Mantiqiylik va matn kompozitsiyasi
Mavzu: Mantiqiylik va matn kompozitsiyasi Reja: 1.Nutqning mantiqiyligi 2.Matnda bog`liqlikning uch jihati haqida 3.Matn kompozitsiyasi
Nutq mantiqiyligining buzilishi matn sintaksisi sathida, ya’ni gaplarning o ‘zaro mazmuniy-sintaktik bog`lanishidagi kamchiliklar natijasida ham yuzaga keladi. Ma’lumki, matn tarkibidagi gaplar bir-biri bilan bog`langan bo‘ladi, shunga ko'ra bog'li nutq tushunachasi mavjud. Matnda bog‘lilikning quyidagi uch jihatini farqlash maqsadga muvofiq:
BILIB OLING: 1. Mazmuniy bog‘lilik. Bunday bog‘lilik abzas va mustaqil gaplarni bog`lovchi leksik-grammatik vositalar (leksik takrorlar, ko‘rsatish, 3-shaxsdagi kishilik olmoshlari kabi)ning qo‘llanishi orqali namoyon bo‘ladi.
Esda saqlang: 2. Mantiqiy bog`lilik. Bunday bog`lilik gaplar, abzaslar o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlarning funksional-sintaktik vositalar (demak,shunday ekan, shunday qilib, bundan tashqari, xullas kabi kirish so‘zlar, yuqorida, quyida, endi, bundan keyin kabi so‘z va so‘z shakllari, va, hamda, ammo, lekin, biroq kabi bog‘lovchilar va sh. k.) orqali ifodalanishida namoyon bo‘ladi.
Esda saqlang: 3. Kompozitsion bog‘lilik. Bunday bog‘lilik qayd etmoq lozimki,aniqki, ta ’kidlamoq joizki, yuqorida aytib o'tilgani kabi tarzidagi sintaktik qurilmalar yordamida ifodalanadi.