Leksik-semantik munosabatlar
LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATLAR
Leksik birliklar lisonda turli semantik munosabat asosida har xil paradigma hosil qilgan holda mavjud bo’ladi. Sinonimik, antonimik, graduonimik, partonimik, giponimik munosabatlardir.
Sinonimiya. Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo’yoq va ottenka bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi. Sinonim leksema orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi. Sinonim leksema sememalaridagi atash va vazifa semasi aynan bir xil bo’lib, ifoda semasi farqlanadi. Masalan: [ yuz ]- [ bet ]-[ aft ]-[ bashara ]-[ turq ].
Ma’nodoshlik qatoridagi leksemalarning ifoda semasi turli-tuman. Ulardan ayrimlari quyidagilar: 1) ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat sema; 2) leksemaning qo’llanish davrini ko’rsatuvchi sema: «eskirgan», «yangi», «o’ta yangi», «arxaik», «tarixiy». 3) leksemaning qo’llanilish doirasini ko’rsatuvchi sema: «shevaga xos», «so’zlashuvga xos», «kitobiy», «ko’tarinkilik» va h.
Ma’nodoshlik qatoridagi leksemaning bittasi dominanta (bosh) leksema bo’lib, boshqalari shu leksema atrofida birlashadi, ma’nodoshlik qurshovi hosil qiladi. Dominanta leksemaning yuqorida sanalgan barcha ifoda semasi neytral, betaraf. Masalan, [ katta ]-[ ulkan ]-[ bahaybat ] sinonimik qatori «kitobiylik», «ko’tarinkilik» ifoda semalari asosida tashkil topgan. Qatordagi katta leksemasida bu sema belgilanmagan (neytral) , [ ulkan ] va [ katta ] leksemalarida ifodalangan