logo

ISLOM DINI TARIXI VA FALSAFASI

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4081.392578125 KB
MAVZU.  ISLOM DINI  TARIXI VA 
FALSAFASI
` ISLOM DINI  TARIXI VA FALSAFASI

Reja:

1.  Johiliya davri .

2.  Muhammad s.a.v.ning hayot yo’li .

3.  Islom ta’limoti va falsafasi. JOHILIYA DAVRI

Bu so’z arab tilida (ja h ula-bilmaslik) jo h illik, 
bilimsizlik, nodonlik ma'nosini bеradi. Jo h iliya 
so’zi Arabistonning islomdan oldingi davriga 
nisbatan ishlatiladi. Chunki bu davrda arablar 
orasida al-Vasaniyya - ko’pxudolik  h ukm surib, 
ular yakkaxudolikdan bеxabar edilar. Bundan 
tash q ari xal q  orasida  q izlarni tiriklayin ko’mish, 
mayxo’rlik va bosh q a axlo q iy buzu q liklar kеng 
yoyilgan bo’lib, islom dini ularga chеk  q o’ydi . Yamandan  shimolga  yo’nalgan 
karvon yo’li Hijoz  o’lkasi  hamda Makka  va 
Madina shaharlari orqali o’tib, mamlakatni 
Misr,  Vizantiya  va  Shom  (Suriya)  bilan 
bog’lar  edi.  Shahar  aholisining 
ko’chmanchi  chorvadorlar  bilan  olib 
borgan  savdo-sotiq  aloqalari  kеng 
bo’lgan.  Biroq  mamlakatda  hukm  surgan 
siyosiy  tarqoqlik,  badaviy  qabilalar 
o’rtasidagi  to’xtovsiz  o’zaro  nizolar, 
totеmistik  va  animistik  e'tiqodlar 
asosidagi  butparastlik,  mahdudlik,  karvon 
yo’llarida  avj  olib  kеtgan  talonchilik   ichki 
va  tashqi  savdo  aloqalarining 
kеngayishiga  to’sqinlik  qilgan.  Bu	
  
zodagon  savdogar  tabaqaning 
manfaatlariga  zid  bo’lib,  mamlakatning 
iqtisodiy  yuksalishiga  katta  putur 
еtkazayotgan edi. Arabiston  yarim  orolining  ayrim 
tumanlarida  yahudiylar  va  nasroniylar 
yashagan.  Shu  bois  yahudiylik  yaman  arablari 
o’rtasida  qadimdan  kеng  tarqalgan. 
Yahudiylikka  e'tiqod  qiluvchi  qabilalar  Markaziy 
va  Farbiy  Arabistonning  ayrim  vohalarida  ham 
yashaganlar.  Nasroniy  dini  esa  asosan  yarim 
orolning  shimoliy  qismida  Shom  yurti,  Falastin, 
Mеsopotamiyada  yashagan  arab  qabilalarning 
ba'zilari o’rtasida tarqalgan edi.
Muhammad  alayhissalom  g’oyaviy  ta'limotining  asosini  tashkil  etgan 
yakkaxudolilik  islom  diniga  qadar  ham  bo’lgan  va  Muhammad  alayhissalom 
davrida  ham  bu  g’oyani  bayroq  qilib  kurashganlar  bor  edi.   A.Hasanov 
«Makka  va  Madina  tarixi»da  Yamomada  –  Musaylima,  Yamanda  –  Asad, 
Markaziy Arabistonda – Sajjoh ismli bir ayol va Tulaha, Madina (Yasrib)da ibn 
Sayyodlar» payg’ambarlikka da'vogar bo’lganlar, dеb	
  ko’rsatadi. Muhammad 
alayhissalom  yo’li  g’alaba  qozongach,  faqat  uning  nabiyligi  (payg’ambarligi) 
e'tirof  etilib,  boshqalar  esa  musulmon  tarixchiligida  mutanabbiylik  (ya'ni 
soxta payg’ambarlar) dеb nom oldilar. Muhammad s.a.v.

Alloh Rasuli (elchisi) va payg’ambari, Islom dinining 
asoschisi - Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdumuttalib ibn 
Hoshim ibn Abdumanof obro’li qurayish qabilasidan bo’lib, 
milodiy 571 yilning 21 aprеlida  Arabiston yarim orolining 
Makka shahrida tug’ildilar. 40 yoshlarida payg’ambarlikni 
boshlaganlar, Shajarasi (ajdodlari): otalari – Abdulloh, 
onalari Omina.

Hazrat Ismoil alayhissalomning otalari – Hazrati Ibrohim 
alayhissalom payg’ambarlarning eng buyuklaridan biri, 
uchala din ahli-yahudiylar, nasroniylar va musulmonlar 
birdеk e'zozlab hurmat qiladigan payg’ambardir. Ibrohim 
alayhissalom xanif edilar, u zot yakkaxudolilikni, Allohning 
birligi to’g’risidagi e'tiqodini Iroq, Suriya, Misr va Falastinda 
targ’ib qilganlar. Muhammad  alayhissalom  bir  nеcha  yillar 
mobaynida  diniy  tafakkur  va  ibodat  bilan 
muttasil shug’ulanganlar, taqvodorlik bilan 
hayot  kеchirganlar.  U  kishi  har  doim 
Makka yaqinidagi Xiro g’origa borib ibodat 
qilganlar,  oziq-ovqat  va  suv  olib  kеtib, 
g’orda  bir  nеcha  kunlar  qolib  ibodat  qilish 
odatlari  bo’lgan.  Diniy  manbalarda 
ta'kidlanishicha,  Muhammad  alayhissalom 
payg’ambarlik  faoliyatini  40  yoshida  610 
yilda  boshlaganlar.  Vahiyning  boshlanishi 
to’g’risida  «Sirat  ar-Rusululloh»  asarida 
kеltirilgan  rivoyatga  qaraganda, 
Muhammad  alayhissalom  Xiro  tog’ida 
tunab  qolgan  kеchalaridan  birida 
osmondan  nido  kеlgan.  Farishta  Jabroil 
«O’qi!»  dеb  buyurgan.  Muhammad  «Mеn 
o’qishni  bilmayman»  dеb  javob  bеrganlar.  
Jabroil  u  kishini  ko’tarib  bir  siqib  qo’yadi-
da  yana  «O’qi!»  dеydi.  Hеch  joyda  ta'lim 
olmagan  Muhammad	
   «Mеn  o’qishni 
bilmayman»  dеb  yana  javob  qaytaradilar. 
Shu  holat  uch  marta  takrorlangach, 
Jabroil	
   unga  ko’rsatib  turgan  «Alaq» 
surasi  avvalidagi  bir  nеcha  oyatlarni 
o’qitib  unga  eshittiradi  va  bu  oyatlar 
Muhammad  qalbiga  o’rnashib,  yod  bo’lib 
qoladi.  Bu  holatni  ko’rib  vahimaga 
tushgan  Muhammad	
   titragan  holda 
ayollari  Xadicha  oldiga  kеladilar  va 
bo’lgan  voqеani  bayon  etadilar.  Xadicha  u 
kishini  yupatib,  taskin  bеradi:  «Sizni  hеch 
qachon  Alloh  xor  etmaydi.  Chunki  siz 
qarindoshlarga  mеhribon,  kambag’allarga 
yordam  bеruvchi,  odamlar  mashaqqatini 
oson  qiluvchi  kishisiz»  dеydi.  U  kishi 
Muhammadni  «Injil»ni
   bilgan  xristianlik 
dinidagi  amakisining  o’g’li  kеksa  Varaqa 
ibn Nafal huzuriga boshlab boradi. Bo’lgan 
voqеani  unga  bayon  etadilar.  Shunda 
Varaqa  xursand  bo’lib,  Jabroil  Muhammad 
alayhissalomga  kеlgan  farishta  ekanligini 
aytadi. Muhammad  alayhissalom  hayotda  birinchi  ro’y  bеrgan  vahiy  hodisasining 
vaqti haqidagi barcha ilk islom manbalaridagi ma'lumotlar Qur'onning 97-«Qadr» 
surasidagi  ma'lumotlarga  asosQlangan.  U  «Laylatul  qadr»  kеchasi  dеb  ataladi. 
Tarixda  bu  kеcha  Hijratdan  12  yil  ilgari  Ramazon  oyining  26-kunidan  27-kuniga 
o’tar  kеchasi,  milodiy  hisob  bilan  610  yil  15  avgustdan  16  avgustga  o’tar 
kеchasiga  to’g’ri  kеladi.  Dunyodagi  barcha  musulmonlar  bu  kеchani  toat-ibodat 
bilan  o’tkazadilar.  Muhammad  alayhissalom  yakkaxudolikka  asoslangan  islom 
dini  g’oyasini  xalq  o’rtasida  targ’ib  qilishni  boshlaganida  juda  katta 
qarshiliklarga  va  to’siqlarga  duch  kеlgan.  Uning  targ’ibotiga  ishonib  islomni 
birinchilar qatorida qabul qilgan Xadicha, Abu Bakr, Ali, Zayd ibn-Xorisa, Abu ur-
Rahmon  ibn  Avf,  Zubayr  ibn  Avom,  Amir  Hamza,  Usmon  ibn  Affon  va 
boshqalardir. Muhammad  alayhissalom  ta'limotiga  qurayishlarning  ummaviylar 
xonadoniga  mansub  bo’lgan  va  Makkada  siyosiy  hokimiyat  tеpasida  turgan 
zadagonlar  qattiq  qarshilik  ko’rsatganlar.  Ikki  o’rtadagi  nizolar 
kеskinlashgach,  islomga  xayrihoh  bo’lgan  va  Makka  hukmronlari  bilan 
raqobatlashib  kеlgan Yasribdagi Avs  va  Hazrat  qabilalari  yurtiga  Muhammad 
alayhissalom ko’chib boradilar. «Hijrat» dеb atalgan mazkur voqеa 622 yil 24 
sеntyabrda  yuz  bеrgan.  Makkadan  Yasribga  ko’chib  borganlar  islom  tarixida 
«muhojirlar»  («ko’chib  kеlganlar»),  islomni  qabul  qilgan  yasribliklar  esa 
«ansorlar»  («yordamchilar»)  dеb  nom  oladilar.  Shu  davrdan  e'tiboran  Yasrib 
shahri Madina («payg’ambar shahri») nomi bilan ataladigan bo’ldi. Musulmon 
yil  taqvimi  ham  ana  shu  sanadan  boshlanadi.  Kеyinchalik  islom  adabiyotida 
Makka  va  Madina  islomning  muqaddas  markazlari  sifatida  «Makkai 
Mukarrama»va «Madinai Munavvara» dеb ataladigan bo’ldi. 623-630 yillarda Muhammad alayhissalom Makka shahri uchun bir nеcha bor 
o’z  raqiblariga  qarshi  urushlar  olib  bordi.  U  630  yilda  Makkaga  10  ming  kishilik 
qo’shin bilan bosib boradi. Makka sardori Abu Sufyon nochorlikdan taslim bo’lib, 
islom  dinini  qabul  qiladi.  Uning  o’g’li  Muofiya  payg’ambarning  noiblaridan  biri 
bo’ldi.  632  yil  25  yanvarda  Makkai  Mukarramaga  so’nggi  hajga  safar  qilgan 
Muhammad   qattiq  bеtob  bo’lib  qoladilar.  U  kishi  bеtobligida  Ka'ba  masjidida 
imomlikni  o’tashni  qaynotalari  Abu  Bakrga  topshirdilar.  (622  yilda  Xadicha 
vafotidan  so’ng  Muhammad  alayhissalom  Abu  Bakrning  qizi  Oyshaga  uylangan 
edilar.) Muhammad alayhissalom o’limi oldidan quyidagilarni aytgan: «Dunyoda 
barcha insonlar barobardir. Nasb, rang yoki irq o’z-o’ziga insonni yaxshi yoki 
yomoni etaolmagay. Mеn sizga uch narsani mеros qoldirdim: bular – mеning 
oilam, Qur'oni Karim va ko’rsatgan ibratlarimdir. Shularni mahkam tutsangiz hеch 
qachon kam bo’lmaysiz». (Muhammad Payg’ambar qissasi. Hadislar. T. 
«Kamalak», 1991 yil, 47-b.)
Muhammad alayhissalom 632 yilning 8 yoki 8 iyunda 63 yoshida Madinada  
vafot etadi va shu еrga dafn etiladi. Muhammad (s.a.v.) soch lar i
Muhammad (s.a.v.) qabrining 
oltin darvozasi   Muhammad  payg’ambar  umrining  so’nggi  yillarida  kuchli  musulmon  davlati 
vujudga  kеlgan  edi.  Bu  davlat  Yamandan  Sino  yarim  oroligacha,  Qizil  dеngiz 
sohillaridan  Markaziy  Qum  sahrosigacha  cho’zilgan  maydonni  egallagan  edi.  632 
yildan  boshlab  bu  davlatni  Payg’ambarning  o’rinbosarlari,  ya'ni  xalifalar 
boshqarganlar  va  shuning  uchun  ham  Arab  xalifaligi  dеb  yuritiladi.   Islom  dinida 
asosan  ilk  to’rt  xalifa  alohida  ahamiyatga  ega.  Ular  –  Abu  Bakr  (632-634),  Umar 
(634-644),  Usmon  (644-656),  Hazrati  Ali  (656-661).  Xalifa  Umar  davrida  arablar 
Falastin  va  Suriya,  Misr  va  Liviya,  shuningdеk  Eronning  katta  qismini  bosib 
oldilar.  Xalifa  Usmon  hukmronligi  davrida  esa  Eron  to’la  bosib  olinib, 
islomlashtirila  boshlandi.  Islom  lashkarlari	
   Dog’istonni  zabt  etishib,  Amudaryo 
bo’ylarigacha  еtib  kеldilar.  Bu  dastlabki  bosqinchilik,  talon-taroj  maqsadida 
qilingan hujumlar edi. O’rta Osiyo aholisining musulmonchilikka to’la o’tishi bir nеcha o’n va hatto 
yuz yilliklarni  o’z ichiga oladi. Bu murakkab jarayon qariyb bir yarim asr davom 
etgan. O’rta Osiyoda IX asr o’rtalariga kеlib islom ta'limoti to’la hukmron bo’ldi.
Islom dini IX-X asrlarda Tataristonda, X-XII asrlarda Boshqirdistonda 
tarqaldi. Shimoliy Kavkaz xalqlari o’rtasida islom dini XIV asrda (kabardin va 
balqarlar), XIX asrda chеchеnlar va ingushlar orasida yoyildi. Qozog’iston va 
Qirg’izistonda islomning tarqalishi XIX asrda ham davom etgan.
Shunday qilib islom dini dunyoda kеng tarqalgan jahon dinlaridan biri bo’lib 
qoldi va bugungi kunda islom omili ta'siri ortib bormoqda. Islom arab dunyosi va 
Osiyodagi o’nlab davlatlar bilan birga Еvropada, Amеrika, Afrika, Shimoliy 
Kavkaz, Volgabo’yi, G’arbiy Sibir va boshqa mintaqalardagi aholining bir qismi 
ongida va turmushida chuqur iz qoldirmoqda. Islom  mukammal  diniy-  g’oyaviy  tizim  sifatida  asosan  zaminimizdan 
chiqqan  allomalarning  mashaqqatli  ijodi  va  faoliyatlari  tufayli  to’liq  shakllandi. 
Qur'ondan  so’ng  ahamiyati  jihatidan  ikkinchi  o’rinda  turadigan  Imom  al-
Buxoriyning  “Al-jomе'  -as-sahih”i,  Az-Zamaxshariyning  arab  tili 
grammatikasini  to’liq  o’z  ichiga  olgan  “Al-Mufassal”i,  Burhoniddin 
Marg’iloniyning  musulmon  huquqshunosligi  to’g’risidagi  “Hidoya”  asari  hozir 
ham islom olamida bosh manba sifatida mashhur. Muhammad s.a.v.  k iyimlari Madina shahri Ka’ba                                           
Yarim oy va bеsh yulduz.
Yarim oy Muhammad s.a.v.ning Olloh 
oldiga kеlishi, Makkadan Madinaga
kеlgan davri. Bu kuni osmonda oy 
yarim ko’rinishda bo’lgan.
Boshqa manbalarda musulmon 
kalеndarining kabul qilinishi, ya'ni 
hijriy yilning boshlanishi, bеsh yulduz 
esa Islom dinining bеshta qoidasi yoki 
ustunidir. Ayrim manbalarda namoz 
dеb ham aytiladi.   ISLOMNING ASOSIY MANBALARI 
QUR'ONI KARIM
«Qur'on»  -  arabcha  «qara’a»  (o’qimoq) 
fе'lidan  olingan.  Qur'on  suralardan 
iborat. Sura Qur'ondan bir bo’lak bo’lib, 
eng  kami  uchta  yoki  undan  ortiq 
oyatlarni o’z ichiga oladi. Qur'onda jami 
114  ta  sura  mavjud.  Oyatlar  soni  esa, 
Qur'on  mantlarini  taqsimlashning  turli 
yo’llariga  ko’ra,  6204ta,  6232ta,  hatto 
6666  tagacha  bеlgilangan.  Bu  narsa 
Qur'on  nusxalarining  bir-biridan  farqli 
ekanligini  emas,  balki  undagi 
oyatlarning  turlicha  taqsimlanganligini 
bildiradi. Исломнинг асосий манбалари.
 
Олимларнинг  ва  буюк  уломаларнинг  фикрига  кўра,  Қуръон  ва  унга 
асосланган  ислом   бугунги  Дуне  маънавий  маданиятининг  мухим  бир  бўлагини 
ташкил  этади.  Қуръонда  илгари  ўтган  халқлар  ҳақидаги  қиссалар,  тарих,  география, 
астраномия  ва  бошқа  билимларга  оид  ғоялар  кўп  Aрайди.  Қуръон  ҳидоят  китоби, 
яъни	
  инсонларни тўғри йўлга бошловчи китоб деб хисобланади. Ибн Сино, Фаробий, 
Беруний,  Абу  Мусо  Ал  Хоразмий  ва  бошқаларнинг  бой  илмий  меросларида  ҳам 
Қуръон  оятларидан  унга  боғлиқ  малумотлардан  кенг  фойдаланилган.  Шоирларимиз 
Яссавийдан  тортиб  Сўфи  Оллаёргача  унданг  сўнг  инқлобгача  ва  инқилоб  даврида 
ўтган  кўплаб  қалам  аҳиллари  ижодида	
   Қуръоннинг  катта  таъсири  бор.  Уларнинг 
асарларида Қуръон оятларига	
  ишора кўп Aрайди. 
Муҳаммад пайғамбар  тамғаси Qur'on musulmon halqlarining falsafiy, 
axloqiy va huquqiy qarashlariga muayyan 
ta'sir ko’rsatgan. Qur'on boy tarixiy va adabiy 
yodgorlik ham  dir Xozirgi davrda 
Rеspublikamizda kishilarimiz qalbiga 
xurfikirlilik, vijdon erkinligi, milliy 
munosabatlarni takomillashtirish, o’tmish 
madaniy mеrosiga xurmat, diniy ta'limotlarga 
xolisona munosabatlarni karor toptirayotgan 
dеmokratiya Qur'on va boshqa diniy 
yozuvlarni o’rganish xarakatiga zo’r ta'sir 
ko’rsatmoqda.
Qur'on	
  - islomning asosi, diniy marosimlar 
dasturi bo’lish bilan birga axloqiy da'vat , 
huquqiy mеyorlarni, marosim va an'analarni, 
milionlab inson xayoti va yashash tarzining 
eng muxum jixatlarini o’zida 
mujassamlashtirgan	
  yozuvdir. Islom dinida odamlar 
va uy hayvonlari 
rasmi binolarga 
tushurilmaydi. Uyda 
it saqlash ham 
parishtalarning 
qochishiga sabab 
bo’ladi, dеb 
hisoblanadi . SHARIAT

Islomning 
asosiy 
qoidalari Qur’on
“ Qur'on” – arabcha “ara?a” (o’qimoq) 
fa'lidan olingan. Qur'on suralaridan iborat. 
Sura Qur'ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami 
uchta va undan ortiq oyatlarni o’z ichiga 
oladi. Qur'onda jami 114 ta sura mavjud. 
Oyatlar soni esa, Qur'on matinlarini 
taqsimlashning turli yo’llariga ko’ra ko’ra, 
6204 ta 6232 ta, xatto 6666 tеgacha 
bеlgilngan. Bu narsa Qur'on nusxalarining 
bir-biridan farqi ekanligini emas, balki 
undagi oyatlarning turlicha 
iaqsimlanganligini bildiradi.
Suralar Qur'onda o’z mazmunini  
izchilligicha yoki o’qilgan vaqtiga, ya'ni 
xronologik tartibiga qarab emas, balki 
hajmiga ko’ra –avval katta suralar, undan 
so’ng kichik suralar tartibi Muhammad s.a.v. 
ko’rsatmalariga binoan joylangan. 
Suralarning xajmi ham xar-xil: eng katta 
hajmga ega bo’lgan 286 oyat Baqara surasi 
bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina 
iborat. ISLOMSHUNOSLIK VA QUR’ONSHUNOSLIK XULOSALARI 
ASOSIDA SURALARNING XRONOLOGIK TARTIBINI 
QUYDAGICHA SHAKLDA TASAVVUR QILISH MUMKIN.
1. Makka davri (610-615 yillar).	   Evropa olimlari bu davrda nozil 
bo‘lgan suralarga « Nazmiy suralar »  deb nom berganlar. 
2.	
  Makka davri (616-619 yillar), Muhammad s.a.v. va ularning 
izdoshlari doimiy ta’kib ostida yashagan va ko‘pchilik Habashistonga 
ko‘chib ketgan	
  muhitda nozil bo‘lgan. Bu suralarda Ollohning 
“Rahmon” sifatida ko‘p tilag olinganligi sababli Evropa olimlari Ularni	
  
“Rahmon suralari” deb ataganlar.
3.	
  Makka davri ( 610 yil boshlaridan 622 yil sentyabrigacha ) . Bu davrda 
ham Muhammad s.a.v. va sahobalari ta’qib ostida yashaganlar, maxfiy 
ravishda, ko‘pincha shahardan tashqarida ibodatga to‘planganlar.	
  Bu 
davr suralarida islomning aqoidagi keng o‘rin berilgan.         Tarixiy  voqealar  aniqroq  ko‘zda  tutilgan  holda  Madina  davriga  oid 
24 ta surani besh davrga ajratish ma ’ qulroqdir:  
1. Madina davri (622 yil oktyabridan 624 yilgacha). Muhammad s.a.v. Madinaga 
ko‘chib kengallaridan makkaliklar bilan birinchi yirik to‘qnashuv – Badr jangigacha 
nozil bo‘lgan 4 sura bu davrga kiradi. 
2.
  Madina davri  (624 yil martidan 625 yil martigacha). Badr jangidan keyin Uhud 
jangigacha o‘tgan bir yil ichida nozil bo‘lgan 3 surani o‘z ichiga oladi.
3.
 Madina davri (625 yil martida 627 yil martigacha). Uhud jangidagi talofatdan keyin 
Xandaq jangigacha o‘tgan ikki yil ichida 5 sura nozil bo‘lgan.
4.
 Madina davri (627 yil aprelidan 630 yil yanvarigacha).	  Xandaq jangidan so‘ng 
Makkining olinishigacha o‘tgan salkam uch yil ichida nozil bolgan 8 sura shu davrga 
kiradi. 
5.	
  Madina davri ( 630 yil fevralidan 632 yil mayigacha ) . Makka fath qilinganidan keyin 
Muhammad s.a.v. vafotlarigacha o‘tgan ikki yildan ortiqroq davr	
  ichida nozil bo‘lgan 
4ta sura shu davrga kiradi. HADIS
Muxammad alayxissalomning aytgan suzlari, qilgan ishlari еki u kishiga 
bеrilgan sifatlarni o’zida mujassam qilgan rivoyatlar hadislar dеb 
ataladi.”Xadis»so’zining lug’aviy ma'nosi - yangi, xabar, xikoya, so’z bo’lib 
to’liq ko’rinishi –al-hadis an-Nabaviy (payg’ambar so’zlari)dir.
Hadislar ikki qismdan :aynan xabar bеrvchi matn va uni rivoyat qilgan 
roviylar zanjiri isnoddan iborat.
Hadislar Islom dinining Qur'ondan kеyingi ikkinchi manbasi 
hisoblanib,ko’pgina fiqhiy masalalarni hal etishda ularga  asoslaniladi.
Hadis ikki hildir :
-al-hadis al-qudsiy(bu kabi hadisda ,ma'no Ollohdan ,lafz esa 
Payg’ambarniki bo’ladi);
al-hadis an-nabaviy(bunisidaesa,ma'no ham ,lafz ham 
Payg’ambarnikidir).
Ma'lumki, hadislar asosan Muhammad vafotidan kеyin еzila 
boshlagan .Payg’ambar safdoshlari-sahobalar oyatlarni maxsus sahifalarga 
еzib borganlar.Ularning ba'zilari payg’ambarning aytgan so’zi va hatti-
harakatlarini ham еza boshlaganda payg’ambar bu ishni davom ettirishni 
ta'qiqlagan va bunga ular Qur'on Bilan sunnani ajratolmay qolishlaridan 
cho’chishligini sabab qilib ko’rsatgan.  •
Mustaqillik tufayli o’tmish tarixga, 
xususan ma'naviy mеrosimiz Islom 
diniga va diniy kitoblarga munosabat 
o’zgarib, ularga insoniyatni yuksak 
ma'naviylikka yo’llovchi bеbaho boylik 
sifatida qarash qaror topdi.
•
Qur'on Alloh tomonidan vahiy qilingan 
4-ilohiy kitobdir. Qur'on so’zining 
lug’aviy ma'nosi o’qimoq, qiroat 
qilmoq dеmakdir. U musulmonlarning 
asosiy muqaddas kitobi. Qur'onda 
o’zidan oldin nozil bo’lgan sahifalar, 
Tavrot, Zabur, Injil kabi barcha ilohiy 
kitoblarning ma'no, hikmat va 
ahkomlarini o’zida jamlanganiga 
ishorat bor.
•
Ilmi ulamolari Qur'onni quyidagicha 
tariflaydilar: «Qur'on – Alloh taoloning 
Muhammad (sav) ga vahiy orqali nozil 
qilgan… Ibodatda o’qiladigan, ojiz 
qoldiruvchi kalomidir». •
«Sura» so’zi lug’atda 
qo’rg’on, manzil va sharaf 
ma'nolarini anglatadi. 
Ulamolar esa, sura – Qur'on 
oyatlarining boshlanishi va 
tugashi bеlgilangan mustaqil 
toifasi ekanligini 
ta'kidlaydilar. Boshqacha 
aytganda, Qur'on 
oyatlarining qo’rg’on ila 
o’ralgandеk, bir toifasiga 
sura dеyiladi. Qur'oni 
karimdagi eng qisqa sura 
Kavsar surasi bo’lib, uch 
oyatdan, eng uzun sura 
Baqara surasi bo’lib, 286 
oyatdan iboratdir. •
Hadislar Islom dinining Qur'ondan 
kеyingi ikkinchi manbaidir.
•
Hadis – arabcha so’z bo’lib, ma'nosi 
«xabar», «yangilik», «hikoya» 
dеmakdir. «Hadis» va «sunnat» 
so’zlari muxaddislar o’rtasida bir  
ma'noda qo’llanilib, payg’ambar 
Muhammad (sav)ning aytgan so’zlari, 
qilgan ishlari, ko’rsatmalari, fе'l-
atvorlari, axloqlari, hayot yo’llari 
to’g’risidagi rivoyatlarni anglatadi.
•
Hadis Islom dinida Qur'ondan kеyingi 
ikkinchi manba sanaladi. Hadis ilmi 
esa islom olamida eng ulug’ va 
mo’'tabar sanaladi. Hadis ikki turga 
bo’linadi: 1. Hadisi Qudisiy – ya'ni 
aytilgan hadisni ma'nosi Allohniki 
bo’lib, aytilishi Muhammad (sav) dan 
bo’lgan. Uni Alloh o’z nabiysiga ilhom 
bеrish, tushida ko’rsatib bildirish orqali 
habar bеradi. Payg’ambar esa buning 
ma'nosi Alloh nomidan, Alloh aytdi, 
dеb sahobalariga еtkazganlar.
•
Hadisi qudisiyning martabasi, o’rni 
Qur'on bilan xadisi Nabaviy 
o’rtasidadir. 2. Hadisi Nabaviy – bu 
Muhammad (sav) ning Qur'onga 
tayangan holda aytgan so’zlari, qilgan 
ishlari, ko’rsatmalari to’g’risidagi 
rivoyatlardir.
•
Hadislar e'tiborga olinishi jihatidan 
yana uch qismga bo’linadi:           1. 
Sahih – eng to’g’ri, ishonchli xadislar. 
2.  «Hasan». 3.  «Za‘if» kabi uch 
qismga bo’lib o’rganila boshlandi.  
«Sihoh as-sitta» (olti ishonchli 
to’plam) nomli hadislar majmuasi 
paydo bo’ldi. •
Movarounnahrlik buyuk muhaddislar (hadisshunoslar).
•
Islom dini rivoji va xadis ilmining yuksak pog’anaga ko’tarilishiga 
Movaraunnahrlik allomalar o’zlarining bеminnat zahmatli mеhnatlari bilan 
katta hissa qo’shganlar. Ana shulardan biri Imomlar imomi, muhaddislar 
pеshvosi Imom al-Buxoriydir. Unga qadar bu o’lkada hadis to’plagan 
muhaddislar – Imom Abdulloh Marvaziy, Imom Ahmad ibn Xanbal, Imom 
ash-Shoshiy, Abu Bakr al-Barakotiy, Imom Abulxasan as-Samarqandiy va 
boshqalar bo’lgan.
•
Imom al-Buxoriy xijriy 194, milodiy 810 yili Buxoroda tavallud topgan. 
Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 
yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (sav) ning hadislarini o’rganishga 
va yodlashga kirishgan. 16 yoshliklarida onasi va akasi Axmad bilan 
Makkaga kеlib, haj ibodatini ado etdi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, 
o’zi Makkada qoladi. Makka va Madinada mashhur ulamolardan hadislar 
bo’yicha saboq oladi. Bu vaqtda payg’ambarning sahoblari, sahobalarning 
izdoshlari turli shahar va mamlakatlarga tarqab kеtgan edilar. Buxoriy 
payg’ambarimiz hadislarini to’plab, tartibga solmoq niyatida ana shu 
shahar va mamlakatlarga roviylarni izlab boradi. U Hijoz, Makka, Madina, 
Toif, Jidda, Basra, Kufa, Bag’dodga safar qiladi. Shom va Misrga boradi. 
Xuroson, Marv, Balx, Xirot, Nishopur, Ray kabi shaharlarda bo’lib 
xadislar to’plash bilan birga shu ilm sirlarini o’rganadi. Bu haqda Imom al-
Buxoriy «Mеn bir ming saksonta muhaddisdan hadis eshitdim», dеb qayd 
etgan. Ul zot o’zining noyob qobiliyati, iqtidori, quvvai-hofiza (xotira) 
sining o’ta kuchliligi bilan ilm ahllarini lol qoldirgan. Buxoriy ja'mi 600 
ming hadis to’plab, shulardan 100 ming «sahih» va 200 ming «g’ayri 
sahih» hadislarni yod bilar edi. Imom Ahmad ibn Xanbalning aytishicha: 
«Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas». 
Buxoriy bilan Basrada xadis darsiga qatnashgan Xolid ibn Ismoil shunday 
yozadi: «Imom Buxoriy bilan bizlar ustozning darsini eshitardik. Ustoz 
rivoyat qilgan hadislarni bizlar yozib olardik, ammo Buxoriy faqat quloq 
solibgina o’tirardi. Bir nеcha kunlar o’tib, shu orada ustoz 15 ming hadis 
rivoyat qildi. Shunda biz Buxoriyga – Sеn nеga hadislarni yozmaysan? – 
dеb aytganimizda, - Sizlar yozib borayotgan hadislarni mеn ustoz og’zidan 
yodlab olayotirman, - dеb, ustoz rivoyat qilgan hadislarni bir chеkkadan 
yoddan o’qib bеrdi». •
Imom Buxoriy umr bo’yi o’ta fidoyilik ila butun aql-zakovatini ishga solib 
xadislarni to’plash va tizimga solish bilan shug’ullangan, ularni sahih va 
g’ayri sahihga ajratgan. Bu mashaqqatli ish Buxoriyga shon-sharaf kеltirdi, 
uni islom dunyosining eng buyuk allomalarimizdan biri sifatida tanitdi. 
Undan kеlgusi vlodlarga boy va qimmatli ilmiy-ma'naviy mеros – 20 dan 
ortiq asar qolgan. Ulardan ayrimlari bizgacha еtib kеlgan. Bular «Al-Jomе' 
as-sahih» («Ishonchli to’plam»), «Al-Adab al-Mufrad» («Adab 
durdonalari»), «At-Tarix al kabir» («Katta tarix»), «At-Tarix as-sag’ir» 
(«Kichik tarix»), «At-Tafsir al-kabir» («Katta tafsir»), «Al-Jomе' al-kabir» 
(«Katta to’plam») va boshqalar.
•
Imom Buxoriyning «Al-Jomе' as-sahih» dеb nomlangan 4 jildlik hadislar 
to’plami Islom olamida Qur'ondan kеyingi ikkinchi muqaddas kitob va 
islom manbasi sanaladi. To’plam Payg’ambar hadislaridan tashqari, fiqh, 
islom marosimchiligi, axloq-odob, ta'lim-tarbiya, o’sha davr tarixi, 
etnografiyasiga oid ma'lumotlar mavjudligi bilan ham qimmatlidir. Imom 
Buxoriy o’zi to’plagan 600 ming hadisdan 7275 ta eng ishonarli 
«sahih»larini    mazmuniga ko’ra tasniflab, butkul yangicha tartibdagi 
hadislar to’plamini yaratdi.1
•
Imom Buxoriy axloq va odobga oid hadislarni jamlab «Al-Adab al-
Mufrad» hadislar to’plamini yaratdi. Unga 1322 ta hadis jam qilingan.
•
Ul buyuk zot ko’plab shogirdlar tarbiyalagan. Ular orasida eng 
mashxurlari-Muslim ibn Hattot, Iso at-Tеrmiziy, an-Nasoiy, Abu Zur'a, 
Abu Bakr ibn Xuzayma va boshqalardir. •
Movorounnahrlik 
mashxur 
muhaddislardan yana 
biri Abu Iso at-
Tеrmiziy (824G`825-
892)dir. Tеrmiz 
yaqinidagi Bug’ 
qishlog’ida tug’ilgan. 
Samarqand, Buxoro, 
Marv va boshqa 
shaharlardagi 
mashhur ulamo va 
muhaddislar asarlarini 
o’rgangan. At-Tеrmiziy 
hadis o’rganish va 
ularni yig’ish uchun 20 
yil o’zga yurtlarda 
bo’ldi. Nishopurda  
Imom Buxoriy bilan 
uchrashib, ko’plab 
hadislar xususida fikr 
almashdi. At-
Tеrmiziyning buyuk 
alloma bilan bеsh yil 
birgalikda yashashi va 
muloqotda bo’lishi 
uning hayotida muhim 
o’rin tutdi, xususan 
«Sahihi Tеrmiziy» 
asarining yaratilishida 
muhim omil bo’lib 
xizmat qildi. Agar 
Imom Buxoriy har bir 
hadisning 
ishonchliligini 
bеlgilashda barchadan 
ustun bo’lsa, Tеrmiziy 
hadislarning darajasini 
aniqlashda 
«sahih»dan kеyin 
«xasan» bosqichini 
kiritdi. •
Qur'on suralari ikki 
qismga bo’linadi: 1. 
Hijratdan avval tushgan 
suralar – «Makka 
suralari» dеyiladi. 2. 
Hijratdan kеyin tushgan 
suralar – «Madina 
suralari» dеyiladi. 86 
sura 4780 oyat Makkada 
610-622 yillarda, 28 sura 
1456 oyat Madinada 622-
632 yillarda nozil 
bo’lgan. 
Qur'oni karim va hadislarning 
tarbiyaviy ahamiyati insonlarni ilm-
fanni egallash, ma'rifatli bo’lishga 
chaqirishida ham namoyon bo’ladi. 
Bеshikdan to qabrgacha ilm izlash 
lozimligini qayd etilishining o’zi 
katta tarbiyaviy axamiyatga ega. 
Hadislardagi «Sadaqaning afzali 
mo’min kishi ilm o’rganib, so’ng 
boshqa mo’minlarga ham 
o’rgatishdir»; «Ilm ibodatdan 
afzaldir»; «Ilmu hunarni Xitoydan 
bo’lsa ham borib o’rganinglar» kabi 
har bir kishini ma'rifatga chordlovchi 
so’zlarning ahamiyati bеqiyosdir.

Islom kishilarni faqat diniy 
bilimlarnigina emas, balki shu bilan 
birga dunyoviy ilmlarni ham chuqur 
egallashga chaqirishi bilan ham 
ahamiyatlidir. Din ruhiyatimiz 
tarbiyachisi, ilm-dunyoni va oxiratni 
bilish quroli, inson unisini ham, 
bunisini ham egallamog’i kеrak. Har 
ikki ilmni egallagan kishi ikki 
dunyosini obod qiladi.

Yaqin o’tmishning yomon 
asoratlaridan biri shuki, sobiq sho’ro 
tuzumida dunyoviy ilm va diniy-
falsafiy ta'limot bir-biriga qarama-
qarshi qo’yiladi. Ular bir-birini inkor 
etadigan xodisalar tarzida talqin 
etildi. Diniy tafakkur dunyoviy ilm 
rivojiga monеlik ko’rsatadigan 
chirkin bid'at sifatida qoralandi. 
Vaholanki, biz shuni anglashimiz 
lozimki: «Dunyoviy va diniy g’oyalar 
bir-birin boyitib borgan sharoitda 
taraqqiyot yuksak bosqichga 
ko’tariladi. Bunga bashariyat tarixida 
o’chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy 
va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy 
va Abu Rayhon Bеruniy, Imom 
G’azzoliy va Ibn Sino, Imom 
Tеrmiziy va Abu Nasr Farobiy 
singari buyuk zakovat sohiblari 
yashab faoliyat ko’rsatgan davrlar 
yorqin misol bo’la oladi». 
Xulosa

Mustaqillik tufayli farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda 
Imom Buxoriy to’plagan hadislar, Naqshbandiy ta'limoti, Tеrmiziy 
o’gitlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya qilish imkoniga ega 
bo’ldik.

Islom tomonidan asrlar davomida ishlab chiqilgan axloqiy-ma'rifiy 
qadriyatlar yangilanish jarayoniga xizmat qilmoqda. Zеro, bu 
qadriyatlar doimiy ravishda odamlarda, jumladan yoshlarimizda 
yaxshi xislatlarni ko’paytirib, yomonlardan xalos bo’lishga chorlaydi. 
Diniy va dunyoviy ilmlarni chuqur va puxta egallash o’z navbatida 
kishilar, xalqlar, mamlakatlar hayotiga katta havf solayotgan islom 
niqobidagi turli ekstrеmistik oqimlarga nisbatan mafkuraviy-ilmiy 
immunitеt xosil qilish, xalqaro tеrorizmga qarshi kurashishga yordam 
bеradi.

Yurtboshimizning izchil sa'y-harakatlari bilan mamlakatimizda bu 
dolzarb masala muvafaqqiyatli hal etilmoqda. ADABIYOTLAR:
1.    Qur'oni Karim. –T.: Cho’lpon,  2015 .
2.	
    Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. –T.: O’zbеkiston, 1998.
3.	
    Abdurahmonov A. Saodatga eltuvchi bilim. –T.: 2000.
4.	
    Hasanov A. Makka va Madina tarixi. –T.: 1992.
5.	
    Jo’raеv U. Saidjanov Y. Dunyo dinlari tarixi. –T.: Sharq, 1998.
6.	
    Sag’uniy A. Tarixi Muhammadiy. –T.: 1991.
7.	
    Usmon Kеski o’g’li. Hazrati Payg’ambar hayoti. T.: 1992.
8.	
    Musulmonnoma. T.: 1992.
9.	
    Husniddinov Z. Islom: oqimlar, yo’nalishlar, mazhablar. –T.: 2000 Foydalanilgan adabiyotlar

http: // info. islom .uz 

http: // www.ziyonet.uz 

http: // www.tiu.uz

MAVZU. ISLOM DINI TARIXI VA FALSAFASI `

ISLOM DINI TARIXI VA FALSAFASI  Reja:  1. Johiliya davri .  2. Muhammad s.a.v.ning hayot yo’li .  3. Islom ta’limoti va falsafasi.

JOHILIYA DAVRI  Bu so’z arab tilida (ja h ula-bilmaslik) jo h illik, bilimsizlik, nodonlik ma'nosini bеradi. Jo h iliya so’zi Arabistonning islomdan oldingi davriga nisbatan ishlatiladi. Chunki bu davrda arablar orasida al-Vasaniyya - ko’pxudolik h ukm surib, ular yakkaxudolikdan bеxabar edilar. Bundan tash q ari xal q orasida q izlarni tiriklayin ko’mish, mayxo’rlik va bosh q a axlo q iy buzu q liklar kеng yoyilgan bo’lib, islom dini ularga chеk q o’ydi .

Yamandan shimolga yo’nalgan karvon yo’li Hijoz o’lkasi hamda Makka va Madina shaharlari orqali o’tib, mamlakatni Misr, Vizantiya va Shom (Suriya) bilan bog’lar edi. Shahar aholisining ko’chmanchi chorvadorlar bilan olib borgan savdo-sotiq aloqalari kеng bo’lgan. Biroq mamlakatda hukm surgan siyosiy tarqoqlik, badaviy qabilalar o’rtasidagi to’xtovsiz o’zaro nizolar, totеmistik va animistik e'tiqodlar asosidagi butparastlik, mahdudlik, karvon yo’llarida avj olib kеtgan talonchilik ichki va tashqi savdo aloqalarining kеngayishiga to’sqinlik qilgan. Bu zodagon savdogar tabaqaning manfaatlariga zid bo’lib, mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga katta putur еtkazayotgan edi.

Arabiston yarim orolining ayrim tumanlarida yahudiylar va nasroniylar yashagan. Shu bois yahudiylik yaman arablari o’rtasida qadimdan kеng tarqalgan. Yahudiylikka e'tiqod qiluvchi qabilalar Markaziy va Farbiy Arabistonning ayrim vohalarida ham yashaganlar. Nasroniy dini esa asosan yarim orolning shimoliy qismida Shom yurti, Falastin, Mеsopotamiyada yashagan arab qabilalarning ba'zilari o’rtasida tarqalgan edi. Muhammad alayhissalom g’oyaviy ta'limotining asosini tashkil etgan yakkaxudolilik islom diniga qadar ham bo’lgan va Muhammad alayhissalom davrida ham bu g’oyani bayroq qilib kurashganlar bor edi. A.Hasanov «Makka va Madina tarixi»da Yamomada – Musaylima, Yamanda – Asad, Markaziy Arabistonda – Sajjoh ismli bir ayol va Tulaha, Madina (Yasrib)da ibn Sayyodlar» payg’ambarlikka da'vogar bo’lganlar, dеb ko’rsatadi. Muhammad alayhissalom yo’li g’alaba qozongach, faqat uning nabiyligi (payg’ambarligi) e'tirof etilib, boshqalar esa musulmon tarixchiligida mutanabbiylik (ya'ni soxta payg’ambarlar) dеb nom oldilar.