Individ, shaxs va individuallik.
MAVZU: Individ, shaxs va individuallik.
REJA: 1. SHaxsni tadqiq etishning qisqacha tarixi 2. Individ sifatida odam haqida umumiy tushuncha. 3. SHaxs sifatida odam haqidagi umumiy tasavvurlar 4. SHaxs va individuallik
Shaxsni tadqiq etishning qisqacha tarixi. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonining tarixiga nazar tashlasak, shu narsa ayon bo‘ldiki, antik davrning oxirlarida individuallikni shaxs deb ataganlar, u faqat tabiiy organizm emas, balki insoniy, ijtimoiy mavjudot sifatida qabul qilingan. SHundan e’tiboran shaxs atamasi va unga taalluqli narsalar shaxsiylik ma’nosida ishlatilishi odat tusiga kira boshlagan. Hozirgi zamon falsafa va ijtimoiy-gumanitar fanlarda shaxs tushunchasiga bir necha talqin berilgan. Ya’ni, shaxs deb muayyan ijtimoiy-iqtisodiy tuzum sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan, o‘z taqdirining egasi bo‘la olgan, individual holatda intelektual, emotsional va irodaviy sifatlarga ega bo‘lgan odamga aytiladi. Tarixan turli diniy-falsafiy tizimlar shaxsga o‘zlaricha yondoshganlar. Agar antik davr falsafasida shaxsga nisbatan asosan munosabatlar deb qaralgan bo‘lsa, xristianlik ta’limotida shaxs maxsus mohiyat, “Individual substansiya”, aqliy xususiyat, nomoddiy ruhning sinonimi deb tushunilgan.
Inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo’lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin–asta tarkib topadi .