-180  betlar .
  Chem Net.ru – Kimyo fanlari bo’yicha elektron kutubxonalar 
tizimi.  E’TIBORINGIZ 
UCHUN 
RAHMAT

MAVZU:Elektroliz jarayonlari Faradey qonunlari

Reja Kirish 1. Elektroliz to ’ g ’ risida umumiy ma ‘ lumot Asosiy qism 1. Elektrolitlar suvdagi eritmalarining elektrolizi 2. Faradey qonunlari 3. Qutblanish 4. Ajralish potentsiali va ajralish kuchlanishi 5. Akkumulyatorlar 6. Elektroliz jarayoni va uning qo’llanilishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Elektroliz to’g’risida umumiy ma‘lumot Elektr energiyasi ta‘sirida sodir bo’ladigan oksidlanish – qaytarilish jarayonlari elektroliz deb ataladi. Aslida «Elektroliz» deganda elektrolit eritmasi yoki suyuqlanmasi orqali elektr oqimi o’tganida sodir bo’ladigan barcha jarayonlarni tushuniladi. Masalan, suyuqlantirilgan magniy xlorid orqali elektr oqimi o’tganida magniy kationlari elektr maydon ta‘sirida manfiy elektrod tomon harakat qiladi. Bu elektrodga yetishi bilanoq tashqi zanjirdan kelayotgan elektronlarga duch kelib, qaytariladi: Mg2+ + 2e–  Mg. Xlor anionlari elektr maydoni ta‘sirida musbat elektrod tomon harakatlanadi: o’z elektronlarini musbat elektrodga berib oksidlanadi. Xlor ionlarining oksidlanishi asosan, elektrkimyoviy bosqichni, ya‘ni birlamchi jarayonni tashkil etadi. Uni 2Cl- - 2e  2Cl shaklida ifodalash mumkin. Bu jarayon natijasida hosil bo’lgan ikkita xlor atomlarining o’zaro birikib, xlor molekulasiga aylanishi esa ikkilamchi jarayondir: 2Cl  Cl2 Ikkala elektrodda sodir bo’lgan jarayonlarning tenglamalarini bir – biriga qo’shish bilan, suyuqlantirilgan MgCl2 elektrolizidagi oksidlanish – qaytarilish reaksiyasining yig’indi tenglamasiga ega bo’linadi: Mg2+ + Cl-  Mg + Cl2. Qaysi elektrodda qaytarilish sodir bo’lsa, uni xuddi galvanik elementlardagi kabi katod deb, qaysisida oksidlanish ro’y bersa, uni anod deb ataladi. Galvanik elementlardagiga teskari o’laroq, elektrolizdagi katod manfiy, anod musbat zaryadga ega bo’ladi. Buning sababi shundaki, elektrolizda boradigan jarayonlar galvanik element ishlashida sodir bo’ladigan jarayonlarga qarama – qarshidir.

Elektrolitlarning suvdagi eritmalarida sodir bo’ladigan katod jarayonlarni ko’zdan kechirishda birinchi navbatda vodorod ionlarining qaytarilish potentsialini nazarda tutish kerak. Bu potentsialning qiymati vodorod ionlar konsentratsiyasiga, binobarin, eritmadagi pH ga bog’liq: E = 0,059lg [H+] yoki E = - 0,059 pH Neytral muhit uchun pH = 7; binobarin: E = - 0,059 · 7 = - 0,41 в . Demak, agar elektrolit kationini tashkil qiluvchi metallning normal potentsiali – 0,41v dan ko’ra musbatroq bo’lsa, neytral eritmaning elektrolizida katodda ayni metall ajralib chiqadi. Bunday metallar kuchlanishlar qatorida vodorodga yaqin turadi (masalan qalay). Agar elektrolitni tashkil qilgan metallning elektrod potentsiali – 0,41v ga qaraganda ancha manfiy bo’lsa, katodda albatta vodorod ajralib chiqadi.

Elektrolitlar suvdagi eritmalarining elektrolizi Suyuqlantirilgan elektrolitlarning elektrolizi bilan elektrolitlar eritmalarining elektrolizini bir-biridan farqlash lozim. Elektrolitlar eritmalarining elektrolizi jarayonlarida suv molekulalari ham ishtirok etishi mumkin. Misol uchun NaCl ning suvdagi konsentrlangan eritmasining elektrolizini ko`rib chiqamiz. Bu holda eritmada gidratlangan Na+ va Cl- ionlari, shuningdek, suv molekulalari bo`ladi. Eritma orqali elektr toki o`tganida Na+ kationlari katodga, Cl- anionlari anodga tomon harakatlanadi. Lekin elektrodlarda sodir bo`ladigan reaksiyalar tuz suyuqlanmasida boradigan reaksiyadan tubdan farq qiladi. Masalan, katodda Na+ ionlarining o`rniga suv molekulalari qaytariladi: 2H2O + 2e- = H2 + 2OH-1 Anodda esa Cl- ionlar oksidlanadi: 2Cl-1 - 2e- = Cl2 2H2O + 2e- = H2 + 2OH- 2Cl-1 - 2e- = Cl2 2H2O + 2Cl-1  H2 + Cl2 + 2OH- yoki 2H2O + 2NaCl  H2 + Cl2 + 2NaOH Suvdagi eritmalarda katodda qaytarilish jarayoni qanday sodir bo`ladi? Bu savolga standart elektrod potensiallar qatori yordamida javob topish mumkin. Bu erda uch xil hol bo`lishi mumkin: Standart elektrod potensiali vodorodnikidan katta bo`lgan metallarning (Cu+2 dan Au+3 gacha) kationlari elektrolizda katodda deyarli to`liq qaytariladi; Standart elektrod potensiali vodorodnikidan kichik bo`lgan metallarning (Li+1 dan Al+3 gacha) kationlari katodda qaytarilmaydi, ularning o`rniga suv molekulalari qaytariladi; Standart elektrod potensiali vodorodnikidan kichik, lekin alyuminiynikidan katta bo`lgan metallarning (Al+3 dan H+1 gacha) kationlari elektroliz vaqtida katodda suv molekulalari bilan birga qaytariladi.