logo

KIMYO SANOATI

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

12024.3125 KB
KIMYO SANOATI 11 -darsdan kimyo va n е ft-kimyo san о ati ning yalpi 
san о at mahsul о tidagi salm о g‘ini aniqlang.
Kimyo sanoatining shakllanishi 1932-yilda Sho‘rsuv 
oltingugurt koni ishga tushirilishi bilan boshlandi. Uning mahsuloti ko‘proq mashinasozlik (plastmassa, 
oyna), to‘qimachilik sanoati (tola, bo‘yoqlar), qishloq 
xo‘jaligi (o‘g‘itlar, zaharli ximikatlar),  transport (motor yoqilg‘isi, surtish moyi, sintetik 
kauchuk), qurilish (yopishqoq plyonka, oyna, plastik) 
kabilarda ishlatiladi. Kimyo sanoati tarkibida  mineral o‘g‘itlar ishlab 
chiqarish   salmoqli o‘rin egallaydi. Shuningdek, qishloq 
xo‘jalik zararkunandalariga qarshi defoliantlar ham 
ishlab chiqariladi.  Kimyo sanoati gaz hamda paxta sanoati xomashyosini
va rangli metallurgiya chiqindilarini qayta ishlaydi.  Demak, kimyo sanoati tarmoqlararo ikki tomonlama 
aloqadorlikda bo‘lib, ko‘plab tarmoqlarning rivojlanishi 
va hududiy joylashishiga ta’sir ko‘rsatadi (33-rasm). U ko‘plab tarmoqlarni xomashyo va materiallar bilan 
ta’minlar ekan, o‘z navbatida boshqa tarmoqlardan 
energiya, jihozlar va transport vositalarini oladi. Kimyo sanoati sifat jihatdan tabiiy mahsulotlardan 
ustun turuvchi  sun’iy materiallar   ishlab chiqaradi. 
Bunday materiallar tufayli kishilar mehnati ham, 
qishloq xo‘jaligi xomashyosi ham tejaladi. Masalan, kapron ishlab chiqarish uchun tabiiy ipak 
tayyorlashga qaraganda 20 barobar kam mehnat sarf 
qilinadi. Shuningdek, kimyo sanoati tufayli ishlab
chiqarishni  kombinatlashtirish  istiqbollari yaratildi.  Chunonchi, ko‘mir, neft, gaz singari yoqilg‘i 
xomashyolaridan energiya hosil qilishda ham, kimyo
mahsulotlari (benzin, parafin) olishda ham 
foydalanilishi energetika-kimyo kombinatlari qurishga 
olib keldi.
Parafin Benzin   Kombinatlashtirish   – sanoatning texnologik jarayon 
jihatidan o‘zaro bog‘langan, ba’zan turli tarmoqlarga 
taalluqli bo‘l gan bir qancha ishlab chiqarish 
korxonalarining bir korxonaga birlash tirilishidir. Kimyo sanoatining xomashyo bazasi boy va xilma-xil. 
U turli foydali qazilmalardan, ishlab chiqarish 
chiqindilaridan, yog‘och, suv, hatto havodan 
foydalanadi.  Turli xil xomashyolardan foydalanish imkoniyatining 
ko‘pligi kimyo sanoati korxonalarini hamma joyda 
qurishga imkon beradi.  Biroq kimyo korxonalari energiya va suvni ko‘p 
ishlatishi, ayniqsa, tabiatga jiddiy salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi sababidan ularni hamma joyda ham qurish 
maqbul bo‘lavermaydi. Kimyo sanoatining yirik korxonasi – Chirchiq elektr-
kimyo kombinati 1940-yilda ishga tushgan. Chirchiq 
elektr-kimyo kombinati dastlab havo tarkibidagi
azotdan elektr energiyasi vositasida azotli o‘g‘it ishlab 
chiqargan. Buxoro viloyatida topilgan tabiiy gaz quvur orqali 
Chirchiqqa keltirilgach, kombinat gazdan xomashyo 
o‘rnida foydalanadigan bo‘ldi. Bu mahsulot ishlab 
chiqarishning keskin ko‘payishi va tannarxning arzonla 
shishiga olib keldi.  Kombinatda azotli o‘g‘itdan tashqari, magniy xlorit 
(g‘o‘za bargini to‘kishda qo‘llaniladigan kimyoviy 
modda) hamda plastmassa va sintetik tola olish uchun
organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Tabiiy gazdan azotli o‘g‘it va kimyoviy tola ishlab 
chiqaradigan zavodlar Farg‘ona va Navoiy shaharlarida 
ham barpo etildi.  1946-yilda Qo‘qonda, 1957-yilda Samarqandda 
superfosfat zavodi ishga tushdi.  1998-yilda Qizilqum  fosforit kombinati ishga tushirildi. 
Unda 2,7 million tonna fosforit konsentrati
olinadi. Shuningdek mustaqillik yillarida Qashqadaryoda 
Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi,Qoraqalpog‘istonda 
Qo‘ng‘irot soda zavodlari ishga tushdi. Mamlakatimiz osh tuzi konlariga ham boy. Xo‘jaykon, 
Borsakelmas, Boybichakon va Oqqal’a kabi konlarda 90 
milliard tonna xomashyo bor. Olmaliqda yuqori sifatli ammofos ishlab chiqaruvchi 
zavod barpo etildi. Toshkentda Sovplastital,  Angrenda rezina ishlab 
chiqaradigan kimyo korxonalari mavjud.  Muborakda tabiiy gaz tarkibidagi oltingugurtni ajratib 
oladiganzavod qurildi. Rangli metallurgiya korxonalari 
chiqindisidan sulfat kislota olinadi. Popdagi rezina zavodida kalish,  rezina quvurlar hamda 
mashina va  mexanizmlar uchun turli xil rezina qismlar 
ishlab chiqarilmoqda. Jizzaxdagi zavodda esa polietilen 
plyonkalar hamda plastmassa quvurlar tayyorlanadi. Qazib olinayotgan oltingugurt kolchedani, marganes, 
bariy, talk, ohaktosh singari minerallar kimyo 
sanoatining turli tarmoqlari ehtiyojini qondirmoqda. Lak-bo‘yoq sanoati, sun’iy tola va to‘qimalar 
(Farg‘onada), sun’iy charm va sun’iy jun ishlab 
chiqaradigan zavodlar quvvati oshirildi. Kimyo sanoatini yanada jadal rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘irisdagi qarorga muvofiq 2018 – 2030-
yillarda kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni 4,5 
barobarga oshirish rejalashtirilmoqda Gidroliz korxonalari o‘tgan asrning 50-yillarida qurila 
boshladi.  Farg‘ona furon birikmalari  (Farg‘ona Kimyo) , 
Yangiyo‘l biokimyo, Andijon gidroliz zavodlarida asosiy xomashyo – chigit qoldig‘i va sholi qobig‘idan 
texnik etil spirti, furfurol, ozuqa achitqilari 
(xamirturush) kabi mahsulotlar ishlab chiqarilgan.  90-yillar boshidan bu zavodlarda g‘alladan etil spirti 
ishlab chiqarila boshlandi. Natijada tibbiyot, atir-upa va 
boshqa sanoat tarmoqlariga zarur spirtni chetdan
keltirishga barham berildi. O‘zbekistonda tabiiy gazdan yoqilg‘i o‘rnida ham, 
xomashyo o‘rnida ham foydalanish samaralidir. Tabiiy 
gazdan kimyoviy tola ishlab chiqarish Rossiyadagidan
40–50 foiz arzonga tushadi.  Gazli, Muborak, Uchqir, Odamtosh, Sho‘rtan kabi tabiiy 
gaz konlaridan olinayotgan gaz yuqori kondensatliligi 
bilan ajralib turadi (28-rasm). 
Gaz kondensati  Gaz kondensati organik sintezning asosidir. Uning har
tonnasidan 50 kg sun’iy kauchuk, 150 kg plastik massa, 
150 kg sun’iy tola, 100 kg erituvchi modda, 400 kg 
motor yoqilg‘isi olish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P. Musayev, J. Musayev – Geogragfiya (O‘zbekiston 
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi) – umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 8-sinfi uchun darslik – “Sharq” 
nashriyoti – Toshkent – 2014,2019 / 
www.eduportal.uz

KIMYO SANOATI

11 -darsdan kimyo va n е ft-kimyo san о ati ning yalpi san о at mahsul о tidagi salm о g‘ini aniqlang. Kimyo sanoatining shakllanishi 1932-yilda Sho‘rsuv oltingugurt koni ishga tushirilishi bilan boshlandi.

Uning mahsuloti ko‘proq mashinasozlik (plastmassa, oyna), to‘qimachilik sanoati (tola, bo‘yoqlar), qishloq xo‘jaligi (o‘g‘itlar, zaharli ximikatlar),

transport (motor yoqilg‘isi, surtish moyi, sintetik kauchuk), qurilish (yopishqoq plyonka, oyna, plastik) kabilarda ishlatiladi.

Kimyo sanoati tarkibida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish salmoqli o‘rin egallaydi. Shuningdek, qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi defoliantlar ham ishlab chiqariladi.