logo

Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4299.064453125 KB
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni     Iqtisodiy o‘rni va tabiiy 
boyliklari
•
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni Sirdaryo bilan Jizzax 
viloyatlaridan tarkib topgan.
•
Rayon hududi taraqqiy etgan Toshkent va Zarafshon 
iqtisodiy rayonlari bilan chegaradosh. Rayonning 
iqtisodiy geografik o‘rnini qulay deyish mumkin. 
Iqtisodiy geografik o‘mining qulayligi rayonning 
transport- geografik holatida ham yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. •
Rayonni, asosan, Sirdaryo va Sangzor 
daryolari suv bilan ta'minlaydi. Tekislik 
zamonaviy transport va irrigatsiya 
inshootlari bilan zich qoplangan. Rayonda 
aniqlangan volfram, qo‘rg‘oshin, rux va 
oltin konlari sanoat ahamiyatiga ega. 
Qurilishbop shag‘al, qum, gips va ohak 
ko‘p. •
Ko‘pincha sovuq Arktika havosi shimoldan 
rayon hududiga kirib kelib, ba'zan juda sovib 
ketadi. Shunda mevali daraxtlar jiddiy 
shikastlanadi. Farg‘ona vodiysidan esuvchi 
kuchli shamoldan esa tuproqning nami qochib, 
ekinlar qovjiraydi va hosildorlik pasayadi. Aholisi
•
Bu yerning aholisi, asosan, boshqa joylardan reja asosida ko‘chirib 
keltirilgan. Rayon aholisining umumiy soni bo‘yicha mamlakat 
iqtisodiy geografik rayonlari orasida eng keyingi o‘rinda turadi. 
Hududning yangi o‘zlashtirilayotgani shahar va qishloqlarning 
geografik joylashuvi, katta-kichikligi hamda aholining milliy tarkibida 
yaqqol ifodalanadi. Aholisi
•
Aholi punktlari, asosan, katta yo‘l yoqalarida barpo bo‘lgan. Aholining 
    45 foizdan ortig‘i shaharlarda istiqomat qiladi.
•
Rayonga Toshkent va Samarqand shaharlarining oliy o‘quv yurtlari ham 
mutaxassis tayyorlab bermoqda. Lekin rayonning rivojlanish istiqbollarini 
ko‘zlab, bu yerga Zarafshon, Farg‘ona, Toshkent singari iqtisodiy 
rayonlardan malakali mutaxassislar jalb etish maqsadga muvofiqdir. Xo‘jaligi va uning hududiy tashkil etilishi
•
Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi, asosan, XX asrning 50-60-yillariga to‘g‘ri 
keladi. Yangi yerlarni o‘zlashtirish sug‘orish inshootlarini, yo‘llarni, elektr 
uzatkich tarmoqlarini, madaniy-maishiy muassasalarni bir yo‘la barpo etish 
usulida olib borildi. Yangi yerlarni o‘zlashtirishning bu usuli xorijda ham 
keng qo‘llanilmoqda.  •
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni mamlakatda 
yetishtiriladigan paxta yalpi hosilining 1/4 
qismini beradi. Rayonda agrosanoat majmuyi 
yuksak darajada rivojlangan. Jami ekin 
maydonining salkam 45 foiziga paxta, deyarli 
shuncha maydonga donli ekinlar ekilmoqda.
•
Polizchilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 
Mirzacho‘l qovunlari O‘zbekistondan 
tashqarida ham mashhurdir.  •
Chorvachilikda qorako‘l qo‘ylarining salmog‘i katta. 
Qorako‘l qo‘ylari rayonning shimoli g‘arbidagi cho‘l 
yaylovlarida boqiladi. Chorvachilikning yanada 
rivojlanishi yem-xashak ekinlari, ayniqsa, beda va 
makkajo‘xori maydonining kengayishiga bog‘liq. 
Donli ekinlar yetishtiriladigan joylarda parrandachilik 
rivojlangan.  •
Endilikda rayonda sanoat ham tez sur’at bilan 
rivojlana boshladi. Elektroenergetika, qurilish 
materiallari, yengil, oziq-ovqat sanoatlari 
rivojlandi. Sirdaryo IESning elektr quvvati 
iqtisodiy rayondan tashqariga ham chiqarilmoqda.  Transport
•
Avtomobil transporti yuksak darajada 
rivojlangan. Avtomobil yo‘llarining 
yalpi uzunligi 12 ming km dan oshadi, 
shundan deyarli 10 ming km qattiq 
qoplamali yo‘llardir. Katta O‘zbek 
traktining iqtisodiy rayon hududidan 
o‘tishi uning rivojlanishiga sezilarli 
ta’sir etadi. Transport
•
Temiryo‘l hudud bo‘ylab uchburchak shaklida qurilgan. Uchburchakning 
Jizzax, Sirdaryo va Xovos uchlaridan yo‘llar boshqa viloyatlarga taralib 
ketgan. Hudud bo‘ylab magistral gaz quvurlari kesib o‘tgan. Yuqori 
kuchlanishli elektr tarmoqlari hududni tekis qoplagan.

Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni

Iqtisodiy o‘rni va tabiiy boyliklari • Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni Sirdaryo bilan Jizzax viloyatlaridan tarkib topgan. • Rayon hududi taraqqiy etgan Toshkent va Zarafshon iqtisodiy rayonlari bilan chegaradosh. Rayonning iqtisodiy geografik o‘rnini qulay deyish mumkin. Iqtisodiy geografik o‘mining qulayligi rayonning transport- geografik holatida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.

• Rayonni, asosan, Sirdaryo va Sangzor daryolari suv bilan ta'minlaydi. Tekislik zamonaviy transport va irrigatsiya inshootlari bilan zich qoplangan. Rayonda aniqlangan volfram, qo‘rg‘oshin, rux va oltin konlari sanoat ahamiyatiga ega. Qurilishbop shag‘al, qum, gips va ohak ko‘p.

• Ko‘pincha sovuq Arktika havosi shimoldan rayon hududiga kirib kelib, ba'zan juda sovib ketadi. Shunda mevali daraxtlar jiddiy shikastlanadi. Farg‘ona vodiysidan esuvchi kuchli shamoldan esa tuproqning nami qochib, ekinlar qovjiraydi va hosildorlik pasayadi.