Fayl va disklarga xizmat koʻrsatuvchi dasturlar.
Mavzu: Fayl va disklarga xizmat ko rsatuvchi ʻ dasturlar. Reja : 1. Disk turlari. 2. Disklarni o’qish qurilmalari. 3. Disklarning shikastlanishi. 4. Magnit disklar.
Kompakt disklar 1983 yil Sony kompaniyasi bozorga katta shov-shuvlarga sabab bo’lgan CD-ROM (Compact Disc Read Only Memory - kompakt disk, faqat o’qiladigan xotira) disklarni va ular uchun disk yurituvchilarni bozorga chiqardi. 70 minutli oliy sifatli stereo musiqani raqamli ko’rinishda yozish uchun mo’ljallangan kompakt disk sig’imi 650 MB ga teng edi. O’sha paytdagi ommaviy kompyuter IBM PC ning tezkor xotirasi 128 KB, sotuvdagi vinchesterlarning hajmi 5 MB edi. Hozirgi paytda hajmi 700 Mbaytdan 900 Mbaytgacha bo’lgan kompakt disklar mavjud. Kompakt disklarning uch turi mavjud: 1. CD-ROM 2. CD-R 3. CD-RW
CD-R – (Compact Disk Recordable – yozish mumkin bo’lgan) larga maxsus disk yurituvchi qurilma yordamida bir marta axborot yozish mumkin. CD-RW - (Compact Disk Rewritable - qayta yozish mumkin bo’lgan) disklarga bir necha (mingtagacha) marta qaytadan axborot yozish mumkin. Ularga mos ravishda CD-ROM, CD-R va CD-RW disk yurituvchi qurilmalar yaratildi. Kompakt disklar
Dunyoda dastlabki multm е diali dasturlarning asosiy tashuvchilari bo’lib, CD-ROM laz е r disklari hisoblanadi. Tashqi ko’rinishidan Audio kompakt - diskdan farq qilmaydigan bu laz е r disklari - vid е o, audio, matn, grafika va animatsiya ko’rinishdagi axborotlarni 900 m е gabaytgacha bo’lgan hajmini o’ziga sig’dira oladi. Masalan sig’imi 700 Mbaytli kompakt diskka 250.000 sahifali matn yoki 8 m е trli kitob javonidagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu imkoniyatlar, CD-ROM laz е rli disklarni hayotda amaliy jihatdan k е ng qo’llanishiga olib k е ldi. CD disk yurituvchilarni dunyoning Sony, Panasonic, Creative kabi taniqli firmalari ishlab chiqaradi. Kompakt disklardan ma’lumotlarni o’qish laz е rli nurlar yordamida amalga oshiriladi. CD-ROM (faqat o’qish uchun) va CD-RW (o’qish va yozish uchun). Bu qurilmalar kompyut е rlarda laz е rli disklardan axborotlarni o’qish va yozish uchun o’rnatiladi .Lazerli kompakt disklar
DVD disklar 1995-yil yangi turdagi optik disklar DVD (Digitel Video Disk-raqamli video disk) lar yaratildi. Ular kompakt disklardan katta sig’imlari bilan ajralib turadilar. Yu qori chastotali lazerlardan foydalanish va diskdagi halqalar orasidagi masofani kamaytirish hisobiga bitta diskga 4,7 GB sig’imli disklar yaratish mumkin bo’ldi. Disk ikki tomoniga yozish hisobiga disk hajmini 8,5-9,4 GB gacha yetkazish mumkin bo’ldi. DVD disk yurituvchilar barcha disklarni o’qiy oladi. DVD hamda kompakt disklarni ham o’qiy oladi. DVD disklarni DVD-ROM, DVD-R, DVD-RW turlari va disk yurituvchilari mavjud.