maydalanish
M A V Z U : M A Y D A L A N I S H R E J A : 1 . U R U G ʻ L A N I S H 2 . M A Y D A L A N I S H N I M A 3 . B L A S T O S E L V A B L A S T U L A N I N G H O S I L B O ‘ L I S H I
• Urugʻlanish, singamiya — erkaklik jinsiy hujayra (urugʻ hujayra, spermatozoid, spermiy)ning urgʻochi tuxum hujayra bilan qoʻshilib, zigota hosil qilishi. Zigotadan yangi organizm rivojlana boshlaydi.kOdam va hayvonlarda U.dan oldin otalanish (urugʻ hujayraning urgʻochi hujayra jinsiy yoʻliga tushishi) sodir boʻladi. U.da tuxum xujayra faollashadi, yaʼni tuxum va urugʻ hujayra xromosomalari gaploid toʻplami qoʻshilib, xromosomalar diploid toʻplami hosil boʻladi. Koʻpchlik hayvonlarda U. bilan birga rivojlanadigan organizm jinsi ham anikdanadi
M A Y D A L A N I S H . K O ‘ P H U J A Y R A L I O R G A N I Z M L A R N I N G D A S T L A B K I R I V O J L A N I S H B O S Q I C H L A R I B I T TA H U J A Y R A D A N B O S H L A N A D I
• Urug‘langan tuxum — bu hujayra, shu bilan bir vaqtda organizmning eng dastlabki rivojlanish bosqichidir. Bir hujayrali organizmning bir necha marta ketma-ket bo‘linishidan ko‘p hujayrali organizm hosil boMadi. Tuxum hujayra urug‘langach, bir necha daqiqadan keyin yadro va sitoplazma bo‘lina boshlaydi. Tuxum hujayra bir-biriga teng ikkita hujayraga, yani ikkita blastomerga bo‘linadi. • Tuxum hujayra birinchi marta meridian tekisligida bo‘linadi. So‘ngra blastomerlarning har biri yana meridian tekisligida bir vaqtda bo‘linadi, natijada bir-biriga teng to‘rtta hujayra vujudga keladi. Navbatdagi bo‘linish ekvator tekisligida o‘tadi, sakkizta hujayra hosil bo‘ladi. Keyin meridinal va ekvatorial bo’linish navbatlashib, 16, 32, 64 ta va hokazo blastomerlar hosil bo’ladi, bular bir-biriga zich taqalib joylashgan hujayralardir. Har bo’linishdan keyin paydo bo’lgan hujayra kichrayib boradi, shuning uchun bu jarayon maydalanish deb ataladi