logo

O`rta asrlarda Anglya shaharlari

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

806.1953125 KB
 
Britaniya hududida V asrning II yarmidan VII asr 
boshlarigacha bir necha varvar qirolliklari qaror 
topadi. Janubi-sharqda yutlar asos solgan Kent 
qirolligi, Uesseks – janubda, sakslar asos solgan, 
Sharqiy Angliya – angllar asos solgan, 
Nortumbriya va Mersiya – angllar asos solgan. 
Britaniyaning mahalliy Kelt aholisi germanlar 
bilan qo’shilib ketadi, shu tariqa kelt elementi 
ingliz xalqining etnik tarkibiga kiradi.  
Anglosakson qirolliklarida feodal tuzumning 
qaror topishi o’zining alohida xususiyatlariga 
ega edi. Ulardan eng muhimlari – jamoa 
tartiblarining barqarorligi, allodning kech 
paydo bo’lishi, erkin dehqonlarning yuqolish 
jarayonining va yirik feodal yer egalari paydo 
bo’lishining sekin borishini ko’rsatish mumkin.  
  Britaniyani istilo qilgan angl, saks, yut, 
frizlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning 
quyi darajasida turganligidan kelib chiqadi. 
Bosib olingan Britaniyada istilochilar aholining 
asosiy qismini tashkil etib, feodal 
munosabatlarning rivojlanishi yemirilib 
borayotgan ibtidoiy jamoa tuzumning ichki 
evolyutsiyasi yo’li bilan sodir bo’ladi .  
VI-VII asrlarga oid anglosakson “haqiqatlari”ga 
ko’ra, Britaniyada anglosaksonlarning asosiy 
mashg’uloti dehqonchilk bo’lgan, lekin 
chorvachilik xo’jalikda muhim o’rin tutgan. 
Baliqchilik, ovchilik, tuz, temir, qo’rg’oshin qazib 
olish bilan ham shug’ullanganlar. Anglosakslar 
yerni 4-8 ta ho’kiz qo’shilgan og’ir plugda 
haydaganlar. Ba’zida yengil Plug ham 
ishlatilgan.   
Ikki dalali almashlab ekish tarqalgan. Bug’doy, 
arpa, roj, no’xat ekilgan. Yerlar hosil yig’ib 
olingandan keyin jamoa yayloviga aylangan. 
Dastlab anglosakson jamiyatining asosini erkin 
dehqon–jamoachilar–Kerllar tashkil etgan. VII 
asr o’rtasigacha kichik, individual oila hukmron 
bo’lmay, dehqonchilik jamoasidan qo’shni 
jamoaga o’tish tugallanmagan edi.  
  Yerga egalik qilishni jamoa tartiblari 
belgilagan. Hujjatlarda jamoa huquqi bo’yicha 
egalik qilinadigan oila yeri “folklend” deyilgan. 
Uni meros qoldirish, ayol tomonidan 
bo’ladigan qarindoshlarga uzatish va 
begonaga berish man qilingan. Folklendga 
egalik qilishdagi to’siqlar Angliyada xususiy 
mulkchilik paydo bo’lishini va feodal yer 
egaliklari paydo bo’lishini sekinlashtirdi. 
Mustahkam jamoalarning saqlanib qolganligi 
ham feodallashuvni sekinlashtiradi.   
Sekinlik bilan 
anglosakslarda kerllar 
bilan bir qatorda erllar–
boylar paydo bo’ladi. Ular 
yuqori vergeld bilan 
himoyalangan. Jamiyatning 
quyi tabaqasini asosan 
keltlardan bo’lgan qullar va 
yarim erkin aholi tashkil 
qilgan. Qullar zodagonlar 
yerlarida ishlagan. Yarim 
erkin lit va uellar (Uels 
nomidan kelib chiqqan 
bo’lishi mumkin) boylar 
yerida ishlab, natural obrok 
to’lashgan.  
VII asrda bo’sh va kerllar egallagan yerlarni 
qirol tomonidan vassallarga hadya etish 
odatga aylanadi. Bunday yerlar “boklend” deb 
atalgan. (“bok”– yorliq, “land”– yer) Bu yerlar 
xususiy milk maqomiga ega bo’lgan va 
to’lovlardan ozod etilgan. Bu yer o’z egasiga 
immunitet huquqini bergan. Boklend paydo 
bo’lishi bilan Angliyada yirik yer egaligining 
tarqalishi boshlanadi.   
Erkin jamoachilar orasida mulkiy toifalanish 
kuchayib yirik yer egalariga qaramlikka tortila 
boshlanadi. Shunga qaramasdan erkin 
jamoachilarning asosiy qismi IX asrgacha 
feodallashuv jarayoniga kam tortilgan edi, 
erkin jamoa o’z ahamiyatini saqlab qolgan edi. 
Shuning uchun yirik pomest’elarda keltlardan 
kelib chiqqan qullar va yarim erkin aholi 
ishlagan.  
Cherkov ham Angliyaning 
feodallashuviga ta’sir 
ko’rsatadi. VI asr oxirlarida 
boshlangan xristianlashish 
VII asrning II yarmida 
tugaydi. Yangi din 
hukmron toifa 
manfaatlariga mos kelgan. 
Qirol va feodallarning 
episkop va monastirlarga 
hadyasi yirik cherkov yer 
egaligining o’sishini 
ta’minlagan. Cherkov 
hadya, meros orqali yer 
olishdan manfaatdorligi 
uchun yerga xususiy 
mulkchilikni va 
dehqonlarni qaramlikka 
o’tishini oqlaydi  
Shunga ko’ra xristianlik 
anglasakson dehqonlarining 
qattiq qarshiligiga duch keladi. 
Anglosakson qirolliklarida davlat 
tepasida qirol turgan, lekin 
dastlabki davrlarda mahalliy 
boshqaruv erkin qishloq 
jamoalari tuzumiga ko’ra tashkil 
qilingan. Qishloqlarning erkin 
kishilari yig’inida xo’jalik va 
boshqa jamoa ishlari hal 
qilingan. O’z oqsoqollarini 
saylaganlar, sud ishlari hal 
qilingan. Feodal munosabatlari 
rivojlanishi bilan jamoa yig’ini 
glaford yoki uning 
boshqaruvchisiga bo’sungan. IX 
asrdan xalq yig’inlari yirik 
ma’muriy okruglar doirasida 
to’planadigan bo’lgan.  
Bu okruglar keyinchalik graflik deb ataladigan 
bo’ladi. Boshqaruvning jamoa tartiblarining 
uzoq vaqt saqlanib qolganligi anglosakson 
feodal davlatlari siyosiy tuzumining xarakterli 
tomoni hisoblanadi. Anglosakson qirolliklarida 
doimo o’zaro kurash davom etgan. IX asr 
boshlarida Uesseksning ahamiyati ortib, qirol 
Egbert 829 yilda anglosakson qirolliklarini 
yagona Angliya qirolligiga birlashtiradi. Bu 
birlashuv ichki va tashqi siyosiy vaziyat tufayli 
yuzaga kelgan edi.   
  asr oxiri – XI asr boshlarida mamlakat 
janubida qaram dehqonlarning barshchina 
mehnatiga asoslangan yirik votchinalar paydo 
bo’ladi. Daniya bilan urush yangi harbiylar 
tabaqasini vujudga keltiradi. (ten) Bu mayda va 
o’rta hol yer egalaridan bo’lajak ritsarlar toifasi 
shakllanadi.   
Yirik yer egalari avvalgidek erllar deb atalgan. 
X-XI asrlarda erkin dehqonlarni 
bo’ysundirishda immunitet katta ahamiyatga 
ega bo’lgan. Feodallashuvning rivojlanishiga 
qaramasdan XI asrda ham Angliyada erkin 
jamoa tartiblari saqlanib qolgan edi.

 Britaniya hududida V asrning II yarmidan VII asr boshlarigacha bir necha varvar qirolliklari qaror topadi. Janubi-sharqda yutlar asos solgan Kent qirolligi, Uesseks – janubda, sakslar asos solgan, Sharqiy Angliya – angllar asos solgan, Nortumbriya va Mersiya – angllar asos solgan. Britaniyaning mahalliy Kelt aholisi germanlar bilan qo’shilib ketadi, shu tariqa kelt elementi ingliz xalqining etnik tarkibiga kiradi.

 Anglosakson qirolliklarida feodal tuzumning qaror topishi o’zining alohida xususiyatlariga ega edi. Ulardan eng muhimlari – jamoa tartiblarining barqarorligi, allodning kech paydo bo’lishi, erkin dehqonlarning yuqolish jarayonining va yirik feodal yer egalari paydo bo’lishining sekin borishini ko’rsatish mumkin.

 Britaniyani istilo qilgan angl, saks, yut, frizlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning quyi darajasida turganligidan kelib chiqadi. Bosib olingan Britaniyada istilochilar aholining asosiy qismini tashkil etib, feodal munosabatlarning rivojlanishi yemirilib borayotgan ibtidoiy jamoa tuzumning ichki evolyutsiyasi yo’li bilan sodir bo’ladi .

 VI-VII asrlarga oid anglosakson “haqiqatlari”ga ko’ra, Britaniyada anglosaksonlarning asosiy mashg’uloti dehqonchilk bo’lgan, lekin chorvachilik xo’jalikda muhim o’rin tutgan. Baliqchilik, ovchilik, tuz, temir, qo’rg’oshin qazib olish bilan ham shug’ullanganlar. Anglosakslar yerni 4-8 ta ho’kiz qo’shilgan og’ir plugda haydaganlar. Ba’zida yengil Plug ham ishlatilgan.