HISSIYOT VA EMOTSIYANING FARQLI JIHATLARI
MAV ZU:HISSIYOT VA MAV ZU:HISSIYOT VA EMOTSIYANING EMOTSIYANING FARQLI JIHATLARI.FARQLI JIHATLARI. Fan: Psi xalogiy a
Hissiyot haqida tushuncha Emosi y alar - fi ziologik ak s et t irish chegarasida t uruv chi v a odamga o` z eht i y ojl ari bi lan bog` li q qo` zg` at uv chil ar t a` sir qilganda o` z-o` zini boshqarishni amalga oshiruv chi psix ik ak s et t irishning sodda shak lidi r. emosi y alar real duny oni predmet hamda hodi salarni emas, bal k i ob` ek t iv munosabat larini ak s et t iradi, unda mazk ur predmet hamda hodisal ar inson eht iy oji uchun organizm xizmat ida bo` ladilar. 15.08.23 2
Hissiyotlar faqat insonga xos bo`lib, emosional aks etish va tushunchalarni umumlashtiruvchi aks ettirishning murakkab formasidir. "Ular predmet va hodisalarning yuksak ehtiyojlarga hamda insonning shaxs sifatidagi faoliyati stimullariga munosabatini aks ettiradi." Agarda emosiyalar odamning muhit bilan o`zaro munosabatini organizm tarzida boshqarsa, hissiyotlar uning munosabatini shaxsning boshqa odamlar, jamiyat bilan munosabati tarzida boshqaradilar. 3
Inson emosiya va hissiyotlarni faqat boshdan kechiribgina qolmaydi. Ular tashqarida mimika, pantomimika, ovoz toni, tempi va nutq ifodaliligining o`zgarishi, yurak urishining tezlashishi, yuz qizarishi va boshqalarda aks ettiriladi. Har qanday hissiyot bevosita yoki bilvosita tashqi ta`sir bilan belgilanadi. Odamning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan narsalar undan ijobiy hissiyotlar (qoniqish, quvonish, sevish va shu kabilar..) paydo qiladi. Bunga ehtiyojlarni qondirmaslik yoki unga to`sqinlik qilish bilan aloqador bo`lgan narsalar kishidan (norozilik, g`am, qayg`u, nafrat va shu singarilar) ni keltirib chiqaradi.
Hissiyotlar axloqiy, intellektual (bilim) va estetik hissiyotlarga bo`linadi. Axloqiy hissiyotlar insonning odamlarga, ishga, mehnatga, hamda o`ziga bo`lgan munosabatida ifodalanadi. Axloqiy hissiyotlar insonning axloqiy xususiyatlari: vijdonlilik, rostguylik, iltifotlik, intizomlilik va boshqa xususiyatlariga bog`liqdir. Axloqiy hissiyotlar: vatanparvarlik, insonparvarlik, o`rtoqlik va do`stlik, jamoatchilik, odamning mehnatga munosabatini ifodalovchi hissiyotlar. Uyalish va vijdon hissi, diniy hissiyot. Axloqsiz hissiyotlar: g`arazguylik, yulg`uchlik, o`zgalardan ustunlik. Intellektual hissiyotlar: havasmandlik, qiziquvchanlik, hayratlanish, taajjublanish, sinchkovlik, e`tiborsizlik, ishonch, ikkilanish, yangilikni sevish yoki undan qurqish. estetik hissiyotlar: go`zallik-xunuklik, yuksaklik-tubanlik, fojialilik- komiklik. estetik hissiyotlar axloqiy hissiyotlar bilan chambarchas bog`liqdir.