logo

FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISHDA ADVOKAT ISHTIROKI

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

16234.799804688 KB
• F U Q A R O L I K   S U D   I S H L A R I N I   Y U R I T I S H D A 
A D V O K AT   I S H T I R O K I  MUNDARIJA :
01
02
03
04
05
06 K I R I S H
I-BOB. FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISHDA ADVOKAT ISHTIROKINING UMUMIY TAVSIFI
II-BOB. FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISHDA ADVOKAT FAOLIYATI
III-BOB. AYRIM TURDAGI FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISHDA ADVOKAT 
ISHTIROKINI TA’MINLASH MASALALARI
X U L O S A
F O Y D A L A N I L G A N  A D A B I Y O T L A R   R O ’ Y H AT I MAVZUNING DOLZAR BLIGI 
• Advokatura  noyob  institutdir,  chunki  aynan  u  fuqarolarning 
huquq  va  erkinliklarini  himoya  qilishga  ko‘maklashadi. 
Shuningdek,  o'z  ichidagi  huquqiy  nizolarni  hal  qilishda 
jamiyatning  huquq  va  manfaatlarini  to'g'ri  himoya  qilishni 
ta'minlaydi.  Bunday  holatda    asosiy    subyekt  advokatdir,  shu 
sababli,    ilmiy  ishda  o’rganish  obyekti  sifatida  fuqarolik 
protsessda advokat faoliyati olindi.  “ 2022-yil  30-maydagi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezdentining 
‘‘Advokatura  faoliyatiga  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini  keng  joriy  etish  to’g’risida’’gi 1
  qarori  qabul  qilindi. 
28.01.2022  yilda  qabul  qilingan Yangi  O’zbekistonning  2022-2026-yillarga 
mo’ljallangan  taraqqiyot  strategiyasining  19-maqsadi sifatida Advokatura 
insititining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish  salohiyatini  tubdan  oshirish,  shuningdek  aholi  va  tadbirkorlik 
subyektlarining  malakali  huquqiy  xizmatlarga  bo’lgan  talabini  to’liq 
qondirish  rejalashtirilgan”.    Shuningdek,  yangi  tahrirdagi  O’zb  Res 
Konstitutsiyasining XXIV bobi alohida Advoktura institutiga bag’ishlandi. 
 Raqamlashtirish jarayonlari advokatura sohasini faoliyatini ham chetlab 
o’tayotgani yo’q. Xususan; Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).  
•   Salomov  B,  (O’zbekistonda 
advokatlik  faoliyati),    Shorahmetov 
Sh.Sh.  (O’zbekiston  Respublikasi 
Fuqarolik  protsessual  huquqi.  Darslik), 
Rustamboyev  M.X,  Tuxtasheva  U.A, 
(Sud  hokimiyati  va  O’zbekiston 
respublikasida  sud  huquqiy  islohotlar: 
ilmiy-publistik  nashr),  Doniyorov  M.A 
(Fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini 
buzadigan  xatti-harakatlar  (qarorlar) 
ustidan  berilgan  ariza  va  shikoyatlarni 
sudda  ko’rishning  protsessual 
xususiyatlari),  •   Jurayev  I.B.   (O’zbekiston 
Respublikasida   advokatlik  faoliyati, 
O’quv  uslubiy  qo’llanma),  Bazarov 
S.R  (Inson  huquqlarini  himoya 
qilishda  advokatura  instituning  o’rni).  
  Ushbu  masala  MDH   
qonunchiligi nuqtai nazardan                
                                                          Demidova  L.A. 
(Адвокатура  в  России), Vatman  D.P 
(Адвокатская  этика),  Chechina   N.A. 
( Гражданские  процессуальн ые 
отношения )  va    boshqalar  tomonidan 
tadqiq etilgan. Ushbu olimlarning 
ishlari 
dissertatsiyaning 
foydalanilgn 
adabiyotlar ro'yxatida 
ko'rsatilgan Tadqiqot  ishlari  olib  borish  natijasida  to’plangan  nazariy 
xulosalar  bevosita  yuridik  yunalishga  ixtisoslashgan  oliy 
o’quv  yurtlarining  bakalavr  bosqichi  talabalari 
‘‘Advokatura’’,    ‘‘Fuqarolik  protsessual  huquqi’’  singari 
o’quv  mashg’ulotlarida  unumli  foydalanishlari  mumkin. 
Bundan  tashqari,  tadqiqot  natijasida  olingan  nazariy 
ko’nikmalar  natijasida  chiqarilgan  xulosalar  mustaqil 
tadqiqotchilar.  izlanuvchilarga  o’z  ilmiy  ishlarida 
foydalanishga imkon beradi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatini biz, ilmiy 
tadqiqot mavzusini o’rganishdan keyin yaratilgan yangi 
taklif va tavsiyalar qonunchilik tashabbusi loyixalarini 
shakllantirishga yordam beradi.Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot obyekti.
Advokatning  fuqarolik  protsessida  vakil  sifatida  faoliyat  yuritishi  orqali  o'z 
mijozlarining  malakali  yuridik  himoyalash  bo'yicha  o'z  kasbiy  burchlarini 
bajarishi jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar.
Advokat tomonidan fuqarolik sud ishlarini yuritish bosqichlarida amalga 
oshiradigan protsessual harakatlari hisoblanadi.Tadqiqotning predmetini esa : TADQIQOT ISHNING 
MAQSADI: 
•   Ishning maqsadi quyidagi vazifalarni shakllantirishda ko'rsatilgan: 
1. Fuqarolik protsessida advokat ishtiroki tushunchasi, mohiyati va ahamiyatini ko‘rib chiqish. 
2. Fuqarolik protsessida vakil advokat maqomining huquqiy asoslarini tahlil qilish. 
3. Fuqarolik protsessida advokat ishtirokining huquqiy asoslarini takomillashtirish bo’yicha 
qonunchiligimizga takliflar kiritishdan iborat. TA DQI QOTN I N G I L M I Y  YA N GI L I GI
Tadqiqotning  ilmiy  yangili  quyidagicha  namoyon  bo’ladiki,  advokatning  shartnoma  bo’yicha 
vakillik qiluvchining arz qilingan talablaridan  butkul yoki ma’lum miqdorda voz kechish, uning asosi 
va  predmetini  o’zgartirish,  miqdoriga    o’zgartirish  kiritish  holatlarida  va  arizalarni  imzolash  va  ijro 
harakatlarini amalga oshirish, shuningdek, sirtdan ko’riladigan ishlarda advokat faoliyati bilan bog’liq 
holatlar monografik tarzda talqin etiladi. RESPUBLIKAMIZDA ADVOKATURA FAOLIYATINI 
TAKOMILLASHTIRSH BO’YICHA BIR QANCHA NORMATIV 
ASOSI YARATILDI
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 
“Advokatura”to’g’risidagi qonun
O’zbekiston Respublikasi Presdentining Advokatura 
institutini samaradorligini tubdan oshirish va 
advokatning mustaqilligini kengaytirish                       
 chora-tadbirlari to’g’risidagi farmoni
Fuqarolik-protsesual kodeksi,                           
Jinoyat-protsessual kodeksi, Ma’muriy 
javobgarlik to'g'risidagi kodeks va b/q I BOB. FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISHDA ADVOKAT ISHTIROKINING 
UMUMIY TAVSIFI
1.1 O’zbekistonda advokat institutining rivojlanishi
O’zbekistonda advokatura institutini rivojlanish jarayonini beshta 
bosqichga ajratamiz
Birinchi bosqich – aholiga yuridik xizmat ko’rsatish institutining paydo 
bo’lishi(dastlab muftilar-musulmon huquqining namoyondasi)
Ikkinchi bosqich – O’zbekistonda advokatlik instituning yuzaga kelishi.
Uchinchi bosqich – advokaturaning tashkiliy-huquqiy asoslari isloh 
qilingan davr.
To’rtinchi bosqich – O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida 
advokatura institutining isloh qilingan davri.
Beshinchi bosqich – advokatura institutining yanada isloh qilingan 
davri.•           1.2 Fuqarolik sud ishlarini yuritishda advokatning vakolatlari
“ O’zbekiston  Respublikasining  “Advokatura”  to’g’risidagi  qonunining  6-moddasida 
mustahkamlab  qo’yilgan.  Bularga:  1)  tegishli  masalalarni  xal  etishga  vakolatli  bo‘lgan  barcha 
organlar,  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarda  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning 
topshirig‘iga muvofiq ularning manfaatlarini ifoda etish va huquqlarini himoya qilish;                
                        2)  yuridik  yordam  ko‘rsatilishi  munosabati  bilan  advokat  tomonidan  so‘ralgan 
hujjatlarni  yoki  ularning  tasdiqlangan  ko‘chirma  nusxalarini  qonunchilikda  belgilangan 
tartibda berishi shart bo‘lgan davlat organlari va boshqa organlardan, shuningdek korxonalar, 
muassasalar  va  tashkilotlardan  ma’lumotnomalar,  tavsifnomalar  hamda  boshqa  hujjatlarni 
so‘rash va olish;
3)  yuridik  yordam  ko‘rsatish  uchun  zarur  bo‘lgan  masalalar 
yuzasidan  ekspertlarning  yozma  xulosalarini,  mutaxassislarning 
ma’lumotnoma-maslahatlarini  ishonch  bildiruvchi  shaxsning  (himoya 
ostidagi  shaxsning)  roziligi  bilan  so‘rash  va  olish;  4)  ishga  taalluqli 
axborotdan  xabardor  bo‘lgan  shaxslarni  so‘rovdan  o‘tkazish  va  ularning 
roziligi  bilan  yozma  tushuntirish  olish;  5)  to‘plangan  materiallarni  o‘z 
ishonch  bildiruvchi  shaxsining  (himoya  ostidagi  shaxsning)  ishi  yuzasidan 
ish yuritayotgan sudlarga va boshqa davlat organlariga taqdim etish; 1.3 Advokat tomonidan ko’rsatiladigan yuridik xizmatni rasmiylashtirish tartibi .
Har  doim  advokat  mijoz  bilan  tuzilgan  yuridik  yordam  ko’rsatish  to’g’risidagi  shartnoma  asosida  fuqarolik 
protsessida  ishtirok  etadi.  Ushbu  shartnoma  ikki  tomonlama  ishonch  bildiruvchining  o‘ziga  yoki  u  tomonidan  tayinlangan 
shaxsning  foydasiga  yozma  tartibda  tuzilgan  fuqarolik-huquqiy  bitimdir.  Bitim  tushunchasi  haqida  O’zbekiston 
Respublikasi  Fuqarolik  kodeksida  quyidagicha  ta’rif  berilgan.  Unga  ko’ra  “bitimlar  deb  fuqarolar  va  yuridik  shaxslarning 
fuqarolik  huquq  va  burchlarini  belgilash,  o`zgartirish  va  bekor  qilishga  qaratilgan  harakatlarga  aytiladi”.   O’zbekiston 
Respublikasi  Fuqarolik  kodeksi  101-moddasi.  Shartnoma  tuzish  vaqtida  e’tiborsizlik  va  xato  kamchiliklarga  yo’l  quyilsa, 
kelgusida  bitim  taraflari  uchun  noqulaylik  va  o’za  tortishuv  va  kelishmovchiliklarga  olib  kelishi  mumkin.  Mijoz  bilan 
shartnoma  tuzgan  advokat  unutmasligi  kerakki,  uning  asosiy  vazifasi  mijozga  professional  advokatlik  xizmati  bilan 
ta’minlashdan iborat bo’lib, uning pirovard maqsadi ishda ijobiy natijaga erishishdir. 
  
                 II.BOB. Fuqarolik sud ishlarini yuritishda advokat faoliyati
2.1. Fuqarolik ishlarini qo’zg’atishga  qadar advokatning vakolatlari.
0 10 2
“ O’zbekiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining “Fuqarolik sud ishlarini muhokamaga tayyorlash to’g’risida”gi 2018-yil 24-avgust       
                26-sonli  qarorida  sudya  va  sud  protsessisining  boshqa  ishtirokchilari  tomonidan  amalga  oshiriladigan  protsessual  harakatlarga  alohida 
to’xtalib o’tilgan.  Ishni  sud  muhokamasiga  tayyorlash,  ushbu  bosqichdagi  harakatlari  ishda 
qatnashayotgan  shaxslar  va  sudya,  advokat  tomonidan  ishki  ko’rib  chiqulguniga  qadar 
amalga  oshiriladigan  harakatlarni  aniq  vaqtida  xatosiz  qilishning  majmui  sifatida 
qaraladi.  Fuqarolik  ishini  kechiktirmasdan  ko’rib  chiqishdan  iborat  bo'lgan  fuqarolik 
protsessining  asosiy  maqsadiga  erishish  ishni  sud  muhokamasiga  to'g'ri  tayyorlamasdan 
turib  erishishi  mumkin  emas.  Bu  ishni  sud  muhokamasiga  tayyorlash  bosqichining 
ahamiyati  va  zarurligini  belgilaydi.  Ushbu  bosqichni,  jumladan,  advokatning  mijozga 
uning  manfaatlarini  samarali  himoya  qilishda  yordam  beradigan  faoliyatini  o'rganishga 
ko'plab ilmiy ishlar bag'ishlanganligi bejiz emas. Fuqarolik  sud  ishlarini  yuritish  muhim  sud  protsessining  tarkibiy  qismlardan  biri  hisoblanadi. 
Ushbu  qismning  asosiy  vazifasi  ishni  birinchi  instansiya  sudida  ko’rish  vaqtida  mazmunan  to’g’ri 
baholab,  xal  qilishni  tashkil  etadi.  Fuqarolik  protsessida  ish  ko’rish  jarayonida  odil  sudlovga  taalluqli 
demokratik  tamoyillarning  barchasi  qo’llanilganligi  sababli  ushbu  bosqich  fuqarolik  protsessining 
muhim  qismi  hisoblanadi .  Sud  da'voni  qabul  qilib,  sud  majlisini  tayinlagandan  so'ng,  fuqarolik  ishida 
advokatning roli sezilarli darajada oshadi. Sud jarayoni fuqarolik protsessining asosiy qismidir, chunki 
aynan shu bosqichda fuqarolik jarayonining maqsad va vazifalari amalga oshiriladi. Sud protsessining 
o‘ziga  xos  vazifalari,  birinchi  navbatda,  fuqarolik  ishini  mohiyati  bo‘yicha  qonuniy  va  asosli  qaror 
qabul qilish bilan ko‘rib chiqish va kengaytirishdan iborat. 2.2. Fuqarolik sud ishlarini yuritish qo’zg’atish va ishni ko’rishda 
advokatning protsessual faoliyati   2.3. Sud qarorlarini qayta ko’rish va ijro etish bosqichida advokatning faoliyati
Yuqori instansiya sudlarida ish yuritish sudyalarning yakuniy sud hujjatlari ya’ni xal qiluv qarori va ajrimini qayta ko‘rib chiqish 
bo‘yicha apellyatsiya va kassatsiya instansiyasida ish yuritish, shuningdek tatish tartibida qayta ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi.
       
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi  9-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya 
tartibida  ko’rishning  ayrim  masalari  to’g’risida”gi  qarori  qabul  qilingan.  Ushbu  plenum  qarorida  ishda  qatnashayotgan  shaxs  vakili,  shu 
jumladan,  advokat,  sud  hujjati  ustidan  apellatsiya,  kassatsiya  tartibida  shikoyat  qilishga  bunday  huquq  ishonchnomada  maxsus  ko‘rsatilgan 
holdagina haqli (FPK 69-moddasining ikkinchi qismi).
O’zbekiston  Respublikasida  “Sud  qarorlarining  qonuniyligi,  asosliligi  va  adolatliligini  tekshirish  tartibi  takomillashtirishi  munosabati 
bilan    O’z  Res  FPKga  o’zgartirish  va  qo’shimcxalar  kiritish  to’g’risi”dagi  2021-yil  1-yanvardan  kuchga  kirgan  O’zbekiston  Respublikasining 
qonuni  qabul  qilinishi  bilan  sud  qarorlaridan  norozi  bo’lgan  taraflar  birinchi  instansiya  sudining  apellatsiya  yoki  kassatsiya  tartibida  ko‘rilgan 
xal qiluv qarori,  ajrimi, qarori hamda apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi  sudining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi 
mumkinligi belgilab qo’yildi. 
O’zbekiston  Respublikasining  2001-yil  29-avgustdagi  258-II-sonli  “Sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish”  to‘g‘risidagi 
qonuda  ijro  harakatlarini  amalga  oshirish  tartibi  keltirlgan.  Ushbu  qonunning  13-moddasi  “Ijro  ishi  yuritishda  taraflar  vakillarining  ishtiroki” 
deb nomlangan. Unda “Jismoniy shaxslar ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda yoki vakillari orqali ishtirok etishlari mumkin.  III-BOB. AYRIM TURDAGI FUQAROLIK SUDISHLARINI YURITISHDA ADVOKAT ISHTIROKINI 
TA’MINLASH MASALALARI
                3.1 Buyruq tartibida ishni ko’rishda advokatning ishtirok etishi.
“ 2018-yil 1-aprelga qadar amalda bo‘lgan Fuqarolik protsessual kodeksida 5 talab yuzasidan sud buyrug‘i chiqarilgan bo‘lsa, 2018-yil  22-yanvarda yangi 
tahrirda  qabul  qilingan  Fuqarolik  protsessual  kodeksida  8  talab  yuzasidan,  2019  yil  22  oktyabrda  kiritilgan  o‘zgartirishlarga  asosan  jami  9  talab  yuzasidan  sud 
buyrug‘i  chiqarilishi  belgilangan.  O’zbekiston  Respublikasining  “Davlat  xisobidan  yuridik  yordam  ko’rsatish”  to’g’risidagi  16.06.2023-yildagi  O‘RQ-848-sonli 
qonuning  11-moddasida  davlat  tomonidan  yuridik  yordam  ko’rsatiladigan  ishlar  ruyhati  keltirib  o’tilgan  bo’lib,  ushbu  ro’yhatda  alimentlarni  undirish  haqida 
ishlarham kiritilgan.
3.2  Alohida tartibda ish yuritishda advokatning ishtirok etishi
Fuqarolik  sudida  alohida  tartibda  ish  yuritish  mustaqil  ish  turi  sifatida  da’vo  va  buyruq  tartibida  ko’rib  chiqiladigan  ishlardan  tubdan  farq 
qiladi.  Ushbu  toifadagi  ishlarning  ajralib  turadigan  qator  xususiyatlari  bor.  Ya’ni  bular:  ushbu  toifadagi  ishlarda  taraflar  bo’lmasligi  ish  bo’yicha 
sudning chiqargan xal qiluv qarorining bekor qilish  holati  bo’yicha qa’tiy o’rnatilgan tartibi orqali ham fuqarolik sudida ko’riladigan boshqa turdagi 
ishlardan  ajralib  turadi.  “Yuridik  ahamiyatga  ega  bo’lgan  faktlarni  aniqlash  haqidagi  ishlar  bo’yicha  sud  amaliyoti”  to’g’risidagi  O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi qonuni ushbu toifadagi ishlar to’g’risida qonuniy va adolatli xal qiluv qaror chiqarilishini 
ta’minlaydi.
3.3 Sirtdan ish yuritishda advokatning ishtirok etishi
O’zbekiston Respublikasida qonun ijodkorligi masalasida ham boshqa soxalar kabi rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasidan foydalanishi bugungi kunga kelib hech kimga sir emas. Shu ma’noda fuqarolik sud ishlarini sirtdan ko’rib xal etish masalasi xorijiy  davlatlar tajribasi asosida sud amaliyotimizga tadbiq etilgan.  Sirtdan ish yuritish tartibi to’g’risida,  sirtdan qabul qilingan xal qiluv qarorini qayta ko’rish, bekor qilish va rad etish 
haqida to’xtalib o’tilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 25.10.2019-yildagi 19-son “fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarorida e’tibor qaratib o’tilgan.  XULOS A
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Vakillikka doir fuqarolik prosessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qo’llanilishi to’g’risida”gi   
14.05.2010  yildagi  05-sonli  qarorida  13-bandining  uchinchi  xat  boshida  “Advokat  ishga  kirishishi  uchun  advokatlik  guvohnomasi  va  advokatlar  tuzilmasi  tomonidan 
berilgan order taqdim etilishi kifoya bo’lib, u advokatga yuridik yordam so’rab murojaat etgan shaxs manfaatlarini sudda himoya qilish huquqini beradi” mazmunidagi 
qoida  nazarda  tutilgan.  Biroq  oliy  sud  Plenumining  qarori  huquqning  manbai  hisoblanmaydi.   Shu  sababli  Order  advokat  uchun  huquq  beruvchi  hujjat  sifatida  e’tirof 
etilgan  va  huquqni  qo’llash  amaliyotida  foydalanib  kelinayotgan  ekan,  u  Fuqarolik  prosessual  qonunchiligida  aniq  belgilab  qo’yilishi  kerak.   Yuqoridagi  holatlarni 
e’tiborga  olib,  Fuqarolik  prosessual  kodeksining  68-moddasining    5-qismi  sifatida  quyidagi  mazmundagi  normani  kiritishni  maqsadga  muvofiq  deb  bilamiz: 
“Advokatning  sudda  ishni  yuritish  vakolatlari  tegishli  advokatlik  tuzilmasi  tomonidan  berilgan  order  bilan  tasdiqlanadi”.  Bu  norma  sudlarda  advokat  faoliyati  normativ-
huquqiy hujjat doirasida mustahkamlab beradi.
Ikkinchidan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  98-moddasida  qonunchilik  tashabbusi  huquqiga  bo‘lgan  subyektlar  keltirib  o‘tilgan.  Ushbu 
subyektlar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sudi va boshqa bir qator subyektlar kiritilgan. Lekin ushbu subyektlar qatoriga 
O‘zbekiston  Respublikasi  Advokatlar  palatasi   raisi  kiritilmagan.  Advokatning  bugungi  kunda  faoliyati  amaliyot  bilan  to‘liq  bog‘liq  hisoblanib,  u  qonunchilikdagi 
bo‘shliqlarni  advokat  ish  faoliyati  jarayonida  yaqqol  guvohi  bo‘ladi.  Shu  sababli,  O‘zb  Res  Konstitutsiyasining  98-moddasi ga  qonunchilik  tashabbusi  huquqiga  ega 
bo‘lgan subyektlar qatoriga  O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi  raisini to‘g’ridan to‘g’ri kiritishi lozim deb hisoblayman. Advokatlarga qonunchilik tashabbusi 
huquqining berilishi kelgusida qonunchilik sohasidagi islohotlar o‘tkazishga muhim taklif va tavsiyalar jamlanmasi vujudga kelishiga zamin yaratadi.
Uchinchidan,  O‘zb  Res  “Advokatura”  to‘g’risidagi  qonuniga  advokatlarga  mediator  sifatida  ish  yuritish  vakolatini  kiritish  kerak.  Bunday  vakolat  O‘zb  Res 
“Notariat”  to‘g’risidagi  qonunning  61 1
–moddasi  notariuslarga  mulkiy  va  meros  masalarida  mediator  sifatida  ish  yuritish  vakolati  berilgan.    Bunday  mazmundagi    nizo 
bo‘yicha fuqarolar ko‘p hollarda advokatga murojaat qilishadi. Hozirda advokat mediator faoliyati amalga oshirish uchun maxsus mediatorlarni tayyorlash kursini o‘qib 
chiqishi  kerak.  Ushbu  talab,    O‘zb  Res  “Mediatsiya”  to‘g’risidagi  qonuning    12-moddasida  belgilab  qo‘yilgan. Advokatga  bunday  huquqning  berilishi  kelgusida  nizoni 
sudga olib bormasdan muqobil hal qilish imkonini berib, mediator faoliyatnidan foydalanish holatlari fuqarolar o‘rtasida yanada kengayishiga olib keladi. 
To‘rtinchidan,  Hozirgi kunda sud qarorlaridan nusxa olish uchun advokat sudga order taqdim etib, sud hujjatlaridan nusxa oladi. Shuningdek,  oilaviy, mol-
mulk nizolari masalasida murojaat qilgan fuqarolarning yaqin qarindoshlarini shaxsini aniqlovchi hujjatlarni  topishda qiyinchilikka duch keladi . Shu sababli, 
advokatlar uchun maxsus integratsiya tizimini joriy qilish kerak deb hisoblayman. Ya’ni sudlarning adolat axborot tizimlari kompleksi-sud.uz sayti bilan to‘g’ridan 
to‘g’ri bog‘lanish imkoniyati yaratilishi lozim. Shunday holatda advokat order kiritganidan keyin, o‘zining mijoziga taalluqli hujjatlar nusxa olishga imkoniyati 
yaratiladi.  E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

• F U Q A R O L I K S U D I S H L A R I N I Y U R I T I S H D A A D V O K AT I S H T I R O K I

MUNDARIJA : 01 02 03 04 05 06 K I R I S H I-BOB. FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISHDA ADVOKAT ISHTIROKINING UMUMIY TAVSIFI II-BOB. FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISHDA ADVOKAT FAOLIYATI III-BOB. AYRIM TURDAGI FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISHDA ADVOKAT ISHTIROKINI TA’MINLASH MASALALARI X U L O S A F O Y D A L A N I L G A N A D A B I Y O T L A R R O ’ Y H AT I

MAVZUNING DOLZAR BLIGI • Advokatura noyob institutdir, chunki aynan u fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga ko‘maklashadi. Shuningdek, o'z ichidagi huquqiy nizolarni hal qilishda jamiyatning huquq va manfaatlarini to'g'ri himoya qilishni ta'minlaydi. Bunday holatda asosiy subyekt advokatdir, shu sababli, ilmiy ishda o’rganish obyekti sifatida fuqarolik protsessda advokat faoliyati olindi.

“ 2022-yil 30-maydagi O’zbekiston Respublikasi Prezdentining ‘‘Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish to’g’risida’’gi 1 qarori qabul qilindi. 28.01.2022 yilda qabul qilingan Yangi O’zbekistonning 2022-2026-yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasining 19-maqsadi sifatida Advokatura insititining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek aholi va tadbirkorlik subyektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo’lgan talabini to’liq qondirish rejalashtirilgan”. Shuningdek, yangi tahrirdagi O’zb Res Konstitutsiyasining XXIV bobi alohida Advoktura institutiga bag’ishlandi. Raqamlashtirish jarayonlari advokatura sohasini faoliyatini ham chetlab o’tayotgani yo’q. Xususan;

Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). • Salomov B, (O’zbekistonda advokatlik faoliyati), Shorahmetov Sh.Sh. (O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik), Rustamboyev M.X, Tuxtasheva U.A, (Sud hokimiyati va O’zbekiston respublikasida sud huquqiy islohotlar: ilmiy-publistik nashr), Doniyorov M.A (Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan berilgan ariza va shikoyatlarni sudda ko’rishning protsessual xususiyatlari), • Jurayev I.B. (O’zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati, O’quv uslubiy qo’llanma), Bazarov S.R (Inson huquqlarini himoya qilishda advokatura instituning o’rni). Ushbu masala MDH qonunchiligi nuqtai nazardan Demidova L.A. (Адвокатура в России), Vatman D.P (Адвокатская этика), Chechina N.A. ( Гражданские процессуальн ые отношения ) va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan. Ushbu olimlarning ishlari dissertatsiyaning foydalanilgn adabiyotlar ro'yxatida ko'rsatilgan