Markaziy Osiyo mamlakatlari
![Markaziy Osiyo mamlakatlari](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_1.png)
![](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_2.png)
![•
Markaziy Osiyo siyosiy-geografik subregioni Yevrosiyo
materigining ichkarisida joylashgan. 1991-yildan buyon mustaqil
davlatlar sifatida rivojlanayotgan 5 ta sobiq ittifoqdosh respublika -
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va
O‘zbekistonni birlashtiradi. Sanab o‘tilgan davlatlar iqtisodiy-
geografik o'rnining umumiy jihati shundan iboratki, birortasida ham
Dunyo okeaniga bevosita chiqish imkoniyati yo‘q, ya’ni beshtasining
barchasi ichki kontinental mamlakatlar hisoblanadi. Jumladan,
Qozog‘iston Respublikasi dunyodagi jami 44 ta bunday geografik
joylashuvga ega davlatlardan maydoni bo‘yicha eng yirigi hisoblanadi.
Subregionning o`rta qismida joylashgan O'zbekiston Respublikasi
geografik o‘rnining o'ziga xosligi esa, nafaqat o`zi, balki biror bir
qo'shni mamlakati ham dengizga tutash emasligidir. Bunday
geografik xususiyat jahon mamlakatlari ichida, respublikamizdan
tashqari, faqatgina G‘arbiy Yevropadagi "mitti” davlatlaridan biri -
Lixtenshteyn knyazligiga xos, hududi kattaroq davlatlardan esa hech
qaysi birida geografik joylashuvining bunday jihati mavjud emas.](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_3.png)
![](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_4.png)
![•
Qozog'iston bilan Turkmaniston Respublikalari Kaspiy dengiziga
tutash bo`lib, bu holat ikkala davlatning iqtisodiy-geografik o‘rni,
transport-geografik imkoniyatlari va tabiiy-resurs salohiyatiga
ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Bundan farqli o‘laroq, transport-
geografik sharoiti ancha murakkab bo'lgan Tyanshan va Pomir
baland tog`lari hududida joylashgan Qirg‘iziston va Tojikiston
Respublikalarining iqtisodiy-geografik o`rni, subregiondagi
boshqa davlatlarning joylashuviga nisbatan birmuncha noqulay
hisoblanadi.](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_5.png)
![•
Markaziy Osiyo subregioni iqtisodiy-geograiik o'rnining ijobiy tarafi uning
tranzitligi, ya’ni Yevropa va Osiyo turli qismlarining quruqlik transport
tizimlarini bog'lay dish imkoniyatlarida o‘z aksini topadi. Bu holat tarixda
Buyuk Ipak yo‘li hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari hududidan o'lganligida
namoyon bo'lgan. llozirgi davrda ham subregion mamlakatlarining
iqtisodiy-geografik imkoniyatlari shu jihatdan yuqori baholanishi asosli.
Markaziy Osiyoning geosiyosiy o‘rni o‘ziga xos bo‘lib, Yevrosiyodagi asosiy
geosiyosiy kuch markazlari Xitoy, Rossi у a, Eronga tutashligi va ushbu bevosita
qo'shnilaridan tashqari, AQSH, Yevropa lttifoqi, Turkiya, Saudiya Arabistoni,
Hindiston, Pokiston kabi geosiyosiy "o‘yinchi”larning tasliqi manfaatlari
kesishgan hududda joylashganligi bilan tavsiflanadi. Shuningdek. harbiy
mojarolar tugamayotgan Afg'oniston bilan chegaradoshligi hamda bosliqa
real va ehtimoliy harbiy-siyosiy ziddiyat zonalariga yaqin joylashganligi,
Markaziy Osiyo geosiyosiy o'rnining salbiy tomonlarini belgilaydi.](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_6.png)
![•
Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy maydoni 4 mln km.kv ga. jami aholisi esa
2017-yil 1-yanvar holatiga 70.5 mln kishiga teng. Subregion davlatlari hududi
kattaligi va aholisi soni jihatidan bir-biridan aneha farq qiladi. Markaziy Osiyo
davlatlarining hududiy va demograllk salohiyati orasidagi talovutlariga tabiiy
sharoit va resurslarining xususiyatlari katta ta’sir ko'rsatadi. Markaziy Osiyo
davlatlari Yevrosiyo va Hind-Avstraliya litosfera plitalarining chegarasi bo'ylab
o'tgan Alp-Himolay burmali mintaqaga yaqin joyiashgan. Shu bois. mintaqaning
janubi-sharqiy va markaziy qismlari seysmik jihatdan xavfli hisoblanadi. Kuchli
zilzilalar sodir bo'lishi. ayniqsa, Tojikiston va Qirg'iziston hududlari uchun xos holat.
Mintaqaning g'arbiy va shimoliy qismlari asosan platformali tektonik tuzilishiga
ega. Yer yuzasi tuzilishiga ko'ra. subregion janubi-sharqida joylashgan Tojikiston
va Qirg'iziston Respublikaiari tog'li, Qozog'iston, O'zbekiston va Turkmaniston esa
asosan. tekislik keng tarqalgan mamlakatlar hisoblanadi. Lekin, bu uchta davlat
hududida ham baland tog' tizmalari bo`lib, maydonlarining 10-20 foizini egallaydi.](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_7.png)
![](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_8.png)
![](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_9.png)
![•
Markaziy Osiyo mamlakatlari ulkan mineral-resurs salohiyatiga ega. Neft
zaxiralari bo'yicha Qozog'iston va Turkinaniston, tabiiy gaz zaxiralari
jihatidan Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog'iston alohida ajralib turadi,
toshko'mirga Qozog'iston, qo`ng‘ir ko‘mirga esa O‘zbekiston boy hisoblanadi.
Neft-gaz zaxiralari, asosan, Kaspiybo`yi pasttekisligi, Qoraqum va
Qizilqum cho'llari, Ustyurt platosi hainda tog` oralig'idagi botiqlarda,
toshko'mirning eng katia zaxiralari esa Qozog'iston past tog'laridagi
Qarag'anda va Ekibastuz ko'mir havzalarida joylashgan. Temir, marganes va
xrom kabi qora metallarning rudalariga Qozog‘iston boy. Turli rangli,
jumladan qimmatbaho va nodir metallarning yirik konlari esa,
Turkmanistondan tashqari subregionning barcha davlatlarida mavjud.
Jumladan. O‘zbekiston oltin, uran, kadmiy, mis, molibden, Qozog'iston uran,
volfram, molibden, qo‘rg‘oshin, rux, Qirg'iziston oltin, simob, surma, Tojikiston
kumush, uran zaxiralari bo`yicha alohida ajralib turadi. Turli mineral tuzlarning
ulkan zaxiralariga esa Turkmaniston, O'zbekiston va Qozog'iston ega.](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_10.png)
![•
Markaziy Osiyo davlatlari iqlimining
umumiy xususiyatlari mo'tadil va
subtropik iqlim jihatlarining turkumlanishi.
keskin kontinentalligi va qurg'oqchilligida o'z
ifodasini topadi. Shu tufayli Markaziy
Osiyo davlatlari hududi asosan cho‘l,
chalacho’l va dasht tabiat zonalaridan
iborat](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_11.png)
![•
Markaziy Osiyo sharoilida qishloq xo'jaligi rivojlanishiga hal qiluvchi
ta'sir ko'rsatadigan omil suv resurslari subregion hududi bo‘yicha
juda notekis taqsimlangan. Subregiondagi barcha yirik daryolar
Ainudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Ili, Irtish va boshqalar
transchegaraviy (ikki va undan oriiq davlat hududidan oqadigan)
bo'lib, Tyanshan, Jung'oriya Olotovi hamda Pomir tog`laridan, ya'ni
Tojikiston, Qirg'iziston va Xitoy hududidan boshlanadi. Shuning
uchun Tojikiston bilan Qirg'iziston suv va gidroenergetika
resurslariga boy. Qozog'iston, O'zbekiston va. ayniqsa.
Turkmanistonning ko‘p hududlari esa ularga taqchildir.](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_12.png)
![•
Markaziy Osiyo mamlakailarining aholisi suv va yer resurslari
omillari (gidrogralik tarmoqlar va relyef)ga bog'liq holda notekis
joylashib, asosan, sug'orma dehqonchilik yaxshi rivojlangan
daryo vodiy va deltalari, tog` oralig'idagi botiqlarda
mujassamlangan. Bunday yerlar eng ko‘p O'zbekiston
hududida bo'lganligi bois respublikamiz aholi soni jihatidan
subregionda yelakchi o'rin egallaydi. Aholi zichligi
ko'rsatkichlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda. 1.01.2017-yil
holatiga, O'zbekiston (71.5 kishi km/kv) va Tojikiston (61,3
kishi/km) yetakchi, Qozog'iston (6.6 kishi/km) esa eng oxirgi
o'rinda turadi. Jahon mamlakatlari orasida ham. Qozog'iston
aholisi eng siyrak joylashgan davlatlar saliga kiradi (o'rtacha
aholi zichligi bo'yicha dunyoda 184-o‘rin).](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_13.png)
![•
Markaziy Osiyo davlatlarining demografik vaziyatiga tug'ilish va
aholi tabiiy o'sishining ancha yuqori ko’rsatkichlari xos. Aytilgan
ko’rsatkichlar Tojikiston va Qirg'izistonda subregion bo'yicha eng
baland. Qozog'iston va Turkmanislonda eng past.
O'zbekistonda esa o'rtacha darajada. Shuningdek. beshta
respublikada ham migratsiyaning salbiy saldosi kuzatilmoqda
(11-jadval). Urbanizatsiya darajasi Qozog'iston da 53%,
O'zbekistonda 51%, Turkmanistonda 50%, Qirg'izistonda 36%,
Tojikistonda esa 26% ga teng. Ko'rinib turibdiki, eng yuqori
va eng past ko'rsatkichlari orasidagi tafovut 2 martaga teng.
Markaziy Osiyoda 2 ta "millioner” shahar mavjud: Toshkent (2.4
min kishi) va Almati (1,7 min kishi).
•
Ostana, Bishkek, Dushanbe, Ashxobod, Chimkent, Namangan,
Samarqand esa eng yirik (aholi soni 500 ming kishidan ortiq
bo'lgan) shaharlar qatoriga kiradi.](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_14.png)
![•
Mahalliy xalqlardan o'zbek, qozoq, qirg'iz, turkman, qoraqalpoqlar
oltoy tillar oilasining turkiy guruhiga mansub bo'lsa, tojiklar va
ularga qardosh Pomirdagi kichik xalqlar (shug'nonlar, vaxanlar,
ishkashimlar va boshq.) hind-yevropa tillar oilasining eroniy
guruhi tarkibiga kiradi. Sanab o'tilgan millat vakillari, nafaqat
tegishli respublikalarda, balki qo'shni davlatlar hududida ham keng
tarqalgan. Masalan, o'zbeklar O'zbekistonga qo'shni Qirg'iziston,
Tojikiston, Turkmanistonda son jihatidan 2-chi, Qozog'istonda esa 3-
chi millat hisoblanadi. O‘z navbatda, O'zbekistonda ham tojiklar,
qozoqlar, qirg'izlar va turkmanlar vakillari salmoqlidir.](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_15.png)
![•
Markaziy Osiyo davlatlari BMT tomonidan qabul qilingan jahon
mamlakatlarining tasnifi nuqtayi nazaridan. o'tish iqtisodiyotidagi
davlatlar toifasiga mansub. Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy
YIM hajmi 2016-yil yakunlari bo'yicha, Xalqaro valyuta fondi (XVF)
ma’lumotlariga ko'ra. 800 mlrd AQSh dollariga teng. Beshta mamlakat
ichida YIM hajmi bo'yicha birinchi o‘rin Qozog'iston, ikkinchi
O'zbekiston, uchinchi Turkmaniston, to'rtinchi Tojikiston va
beshinchi o'rinda Qirg'iziston turadi. Subregion bo'yicha umumiy
ishlab chiqarish hajmining 56.4% Qozog'istonga. 25.8% esa
O'zbekistonga to'g'ri kelsa. Turkmaniston.Tojikiston va Qirg'iziston
ulushlari. mos ravishda. 11.8, 3.3 va 2.7 % ga teng.](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_16.png)
![•
Subregion davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatining umumiy xususiyatlari, ularning
yaqin o'tmishgacha yagona siyosiy va iqtisodiy makonda rivojlanganligidan kelib
chiqib, iqtisodiyoti asosan mineral bom ashyo va yer-suv resurslariga tayanganligi,
sanoatni rivojlantirish, uning yangi korxona, tarmoq va hududiy markazlarini tashkil
etishga intilish, qishloq xo'jalik ixtisoslashuvi o'xshashligi, tashqi iqtisodiy aloqalarning
umumiy yo'nalishlarida, ya'ni Xitoy, Rossiya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Yevropa
davlatlari bilan amalga oshirilishida o'z aksini topmoqda. Biroq, Markaziy Osiyo
davlatlari har birining xo'jaligining albatta, o‘ziga xos jihatlari ham mavjud.
Sanoat ishlab chiqarish Qozog'iston, Turkmaniston va O’zbekistonda iqtisodiy
ahamiyati bo'yicha qishloq xo'jalik tarmoqlariga nisbatan birmuncha ustunlikka ega
bo'lganligi bois, bu uchta respublika industrial-agrar davlat hisoblanadi. Tojikiston
bilan Qirg'iziston esa iqtisodiyot agrar-industrial yo'nalishda rivojlanmoqda.](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_17.png)
![•
Yoqilg‘i-energetika majmuasi Qozog'iston, Turkmaniston va
O'zbekistonda eng yaxshi rivojlangan. Qozog'iston neft zaxiralari uni
qazib olish va eksport hajmi bo'yicha subregionda yetakchi bo'lib. yiliga
100 min tonnadan ortiq neft qazib oladi va katta qismini eksport qiladi.
Turkmaniston uchun esa iqtisodiyot va milliy boylikning negizi
gaz sanoati hisoblanadi. Bu mamlakat tabiiy gaz zaxiralari bo'yicha
jahonda 4-, MDH- da 2-, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinda turadi. Dunyo
bo'yicha zaxiralar hajmi jihatidan ikkinchi hisoblanadigan Galqinish
gaz koni ham Turkmanistonda joylashgan. Qozog'iston, O'zbekiston va
Turkmanistonda elektr energiyasi asosan IKSlarda ishlab chiqariladi.
Yoqilg'i zaxiralariga boy bo'lmagan Tojikiston va Qirg'izistonda elektr
energiyaning 90 foizdan ko'prog'i IESlarda ishlab chiqariladi](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_18.png)
![•
Qora metallurgiya Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog'istonda eng yaxshi
rivojlangan. Qozog'istonda bu tarmoqning asosiy korxonalari temir rudasining yirik
konlari negizida Qarag'anda (Temirtov sh.) va Qostanay (Rudniy sh.) viloyatlarida
joylashgan. Rangli metallurgiya Turkmaniston Respublikasidan tashqari, barcha
Markaziy Osiyo davlallarining iqtisodiyoti va tashqi savdosida katta ahamiyatga ega.
Jumladan, Tojikiston uchun Tursunzoda shahrida faoliyat ko'rsatayotgan alyuminiy zavodi.
Qirg'iziston uchun esa Issiqko'l viloyatidagi Qumtar oltin koni eng katta moliyaviy
daromad keltiruvchi iqtisodiy obyektlar hisoblanadi. O'zbekiston oltin, uran, mis, kadmiy,
Qozog'iston uran, qo'rg'oshin, rux, volfram, molibden, mis, Qirg'iziston oltin, simob,
surma, Tojikiston alyuminiy ishlab chiqarishda ancha yuqori ko'rsatkichlarga ega. Kimyo
sanoati Qozog'iston, O'zbekiston va Turkmanistonda nisbatan yaxshi rivojlangan bo`lib,
asosan mineral o'g'itlar, sultat kislotasi, soda, mirabilit ishlab chiqarish, nel't va tabiiy
gazni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Mashinasozlik bo'yicha esa O'zbekiston va
Qozog'iston yetakchilik qilmoqda. Bu borada O'zbekistonda rivojlanib borayotgan
avtomobilsozlik sanoati alohida e’tiborga sazovor.](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_19.png)
![•
Qishloq xo'jaligi Markaziv Osiyo mamlakatlarining barchasida ham
yaxshi rivojlanib, yuqori iqtisodiy ahamiyatga ega. Qozog`istonda
qishloq xo'jalikning tovar tarmoqlari tarkibiga, asosan. donchilik va
chorvachilik kiradi. O'zbekistonda qishloq xo'jalik tarmoqlaridan
paxtachilik, ipakchilik, bog'dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va
qorako'lchilik tovar ahamiyatiga ega. Turkmanistonda iqtisodiyotning
agrar sektori paxtachilik, donchilik, polizchilik, qorako'lchilik va
yilqichilikka ixtisoslashgan. Turkmaniston chorvachiligida dunyoga
mashhur Axaltaka otlarini boqish alohida ahamiyat kasb etadi.
Tojikistonda qishloq xo'jaligi paxtachilik, bog'dorchilik va ipakchilikka,
Qirg'izistonda esa sabzavotchilik, tamakichilik va ko'p tarmoqli
chorvachilikka ixtisoslashgan.](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_20.png)
![•
Markaziy Osiyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi istiqbollari ko'p jihatdan ularnning uzaro
iqtisodiy integratsiyasiga bog'liq. Subregion
davlatlari o'zaro integratsiyalashuvining bir qator
muhim geografik omillarini ajratish mumkin:](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_21.png)
![-
iqtisodiy-geografik o'rnining umumiyligi;
- temiryo‘l va avtomobil transport tizimlarining yagonaligi, o'zaro
bog'langanligi;
- yirik daryolar va sug'orish kanallarining transchegaraviyligi;
- tog'li va tekislikli mamlakatlar tabiiy resurslari, ayniqsa energiya
manbalarining bir-birini to'ldiruvchi xususiyatga ega ekanligi;
- subregion xalqlarining qardoshligi, tarixiy-madaniy jihatdanyaqinligi:
- Orolning qurishi, cho'llashish, yerlaming sho'rlanishi, tog'
muzliklarining intensiv erishi. havo va suv havzalarining zararli
chiqindilar bilan ifloslanishi kabi umumiy dolzarb ekologik
muammolarining mavjudligi:
- Zilzila, sel va suv toshqinlari, qor ko'chkilari va boshqa tabiiy
olatlarga birgalikda qarshi kurashishning zarurati.](/data/documents/a4aa18f5-9816-4c9b-b873-911cc2e43995/page_22.png)
Markaziy Osiyo mamlakatlari
• Markaziy Osiyo siyosiy-geografik subregioni Yevrosiyo materigining ichkarisida joylashgan. 1991-yildan buyon mustaqil davlatlar sifatida rivojlanayotgan 5 ta sobiq ittifoqdosh respublika - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni birlashtiradi. Sanab o‘tilgan davlatlar iqtisodiy- geografik o'rnining umumiy jihati shundan iboratki, birortasida ham Dunyo okeaniga bevosita chiqish imkoniyati yo‘q, ya’ni beshtasining barchasi ichki kontinental mamlakatlar hisoblanadi. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasi dunyodagi jami 44 ta bunday geografik joylashuvga ega davlatlardan maydoni bo‘yicha eng yirigi hisoblanadi. Subregionning o`rta qismida joylashgan O'zbekiston Respublikasi geografik o‘rnining o'ziga xosligi esa, nafaqat o`zi, balki biror bir qo'shni mamlakati ham dengizga tutash emasligidir. Bunday geografik xususiyat jahon mamlakatlari ichida, respublikamizdan tashqari, faqatgina G‘arbiy Yevropadagi "mitti” davlatlaridan biri - Lixtenshteyn knyazligiga xos, hududi kattaroq davlatlardan esa hech qaysi birida geografik joylashuvining bunday jihati mavjud emas.
• Qozog'iston bilan Turkmaniston Respublikalari Kaspiy dengiziga tutash bo`lib, bu holat ikkala davlatning iqtisodiy-geografik o‘rni, transport-geografik imkoniyatlari va tabiiy-resurs salohiyatiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Bundan farqli o‘laroq, transport- geografik sharoiti ancha murakkab bo'lgan Tyanshan va Pomir baland tog`lari hududida joylashgan Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalarining iqtisodiy-geografik o`rni, subregiondagi boshqa davlatlarning joylashuviga nisbatan birmuncha noqulay hisoblanadi.