logo

KARRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

234.8125 KB
KA RRUPSI YAGA  
QA RSHI  K URA SHNI NG 
ZA MONA VI Y  
MEX A NI ZMLA RI     
•
Jumladan, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda, 
“Korrupsiyasiz soha” loyihalari amaliyotga tatbiq etilmoqda.Korrupsiya – jamiyat kushandasi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda 
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va 
jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek 
qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga 
oshirilmoqda.
Jumladan,  byurokratik  toʻsiqlarni  bartaraf  etish  choralari  koʻrilmoqda, 
“Korrupsiyasiz soha” loyihalari amaliyotga tatbiq etilmoqda.      Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini 
olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatining 
samaradorligini oshirish maqsadida Prezidentimizning 2020-yil 29-
iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish 
tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar 
toʻgʻrisida”gi farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 
tashkil etildi.
Bugun fuqarolarimiz tomonidan agentlik faoliyatiga doir turli fikrlar 
bildirilmoqda, savollar tugʻilmoqda. Keng jamoatchilik oʻrtasida yuzaga 
kelayotgan turfa qarashlarga oydinlik kiritish maqsadida Korrupsiyaga 
qarshi kurashish agentligi direktori Akmal BURXONOV bilan 
suhbatlashdik.      –  Yaqinda agent lik  boshqaruv  apparat iga 10 nafar xodim t anlov  asosida ishga qabul 
qilinganidan xabarimiz bor. Ular orasida xot in-qizlar y oʻqligi muhok amalarga sabab 
boʻlmoqda. Tanlov ning qanday  oʻt k azilgani, umuman, t ashk ilot ga xodimlarni saralash 
bilan bogʻliq jaray on haqida gapirib bersangiz?
–  Prezidentimizning agentlikni tashkil etish toʻgʻrisidagi farmonida tashkilot boshqaruv 
xodimlarini xalqaro mezonlar asosida tanlov yoʻli bilan ishga qabul qilish belgilangan. Bu 
jarayonda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tajribalarini oʻrgandik, ular bilan 
muzokaralar oʻtkazdik, tavsiyalarini inobatga oldik. Dastlab tanlov komissiyasini tashkil 
qildik. Komissiya aʼzoligiga  Prezident Administratsiyasi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik 
xizmati, Adliya vazirligi, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning qatʼiy tavsiyasiga koʻra jamoat 
tashkilotlari vakillarini, psixologlarni jalb qildik.      Komissiya aʼzolari yordamida tanlovning xalqaro standartlarga asoslangan nizomini ishlab 
chiqdik. Tanlovning birinchi bosqichida 13 186 talabgordan onlayn shaklda arizalar kelib 
tushdi. Ular orasidan 146 nomzod saralab olindi va test sinovlari bosqichiga oʻtdi. Test 
savollari orqali qonunchilikni bilish, xalqaro hayotdan, korrupsiya bilan bogʻliq 
tendensiyalardan xabardorlik darajasi, tarix, falsafa kabi fanlarni oʻzlashtirgani va psixologik 
qobiliyati sinaldi. Test jarayoni toʻgʻridan-toʻgʻri “Feysbuk” ijtimoiy tarmogʻi orqali 
translyatsiya qilindi, OAV va jamoat tashkilotlari vakillarini ham kuzatuvchi sifatida taklif 
qildik.
Test natijalariga koʻra, 23 nomzod toʻrtinchi bosqichga yoʻl oldi. Bu bosqichda talabgorning 
kasbiga layoqatliligi, tayyorligini koʻrsatuvchi psixofiziologik test boʻldi. Jarayondan barcha 
oʻtdi. Beshinchi bosqichda tanlov komissiyasi aʼzolari talabgorlar bilan birma-bir 
suhbatlashdi. Suhbatda ularning malakasi, oʻzlari tanlagan lavozimga mos yoki aksincha 
ekani, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha salohiyati baholandi. Pirovardida 10 nafar 
nomzod agentlikka ishga qabul qilish uchun tavsiya etildi.      Nima uchun tarkibda xotin-qizlar yoʻq, degan savolingizga javoban aytishim mumkinki, 
avvalo, bu men uchun ham kutilmagan natija boʻldi. Agentligimiz boshqaruv apparati 
xodimlari soni 50 kishidan iborat. Biz tanlovni 30 lavozim uchun eʼlon qilgandik. 
Talabgorlarning 10 foizga yaqini xotin-qizlar edi. 1200 dan ziyod xotin-qizdan uchinchi 
bosqichga 15 nafari, toʻrtinchi bosqichga esa 2 ayol oʻtdi. Ular ham suhbat chogʻida maʼqul 
koʻrilmadi. Albatta, bu bizning xohishimiz emas edi. Hammaga bir xil imkoniyat berildi...
Shu oʻrinda tanlovdan oʻtib, yaqinda ish bosh lagan mutaxassislarimiz tarjimayi holiga 
eʼtibor qaratsak, ular turli sohada faoliyat yuritganiga guvoh boʻlamiz. Huquqni muhofaza 
qiluvchi organlarda, moliya-iqtisod sohasida, jamoat tashkilotlarida ishlaganlar, tadbirkorlik 
bilan shugʻullanganlar ham bor. Bir soʻz bilan aytganda, oʻz sohasini mukammal bilgan, 
yetarli bilim va tajribaga ega, korrupsiya	
 ga qarshi kurashish mexanizmini tushunadigan 	 
kadrlar tanlab olindi.      Endi 20 ta boʻsh ish oʻrnimizni tezroq toʻldirishimiz kerak. Buning uchun, avvalo, uchinchi 
bosqichga oʻtgan, nisbatan yaxshi natija koʻrsatgan talabgorlarning ayrimlarini suhbatga 
taklif qilyapmiz. Ular orasida ayollar ham bor, albatta. Shu bois, agentlikka ayollar ishga 
olinmadi, degan xulosaga kelishga hali erta. Qolaversa, vazirlik va idoralardan ham 
tanlovimiz talablariga javob beradigan ayollar nomzodini tavsiya qilishni soʻrayapmiz.
Lekin talab va qoidalar oʻzgarmay qoladi, aslo yumshatilmaydi. Bunga haqqimiz yoʻq.  
Komissiya aʼzolari talabgorlar qobiliyatini qatʼiy iroda bilan koʻrib chiqadi. Agar biz 
talablarimizni xotin-qizlar uchun istisno qiladigan boʻlsak, boshidan yoʻnalishimizni notoʻgʻri 
tanlagan boʻlamiz.
Bugun barcha boshqarmalarimizda vakillar ishlayapti. Bundan tashqari, bizda texnik va 
yordamchi personallar bor. Hozirgacha 20 ga yaqin xodimni ishga qabul qildik. Yaʼni biz 
toʻlaqonli ish 	
 boshladik.      Toʻgʻri aytdingiz. Agentlik tashkil etilganiga yaqinda 3 oy boʻldi va xalqimiz bizdan koʻp narsa 
kutyapti. Shaxsan oʻzimga ham murojaatlar boʻlyapti, ijtimoiy tarmoqlar orqali munosabat 
bildirishimizni, qaysidir jinoiy xatti-harakatlarga baho berib, ularga tegish li choralar 
koʻrishimizni soʻrashyapti. Hatto agentlikdan hali natija koʻrmadik, degan 
 fikrlar ham yoʻq 
emas.
Men bugun “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi orqali aytmoqchimanki, normal demokratik-
huquqiy mamlakatda bitta siyosiy davlat tuzilmasining tashkil etilishiga bir necha oy, baʼzan 
yillar kerak boʻladi. Bizda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tashkil qilish gʻoyasi shu 
yil boshida Prezidentimiz Murojaatnomasida aytilgan edi. Koʻp tayyorgarlik koʻrildi. Buning 
uchun farmon tayyorlash, tashkilot faoliyat mexanizmini ishlab chiqish, bunda boshqa bir 
huquqni muhofaza qiluvchi organ faoliyatini takrorlab qolmaslik yoki oʻxshash vakolatlar 
boʻlmasligi kabi tamoyil va mezonlar hisobga olindi. Nihoyat, oradan 6 oy oʻtib Prezident 
farmoni eʼlon qilindi. Agentlikning tashkil etilishi katta ishning debochasi, xolos. Endi 
agentlik toʻlaqonli choralar koʻrishi, u yoki bu vazifalarni bajarishi, turli masalalarga 
munosabat bildirishi, reaksiya qilishi uchun mustahkam huquqiy asos kerak. Bu farmonda 
ham koʻrsatib oʻtilgan.      Taʼkidlash joiz, Prezidentimiz BMT Bosh 
Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida 
Oʻzbekistondagi keng koʻlamli islohotlar haqida gapirar 
ekan, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz 
kurash yangi bosqichga koʻtarilganini ham alohida 
taʼkidladi. Bu yoʻlda biz sobitqadamlik bilan 
zimmamizdagi vazifalarni bajarishdan sira 
toʻxtamaymiz, albatta.

KA RRUPSI YAGA QA RSHI K URA SHNI NG ZA MONA VI Y MEX A NI ZMLA RI

• Jumladan, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda, “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amaliyotga tatbiq etilmoqda.Korrupsiya – jamiyat kushandasi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda, “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatining samaradorligini oshirish maqsadida Prezidentimizning 2020-yil 29- iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Bugun fuqarolarimiz tomonidan agentlik faoliyatiga doir turli fikrlar bildirilmoqda, savollar tugʻilmoqda. Keng jamoatchilik oʻrtasida yuzaga kelayotgan turfa qarashlarga oydinlik kiritish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal BURXONOV bilan suhbatlashdik.