Elektron hukumat
Elektron hukumat
Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va ta`minlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha bo`g`inlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar ko`rsatish, o`sha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. Elektron Hukumat
„ Elektron hukumat“ tushunchasi • „ Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo bo`lgan, lekin amaliyotga so`nggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shug`ullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).O`zbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan.
• Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga ko`ra, u ikki o`zaro bog`langan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi o`zaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan o`zaro ishlashini ta`minlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.
Elektron hukumat (ingl. e-Government) – bu fuqarolar, biznes, davlat hokimiyati boshqa tarmoqlari va davlat amaldorlariga axborot taqdim etish hamda avvaldan shakllangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘lib, bunda davlat va fuqaro o‘rtasidagi shaxsiy aloqa minimallashtirilgan bo‘ladi va axborot texnologiyalaridan maksimal darajada foydalaniladi. Dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlarida «Elektron hukumat» milliy tizimini faol tatbiq qilinmoqda. Bu tizim davlat tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash orqali biznes-jarayonlarni samarali rivojlantirishni ta'minlabgina qolmay, fuqarolarga davlat xizmatlarini internet orqali hammabop interaktiv shaklda taqdim etish imkonini ham yaratadi.