logo

Erkin A’zam ijodi, Bahrom Ro’zimuhammad sheriyati

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

892.9140625 KB
Mav zu: Erk in A’zam ijodi, 
Bahrom Ro’zimuhammad 
sheriy at i  Erk in A` zam hay ot i v a ijodi

Erkin A’zam (A’zamov Erkin Normamatovich) (1950.10.8, Boysun tumani) — 
yozuvchi, publitsist, stsenarist. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist 
(1998),  Toshkent  davlat  universitetining  jurnalistika  fakultetini  tugatgan 
(1972).

O‘zbekiston  radiosida  muharrir (1972—76), «Guliston» jurnalida muharrir, 
adabiy  kotib  (1976—81),  «Yoshlik»  jurnalida  bo‘lim  mudiri  (1981—86), 
G‘afur  G‘ulom  nomidagi  Adabiyot  va  san’at  nashriyotida  tahririyat 
mudiri,  ijodiy  guruh  rahbari  (1986—92),  O‘zbekiston  Milliy  axborot 
agentligi  bosh  direktorining  1-o‘rinbosari  (1992—94),  Respublika 
«Ma’naviyat  va  ma’rifat»  jamoatchilik  markazi  rahbari  o‘rinbosari  bo‘lib 
ishlagan. «Tafakkur» jurnalining bosh muharriri (1994 yildan).   
Dastlabki  hikoyalar  to‘plami  —  «Chiroqlar 
o‘chmagan  kecha»  (1977).  «Otoyining 
tug‘ilgan  yili»  (1981),  «Olam  yam-yashil» 
(1984), «Javob» (1986), «Bayramdan boshqa 
kunlar»  (1988),  «Pakananing  oshiq  ko‘ngli» 
(2001),  «Kechikayotgan  odam»  (2002), 
«Jannat  o‘zi  qaydadir»  (2007),  «Shovqin» 
(2011)  kabi  qissa  va  hikoyalardan  iborat 
kitoblari nashr qilingan.   
Erkin  A’zam  asarlari  o‘ziga  xos  yumoristik  bayon  uslubi, 
kinoyali  tili,  kutilmagan  badiiy  yechimlarga  egaligi  bilan 
ajralib  turadi.  Yozuvchining  insonga  xos  eng  chigal 
jihatlarni  ochiq  ko‘rsatmay,  imo-ishora  orqali  aks  ettirishi 
uning  asarlari  ta’sirchanligini  oshiradi.  Erkin  A’zam  qissa 
va  hikoyalarida  oddiy  va  to‘pori,  boshqalarga 
o‘xshamaydigan,  dardu  tashvishlari,  shaxsiy  kechinmalari 
bilan  yaqqol  ajralib  turadigan  badiiy  xarakterlarni 
yaratgan.   
Xarakterlar  falsafasini  yoritish,  uslubiy  taranglik, 
psixologik  tahlilning  kuchliligi,  asar  syujetining 
xarakterlar  asosiga  qurilishi,  voqealar  o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni  obrazlar,  detallar  orqali  ifodalash,  muallif 
va  personaj  nutqining  yaqinligi,  psixologizm  va 
falsafiylikning  mushtarakligi  Erkin  A’zam  badiiy 
uslubining asosiy xususiyatlari hisoblanadi.  
«Chantrimore»,  «Piyoda»,  «Pakana»,  «Dilxiroj»,  «Erkak», 
«Parizod» kabi ekran asarlarining hammuallifi. 1 va 2-chaqiriq 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

Erkin  A’zamning  hikoya  va  qissalari  rus,  ukrain,  belorus, 
qozoq,  tojik,  turkman,  gruzin,  bulg‘or,  chex  tilla-riga  tarjima 
qilingan. Adibning o‘zi ham o‘zga xalqlar adiblari asarlarini rus 
tilidan o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.  Erk in A’zam asarlari  BAHROM RO‘ZIMUHAMMAD

Bahrom  Roʻzimuhammad  1961  yil  10  yanvarda  Xorazm 
viloyati, Shovot tumani, Ijtimoiyat qishlogʻida tugʻildi.

Otasi  Sharifiy  taxallusi  bilan  sheʼrlar  yozgan,  mashqlari 
tuman  gazetasida  bosilgan  edi.  Sharifiy  xonadonida 
chogʻroq kutubxona bor edi. Otasidagi bu ixlos Bahromni 
ham  befarq  qoldirmadi.  Oʻn  uch  yoshidan  boshlab 
sheʼrlar  yoza  boshladi.  Ilk  mashqlari  Shovot  tuman 
gazetasida (1974), “Gulxan” jurnalida (1976) bosildi.   
1978  yili  oʻrta  maktabni  tamomlab,  ToshDU  (hozirgi 
Oʻzbekiston  Milliy  universiteti)ning  jurnalistika  fakultetiga 
oʻqishga  kirdi.  Talabalik  chogʻida  (1982)  turkum  sheʼrlari 
“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosildi.

B.  Roʻzimuhammad  germaniyalik  olimalar  Zigrid  Klaynmixel 
va  Ingeborg  Baldauflar  bilan  ijodiy  aloqalar  oʻrnatgan. 
Ingeborg Baldauf Bahromning sheʼrlarini nemis tiliga oʻgirdi 
(“Davsaman”  toʻplami  2000  yilda  oʻzbek  va  nemis  tillarida 
nashr qilindi).  
Bahrom  Roʻzimuhammad  universitetni  tugatib  (1983), 
Shovot  tuman  gazetasi  tahririyatiga  adabiy  xodimlikka 
ishga  qabul  qilindi.  1995  yilda  Toshkentga  qaytib, 
“Koʻzgu”  gazetasida  bir  muddat  faoliyat  yuritdi.  1995–
2000  yillarda  “Oʻqituvchi”  nashriyotida  muharrir,  katta 
muharrir  vazifalarida  xizmat  qildi.  Soʻng  esa  turli 
nashriyot,  gazeta,  jurnallarda  faoliyat  koʻrsatdi. 
“Tovushsiz  qadam”,  “Terakka  yaqin  yulduz”,  “Ikki  nur” 
“Davsaman” sheʼriy toʻplamlari nashr etildi.  
1999  yilda  shoirning 
“Kunduz  sarhadlari”  nomli 
saylanma  kitobi  chop  etildi. 
2006  yilda  “Soyalar  suhbati” 
nomli  navbatdagi  sheʼrlar 
toʻplami bosildi.  
B.  Roʻzimuhammad  “Oʻzbek  modern  sheʼriyati”  (2003) 
bayozini  Shermurod  Subhon  bilan  hamkorlikda  tuzib, 
chop  ettirdi.  Shoir,  tarjimon  Aʼzam  Obid  bilan 
hamkorlikda  “Ilonbaliq”  (2009),  “Qush  tili”  (2011)  xalqaro 
antologiyalari  loyihasini  ishlab  chiqdi.  B. 
Roʻzimuhammadning  sheʼrlari  nemis,  ingliz,  ispan, 
fransuz,  hind,  rus,  turk,  ozarbayjon,  turkman, 
qoraqalpoq  tillariga  oʻgirilgan.  Bir  turkum  sheʼrlari 
xalqaro nufuzli antologiyalarga kiritilgan.  
U  adabiy  tanqidchilik  sohasida  ham  qalam  tebratib, 
“Choʻlpon – tong yulduzi demak” (1997) risolasini yozdi.

Tarjimon  sifatida  B.  Roʻzimuhammad  qoraqalpoq  shoiri  S. 
Ibrohimov  sheʼrlarini,  XX  asr  nemis  modern  sheʼriyatining 
yirik  vakillari  sheʼrlarini  oʻzbek  tiliga  oʻgirdi.  Nemiszabon 
xorvat  shoirasi  Maritsa  Bodrojich  sheʼrlarini  M.  Akbarov 
bilan  hamkorlikda  asliyatdan  oʻgirdi.  Tarjimalaridan 
namunalar “XX asr jahon sheʼriyati” antologiyasiga kiritildi.  BAHROM RO‘ZIMUHAMMAD SHERLARI

ARAFA
Siz havoni ushlab ko‘rib 
olmaxonga aylantirishingiz 
mumkin 
Yaproqqa qo‘l tekkizsangiz 
suvratdagi daraxt novdasiga 
ninachi qo‘nadi
Ko‘kqarg‘aning tushi
sim ichidan
elektr quvvatiga o‘xshab o‘tadi
Quyoshlar shu qadar ko‘payib 
ketdiki
kulba bo‘sag‘asiga tashlab qo‘ydik
bo‘yraga o‘xshatib 
KUBRONING ITI
It muallaq havoda 
o‘rgamchik to‘rida 
tipirchilar it
Tillo halqa 
rqiraydi bo‘ynida 
odamning ko‘zidek 
it ko‘zi chaqnaydi
Nazar tashlar kimyonazar 
piyr 
vovullab ibodat qilar ekan it 
ovozi aylanar hamdu sanoga 
AFSUNGAR
Osmon yam-yashil edi
qizil bulutlardan
nimpushti rangda sharbat 
yog‘ardi
Azroil
tik boqdi
bu manzaraga
Farishtalar
quloqni teshgudek jarangdor 
ovozda 
quduqqa qulagan zangori echki
xususida qo‘shiq kuylardi

Mav zu: Erk in A’zam ijodi, Bahrom Ro’zimuhammad sheriy at i

Erk in A` zam hay ot i v a ijodi  Erkin A’zam (A’zamov Erkin Normamatovich) (1950.10.8, Boysun tumani) — yozuvchi, publitsist, stsenarist. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (1998), Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972).  O‘zbekiston radiosida muharrir (1972—76), «Guliston» jurnalida muharrir, adabiy kotib (1976—81), «Yoshlik» jurnalida bo‘lim mudiri (1981—86), G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida tahririyat mudiri, ijodiy guruh rahbari (1986—92), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining 1-o‘rinbosari (1992—94), Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. «Tafakkur» jurnalining bosh muharriri (1994 yildan).

 Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Chiroqlar o‘chmagan kecha» (1977). «Otoyining tug‘ilgan yili» (1981), «Olam yam-yashil» (1984), «Javob» (1986), «Bayramdan boshqa kunlar» (1988), «Pakananing oshiq ko‘ngli» (2001), «Kechikayotgan odam» (2002), «Jannat o‘zi qaydadir» (2007), «Shovqin» (2011) kabi qissa va hikoyalardan iborat kitoblari nashr qilingan.

 Erkin A’zam asarlari o‘ziga xos yumoristik bayon uslubi, kinoyali tili, kutilmagan badiiy yechimlarga egaligi bilan ajralib turadi. Yozuvchining insonga xos eng chigal jihatlarni ochiq ko‘rsatmay, imo-ishora orqali aks ettirishi uning asarlari ta’sirchanligini oshiradi. Erkin A’zam qissa va hikoyalarida oddiy va to‘pori, boshqalarga o‘xshamaydigan, dardu tashvishlari, shaxsiy kechinmalari bilan yaqqol ajralib turadigan badiiy xarakterlarni yaratgan.

 Xarakterlar falsafasini yoritish, uslubiy taranglik, psixologik tahlilning kuchliligi, asar syujetining xarakterlar asosiga qurilishi, voqealar o‘rtasidagi bog‘liqlikni obrazlar, detallar orqali ifodalash, muallif va personaj nutqining yaqinligi, psixologizm va falsafiylikning mushtarakligi Erkin A’zam badiiy uslubining asosiy xususiyatlari hisoblanadi.