Jamoada shaxsni tarbiyalash
1.Jamoa haqida umumiy tushuncha. 2.Jamoani shakllantirish bosqichlari va shakllari. 3.Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish. 4.Jamoani tashkil qilishga qo‘yilgan talablar
Umumiy o‘rta ta’lim hamda yangi turdagi ta’lim muassasalarida jamoani shakllantirish ma’suliyatli vazifa sanaladi. Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror butun-bu sinflar jamoalari sanaladi. Sinf jamoasida o‘quvchilarning asosiy faoliyati o‘qishdir. Aynan sinf jamoasida o‘quvchilar o‘rtasida mustahkam shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Bu bilan sinf jamoasi o‘z negizida maktab jamoasining shakllanishi uchun o‘ziga xos poydevor vazifasini bajaradi. Maktab jamoasi tarkibida o‘quvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi. O‘quvchilar jamoasi bu, ijtimoiy ahamiyatni tashkil etish, shuningdek umumiy saylov organlari va umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o‘zaro birlikka ega o‘quvchilar guruhidir.
Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash – tarbiyaning yetakchi tamoyilidir. Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi hozirgi kunda ancha to‘liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etaman, jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi.
Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: - talablar qo‘yish; - faollarni aniqlash, - o‘quv mehnat, - ijtimoiy siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish; - sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish - ijobiy an’analarni yaratish va ko‘paytirish.